Yangichoshtepadagi hovuzdan ikki qizaloq jasadi topildi
25 avgust kuni Toshkent viloyatining Yangi Hayot tumani Yangi Choshtepa mahallasi ko‘prigi tagidagi hovuzga tushib halok bo‘lgan ikki yosh qizaloq jasadlari topildi. Eltuzga jo‘natilgan videoda ularning jasadlari olib chiqilayotgani aks etgan.
Ushbu mahalla yashovchilarining aytishicha, Jo‘n va Salar kanallari o‘rtasida barpo etilgan bu mahalla atrofini xavfsiz deb bo‘lmaydi.
«Kechqurun va azonda juda yomon hid keladi. Kanallar atrofi xavfsizlik talablariga umuman javob bermaydi. Bu mahalla yaqinida 32 maktab bor. Bolalar bu maktabga borish un shu kanalni ustiga qurilgan ko‘prikdan o‘tishadi,» dedi Eltuz bilan yozishgan Yangi choshtepaliklardan biri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ko‘prik piyodalarga mo‘ljallangan, ammo uning ustidan yengil avtomobillar ham harakatlanar ekan.
«Maktabda o‘quvchilar soni tobora ortib bormoqda. Mutasaddilarga necha marotaba murojaat qilingan. Ular esa faqat talabga javob bermaydigan dom qurib sotish bilan ovora. Yo yangi maktab qurishsin yoki kanallar havfsizligini ta'minlashsin. Bu joylar obod bo‘lgunicha yana necha norasidalar ko‘milishi kerak?» dedi u.
Eltuz Toshkentdagi ikki qizaloq o‘limi tafsilotlarini o‘rganishda va O‘zbekistondan kelayotgan xabarlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!