To‘rtko‘llik “Boqqi tarzan”ni jonli yoyin paytida tutib ketishdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani IIB xodimlari mahalliy aholi orasida “Boqqi Tarzan” laqabi bilan tanilgan lotereyachi-strimer Baxtiyorni 19 sentyabr kuni tutib ketishdi.
Baxtiyor lotereya finali jonli yoyinini o‘tkazayotgan yoyin paytida eshikdan kimdir kirishga urinayotganini eshitish mumkin. Keyin Baxtiyor eshik tomon boradi va birdan ortga yugurib kelib, o‘z laptopini olib, eshikni buzib, qochishga urinadi. Uning ortidan fuqaroviy libosdagi bir necha kishining quvlayotganini ko‘rish mumkin.
Video: https://youtu.be/CVzgLwj9ozY?si=_cLrT0Kzgqcg40_7
Ikki hafta muqaddam ayni tumanda taniqli strimerlar – Rashid Ibragimov va Temur Bayramovlar hibsga olingan edi. Ularni ham IIB xodimlari jonli yoyin paytida ushlashgan edi.
Eltuz Qoraqalpog‘istonda ro‘y berayotgan strimerlar ovi tafsilotlparini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.