Asosiy mavzular
29 sentyabr 2023

«Oltin palov oshlar uchsin…»

RT: Yashash soatining oltin kapgiri 

Har borib kelishi bir olam zamon. 

Koinot shu damda o‘z kurrasidan 

Yasab chiqa olur yangidan jahon. 

MS: Nerdasan poshshom. Galdi Ilxom. Buni yozdi G‘afur G‘ulom. Nichizsizla xo‘jik birri, mo‘chchi oybikala. Hazzatib yuribsizlami yolg‘onchida? 

RT: Matchon Suqilish, ulug‘ shoir G‘afur G‘ulomga kesatiq gap aytmay original bo‘lsang bo‘lmaydimi? Bozordagi piyoz sotadiganlarday gapirasan. 

MS: Og‘o bizam shu xolqdon biyrisimiz. Yurtdon chiqsoqom, eldan chiqmodiq. Hammavoqt qo‘shib yuriymiz. Yegan bilan yiymiz. Ichgan bilan ichamiz. Domorino urg‘onlara atma bi ishni diymiz. Agar she'r atib oyt dasangiz vunom ammalliyman.  

RT: Ayt Matchon. She'r ayt.  

MS: Uzoqdan bir it galyotir qo‘ltiqi do‘li bit galyotir 

RT: Qo‘y bu gaplarni Matchon, yaxshisi Musappo osmon yangiliklaridan eshit.

Osmon musappa news 

Toshkentda poezd ustiga chig‘ib selpi omoqchi bo‘lgan 18 yashar bolani 27 ming volt tok urib ontarib tashadi. Selpichi tanasining 98 foizi kuygan xolda «ana ketti, mana ketti» bo‘lib reanimatsiyada yotibdi. 

MS: Og‘o shundiyn jillila quri bizada bomi?

RT: Dunyoda yiliga yuzga yaqin odam selpi paytida o‘ladi. 

Turkiya Qora dengiz bo‘lgasi Duzja shaxrida 68 yashar Turkiya vatandoshi Aslan Gunayga bilan ramiy nikohsiz yashab kelayotgan 45 yashar o‘zbek xotin Ra'no Odilovani to‘shakdoshi so‘yib tashadi.  

To‘shakdoshi Ra'no Odilovani o‘ldirib bo‘lgandan keyin Aslan Gunayning o‘zi politsiya idorasiga borib aybiga iqror bo‘ldi. 

MS: Nerda bu mongloyi qorolo 

RT: Ra'no go‘rda. Aslan qamag‘da 

Farg‘onada suvdan qarz bo‘lishiga qaramay yana noqonuniy suv ishlatayotgan qarzdor Suv oqova nazoratchisini kaltakladi. 

MS: Ichgan suvini plini to‘lamiydi bu yetmak boxti tiyrdin qop qorolo. 

RT: Navoiyda ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida 3 kishi o‘ldi. 

MS: Nera qistonadi blo. O‘lmakami. Xorazm shoiri yozvadi yuz alli yil brin. Ogahiy endiy songa o‘lmakdiyn o‘zga choro yo‘o‘o‘o‘q. 

RT: Yasha Matchon Suqilish.  

Qatar nega boy?

MS: Og‘o, navchun Qatardagi xolq boy biza kambog‘ol. O‘lib og‘zimiz yera qopshib yotibdi. 

RT: Matchonboy biz ham boymiz. Mana Qo‘qonda bir tovog‘i 3 ming dollarlik oltin palov pishmoqda. Toshkentda million dollarlik to‘ylar. Bir o‘zbek fuqarosi Turkiyadan kelgan oshpazga mersedes sovg‘a qildi. Endi savolingga kelsak.  

Qatar xalqini boyitgan narsa uning yer osti boyligi. O‘zbek xalqini qashshoq qilib, bir guruh shou biznes industriyasi mansublarini boy qiladigan narsa bu to‘y hasham (to‘y¸ xina¸ charlar. beshik va sunnat to‘y¸ dnyuxa¸ yubiley.) 

To‘ydagi asosiy dejur atristdan tashqari birrovga keladigan torpeda qo‘shiqchilar, ularning navbatini tezlashtirgani uchun pul oladigan adminstrator va qistirilgan pullarni terib oladigan pilesoslarning ham biri ikki bo‘lib boyib yotishibdi. 

Butun umr yemay ichmay, to‘plaganini bir kunda to‘yda «chachvorish»ni ilm yoki logika bilan tushinish qiyin. Jadid otalarimiz ham buni tushunmay otilib ketdi. Gurji yozuvchisi Nodar Dumbadze yozgan «Abadiyat qonuni» shu bo‘lsa kerak. 

Aziz do‘stim. Siz otarchi bilan ocharchini farqini bilasizmi? Otarchi fonogrammada qo‘shiq ketayotganda og‘zini ochib yumib turadigan hezimbashara yarattiq. Ocharchi esa to‘yni ochib beradigan seksi qiz. Shundaylardan biri Sotvoldieva degani birvaqtning o‘zida ingliz va rus tilida to‘yni ocharchiligini qila oladi. Yaqinda Qorako‘lning Eshakchi qishlog‘idagi to‘yga kelganlar ham ingliz va rus tilida olqishlandi. To‘ydagilarning bittasi ham «ashi tillardi» bilmaydi.

To‘y egasi vulkanizator bo‘lib ishlaydi, chet tildan faqat turkmancha so‘kishlarni biladi xolos. Bu ballon yamaydigan tog‘a palon pulga atay Toshkentdan inglizcha biladigan ocharchi keltirdi. 

«Endi anov Oskar beradig‘on vecherg‘a o‘xshosin deb dil ketgandi» deydi yamoqchi tog‘a. Ocharchilar olis viloyatga borsa dvoynoy haq oladi. Gulday xunar. Qo‘lingga baqlajonday mikrofondi ushab «gud ivnings ledi end djentelmens, piders end pusis» deya to‘yni ochib bersang «konvert ichidagi besh yuz seniki. Dogovor paytida oldindan olingan 500 ni qo‘shsak ming bo‘ladi. Boriga baraka. Mana tagi navoiylik ocharchi Luiza Rasuleva ham kam bo‘gani yo‘q. Istanbulning kindigidan kvartira sotib oldi. U to‘laydigan oydot haqi bemalol ikki o‘zbek mardikori uchun Istanbulning moltepasidagi dvushka ijarasiga yetadi.  

Uylar muborak Luiza! Seni shu el yurt boy qildi. Rozi bo‘lib berdi.

Bular hatto qorni och yoki to‘qligi haqidagi savolga ham javob bera olmaydi. O‘zi och bo‘sayam to‘qman deydi. Ashi paytda mabodo tekin osh tarqatilayotgan bo‘sa mingga qo‘yib chopib boradi osh yeyishga. 

Asosiy gapim. Bu mardumiy g‘ofildan «qanday alifbo kerak» deb aslo so‘ramaslik kerak. Mana senga alifbo. Mana standart. Bilmasang o‘rgatamiz. Xoxlamasang majburlaymiz deyish kerak. Vsyo! 

MS Og‘o qoqittdingizmi?

+++

Jonibek degan ovqat eltuvchining AQShda klient xotinnig emchagini ezg‘ilagani uchun qamalib 20 ming do‘llar ishtrap to‘lagani haqida yozdim. Tagidagi izoxlarda «o‘zbeklar xozir aynidi¸ ilgari bundaychikin ishdi qimasdi» deb yozdi. 

Endi gapning ochig‘ini aytay. Yuz yil oldin bachcha qiyo boqsin deya «yaqo yirtgan» el bu. Ismidan ot xurkadigan yozg‘uvchi boboylarning Do‘rmonda shairkalarning «ustida qanday ishlaganini» o‘sha Do‘rmon bog‘idagi daraxtlar ham eslaydi. Kinoda «superkelinchak» rolini o‘ynash uchun kamida ikki soat ezg‘ilanib jinsiy toptalish joizligini lyuboy «ati chiqqan» o‘zbek aktrisasi biladi. 

Aslida O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarda saxnada ijod qiladigan artistlarga xurmat bilan qaraladi. Masalan Germaniyadagi kontsert zaliga tomoshabin sifatida artist kirib kelsa, odamlar xurmat qilib o‘rnidan qalqib xush tavoze bilan olqishlaydi. Lekin ministr yoki kantsler kirib kelsa «itmisan eshakmisan» deyilmaydi. Buning otini san'atga xurmat desak bo‘ladi. 

O‘tkan asr oxirida Tojikistonda juda talantli qo‘shiqchi Muqaddas Nabieva ijod qilgan. Bevaqt olamdan o‘tkan bu ijodkor o‘z qadrini bilgan san'at arbobi edi raxmatli. Shu qo‘shiqchi O‘zbekistondagi kolxoz sovxozlarda gastrolda yurgan. O‘sha davr tutumiga ko‘ra kontsertdan keyin kolxoz raisi artistlarga ziyofat bergan.

O‘shanday ziyofatlardan birida Stalin nomli kolxoz raisi xozir osh yegan yog‘li qo‘li bilan yonida o‘tirgan san'atkor Muqaddas Nabieavaning sonini silamoqchi bo‘lgan. «Tort qo‘lingni» deya siltab tashlangan rais gapni askiyaga burib «endi biz xo‘rozmiz.» deb maqtangan. (Urush paytida hamma erkaklar frontga ketganda uyda qolgan kelinchaklarni bitta rais jinsiy extiyojini ta'minlab yurganiga ishora edi bu) O‘zbekchani yaxshi bilgan qo‘shiqchi Muqaddas Nabieva «Senga o‘xshagan xo‘rozlarni ko‘tiga cho‘p tiqib, donasini besh tiyindan Xo‘jand bozorida sotishyapti» degan.  

Bugun Rossiyada yosh go‘daklar va kampirlarni zo‘rlayotgan, AQShda seksual xarrasment uchun qamalayotgan o‘zbeklar o‘sha rais toifasidagilarning avlodlaridir. Tezak tezakdan nari tushmaydi. 

MS: Sho‘rda tormozo bosip, alni ochip uring potiyani.

RT: Assalom Uzbekistan, Juma Mubarak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
26 yanvar 2016
O‘zbek qo‘shiqchisi Nargizning shanba kuni rus millatchi ayollarinig hujumiga uchrashiga ijtimoiy tarmoqdagi qadimchi o‘zbeklar hamdardlik bildirishmadi. Aksincha tarmoqlardagi muhofazakor ...
21 fevral 2022
Bir guruh faollar 21 fevral kuni O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova korruptsion yo‘llar bilan o‘margan pullarning ...
12 iyul 2016
U 16 yil fermerlik qildi. Otasining ham suyagi dalada qotgan, qirq yil davomida paxta yetishtirish bilan shug‘ullangan. Avval otasiga, ...
17 dekabr 2019
«Xullas, shu kundan boshlab “kirpichka”ning masteri Erkin qora meni promkadagi eng og‘ir ishga, ya'ni ichkarisida havo darajasi 70-80° darajagacha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...