Asosiy mavzular
21 fevral 2022

O‘zbek faollari Shveytsariyani 70 mln dollarni Takilant ofshor shirkatiga qaytarmaslikka chaqirdi

Bir guruh faollar 21 fevral kuni O‘zbekistonning sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova korruptsion yo‘llar bilan o‘margan pullarning bir qismi “Takilant” kompaniyaga qaytarilishi yuzasidan munosabat bildirib Shveytsariya, Buyuk Britaniya va AQSh hukumatlariga murojaat bilan chiqishdi.

Murojaatda faollar G‘arb hukumatlarini 70 mln dollar atrofidagi pulni Gibraltarda joylashgan, Gulnora Karimova yevropa telekommunikatsiya kompaniyalaridan pora olishda foydalangan Takilant ofshor shirkatiga qaytarmaslikka chaqirishdi. 

Hozir kun tartibida 2012 yilda Shveytsariyada muzlatilgan 800 million dollarni musodara qilish va tegishli tartibda O‘zbekistonga qaytarish masalasi turibdi. Bu mablag‘ning 131 million dollari yaqin orada O‘zbekistonga qaytarilish jarayonida. 

Bundan tashqari, Shveytsariya jinoiy sudining 2021-yil dekabridagi qarori bilan yana 293 million dollar musodara qilingan. Biroq Shveytsariya sudining ayni qaroriga ko‘ra, Gulnora Karimova tomonidan telekommunikatsiya shirkatlaridan pora olish va keyinchalik Shveytsariya banklari orqali pul yuvishda foydalanilgan Gibraltardagi Takilant LTD offshor kompaniyasi hisobiga 70 million dollarga yaqin mablag‘ qaytarilishi kerak.

Takilant noqonuniy to‘lovlarini Teliasonera va Vimpelcom kompaniyalaridan olgan. 2016 yilda Amsterdam jinoiy sudi Takilant ni passiv poraxo‘rlikda aybdor deb topgan.

Sudning 70 millionni qaytarish haqidagi qarori hozirda biz o‘zbekistonlik faollarni jiddiy tashvishga solmoqda, deyiladi xatda. Chunki, O‘zbekiston xalqidan o‘g‘irlangan pullar Gulnora Karimova jinoiy sindikatiga, shuningdek, bu o‘g‘irlikda ishtirok etganlarga qaytarilmoqda.

Bu o‘g‘irlik fakti allaqachon ko‘plab dalillar, turli yurisditsiya organlarining qarorlari va jurnalistik tekshiruvlar bilan isbotlangan, shuningdek, ushbu korruptsiya ishi bois Gulnora Karimovaning nomi Magnitskiy sanktsiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. 

Shveytsariya sudi korruptsiyaga qarshi kurashda zaiflik ko‘rsatib, mantiqan O‘zbekistondagi korruptsiya jarayonlarini rag‘batlantirayotgani, o‘z qarori bilan ofshor va G‘arb banklaridagi jinoiy aktivlarni legallashtirishga o‘z hissasini qo‘shayotgani juda achinarlidir. Bu qaror butun dunyo kleptokratlari uchun xavfli pretsedentni, ularning jazosiz qolishiga ishonchini mustahkamlaydi, deyiladi murojaatda.

Faollar shu bilan birga Shveytsariya adliyasi o‘z xatosini to‘g‘irlashi, Takilantning o‘g‘irlagan pullarini qaytarish haqidagi noto‘g‘ri qarorni qayta ko‘rib chiqishidan umidvor ekanliklari, shuningdek Federal Jinoyat Sudining mazkur qaroriga Shveytsariya Bosh prokuraturasi protestini olqishlashlarini bildirishgan. 

Biroq faollar sudning noto‘g‘ri qarori Shveytsariya adliyasi tomonidan tuzatilishiga to‘liq ishonchlari yo‘qligi bois, AQSh Adliya departamentiga ham murojaat qilishgan. 2016 yilning fevral oyida ayni departament Takilant shirkati tomonidan Lombard Ode banki orqali yuvilgan 550 million dollarni musodara qilish bo‘yicha fuqarolik da'vosi bilan murojaat qilgan edi. 

«Adliya departamenti o‘z qarorini hurmat qilgan holda, nohaq natijaga yo‘l qo‘ymaydi va qayd etilgan 70 million dollarning Takilantga qaytarilishining oldini oladi» deya umid bildirishadi faollar.

Ular o‘z murojaatlarida, Buyuk Britaniya va Gibraltar rasmiylari ham Takilantga nisbatan tergov boshlashi, shuningdek Shveytsariya sudi muzlatilgan pullarning qolgan 306 million dollari taqdiriga ham oydinlik kiritilishidan umidvor ekanliklarini bildirishgan.

Tag‘in o‘qing
25 yanvar 2017
Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining maktubi menga 25 yillik jurnalistik faoliyatimda hukumat tarafidan yopilgan va men ishlagan «Erk», «Munosabat», TV ...
10 yanvar 2023
Rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, yetti yarim yilga yilga qamalgan Jizzax zamhokimi va sheriklari muddatidan oldin shartli ozod qilingan. (Agar ...
15 aprel 2020
Havo bugun ham buzuq. Kechasi yana yomg‘ir yog‘di. Tuni bilan bezovta uxladim. Nam havoga oyog‘im og‘ridi. Ko‘rgan tushlarim esa ...
29 avgust 2023
Poytaxtning ko‘pqavatli uylaridan birida qo‘shnisinikida bo‘layotgan milliy to‘y urf odatlariga nafrati jo‘sh urgan ayol aks etgan video Eltuzga yetib ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...