Asosiy mavzular
2 oktyabr 2023

O‘zbekistonda arab tili kurslari nazoratga olindi

Sentyabr oxirida O‘zbekistondagi xususiy maktablarda «arab tili o‘rgatish» bahonasida ekstremizm va demokratik qadriyatlarga chuqur nafrat o‘quvchilar ongiga singdirilayotgani faktlari jiddiy nazoratga olindi. 

Mutasaddilar Toshkent shahridagi deyarli barcha xususiy o‘quv markazlarida arab tili o‘rgatilayotgan kurslari»ni monitoring qilish chog‘ida shunday xulosaga kelishdi. 

O‘zbekistondagi bolalar huquqlari va erkak xotin teng huquqliligini kafolatlagan konstitutsiya normalariga zid ravishda yosh go‘daklar miyasiga ehtimoliy kelajakda «shariat quruvchi mujohid jangarilar» bo‘lish vazifalari bilvosita singdirilayotgani ham mutasaddilarning haqli xavotiriga sabab bo‘ldi. 

Shulardan kelib chiqib, kurslar davlatning jiddiy nazoratiga olinib, o‘g‘il bola – qiz bolalar aralash o‘qitilishi talab qilindi.

Eng asosiysi bunday maktablarda ekstremizm va takfirning har qanday ko‘rinishi cheklanadigan bo‘ldi. 

O‘quv Markazi peshtaxtalaridan teng huquqlilik, demokratiya va liberal qadriyatlarga zid «Alya Tolibon» ko‘rinishidagi suratlar olib tashlanib, markazdagi nomozxonalar qo‘shimcha darsxonalarga aylantirildi. 

Arab tili kursi bo‘lgan xususiy o‘quv markazlari Davlat tomonidan qattiq tekshiruvga olinishi O‘zbekistonning kelajakda Yaqin Sharqdagi Suriya yoki Iroq kabi har kuni o‘nlab mujoxid o‘zini portillatadigan taxlikali hududga aylanmasligi uchun qilinayotgtani ota onalarga tushuntirildi. 

Shu o‘rinda Postskriptum: Rassom Tuz bu haqda roppa rosa bir yil oldin 2022 yilning 27 sentyabr kuni ogohlantirgan edi. Rassom Tuz tavsiyalarini inobatga olgan mulozimlarga tashakkur. 

Mana bu esa rassom Tuzning bir yil oldingi posti:

«Xususiy maktablar «arab tili» va «tarbiya» degan fortochka darslar orqali radikalizm, toqatsizlik va ekstremizmni parvarishlamoqda. Bularni yetishtirib, keyin urush o‘choqlaridan palon pulga uchoq yollab  «Mehr» amaliyoti bilan qaytarib kelishga hukumatning puli yetadimi? «Bilmay urushga borib odamlarni o‘ldirib, po‘rtillatib qo‘yibdi» degan bulshit ezibechkini yana qaytaramizmi? 

Shundog‘am yosh qizlarni diniy radikalizm markazi bo‘lgan Misrdagi yashirin hujralarga potok potok qilib yuborish kanali yo‘lga qo‘yilgan. 

Buni oxiri voy. Mendan aytish.» deya yozgan edi o‘z sahifasida rassom Tuz roppa rosa bundan bir yil burun.

Tag‘in o‘qing
30 yanvar 2017
Davlat raxbari iqtisodiy muammolar haqida bot-bot gapirmoqda. Hukumatdagi vazirlarni, katta amaldorlarni xalq dardini eshitmaslikda ayblab so‘kmoqda. Mamlakatga chet-el sarmoyasi ...
15 dekabr 2017
13 dekabr kuni Toshkent islom universiteti 4-kurs talabasi Asqar Nodirov o‘zbek-qozoq chegarasida o‘tayotib posbon Tolib Fayzievni pichoqlab tan jarohati ...
2 iyun 2016
«Avval bizga uch nafar nomzod ko‘rsatiladi, deyishgandi», – deydi Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi saylovda ishtirok etgan mahallalarda yashovchi mo‘ysafid. ...
2 noyabr 2023
Hukumatdagi Eltuz manbalarga ko‘ra, sobiq AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda. Shuhrat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...