Andijonda ruhiy bemorni urib «davolagan» shifokorga chora ko‘rildi
Eltuzga etib kelgan videoda Andijon viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi xolat aks etgan.
Voqea 17 oktyabr kuni soat 19:50 da ro‘y bergan. Videoda bemorlar saf tortib turgani, tibbiyot xodimi ular yonidan o‘tib so‘nggi qatorda turgan bemorni urib yuborgani va uning yerga yiqilgani aks etgan. Yiqilganidan keyin u dodlashda, tibbiyot xodimi esa uni urib tinchlantirishda davom etadi. Sal vaqt o‘tib xodimlar bemorni ko‘tarib ichkariga olib ketishadi. Kasal og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Eltuz ahloq talabiga ko‘ra videoni xiralashtirishga qaror berdi.
PS: Video e'lon qilinganidan ko‘p o‘tmay Andijon viloyati hokimligi yuz bergan hodisani o‘rganish uchun kasalxonaga prokuratura xodimini yo‘llagan. Aybdorlar tez orada konuniy jazo olishi ta'minlandi. Bemorni urgan shaxs ishdan bo‘shatildi – deya xabar berdi Eltuz insayderi.