UzPoster
9 avgust 2023

Toshkentni yalang‘och kezgan yigit jinnixonaga tashlandi – 600’51

Qiziriq tumani hokimi Sherzod Rajabov ayrim maktab direktorlarini ishdan bo‘shash haqida ariza yozishga majburlamoqda. Eltuzga kelgan shikoyatga ko‘ra, direktorlardan ariza xalq ta'limi mudiri orqali olinmoqda.  Biroq bu yuzadan Qiziriq tuman hokimligi e'tiroziga ko‘ra, maktab direktorlarini ishdan olish yoki rotatsiya qilish tuman hokimi vakolatiga kirmaydi. Shu bois tuman hokimi tomonidan hech bir direktor ishdan bo‘shatilmagan yoki rotatsiya qilinmagan.

+++

Eltuz kanalida chop qilingan  «Andijon viloyati Oltinko‘l hokimligi mulozimlari 15 yashar kurashchi Abdumalik Jaloliddinovni sarson qilishmoqda » sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan  hokimlik matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qildi:  

Oltinko‘l tumani, Chaqqon-1 mahallasida yashovchi, ayni paytda Respublika olimpia zaxiralari maktab-internati tarbiyalanuvchisi Abdumalik Jaloliddinov erkin kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun moddiy yordam so‘rab, murojaat qilgan. Murojaatga asosan u shu kunning o‘zida (2023 yil 12 iyulda) mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan Yoshlar daftariga kiritilgan. Jamg‘arma Vasiylik Kengashining qarori bilan yosh sportchiga 6 million so‘m miqdorida pul ajratilgan.

Shundan so‘ng sportchining vakillariga (avvalgi murabbiyi va bobosiga) pul ajratilgani, faqat ushbu summani to‘lab berish uchun asos – sportchining haqiqatan ham xalqaro musobaqada qatnashishini tasdiqlovchi hujjat (aloqa xati, taklifnoma, smeta yoki boshqa) kerakligi tushuntirilgan. Biroq, o‘tgan davr mobaynida asos taqdim qilinmagani sababli mablag‘ to‘lanmagan.

Sportchi vakillari bilan takror uchrashib, masala tushuntirilganidan keyin ular 7 avgust kuni viloyat erkin kurash federatsiyasidan asosli hujjat taqdim qilishlarini bildirishgan.

+++

Eltuzga obunachilardan Qoraqalpog‘istonlik ayolning eriga qasd qilib bolasini qiynoqqa solgani aks etgan navbatdagi video yetib keldi. Voqea o‘tgan oyda sodir bo‘lgani, ayolga chora ko‘rilgani aytilmoqda.

+++

“Yoshlik” konida Olmaliq Tog‘ Metallurgiya Kombinati amalga oshirayotgan portlash ishlari oqibatida hududga yondosh aholi hududlari chang, to‘zon ichida qoldi.

Kombinat matbuot xizmati bu portlashlar aholi bilan oldindan tushuntirish ishlari olib borilganidan keyin amalga oshirilganini ma'lum qildi: «Videoda ko‘rsatilgan portlashlar 1 avgust kuni MOF3da aholi va shahar hokimligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan….»                                                Ammo, bir qishloqning chang va qum ostida qolishi normalmi? AGMK qishloq ahliga tovon puli to‘lashi kerakmi? Degan savollar o‘rtaga chiqmoqda. Mahalliy aholi taqdim etgan video “Effekt Makarenko” telegram kanaliga qo‘yilgan edi.

+++

4 avgust kuni Yunusobodda 31 yashar yigit qip yalang‘och holda qo‘lida guldasta bilan sayr qildi.

Ko‘pchilik uni rasmga oldi. Ustidan kulishdi. Qo‘li qichiganlar esa ushab olib kaltaklashdi.

Voqeaga milisalar aralashdi. 31 yashar yigitni shahar jinnixonasiga oborishdi. Tekshirib ko‘rishsa, anomal issiq ta'sirida bu yigitning esi kirdi chiqdi bo‘pqolgani ma'lum bo‘ldi.

1640 yilda Namangonda tug‘ilgan Bobrahim Mashrab ham ko‘chada yalang‘och yurgani uchun xaloyiqdan kaltak yegan edi.

+++

Keyingi kunlarda o‘zbek telejurnalistlari orasida suv ichiga tushib qo‘liga mikrofon tutib gapirish urf bo‘ldi. Mana bu yosh Qashqadaryolik shu ishni qilayapti. O‘tgan hafta esa Surxondaryolik jurnalist yigit suhbatdoshini ham suvga tushirib intervyu olgan edi. Chinovniklarning suvga tushib, kesak ko‘tarib turishlarini tushunamiz. Bu majburlikdan… Ammo o‘zbek muxbirlarining bu absurd harakatini tushunish qiyin.

+++

Sirdaryolik mas'ullar egasidan tortib olingan ikki sher bolasining birini o‘ldirib qo‘yishdi.

2022-yil 21-fevral kuni qo‘shma reyd natijasida Sirdaryoda sher bolalari egasidan olib qo‘yildi degan shov-shuvli xabarlar tarqalgan edi.

Bu sher bolalariga tegishli barcha xujjatlar (kelib chiqishi, pitomnik guvohnomasi) mavjud.

Ammo hayvonlar bugunga qadar o‘z egasiga qaytarilmagan. 

Biologik xilma-xillikni saqlash siyosati boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Sodiqov bergan ma'lumotga qaraganda, sher bolalaridan biri nobud bo‘lgan.

Ikkinchi sher bolasi esa, egasiga xabar qilinmay boshqa bir boquvchiga berib yuborilgan.

+++

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi mamlakatda “etnosiyosiy ramzlar” tushirilgan tovarlarni taqiqlashni taklif qildi.

Bunday tovarlar orasida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlovchi ramzlar –  Z yoki V harflari ham bor.

Bundan tashqari, Qozog‘iston ChVK “Vagner” atributlari, “Rossiya armiyasi” va “Odobli odamlar” yozuvlarini taqiqlamoqchi.

Jamoat manfaatlarini himoya qilish departamenti prokurori Kuvat Bapinovning aytishicha, Bosh prokuratura tashabbusi “turli xil munosabatlar”ni keltirib chiqaradigan “etnik ramzlar”ni namoyish qilish bilan bog‘liq.

“2022-yilda Qozog‘istonda Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan namoyishlarda, xususan,  Z yoki V ramzlari bo‘lgan kiyim-kechak, o‘yinchoqlar va transport vositalarida tez-tez uchrab turardi. Chakana savdo tarmoqlarida turli nomlar ostida,  xususan,  “Rossiya armiyasi”,  “Odobli odamlar” o‘yinchoq bolalar mahsulotlarini sotish va reklama qilish faktlari mavjud”,  – degan Bapinov.

Bosh prokuratura Qozog‘istonda qurolli to‘qnashuvlarda urushayotgan tomonlar foydalanadigan ramzlar tushirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish va tarqatishni butunlay taqiqlashni taklif qilmoqda.

+++

Rossiya Buryatiyadagi eng yirik qurol aslaha omboridagi eskirgan covet tanklari va bronetransporterlarning 40 foizini urushda ishlatish uchun ajratdi. Bu xolat Rossiyaning qurol yarog‘ tanqisligini boshdan kechirayotganini anglatadi. Blits krig paytida Ukrainada yakson qilingan Rossiyaning yangi harbiy tanklari esa yaqinda Yevropa bo‘ylab ko‘rgazmalarga qo‘yilgan edi.

+++

Ayni paytda Ukraina eng ko‘p miqdorda harbiy dronlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan davlatga aylandi. Shuningdek urush boshlanganidan beri zamonaviy qurol aslahalar ishlab chiqarish hajmini oshirdi. Masalan, Kiev konstruktorlik byurosi tomonidan yaratilgan tanklarga qarshi raketa kompleksi “Stugna-P” aslahasini ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshgan.

+++

AQSh hukumati rasman Abrams M1A1 rusumidagi tanklarning dastlabki partiyasini Ukrainaga yetkazib berishini bildirdi. 31 tank, ya'ni tank bataloni, jumladan logistika uskunalari, ehtiyot qismlari, ta'mirlash stantsiyalari kuzning boshigacha Ukrainaga yetib kelishi bildirilmoqda. Tinglang rus madamchalar, choh qazimang qanchalar, kelar bizning tankchalar, choxlaringiz yanchilar, deya kuylashmoqda ukrainaning sharafli vatandoshlari.

+++

Eron tashqi ishlar vaziri Amir Xusayin, uning mamlakati Rossiyaga dronlar yetkazib berayotgani to‘g‘risidagi iddaolarni rad qilmoqda.

NHK telekompaniyasiga bergan intervyusida “Ukrainada konflikt boshlanganidan buyon biz Erondan Rossiyaga hech bir uchuvchisiz uchoq yoki qurol aslaha sotmaganmiz.” dedi u. Harbiy jinoyatchi sifatida Gaaga sudi hukmi chiqishi bilan Putin yaqin ittifoqchilaridan ham ayrilib qolayotgan ko‘rinadi. Faqat afrikaning ayrim banan respublikalari bundan mustasno.

+++

Nigerada boshlangan hukumatga qarshi isyonni deyarli aholining 80% foizi qo‘llab quvvatlamoqda. RFI nashrining yozishicha, qo‘shni Afrika davlatlari Nigerada prezident hokimiyatini tiklash uchun 25 ming harbiy jo‘natishga qaror berishgan.  

+++

Belarus prezidenti Lukashenko qishga o‘tin g‘amlash bilan band.

Tarmoqning o‘zbek segmenti esa ko‘proq qo‘shiqchi Munisaning belarus eri va uning chukki kesilgan yoki kesilmaganini muhokama qilmoqda.

+++

Bu 600 sekund edi. Ënginagizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan habar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuz kanaliga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
24 iyun 2018
Rossiyalik futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin Argentina-Xorvatiya o‘yini paytida xalqaro nufuzi baland bo‘lgan o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovni «eshakning o‘g‘li» deya ...
9 aprel 2020
Pandemiya tezda o‘tib ketadi, men hech narsa qilishim shart emas, deb xayol qilayotganlar bo‘lsa, quyidagi ma'lumotlar ularga tahlil uchun ...
24 aprel 2016
Bundan 5 yil oldin Toshkent shahar xokimligi Chexiyadan 20 ta tramvayni donasiga bir million AQSh dollari to‘lab sotib olgan ...
27 noyabr 2023
Rossiyaning mustamlakachilik siyosati ta'siri ostidagi O‘zbekistonning bugungi hukumati Turkiston muxtoriyati tuzilgan sanani atay unutishga intilib keladi va bu sana ...
Bloglar
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...