Asosiy mavzular
3 noyabr 2023

Nega xalq Munojotni emas Janzeni sevadi

Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Ko‘nglum ichra dardu g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas,

MS: Voxay. vohay. Bu she'rni yozdi Matchonop Omon. Kim bilmasa o‘zina yomon. Nichiksizla xo‘jik birri mo‘chchi oybika, yoshulli yoshikichchila. Xazzatip yuripsilami yolg‘onchida?

Bu yo‘lda biz necha qo‘rg‘ondan o‘tdik,

Adirlar, qumlardan, darg‘ondan o‘tdik.

Shoshmay, lekin qaytmay, haq deb har doim,

Bizdan ancha oldda borg‘ondan o‘tdik.

MS: Og‘o, qo‘ying galdi galmadi she'rlani. O‘lgan qotqonnon oyting.

Musappo osmon nyus

Andijonda bir xotin «jonimdan to‘ydim» deb uchinchi qavatdan pastga o‘zini otdi.

MS: O‘ldimi?

Yo‘q.  Qovurg‘alari sinib ketibdi. Kasalxonaga olib ketishdi.

MS: Xamma ari oldog‘on, joninnan  do‘yg‘onlar uchakdan o‘zini otavarsa yurtda xotin qolmin qirilb getadi. O‘zi qochon o‘zini uchakdan toshovadi bu monloyi qoro?

Rasmiy ma'lumotni o‘qib bersam.  Voqea 27 oktyabr kuni soat 23:30 larda Andijon shahar 3-kichik daha 7-uy, 22-xonadonda sodir bo‘ldi.

Fuqaro N.R.ning viloyat IIBning “102” qisqa raqamiga qilgan murojaati asosida profilaktika inspektorlari yetib kelishganida xonadon egasi N.G. uyning derazasi tashqi tomoniga chiqib, hayotdan to‘yganligini bildirib baqirayotgan bo‘lgan.

Xonadon eshigi berkligi sababli viloyat FVBning qutqaruv otryadi xodimlari chaqirtirilib, eshik ochib kirilgan. Derazaning tashqi tomonida turgan N.G.dan pastga tushishi aytilganida, N.G. o‘zining ehtiyotsizligi tufayli sirpanib ketib, 3-qavatdan tushib ketgan.

Oqibatda N.G. og‘ir tan jarohatlari bilan Shoshilinch yordam markazining viloyat filialiga olib borilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlab qolingan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

MS: Og‘o, bu avvalam bo‘lg‘on. Bulani ota bovosi o‘zini uchakdan toshog‘on.

RT: Hozirgilarning ota bovolari «Chilidan qo‘lingdi tort. Yo‘qolsin Pinochet» deb mitinga chiqib bo‘lib, yana paxta dalasina kirib ketishardi. Bir tarix o‘qituvchisi qishning kuni ko‘chada bir soatcha turib kelardi. Nega deb so‘rasangiz. «Amerikadagi uysizlar sovuqda yotganida men issiq uyga darrov kirib ketsam bo‘miydi» derdi. Bu mallim o‘pkasini sovuq oldirib tuberkyuloz bo‘lib o‘ldi. Kollektiv aqlsizlik bugun yuz ko‘rsatayotgani yo‘q. Doim shunday bo‘lgan. Shu bois telejodugar  Kashpirovskiy bu massani barmog‘ini uchida o‘ytanib o‘tirgan.

MS: Kollektiv ongsizlikni tarsakisi nichik bo‘ladi?

Kollektiv ongizlikning teskarisi individuallikdir!

Yer tagidagi kanareyka

Yil boshida Nyu Yorkda bo‘lganimda bir art kritik do‘stim choyga taklif qildi. Ertalabki nonushta. Breakfast. Bu do‘stimning aytishicha, Nyu York nonushtasi ikki qismdan iborat. Yeyiladigan va yeyilmaydigan qismlardan tashkil topgan. Yeyiladigan qismi yangi siqilgan apelsin sharbati. Pishloqli qora non va albatta kofe. Yeyilmaydigan qismi esa «Nyu York Tayms” qog‘oz gazetasi. Men bu do‘stimga «Shu zamonda ham odam qog‘oz gazeta o‘qiydimi? Mana smartfonda NT aplikatsiyasi bor. O‘qiyvur o‘sha yerda. Maqlasan, qog‘ozdi isrop qilib» desam unamadi. Ertalab NT o‘qish modern san'at bilimdoni bo‘lgan bu do‘sti aziz uchun o‘ziga xos ritual ekan. Uning aytishicha, kunning unumli bo‘lishi uchun bu ritual o‘ziga xos kosmodromning start maydoni ekan. Gapning to‘g‘risi, qog‘oz gazetani bir xafta oldin uchoq salonida ko‘ruvdim. «Frankfurter Alge Mayne» gazetasi. Lekin bugun ertalab Gazeta.Uzni o‘qidim. Telefonda albatta. Azamatga rahmat, yaxshi kontent qiladi. Muntazam o‘qiyman. Bugungi sonida Samarqand markazidan o‘tgan tunnelning shahar va uning aholisi uchun o‘ta zararli loyiha ekani haqida yozilgan. Qadim shahar tagidan tunnel o‘tkazib laxim qazish, Yangi O‘zbekiston qaroqchi rahbarlarining pul o‘marishidan boshqa yumush emasligini qarg‘alar ham biladi.

Ertalab soqol olayotib yoki qahva ichayotib podkast eshitaman. Bugun  Financial Timesning kundalik brifingini eshitdim. Kunni yangilik eshitishdan boshlashda xayr bor.  News you need to start your day (yaxshi slogan, menimcha)

Eshittirish oxirida AQShda qimmat konyakni sotib oladiganlar soni shu kunda ancha kamaygani aytildi. Olib boruvchi shu yerda bir maqol ishlatdi. «Bu AQSh iqtisodi uchun ko‘mir konidagi kanareyka emasmi» deb.

Gapning ochig‘i inglizchani chuqur bilmayman. Bu aydioma ma'nosini  Sirridan so‘rasam aytib berdi.

Qadimda konchilar ko‘mir shaxtasiga o‘zlari bilan qafasda kanareyka qushini olib tushishgan. Agar ko‘mir konida ugar gazi ko‘payib ketsa kanareykaning patlari tushib ketar va juda bezovta bo‘larkan. Bu esa konchilar uchun shaxtani tark qilishiga signal bo‘lgan. O‘ziga xos ogohlik uskunasi. Xavotir signalizatsiyasi.

Toshkentda zilzila bo‘lishidan uch minut oldin bir oshnamning xovliisidagi iti qattiq vovullagan ekan. Oshnam o‘g‘ri po‘g‘ri keldimi deb tashqariga chiqishi bilan yer silkinib uyining tomi ontarilib tushgan. It zilzilani oldindan bilib egasini o‘limdan qutqargan. Shu o‘rinda mavzuni o‘zimizga bursam. Biz uchun halokat va tanazzul signali nimada zuxur bo‘lmoqda? Samarqanddagi tunnelmi? Kollektiv jaxolatga botgan ommaning olis do‘latlardagi terrorchilarga otashin sevgisimi? Jinnixonadagi bemorni kaltaklaydigan tibbiyot xodimlarimi?

Xoyu chitti gulga qarshi kurashdim, deb byudjetdan oylik oladigan vasyuk zamminstrmi? Siz nima deb o‘ylaysiz? Xo‘sh biz uchun Kenare in z qo‘o‘l mayn (canary in the coal mine)  degan tushuncha nimada aks etadi. Shunday indikator yoki lakmus qog‘ozi bormi?

MS: Og‘o, sizni o‘zingiz yer tiyindagi qonareykasiz. Odamlani ho‘pdan ogox qiladon signalizatsiya bu Eltuz jurnalistlari.

Rahmat Matchon Suqilish. Mana yutubda obunachilar soni yarim milliondan oshdi. Trosga sim, arqonga ip quvvat. Xozir bizni ko‘rib o‘tirganlar orasida obuna bo‘lmaganlar bo‘lsa shartta obuna bo‘lib bizni qo‘llasin. Layk bossin. Bir layk o‘n odamni olib keladi. Ko‘pdan quyon qochib qutilmas.

MS: Lekin og‘o siz hamma gapnam oytmiysiz. Tsenzura bomi yo?

Tsenzura xalqning miyasida o‘tiribdi. Ular o‘zlari ishongisi kelgan yolg‘onni rost deb o‘ylaydi. Rost gapni qabul qilmaydi. FBda tabu degan guruh bor. Men ham a'zoman. Tabu so‘zining ikki ma'nosi bor.

1. Polineziyadagi qadimiy diniy taqiqlar sistemasi.

2. Barcha taqiqlangan mavzular. 

Guruxdagilar esa faqat seksual mavzularni muhokama qilishadi. Sevgan qizing minnat qisa «nimao‘ladi». Birinchi kecha gol urolmasam penalti yoziladimi? Teshilib yamalgan  koptokni o‘ynasa «bo‘vurdimi»? Beshga bir qisa qo‘l qavaradimi va hokazo. Bu savollarni Yevropa va xatto Malayziya maktabidagi jinsiy tarbiya darsida muhokama qilib, javobi topilgani uchun ular buni alohida muhokama qilib o‘tirmaydi. O‘zbekistonda esa haqiqiy tabu mavzular bor.

1. Mamlakat oliy rahbari va oilasi.

2. Navoiyda qazib olinayotgan oltin. 3. Mamlakat rahbariyati, shou biznes va umuman jamiyatdagi gomoseksuallar. 4. Amir Temurning butun butun shaharlarni yosh go‘daklarigacha qo‘shib qatli om qilgani. 5. Shoir va muxolifatchi Muxammad Solix mavzusi. 6. 1991 yildan 2023 yilgacha O‘zbekiston hududining qisqarishi. Qo‘shni turkman va qirg‘izlarga berib yuborilgan yerlar. 7. Shayx Muxammad Sodiq va boshqa mullalarning KGB seksoti bo‘lgani. 8. Grand korruptsiya (katta rahbarlar korruptsiyasi) 9. KGB, SNB jinoyatlari. 10. O‘zbekistondagi yashirin seks turizm. 11. Yuliy Yusupovning pilla masalasidagi sudi.

Xullas tabu mavzular faqat qizlarning minnat qilishi bilan tugamaganligini ko‘rib turibsiz.

«Nega xalq bizdi emas Janzini sevadi.»

Madvazirlikdagi otarchi sxo‘dkasidan reportaj

MS: Og‘o navchun xalq Jonziy bilan Gulmirani yaxshi go‘radi?

Sayoz otarchilar to‘yga ko‘p chaqirilib «xalq ishtaxa bilan yeyotgan» sayoz ashlachilarga qarab vovulladi.

27 oktyabr kuni Madaniyat vazirligi otarchilarni  yig‘ib o‘tkazgan majlisini ikki og‘iz so‘z bilan shunday atash mumkin.

O‘zlari yaqinda zapretdan chiqqan «xopz»lar to‘yga ko‘p chaqirilib   omma orasida reytingi oshib ketganlarni zapret qilishni talab qilishdi.

So‘zga chiqqan G‘ulomjon Ëqubov «Biza qolib to‘yga negrlarni chaqirishvotti» deb qayg‘irib timsoh yoshlarini to‘kdi.

Bu xalq artisti «negr» deb aytish irqchilik ekanidan behabar.

Yana bir naftalin xola Munojot Yo‘lchievaning ham nutq madaniyati yo‘q shallaqi xotin ekani majlisda yaqqol ko‘rindi.

«Ko‘ti bilan kulyapti» dedi u anjan bozoridagi emchak xalta sotadig‘on shallaqi xotinlar kabi.

Bu xopzlar «reytingni xalq emas, maxsus komissiya belgilasin» deb dodlashdi.

Qizil kastm kiyib, mo‘ylov qo‘yib, saksonlar retro ruhida qo‘shiq kuylab, yutubda millionlab prosmotrni bir kunda oladigan Hamdam Sobirovning «sho‘hrati» bu otarchilarning patagini kuydiribdi.

Yutubni kattalariga «etiyluk bulani piligini ko‘tarmasin» deb talab qilishdi qari otarchilar.

Barta Davidova qo‘shiqlarini tekinga aytib, ati chiqqan Munojot «bundan bag‘iga biravdi ashlasini aytgan odam ming do‘llar bersin» deb chakak cho‘zdi.

Keyin aqlsiz boshini aqlli sochlar tark qilgan g‘ijjakchi chiqib «Nega Zulayxoni ashlasini etvossla» deb prava kachat qildi. «liftdagi videoni qo‘yib million prosmotr ogan yutuberlar dolya bersin» dedi Abxoshimaka.

Xullas, bu ashlachilar gapirmay faqat qo‘shiq aytgani tuzuk. Qovoq kallasida alif yo‘q joxillar bular.

Yig‘ilishga boshchilik qilgan Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov basharasini vor zakonlarning vasyoklariga o‘xshatib «votti votti» qilib binnarsalarni aljidi.

Alam qiladigani, otarchi  Ozot boshqarayotgan vazirlikning sayoz otarchilar sxo‘dkasiga aylanib qolganida.

Yuz yil oldin Turkistonga kelgan antropolglar «xalq shu qadar sevib to‘ylariga chaqirib o‘ynatadigan kokilli bachchalar san'atkormi yoki yo‘qmi» degan savolga javob izlashgandi.

MS: Shu zomminstrni gaplarini yongsilab barsangiz.

Madvazir zami  Boxodir Axmedo‘pning dialo‘gga aylangan   mo‘no‘lo‘gi!!!

Nima bo‘votti? Naga qo‘shularni asini chiqarvordiylar. Man oldin vazir bo‘ganman. Manov bola xozir vazr. Lekn vohtida to‘ylarni qizdirgan rosa. Man Turtsuyaga borganman. Turtsuyaga borganman jallav. Ulani bittayam restoranligida chet do‘latti tilida qo‘shu etilmas ekan. Jallavla, hamma restoranida faqat turkcha etilar ekan. Buni kultura deydi Turtsuyada.

Matchon suqilish: Vazzir doyi Turtsuya emas Turkiya deb aytiladi. Madvazirning zami bir davlatni odini do‘g‘ri aytolmasligi indi uyat!

RT: Turkiyada 71 mingta musiqiy dasturli restoran bor. Shulardan kamida uch mingi faqat ingliz, ispan, frantsuz yoki arabcha muzika qo‘yiladi. Inglish pab va jaz restoranlarida inglizcha qo‘shiq eshitiladi. Suryoniy, fors va rus tilida qo‘shiq aytiladigan restoranlar ro‘yxatini vazirlik matbuot kotibiga bersak sizga yetkazar. Xullas Salimboyning ko‘rpachasida o‘tirganiniz yo‘q. Oldi qochdi gap aytishga uyalmaysizmi.

MS: Gurungni davomini oyting.

RT: Bitta qiz, telvozorga chiqvolib onangi sikay deb qo‘shu etvotti. Yana bittasi kepkasini bostirvolib vorovskoy qo‘shu etvotsa jyurida o‘tirgan xarrip voy dood deb suyunib ketvotti. Hamma yoq xoyu chittigul bo‘p ketti. X-faktoringni onasini eshak quvalasin

MS: X Factora ilishadi biloni hammasi.

RT: O‘zbekistonda birinchi marta xalqaro andazada X Factor tanlovi bo‘lyapti. Jyurilardan biri xonqali bratning qizi Lola Yo‘ldosheva. Bu tanlov qoidasi bo‘yicha ko‘chadagi bomj ham unda qatnashishi mumkin. Madvazirdagilar shou nimaligini bilmas ekan.

MS: Parodiyani asirtiring yoshulli.

To‘g‘ri san'atti abjag‘ini chiqargan o‘zim bo‘laman. Lekin o‘sha vox talabi shu edi. Abjag‘ini chiqar desa sharrta olib tepkilab tashaganman. Lekin shu bo‘qdi billa yedik sila bilan. Lekin meni tepkilashganda bittang yonimda turib bermagansanla. Bu degani u davrri yomonlivuza degani emas. O‘sha davr shunaqa edi. O‘tkan ishga solovot. Xozir endi boshqa dudkaga tansa qilamiz.

Manga qara san mani tilpunga ovossanmmi xarrip. Ertaga chiqarvorib mani podudar qo‘ymoqchimasan yiban. Ëqmasa tur chiqib ket. Oldin vazir bo‘ganman xozir zamman. Zam! Zam bo‘ldi am bo‘ldi deganlar palonimdi yepti. Endi do‘lat tili masalasida ham to‘g‘ri etilvotti. O‘richcha qo‘shib, xarripcha aralashtirib gibrid qip tashadu. Tilam kirib ketdi kiradigan joyiga. Bilaman, anu krisa baribir yozvolvotti gapimni. Bu gapim menga ur to‘qmoq bo‘lib keladimi, yo sur go‘shtli  moshkichiri bo‘libmi bilmiyman to‘g‘risi.

Matchon Suqilish: Bilmasang nishatib o‘tiribsan bu lavozimda. Mamlakatda shuncha muammo duribdi. San bo‘sang xoyu chittigulga qarshi kurashjaksan. Vazirlik songa o‘xshag‘on kriminal bashara vasyukladan tozalanishi garak!

RT: Madaniyat avvali nutq madaniyatidan boshlanadi. Bu nutqning labzakdagi qassobnikidan nima farqi bor?

So‘kmak o‘tganlar ishin notavonlar rasmikim,

O‘z zamonin rost etar qavmi marddir asli kim,

Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim,

Ey Navoiy qilma Jamshidu Faridun vasfikim,

Shoh G‘oziyga karam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

MS: Sho‘rda tormoza bosib uringpotyani. Oyting yonqi gapni

Assalom O‘zbekiston! Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
21 may 2018
«Eltuz»ning Andijon shahridan olgan ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatda institutlar soni bittaga kamaydi. 4 ta oliy ta'lim dargohidan biri – Andijon ...
20 sentyabr 2023
Ozarbayjon Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishni tasdiqladi. Armanilarning Tog‘li Qorabog‘dagi armiyasi taslim bo‘ldi. Bir kun ichida tan olinmagan «Artsax» armiyasi janglarda ...
12 noyabr 2020
Saylovda g‘alaba qozongan Jo Bayden AQShning navbatdagi prezidenti bo‘ldi. Amaldagi prezident Donald Tramp mag‘lubiyatini tan olishdan bosh tortib, ko‘plab qonunbuzarliklar va ...
28 sentyabr 2016
Sovet O‘zbekistoni paytida oddiy rasssomlar paxta tergan bo‘lishsa, katta rassomlar paxtakorlar suvratini chizishgan. SSSR davridagi paxta safarbarligi oddiy odamlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...