ART-DURBIN
14 noyabr 2023

Xorazmdagi Avesto muzeyi yopiladimi?

Xorazm bir vaqtlar zardushtiylik poytaxti bo‘lgan. Zardushtiylar muqaddas kitobi – “Avasto”da bayon qilingan voqealar asosan, “Arianam Vayja” mamlakatida, ya'ni olimlar tomonidan “Katta Xorazm” deb atalgan davlatda ro‘y beradi.

Bu davlat Boxtar, Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Xorazmni o‘z ichiga olgan.

Ushbu ta'limot asoschisi Zartusht bo‘lib, u o‘z ta'limotini jamiyatda yashovchi har qanday sinf vakillari orasida qo‘rqmasdan tarqatib o‘zining haqligini isbotlay olgan.

Eramizdan oldingi 8 asr oxirida dunyoga kelgan Zartusht Quyi Amudaryo hududida yashagan.

Zardusht ta'limotida insonning yaratilishdan maqsadi – farovonlik,  o‘zining va o‘zgalar baxtiga intilishidir.

«To‘g‘ri fikr», «to‘g‘ri so‘z» va «to‘g‘ri amal» zardushtiylik asosidir.

Kamolot cho‘qqisini zabt etish va abadiy saodatga erishish uchun Zardusht o‘z izdoshlarini dunyoga, shod-xurramlikka va shonli hayotga bog‘lanib qolishdan to‘xtatmaydi.

12 ming qoramol po‘stiga yozilgan «Avasto» kitobi Xorazmda yaratilgan.

Bundan 22 yil oldin YuNYeSKO qaroriga ko‘ra, Urganchda «Avesto»ga monument o‘rantildi va atrofida bog‘ va muzey barpo qilindi.

O‘zbekistonning islom ishg‘olidan oldingi osori atiqalari, topinoq va sig‘inoqlarini qadrlash mamlakat tarixini tugal bilish uchun zarur.

Misr, Turkiya kabi musulmonlar yashaydigan davlatlar va Saudiyada ham islomdan oldingi arxitektura yodgorliklari avaylab saqlanmoqda.

Bir muddat Suriya va Iroq hududlarini ishg‘ol qilgan IShID jangarilari o‘z nazarida shirk bo‘lgan qadimiy obidalarni portlatishgan edi.

Ayni shaklda Tolibon Bomiyondagi Budda haykalini portlatgan edi.

Keyingi paytlarda O‘zbekiston rahbariyatiga ta'sir o‘tkazishga urinayotgan konservativ diniy ruhoniylar mamlakatning islomdan oldingi tarixiga oid osori atiqlari va oboidalarni yo‘q qilish payida bo‘lishmoqda.

Buxorodagi qadimiy qurigan tut daraxti muftiy buyrug‘i bilan “sof Islomga” to‘g‘ri kelmagani uchun olib tashlangani bunga misoldir.

Bu mantiqdan kelib chiqilsa, Samarqanddagi Sherdor madrasasini ham buzish lozim.

Chunki madrasa peshtoqidagi quyosh tasviri zardushtiylik timsolidir.

Shu kunlarda Xorazmdagi avesto bog‘i va muzeyi tugatilib, o‘rni mahalliy tadbirkorlarga uy qurish uchun beriladi degan gap chiqdi.

Bu to‘g‘rimi?

22 yildan beri Avesto muzeyiga rahbarlik qilib kelayotgan 82 yashar Komil Nurjonovga bur savol bilan murojaat qildik.

O‘tkan asr oxirlarida o‘zbek shoiri Mirzo Kenjaboev Avesto ohanglari degan turkum she'rlar yozgandi.

Kaftimga mixladim iyagimni men

San'atla tig‘ladim yuragimni men

Yuz bukib ikki yuz suyagimni men

Mehmon bo‘lib keldim Zardo‘shtga…

Urganchdagi Avasto muzeyi Xindiston, Eron va dunyoning turli joylaridagi zardo‘shtiylar mehmon bo‘lib keladigan go‘shaga aylandi.

Bu maskan toshga aylangan daraxt saqlanadigan dunyodagi uch muzeydan biri.

Ammo muzey davlat e'tiboriga muxtoj.

Raqibim Ahriman

Jamgohim sukut

Beshiklar kuylaydi.

Kul bo‘lar tobut

Qarog‘im yarog‘im qovurg‘am sovut

Posbon bo‘lib keldim Zardo‘shtga

(M. Kenjaboev)

Zardo‘shtiylik – qadim Xorazm tarixining ko‘hna sahifasi.

Sosoniylar davlati vayron bo‘lib, Xorazm tuproqlariga arablar hujum qilgani ortidan zardo‘shtiylik tanazzulga yuz tutdi.

Zardo‘shtiy otashkadalari buzilib, o‘rnida masjidlar qurildi.

Bugungacha Eronning Yazd va Karmana shahrida va Turkiyaning Mardinida yashayotgan zardo‘shtlar doimiy bosim va takfir ostida qolmoqda.

Bugun koservativ dindorlar bosimi ostida qolgan Urganchdagi Avesto muzeyi direktori Komil Nurjonga ko‘ra Xorazmda bugun ham zardo‘shtiylik rituallari saqlanib qolmoqda.

Tarix – ulug‘ muallim. Ajdodlar yodi – muqaddas.

O‘zbekistonning islomgacha bo‘lgan tarixi va san'ati muxtashamdir. Xorazmda tug‘ilgan buyuk olim Beruniy “Osorul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarida mamlakatning islomgacha bo‘lgan davridagi muhtasham madaniyat haqida so‘z yuritadi.

Ammo Beruniyni o‘qimagan mahalliy rahbarlar shahar markazidagi obod joylar va muzeylarni yo‘q qilib o‘rnini uy quruvchi tadbirkorlarga sotib pul qilishni istashadi.

Chunki ular uchun tarix mavjud emas.

Oniy manfaat uchun har narsaga hozir tujjorlar bois qadim Shahrisabz shahri YuNYeSKO ro‘yxatidan chiqarilishga bir bahya qoldi.

Shular sabab Xiva tarixidagi eng katta ziddiyat guvohi bo‘lgan Gandimiyon saroyi yog‘och kesadigan piloramaga aylantirildi.

Shular sabab Xivadagi Nurillaboy saroyining eshigi va qadimiy kaminlari o‘marilib sotildi.

Ëvuzlik timsoli Ahriman – Axuro Mazdo ezgulik yaratgan har bir go‘shada Ilonlarni yaratding!

Sen xohish irodang ostida

Ularni yashnatding, yayratding

Mayli Axriman,

Mayli Faqat bir e'tiroz faqat bir savol

Sen nega ularning barini

Odamzod shaklida yaratding?

Tag‘in o‘qing
23 noyabr 2023
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan yozadiganlar va pul berib, birovning ustidan yozdiradiganlarga. Istisno o‘laroq, birovning ustidan yozadiganlar qamrov katta bo‘lsin deya «bloger yollab» o‘z yozmishini tarmoqqa chiqarishni ham istaydi. Ammo uning «murodi hosil bo‘lmasa» nayzasi o‘tmas blogerning ustidan ham yozishni boshlaydi.  Erinmay prokurordan ...
10 iyul 2024
Eltuz Portaliga navbatdagi beshta maktub O‘zbekistonning Toshkent, Farg‘ona va Navoiy viloyatlaridan kelgan. Dastlabki murojaat Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati ...
31 dekabr 2020
«Eltuz» rassom Elsevardan Yangi yil archasiga bag‘ishlangan navbatdagi suratni taqdim qiladi. Korruptsioner o‘zbek amaldorlari: «Sigir yili kelyapti, xalqni sog‘amiz». ...
26 yanvar 2016
O‘zbek qo‘shiqchisi Nargizning shanba kuni rus millatchi ayollarinig hujumiga uchrashiga ijtimoiy tarmoqdagi qadimchi o‘zbeklar hamdardlik bildirishmadi. Aksincha tarmoqlardagi muhofazakor ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...