UzPoster
24 noyabr 2023

O‘zbek ota-ona – bolalikning dushmani – RTdan va'z

– Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman.

MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo. Xivodayi Gulnora biyi, Ismoyil olqosh, Soporgul opo¸ So‘ltonposhsho apkala, nichiksizla…

– Matchon Suqulish, Eltuz yutub kanali sen uchun salomxonaga aylandimi?

MS: Og‘o ishitdingizmi, gashir ko‘lasha majburiy borg‘on olti bolo o‘libdi.

Farg‘ona viloyatida bir guruh maktab o‘quvchilari sabzi kovlash uchun ketayotganida avtohalokatga uchrashi oqibatida 6 nafar bola o‘lgani va 4 nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani  xabari eltuzga keldi. Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona viloyati, IIB Matbuot xizmati Uznews.uzga ma'lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 21 noyabr kuni soat sakkizlar atrofida Uchko‘prik tumani, Mehnatobod MFY hududida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.E Isuzu yuk mashinasini boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamasdan, svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan, Damas avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Ushbu YTH natijasida, Damas avtomashinasi yo‘lovchilari, 2 nafar ayol M.D va G.Q. tan jarohati olib, voqea joyida o‘lgan.

Hodica oqibatida 2007 yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi, hamda Damas haydovchisi va yana bir yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Sh.E.ga nisbatan JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

MS: Gashirni kim akkan bo‘sa shu sug‘ursin. Majburiy mehnat to‘xtamadi, to‘xtamadi. Ulli yoshulli BMTdan durib maqtanvadi. Kapeyka bo‘ldi vuni gappi. Karimopni oxtiq Masha Tillaeva bir gaplani topibdi.

O‘lib ketgan diktator Karimovning oxtiqi Masha Tillaeva toshkentlik muxbir bilan suhbatda yangi  to‘shakdosh topkanini bildirdi. Tillaevaga ko‘ra, uning yangi jazmani o‘zbek va o‘zi bilan teng.

Mashaning o‘zbek seks partneri ancha kamtar yashaydi va puli ko‘p emas.

Suhbat paytida  Tillaeva ajrashgan eri Amiran uni kaltaklaganini ham aytib berdi. Tillaeva onasi Lola va boshqa oila a'zolaridan uzoqlashgani va o‘z kunini o‘zi ko‘rishini ham ta'kidladi.

Bloger o‘laroq, u o‘z kontentida reklama joylash uchun 4 ming dollar olishini aytdi.

Gulnora haqida gapirishni istamasligini, kichik Islom Karimovni xushlamasligini ham aytdi.

Karimovning bevasi Tatyana Karimova nevarasi Masha bilan sirdosh ekanligi ham suhbatda aytildi.

Mashaning onasi Lola unga bo‘g‘oz bo‘lganida «bolang ichingda o‘lib qoladi» deyilgan. Shunda kimdir agar hali qorningdagi tug‘ilmagan bolaga Maryam deb ism qo‘yib, unga sig‘insang tirik tug‘ilishi mumkin deyilgan. Shu tariqa uning ismi Maryam bo‘lgan.

Masha Tillaeva bolalik payti haqida eslashni istamaydi va u yoshligida o‘zini o‘ldirmoqchi ham bo‘lgan.

AQShda yakkamoxov bo‘lgan¸ do‘stlari bo‘lmagan. Ëshgina qiz 98 kilo tosh bosgan katta bulochka bo‘lganidan ruhiy azoblangan.

Tillaevaga ko‘ra,  Karimov o‘lishidan oldin tushiga kirgan.

MS: Avvalgi ari Amiran uribmi Moshani. Boshqa arkak bo‘lso o‘ldirib yerlara go‘maradi. Navoiy otomiz  oytvadiqu oxir bi gaplani…

Matchonboy jamiyatda shundoq ham maishiy zo‘ravonlik juda ko‘p.

Toshkentdagi ona odamlar ko‘z o‘ngida o‘z qizini do‘pposladi — video

Bolalar ombudsmani esa holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda gul do‘koniga kirib gul so‘ragan vaqtida onasi V.A. mast holda qizi V.I.ni haqoratlab, urgani bo‘yicha videoxabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani do‘konda onasi tomonidan kaltaklangan qiz holati bo‘yicha munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, holat Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oqibat” mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan do‘konda yuz bergan. Shu yerda bo‘lgan fuqarolar jarayonni videotasvirga olib tarqatishgan.

Mazkur holat darhol Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Hozirda ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, onasining bunday zo‘ravonligidan jabr ko‘rgan qizcha Toshkent shahar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Onani esa ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

MS: Bi jillilani spiskasini duzip stolbag‘a osish garak

O‘zbekistonda pedofillar, qo‘shmachilar va terrorchilar reestri tashkil etiladi.

Afsuski, reestr yopiq tarzda yuritilar ekan. Aslida xalq o‘z pedofillari, qo‘shmachilari va terrorchilarini bilib qo‘ysa yaxshi bo‘lardi.

MS: Tiktok, Yutub, yo instagramnan bilib duripmiz. Xotinla o‘risyurtdagi arlarini shantaj atip pil sog‘ish uchun bollorini qon qoqshotip urib video iyarib yotibdi.

Urganch tumanida bir nedotrax  ruhiy besaranjom xotin uchta bolasini (ikki o‘g‘il va bir qizini) burchakka qo‘yib gugurt chaqib «sizlarning hammangizni yoqib yuboraman» deb qo‘rqitib, video olgan. (Ehtimol bu videoni eriga yubormoqchi bo‘lgan shantaj  uchun.)

Bu miyasi shamollagan urod taviya nochorni sud qarori bilan onalik huquqidan mahrum qilish kerak. Qilgan ishi uchun oldin qamoqda 15 kun saqlab, keyin jinnixonada davolash kerak.

Bolalarni davlat o‘z qaramog‘iga oladi.

Shu o‘rinda Shvetsiyada o‘nlab o‘zbek ota onalar bolasiga zulm qilgani uchun ota onalik huquqidan maxrum qilinib bollari olib qo‘yilgan.

Dunyoda bolalar uchun o‘zbek ota-onadan ham katta dushman yo‘q. Bu gapni o‘ta jiddiy aytayapman.

MS: Ar uchun xotinnan ulli dushmon yo‘q

Cherchez La Femme.

Shershe lya fam Cherchez la femme – bu «shu atrofda xotin bor» yoki «hamma balo xotinda», «xotinni izlang» degan ma'no beradigan frantsuzcha kinoya.

Shu o‘rinda tergovchilarning hammasi biladigan qoida ham bor: Agar xotin «erimni o‘ldirib ketishdi» deb arz qilsa, o‘sha xotinni o‘zi ilk gumonlanuvchi bo‘ladi.

Ëki teskarisi.

Bu kirish so‘zi edi. Sarlavhani mana bunday bo‘lishini istadim.

«Besh ming dollarga arziydigan spektakl».

Odatda Eltuz telegramm kanalidagi kontentni rassom Tuz sahifasiga ko‘chirib qo‘yaman.

Bu safar «Payariqlik o‘qituvchini dushmanlar o‘g‘irlab, urib, qora qonga belab, kartasidan juda katta summani yechib olishgan» degan xabarni o‘qib, miyamga kelgan ilk jumla “Shershe lya fam” bo‘ldi.

Bu orada Samarqanddagi matkotib «bu voqea haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi» deb raddiya berdi.

Ammo nimadir bo‘lgan edi.

Xullas, Samarqandda bo‘lgan voqeaning asl manzarasini Koreyadagilar aytib berdi.

Demak, hikoyamga ichki sarlavhachani tanish qo‘shiqdan ola qoldim

“Samarqandda o‘t yoqsam Koreyada tutuni”

Aslida bu pul undirish maqsadida qilingan yolg‘on va uning fosh bo‘lishi edi.

Hikoyamiz qahramonining oti Muattar Samarqandagi eshonxo‘jalar avlodi bo‘lgan Qilich akaning qizi. Maktabda muallima bo‘lib ishlaydi.

To‘rt bachasi bor. Eri, barcha samarqandlik erkaklar kabi, chet elda ishlaydi.

Samarqandlik erlarning bir qismi Amerikada, bir qismi Meksikada yana bir qismi Janubiy Koreyada.

Qahramonimizning eri Sadriddin Mavlonov Janubiy Koreyada ishlab, xotiniga pul yuborib turadi. Xotin esa bu pullarga qanoat qilmay, bankadan kredit ustiga kredit oladi.

Kreditlar foizi bolalab-bolalab, besh ming dollardan oshiq qarz vujudga keladi.

Xotin eridan muntazam pul olib turgani uchun, bankdan kredit olganini eri Sadriddin akaga aytmaydi.

M. Qilichevna xonim, o‘zi ko‘rgan turk serialidan ta'sirlanib, o‘zini o‘g‘irlab ketilgani va yovuz jinoyatchi erkaklar tarafidan o‘lasi qilib urib, puli kartasidan yechib olingani haqidagi yolg‘on tomoshani uyushtiradi.

U yuziga oddiy xotinlarning lab bo‘yog‘ini chaplab, qoniga botgan kabi ko‘rinish uchun o‘zini rasmga olib IMO orqali Janubiy Koreyadagi eri Sadriddinga yuboradi.

Rasm tagiga «Shu besh ming dollarga arziydimi» deb yozuv qo‘yadi.

Bu spektakladan maqsad – eridan besh ming dollar undirish.

Ammo stsenariydan xabarsiz er «arts» xotinga pul yuborish o‘rniga Samarqand IIBga telefon qilib, «xotinimni jinoyatchilar o‘g‘irladi» deb zayava rasmiylashtiradi.

Samarqand mirshablari moshinalari migalkalarini yoqib «viy-viy» qilib «vozz etib» shessekundda xotinni topishadi.

Bu «arts» xotin Samarqandning registon mahallasida «vachach» deb maishatni dodasidan qilib, mazza qilib o‘tirgan bo‘ladi.

MS: Deravarsin Karimov “may-ishrat” dar adi bi gaplani…

Ichki ishlar xodimlari darrov shakl birni shakllantirishadi. Forma bir bu jinoyat joyiga yetib kelgan IIB xodimi tarafidan tuziladigan ilk hujjat.

Bu hujjatda xotinni hech kim urmagani va eridan pul unirish uchun lab bo‘yog‘i bilan «qonga botgan xotin» grimini qilib rasmga tushib aldagani yozilgan.

Spektakli o‘xshamay qolgan bu mallima yig‘i-sig‘i qilib: «Men bir ojiza bo‘lsam. Xato qildim, xato qildima» deb, tushuntirish xati yozib, hammasini bo‘yniga oladi.

Asnoda bu xotinning eri yuborgan pulini muntazam birga yegan va yana bankdan kredit olib yeb yurgan alfons tog‘alar rasmi ham ufqlarda chiziladi.

Xotin pushaymon edi. Chunki voqeadan xabar topgan er bu yolg‘onchi va parazit xotinni javobini berishi xatari paydo bo‘lgan.

Sog‘in sigir maqomidagi erdan ajralib qolish – Samarqandda katta musibat.

Payariq xalq maqolida ta'kidlangani kabi, «o‘ynashga ishonsang, ersiz qolasan».

Shu yerda hikoya tugadi.

Erini aldamoqchi bo‘lgan xotinlarga maslahat:

Pomada bilan «qonga botgan mazluma xotin» grimi yaxshi chiqmaydi.

Uydagi biror tovuqni so‘yib, shuning qonini yuzingizga belasangiz ishonchli chiqadi. Rasmga tushib bo‘lgandan keyin tovuqni sho‘rva qilib ichsangiz qorin ham to‘yadi.

Aldagani er yaxshi. Er qancha uzoqda bo‘lsa shuncha tez aldanadi.

Eri chetda mardikor ishlaydigan samarqandlik xotinlar «uzoqdagi quyruqdan yaqindagi o‘pka yaxshi» deya yosh bachchalarni o‘zlariga o‘ynosh qilmoqda.

Bu endi boshqa hikoya mavzusi. Tamom. Shershe lya fam

MS: Og‘o, siz ina qodim zamonlodo Birlikni tashkil atib O‘zbekistonimiz mustoqqil o‘zboshdoq bo‘lsin dap yosh o‘mrinizni yoqqonsiz. Lekin hazini yoshullilo go‘rdi. Navchun rezultot yo‘q og‘o.

Ayshini nodon surib jabrini dono tortadur.

Matchonboy biz birlasha olmaganimiz uchun ham elning boshi balodan chiqmayapti. Birlik bu turli xalqalardan tashkil bo‘lgan zanjir edi. Ammo bu zanjir uzilib ketdi. Tross bo‘la olmaganimiz badali edi bu.

Bundan 15 yil oldin zanjirdan ko‘ra, tros kuchli ekanligi haqida bir esse yozuvdim. Shuni yutubdagilarga aytib bersam.

Zaif halqa

1985  yilning oxiri sovuq keldi.

Tabiat va mafkura qahratonidan berkinish uchun rassomga xos ustaxona zarur, degan fikrda qat'iy edim.

O‘sha paytda sovet o‘txonalari muqobil kayfiyatdagi rassom va musiqachilar uchun sevimli maskan edi.

Nazarim, bir paytlar shaharning yarmiga issiqlik uzatgan ikki qavatli vodakanal o‘txonasi binosiga tushdi.

Bino Stalin paytida pishiq g‘ishtdan qurilgan va qarovsiz holatda edi.

Rassomlar uyushmasi, shahar kengashi va suv-oqava idorasi o‘rtasidagi qog‘ozbozlikdan keyin “Bino rassomga berilsin!” degan buyruqqa imzo chekildi.

Binoni ko‘zdan kechirib, bir muammo bilan assalomu-alaykum, deya yuz ko‘rishdim.

Bino ichida og‘ir ulkan cho‘yan o‘choq bor edi.

Bilgichlarning aytishicha, oldin o‘choq qurilib keyin ustiga bino tiklangan.

Mendan oldin, bir necha idoraning bino ichidagi o‘choqni sudrab chiqa olmasdan, qo‘l siltashgani ham ma'lum bo‘ldi.

Stalin lagerlarining sobiq mahbusi¸ kamazchi Jumayoz aka bu o‘choqni sudrab berishga rozi bo‘ldi.

Oldin eshikni kotel kattaligiga olib kelish uchun yonlarini quvaldi bilan urib katta teshik qildik. O‘choqni domkran yordamida ko‘tarib, tagiga temir o‘qlovlar tiqib chiqdik.

Keyin Jumyoz aka ulkan quyma zanjirni shaldiratib, bir uchini o‘choqqa, ikkinchi uchini Kamazning orqasiga bog‘ladi.

Kamaz bir oh tortib, ilgari chirpandi. 40 yil yerga mixlangan o‘choq bir silkindi.

Zanjir taranglashdi.

Mashina yana pishqirib, ilgarilashga urindi.

Shu on sharaaaq, etgan ovoz chiqdi. Zanjir uzildi.

– Nega uzildi, deb so‘radik Jumayoz akadan

– Zaif halqa¸ dedi Jumayoz aka.

***

Oradan ancha  yil o‘tdi. 1993 yil adog‘ida bir rassom sifatida Berlinda ijod qilish uchun yo‘llanma oldim.

Orqada siyosiy harorati baland bir necha yil, oldinda esa osuda olmon hayot tarzi.

Orqada – tarqalib ketgan imperiya, prezidentlik saylovi, muxolifat qimir-qimiri, oldinda esa, bir paytlar qantarilib, yana qo‘lga olingan molbert.

Berlinda asli O‘zbekistonga taqaladigan bir olima xonim istiqomat qiladi. Rano Fon Mende.

Rano xonim Berlinda musofir bo‘lgan ikki o‘zbekni bir cho‘qim palovga chaqirdi.

Berlinda mendan tashqari bir xorazmlik olmonshunos olim ham bor edi, u Humbold dorilfununida ilmiy ish yozar edi.

Aytilgan vaqtdan 20 daqiqa oldin Ra'no xonim eshigi oldida hozir bo‘ldik.

Nemislarda vaqtidan oldin eshik qoqilmaydi, dedi hamrohim.

Xullas, oradagi 20 daqiqani uy oldidagi bog‘chani kezib, o‘ldirishga qaror qildik.

Bundan atigi bir yil burun muxolifatni qo‘llagan bu olim, elbirim muhim bir gapni aytmoqchiday, menga qaradi.

– Bilasanmi, Karimovning saylovda yutgani yaxshi bo‘ldi. Agar Solih yutganida bormi, qon daryo bo‘lib oqar edi. Biz non o‘rniga tosh yerdik.

Karimov status kvo, ya'ni mavjud holatni saqlab qoldi, bu muhim.

Mana Tojikistonni qara, demokratiya qilaman, deya nima bo‘ldi, deb qo‘lini bigiz qildi.

Uning qo‘li ko‘rsatilgan taraf Berlinning g‘arbiy bo‘lgasi edi. Demokratiya gullagan bir go‘sha edi bu.

Zanji arablar va turklar hamda olmonlar gavjum bu bo‘lga murosa va rafoq ulgisiday edi.

Men esa hali o‘z safdoshlarimning quda tomonga o‘tishiga ko‘nikmagan g‘o‘r bola edim.

Mening o‘yimcha, chet tilini va G‘arb hayotini bilgan hur fikrli o‘zbek, albatta¸ demokratiya tarafdori bo‘lishi kerak edi.

Mendan sal narida turgan bu olimning mustabidni qo‘llashini hech istamas edim.

Olim bo‘lsa qo‘llarini ikki tarafga yozib, biz o‘rtacha odammiz, paqir panada bo‘ladi va hokazolar dedi.

Men uchun ro‘paramdagi olim zanjirning zaif halqasi edi…

*********

Keyin yana 10 yil o‘tdi.

Bu o‘n yilda ne-ne odamlarning ne ko‘ylarga tushishlarini, sal zo‘rga uziladigan halqalar kabi cho‘rt uzilishlarini ko‘p ko‘rdim.

Hatto ko‘nikib ham qoldim.

Bugun siz bilan birga bo‘lib, sal o‘tmay manfaat ilinjida jamoani qizarmasdan, bo‘zarmasdan sota oladigan kaslarni ko‘p ko‘rdim. Yaxshiliqqa yomonlik qiladigan ko‘ppaklar, suyak va in bergan egasiga yaxshi ko‘rinish uchun ustozi ustiga bavl qiladigan bo‘biklarni ko‘rdim.

Chaqimchilikni yangi zamonning eng ulug‘ tarzi, deb biladigan bo‘yni bog‘lilarni ko‘rdim.

Oldin ko‘rganim olim ularning oldida farishta edi.

***

MS: Og‘o, yonqi ustaxonadayi kotel masalasi nishatdi. Zinjir uzulgan yerda to‘xtavadik…

Yana 1985 ning qishiga qaytsak.

O‘shanda kamazchi Jumayoz aka o‘txona binosi ichidagi ulkan cho‘yan qozonni tros yordamida sug‘urib chiqardi.

Tros degani zaif simlardan eshilgan arqon. Bu simlar alohida olinganda o‘ta zaif, ammo minglab simlar birlashar ekan, uzilmas bir holga keladi.

Zanjirdan ko‘ra, tros kuchli degan fikrga kelganimga ham 30 yildan oshdi.

MS: Osqonimiz oltin tros, dushmonimiz o‘ris bo‘lsin. Uring potyani.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
19 fevral 2020
Quyidagi maqola telegra.ph saytida e'lon qilingan. “Eltuz” bu maqola tarjimasini e'tiboringizga havola etmoqda. Iddao va taxminlar ustiga qurilgan bu ...
6 oktyabr 2016
So‘nggi vaqtlarda mahalliy nashrlarda O‘zbekistonning marhum prezidenti xotirasiga mashhur kishilarning yodnomalarini chiqarish an'anasi kuzatilmoqda. «Qishloq hayoti» gazetasi (04.10) bu ...
22 may 2020
Ramazonning beshinchi jumasida siz bilan gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman. Bormisiz, og‘am, inim, singlim, opam, onam. Siz ...
17 iyul 2016
Amalga oshmagan harbiy to‘ntarish ortidan 2745 sudya lavozimidan chetlatildi. Ular orasida Turkiya Oliy xakamlar kengashining 5 a'zosi bor. Ular ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...