Dayjest
6 oktyabr 2016

Maddohlikka do‘ngan yodnomalar

So‘nggi vaqtlarda mahalliy nashrlarda O‘zbekistonning marhum prezidenti xotirasiga mashhur kishilarning yodnomalarini chiqarish an'anasi kuzatilmoqda.

«Qishloq hayoti» gazetasi (04.10) bu an'anani davom ettirib, «Xalq orzu-istaklari bilan maydonga chiqqan yo‘lboshchi» sarlavhali maqola e'lon qildi.

Maqola sovet davrining so‘nggi kunlaridan yozg‘irish bilan boshlanadi. O‘sha vaqtlarda «…quruq va'dalar joniga tekkan odamlar mahalliy hokimiyatga ham, markaziy hokimiyat idoralariga ham ishonmay qo‘ygan edi», deyiladi gazetada.

«Paxta yakkahokimligi misli ko‘rilmagan darajaga yetgani bois, odamlarga tomorqa yerlari berilmas, ularning qo‘shimcha daromadi deyarli yo‘q edi», deya davom ettiriladi.

Albatta, yodnomada Islom Karimov mamlakat rahbarligiga kelgandan keyin «O‘zbekistonda tub islohotlar amalga oshirilgani», «mustaqillik yillarida xalqning orzu-istaklari ro‘yobga chiqqani» takror-takror aytilmasa, u to‘laqonli bo‘lmasdi.

Lekin unda bugun ham quruq va'dalar xalqning joniga tegib ketgani, na mahalliy, na markaziy hokimiyatga ishonch yo‘qligi negadir tilga olinmagan.

Sovet davrida, hatto uning oxirgi yillarida hali tug‘ilmagan bolalariga ham tomorqa olish unchalik qiyin bo‘lmagani, aksincha hozir tomorqa olish eng katta muammolardan biriga aylangani haqida aytish yoddan chiqqan.

Balki maqola mualliflari «o‘lganning orqasidan yomon so‘zlarni aytib bo‘lmaydi», degan aqidaga amal qilib, marhum prezidentning 27 yillik hukmronligi xalq boshiga ancha kulfatlar ham keltirganini eslamagandir?!

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 noyabr 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Abdulaziz Karimning yangi “G‘arib og‘och” ashulasini tinglarkan qandaydir kayfiyat meni hech tark etmadi, na qo‘lim ishga ...
25 fevral 2020
Qirg‘iziston Oliy sudi 25 fevral kuni huquq himoyachisi Azimjon Asqarov ishini qayta ko‘rib chiqishni boshlaydi. U 2010 yilda ozodlikdan ...
2 iyun 2020
Tarmoqda 2 iyun kuni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘anievniki deya ishonilgan audioyozuv tarqaldi. Unda davlat mulozimi “So‘x tumanini xaritadan ...
13 noyabr 2022
Asarlari millionlab dollarga sotiladigan zamonamizning eng taniqli tirik rassomi Benksi Ukrainaning Rossiya varvar bosqinchilari vayron qilgan Borodyanka qishlog‘iga atay ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...