Asosiy mavzular
29 noyabr 2023

Milliy gvardiya jinoyat olamidan qasos oldi

Milliy gvardiya o‘z xodimlariga qilingan hujumlar uchun jinoyat olamidan qasos olgani aytilmoqda.

Salom Qadrli muxlislar bugun 29 noyabr  Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.

Eltuzning ichki ishlardagi manbalariga ko‘ra, kecha butun O‘zbekiston bo‘ylab jinoyat olami vakillarining ommaviy ravishda hibsga olinganiga 26 noyabrda olti nafar Milliy Gvardiyachilarning pichoqlangani sabab bo‘lgan.

O‘sha kuni Tashkentda olomon qozog‘istonlik reper Jah Khaliba – ning Humo Arenasida bo‘lib o‘tgan kontsertiga kira olmagan va orada katta izdihom paydo bo‘lgan edi.

Huquq tartibot organlari vaziyatni nazoratga olishga urinishar ekan, noma'lum shaxslar ulardan olti nafarini pichoqlab ketganlar.

Milliy Gvardiyachilar turli darajada tan jarohati olganlar.

Ichki ishlardagi Eltuz manbalari bergan bu xabarni mustaqil manbalar orqali tasdiqlatib olishning imkoni yo‘q.

Pichoqvozlarning jinoyat olami vakillariga aloqadorligi aytilgan, ammo ularning birortasi ham hozirgacha hisbga olinmagan.

Eltuz manbalari, ko‘cha avtoritetlarining hibsga olinishi Milliy Gvardiyachilar uchun qasos amali deb aytmoqdalar.

Bir biridan mustaqil Eltuz manbalarining aytishicha, kecha 28 noyabr kechki 19 larga yaqin O‘zbekistondagi yagona “vor v zakone” Baxti Tashkentskiy laqabli Baxtiyor Qudratillaev huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olindi.

Yuqori rutbali bir necha zobit 52 yashar Baxti Tashkentskiyning Grand Mir mehmonxonasi orqasida joylashgan domdagi kvartirasidan “marhamat qilib, biz bilan birga kelishingizga to‘g‘ri keladi,” deya olib ketganlar.  

Avvalroq esa Salim Abduvalievga yaqin “Saidaziz medgorodok” laqabli kriminal avtoritet Saidaziz Saidalievni va uning yonida bo‘lgan yana to‘rt kishini “maski shou” qilib hibsga olganlar. Hibsga olish jarayonida Saidaziz va uning yigitlari qarshilik ko‘rsatganlar va natijada qattiq kaltaklangan. Qo‘lga olish amaliyoti paytida “Saidaziz Medgorodok”ning boshi yorilgan.

Bundan tashqari G‘ofir Rahimovga yaqin deb ko‘rilgan “Zavxoz” laqabli jinoiy avtoritet Bahodir Sultonov ham hibsga olingan.

Eltuz manbalariga ko‘ra, Bahodir Sultonovni ham “erda sudrab olib borib mashinaga tiqqanlar”.

Shuningdek Toshkentning eski shahar qismidan bo‘lgan “Ziki eski shahar” laqabli kriminal avtoritet ushlangan.

Eltuz manbalarining aytishicha, O‘zbekiston bo‘ylab ja'mi 200 dan ortiq “blatnoylar” qamoqqa olingan.

Ular IIB va IIV binolari yerto‘lasiga olib borib qamab qo‘yilmoqda.

Jinoyat olami vakillarini ushlash amaliyoti huquq tartibot organlarining qo‘shma amaliyoti deya baholanmoqda.

Eltuz manbalarining taxmin qilishlaricha, oxirgi yillarda kuzatilmagan keng ko‘lamli bunday amaliyotni o‘tkazishga O‘zbekiston oliy rahbariyati tomonidan buyruq berilgan bo‘lishi mumkin.

Eltuz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.  

Tag‘in o‘qing
10 oktyabr 2016
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik ...
7 sentyabr 2020
Bizda bugundan sovuqroq kuzak shamoli boshlandi. Men kabi sovuqqa yupqa odamlar yengi uzun ko‘ylak kiyib oldik. Bir boshdan hosillarni ...
5 avgust 2018
Rassom Elsevar O‘zbekistonning yo‘lovchi-mijozlarga xirapashshaday yopishuvchi taksichilarini hajv qiladi. Rassom Elsevar 6 yanvar 2016 yil Eltuz.com
4 yanvar 2021
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi “Alkogol va tamaki mahsulotlari aylanmasini tartibga solish hamda iste'molini cheklash to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga nosvoy tayyorlash ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...