Salim ovi tugab, ministr ovi boshlandi – RTdan va'z
Rassom Tuz: Tarix ulug‘ murabbiy. Ustozlar yodi muqaddas.
Matchon Suqulish: Tuz og‘a bugungi gunam ertang uchun tarix. Siz bugunnan gapiring.
RT: Bugun butun respublika bo‘ylab poraxo‘r, korruptsioner, davlat mulkini talon toroj qilib yetim haqini yegan mansabdorlarni yoppasiga qamash boshlandi.
MS: Ibiy, vunda yurtda hech kim qolmiydiqu. Kursi egasi bo‘lishdon moqsod davlat mulkini yeyishqu oxir. Davlatni aldi dor, orqosi geng. Ina sakkiz yildan byono ozonnon gechado‘ng o‘g‘illodilo xoroplo.
RT: Matchonboy, sen oldin rasmiy xabarlarni eshitib, keyin so‘zla. Xozir maqolani o‘qimay, videoni ko‘rmay, darrov sarlavhani chala o‘qib, koment yozishga kirishadigan chaqqonlar podasi paydo bo‘lgan. Ularning ota bovosi tualetga uyat gap yozardi. Bola baqrasi koment yozishga ruju qo‘ydi. Bitta farqi bor. Otasi tualet devoriga uyat gapni xatosiz yozardi, bolasi bo‘lsa komentni ming xato bilan yozadi.
MS: Sovoti yo‘q! Kallasinda alip yo‘q bi qon toshog‘onloni. Ha qorsildop uchip, gursildap singoy blo!
Osmon musappa nyus
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudi 14 dekabr kuni sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovni qamoqqa olishga qaror qildi.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, Aziz Voitov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 14 dekabrdagi ajrimi bilan Bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi Aziz Voitov qamaldi.
Shu yilgi selektorlardan birida Prezident Shavkat Mirziyoev Aziz Voitovni «korruptsioner» degan edi
MS. Samarqand sayqali ro‘yi jinoyat ast! Samarqandda davlat pulini vagonlab o‘margan suv, gaz va bank xodimlari qamaldi.
Urganch obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va bosh hisobchisi qamaldi.
Urganch shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlari bir milliard so‘mdan ortiq davlat mablag‘ini talon-toroj qilishda gumon qilinmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi “Xorazm viloyatida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 72/16-son qaroriga asosan Urganch shahridagi ehtiyojmand aholiga ajratilgan 12 yarim milliard so‘mning 1 millard so‘mi talon-toroj qilingani aniqlangan.
Ma'lum bo‘lishicha, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i va bosh hisobchisi qurilish materiallarini qimmat narxlarda sotib olganlar va bajarilmagan qurilish rekonstruktsiya ishlariga pul o‘tkazib berganlar.
Markaziy bank Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Erkin Mansurov qo‘lga olindi.
U, jinoiy guruhlar bilan til biriktirib, noqonuniy kreditlar ajratishga yordam berganligi va 20 mln dollardan ortiq pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ishtirok etganligi aytilmoqda!
MS: 20 million dollarni o‘g‘illopmi bu xorop. To‘mmiqino do‘kilgan xiylinnnan akan bu monloyi qoro.
Buxoro tumani sobiq hokimi va uning ikki muovini qamag‘da
Buxoro viloyati Buxoro tumanining sobiq hokimi Xayrullo Jo‘raev qamoqqa olingan. Buxorodagi Eltuz mobil muxbirining aytishicha, u bilan birga yana ikki sobiq muovini ham olib ketilgan.
U noqonuniy yer sotishda ayblanmoqda.
2020 yilda Buxoro tumaniga hokim etib tayinlangan Xayrullo Jo‘raev salkam uch yil bu vazifani bajardi. Ungacha u «G‘ijduvon» Erkin iqtisodiy rahbari vazifasida ishlab kelgan.
Avgust oyida Xalq deputatlari Buxoro tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida chiqish qilgan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov investitsiya jalb etish ishlaridagi kamchiliklari uchun Xayrullo Jo‘raev ishdan olinganini bildirgan edi.
MS: Namangan viloyati zamhokimlarinam qomoqa apkiribdila Zom bo‘ldimg om bo‘lding dayani shunnon.
Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonov xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olingan.
Ayni paytda Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamoliddin Aloyiddinov ham ichkariga apkirilgan.
MS: Bekobod hokimi qomoqda. Kishtala kishtak!
Korruptsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida byudjet pullarini o‘zlashtirganlikda ayblanib, Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzaev qo‘lga olindi. Bir paytlar Shuhrat Mirzaev sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning muovini edi.
MS: Og‘o navchun blo quri o‘g‘illiydi. Bir yoshulli yosh voxtinda anasini amjakini amib yotqonda anasini bo‘ynindagi oltin sepochkani o‘g‘illab takani tiyina diqqan akan…
Endi gapning ochig‘i. Nega mardum o‘z bachasini pora bilan yurfakka joylaydi. Nega tamojniy yoki soliqqa ishga kirishda pora stavkasi baland. Nega hatto Halima qiziqchi ham prokuror bo‘moqchi? Oylik kattami? Yo‘q albatta. Maqsad o‘g‘irlik. Lyuboy qaltiragan kampir erta bilan bolasini ishga yuborarkan «oginu oldirmagin, tutganing oltin bo‘lsin»deb dug‘o qiladi. Mabodo xozir uxlasamu, 200 yildan keyin uyg‘onsam ham butun xalq ertadan kechgacha o‘g‘irlayotgan bo‘ladi.
O‘zbekistonda 100 yil oldin ham, xozir ham va kelajakda ham aksar omma bitta ishni qiladi. Buning oti o‘g‘irlikdir. Myasokombinatda ishlagan qorovul boboy sigirning yelinini o‘margan bo‘lsa, uning xozir umraga ketgan o‘g‘illari yo‘lning shag‘alini o‘margan. Ot, it, kursi, gazmol, dazmol, anjir, zanjir… xullas yo‘lida nima ko‘rinsa o‘marib ketadigan yaratiqlar. Kinoyu, klip, she'r va ibratli gaplarga qadar o‘marishadi.
MS: Shuni jurnalistla oytishi garak. Lekin yurtda jurnalist qolmadi. Jurfakni bitirganla mo‘llo bo‘lib xolto kutarib o‘lyobuvodo yuribti.
Sovun sotadigan jurnalist
Jurnalist qiz nega o‘z kasbini o‘zgartirdi? Eltuzga xat yozgan qiz bu savol javobini ham o‘z matnida aytib o‘tibdi.
Qizning ismini anonim qoldiramiz va redaktsiya nomini ham o‘zgartirdik.
Ëz edi o‘shanda. Endigina yangi olgan jurnalist diplomim terlagan qo‘limdan dog‘ bo‘masin deb ro‘molchaga tugib qo‘yganimni eslayman.
Tun.Uz degan nashrda qishloqdoshim ishlardi. O‘shani qora tortib bordim. «Yaxshi oylik qiberishadi, bitta tekst va shu tekstga mos videokontent uchun million so‘m beradi» dedi qishloqdoshim.
U yoshligida inshodan besh olar va tuman gazetasida «Musallot» degan she'r yozgani bilan esimda qolgan. Musallot nimaligini bilmasam ham, bizdi qishloqdan chiqqani uchun zimdan xurmat qilaman.
Tun.uz redaktsiyasi Novza machitining shundoq yonida ekan. Nashr eshigidan kirayotsam, meni kutib olgan xodim «o‘ng oyoq bilan kiring chap oyoqda shayton bor» dedi.
O‘zi o‘ng bilan chapning farqiga bormayman. Qaysi biri o‘ng ekan deb qo‘limni yozuv yozgan kabi qilib ko‘rdim.
Kiraverishda, ulkan led monitorda «kun hadisi» degan yozuv turibdi. O‘sha men borgan kungi hadis ilonlarni o‘ldirish haqida edi. «Kumush tayoqqa o‘xshash oq ilondan boshqa hamma ilonlarni o‘ldiringlar» deb yozilgandi monitorda.
Miyamdagi konflikt shu yerdan boshlandi. «Nega qizil kitobga kirgan ilonlarni o‘ldirishim kerak. Nima mening boshqa qiladigan ishim yo‘qmi» degan fikr o‘tdi miyamdan.
Meni otdel kadrga boshlagan xodim «singlim ro‘mol o‘rab yuring, soch bu avrat»deb dakki berdi.
Shu payt ichkaridan chiqqan soqollik amaki «salot vaqti» bo‘ldi deb, ikki qo‘lini qulog‘iga qo‘yib ishorat qildi.
Studiyalar bir vaqtning o‘zida nomozxona vazifasini o‘tarkan. Hamma nomoz o‘qishga ketdi. Men bitta o‘zim bir muddat qolib ketdim. Nomozdan chiqqan birodarlar xushu bilan bir-birlarini quchoqlab tabassum qilsa ham, menga yov ko‘zi bilan qarab qo‘yardi.
Ëzning kuni. Yengil kiyinganman. Paranji yoki burqa kiyish planda yo‘q. Umuman liberal demokratik qadriyatlar tarafdoriman. Borxesni o‘qiyman. O‘sha kuni Emmanuel Arsanning «Yashil jannat» degan erotik romani sumkamda edi.
Bular nomozni sunnatlarigacha qo‘shib ado qilguncha, shu kitobni o‘qib o‘tiruvdim. Ingliz tilida o‘qiyman.
Bittasi kelib «bunday kitoblarni o‘qish kufr» deb dakki berib o‘tib ketdi.
Qo‘rqqanimdan kitobni sumkamga tiqdim. Xodimlar bo‘limida suhbat bo‘ldi. Ëzadigan maqolalarim mazmun ramkasini belgilab berishdi. «San'at va adabiy trendlar haqida yozaman» deb aytdim.
«Rassomlar haqida yozmang. Chunki rassomlik kufr, dedi xodim. Mabodo, prezident qizi rassomlarni maqtasa bu haqda yozsangiz bo‘ladi, deb qo‘shib qo‘ydi. Hullas arab adabiyoti haqida yozmoqchiman degandim. Bu birodarning yuziga tabassum yugurdi. Tasbeh o‘girib somiylar sha'niga shivirlab hamd aytgan bo‘ldi. Temaga «dobro» berdi.
Saudiya arabistonida shu kunlarda ingliz tilida chop etilgan maqolalar asosida islomdan oldingi arab adabiyoti personaji bo‘lgan Laylo (Lilit) obrazi haqida maqola yozdim.
Xozirgi Saudiya rahbariyati islomdan oldingi adabiyot va san'atga e'tibor beradi. Laylo (Lilit) ning Suriyadagi Arslon tosh qishlog‘idan topilgan haykali Jiddadagi muzey uchun sotib olingan. Islomdan oldingi arab ertaklarida Laylo qaro tun va izg‘irin shamol ma'nosidagi yovuzlik timsoli o‘laroq tasvirlandi.
U Qizil dengiz atrofida izg‘ib yosh go‘daklarni tutib yeydigan alvasti yalmog‘iz.
Qadim some manbalariga ko‘ra, Laylo Odam otaning birinchi xotini bo‘lgan va tangri uni balchiqdan yaratgan.
Ammo Laylo Odam otaga xotin bo‘lishdan qo‘rqib qochib ketgan. Uchta farishta uni quvib yetib, Qizil dengiz bo‘yidan topishgan.
Laylo erining yoniga qaytishdan bosh tortgan va buning uchun abadiy la'natlangan.
Laylo obrazi arab ertaklaridan Yevropa adabiyotiga Lilit bo‘lib ko‘chgan.
Saudiya, Qaytar va Suriya matbuoti xabarlari asosida kichik bir maqola yozdim. Rasmlar bilan bezadim maqolani. Video qilib o‘qish uchun kontentlar yig‘dim.
Maqola redaktsiyada shok yasadi. «Tavba qil. Shirk bu» deyishdi. Men jurnalist o‘laroq, iqtiboslar olganim, arab nashrlarni ko‘rsatsam ham ularning fikri o‘zgarmadi. Toshbo‘ron qilib o‘ldiradigan jahdi bor edi bularning.
O‘zimni redaktsiyada emas, Idlibdagi IShID lagerida asirga olingan yazid qiz kabi his qildim.
Ular men uchun o‘rtaga kirgan qishloqdoshim orqali «ketsin bu kofira!!! Dajjolning urg‘ochisi» deyishibdi.
Ketdim.
Keyin, «Oshqovoq.uz, Ko‘lmak.uz va boshqa «uz»larga ham bosh urib, O‘zbekistonda matbuot nashrlari Idlibdagi machit filialiga do‘nib, ommaning fikrini Afg‘onistondagi tolibon fikri bilan bir qiladigan propaganda markazlariga aylanganini tushunib yetdim.
Boshqa ish qilishga qaror qildim. Qatardagi kosmetik firmaning O‘zbekistondagi savdo idorasiga joylashdim. Sovun sotaman. Bu ishimdan mamnunman. Hech bo‘lmaganda men sotgan sovun millatni kirdan tozalaydi.
Ammo millatni ko‘rmuridlik, arabqullik va putinparastlik najosatidan tozalaydigan sovun bormi? Bor bo‘lsa qaysi do‘konda?
(Rasmda Qizil dengiz yaqinidan topilgan Laylo haykali)
Bo‘ri va cho‘rilar o‘lkasi
O‘zbekistonninng AQShdagi ilk elchisi, sobiq adliya vaziri Bobur aka Malikov Amerika Ovoziga bergan suhbatida O‘zbekistondagi tuzum nomini «feodalizm» deb atadi.
Endi feodalizm aslida quldorlik tuzumidan ko‘ra sag‘al tuzukroq. 1873 yilga qadar Xiva va Buxoro bozorlarida qul sotilgan. Jamiyat qullar mehnatiga asoslangan. Feodalizmda qul bo‘lmaydi. Oz oylik oladigan qashshoqlar bo‘ladi.
Endi feodalizm so‘zi nima ekanligini tushuntirsam, bu maktab ko‘rmagan g‘or odamlariga.
Feodalizm bu kapitalizm va quldorlik tizimi o‘rtasidagi jamiyatning shakli.
MS: Feodal jamiyatda xalq novvi ish atadi?
Feodal jamiyat asosan yerda ekin-tikin bilan kun ko‘radi. Yerlar yurt podshosining qarindosh urug‘i va unga sadoqatli bo‘lganlarniki ya'ni feodallarniki bo‘ladi. Qora xalq feodalga, feodal esa bitta odamga bo‘ysunadi. Feodallar o‘z bolasini chet elda o‘qitadi, o‘zlari ham chet elda davolanadi. Chunki mamlakatda ta'lim va sog‘liqni saqlashning samarali tizimi yo‘q. Feodallar podshoga o‘ta sodiq bo‘lsa ham, podsho istagan paytda ularni qamab tashashi mumkin.
Feodal jamiyatning 95 foizini tashkil qilganlar «qashshoq»degan maqomda bo‘lishadi. Ular o‘qish, yozish va sanashni bilishmaydi. Feodalga tobe bo‘lgani uchun dangasa, bersang yeyman ursang o‘laman, degan xarakterda bo‘lishadi.
Kapitalizmda esa ishchi sifatli maxsulot ishlab chiqaradi. Masalan, Mersedes moshin. Shunga yarasha oylik olgani uchun ishchi final produkt sifatli bo‘lishidan manfaatdor.
Feodalizmdagi «qashshoqqa» esa poxxuy. U iloji bo‘lsa, binnasani o‘g‘irlab uyiga tashmalsam deb o‘ylaydi. Masalan g‘o‘zapoyani.
Klassik tasnifga ko‘ra, feodalizmdagi aholi birlamchi instinktlarga tayanadi. Ovqat yeyish va seks.
O‘zbekistonning Dehqonobod va Qamashi tumanlarida yangi uylangan yigitlarning cho‘ponlarga pul berib, urg‘ochi bo‘rini sikib kelishi feodal jamiyatdagi birlamchi instinkt ko‘rinishidir.
Aslida bu odat feodalizm va quldorlikdan ham oldingi ibtidoiy jamo tuzumiga oid.
Ular urg‘ochi bo‘ridagi kuch qudrat, seks orqali o‘zlariga o‘tishiga ishonishadi.
Qashqadaryodagi sovchi xola qiz uyiga borsa «Bizda bir bo‘ri bor, sizda bir cho‘ri. Shu ikkisini qo‘shsak» deb gap boshlaydi.
Erkaklar bo‘ri, qizlar esa cho‘ri bo‘lgan jamiyat hatto feodal degan nomga ham tortmaydi.
Bu endi ibtidoiy jamoadan, quldorlikka o‘tish davriga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, aholining eng qashshog‘i ham feodal kabi ko‘rinishga urinadi. To‘y qilib o‘zini ko‘rsatishni istaydi.
Oxirida yana feodalga battar qul bo‘ladi.
Boy ila xizmatchida G‘opir to‘y xarajati uchun Solihboyga qul bo‘lgani kabi.
MS: Feodal jamiyat qachon tugaydi?
Mamlakatda erkin saylovlar bo‘lsa, zavod va fabrikalar qurilsa tuzumda kapitalizm elementlari paydo bo‘ladi. O‘rta sinf vujudga keladi. Bu esa O‘zbekistonninng AQShdagi ilk elchisi, sobiq adliya vaziri Bobur aka Malikov Amerika Ovoziga bergan suhbatida aytganidek, «eng kamida 400 yil oladi»
Nima degandilar Navoiy bovomiz. «Men ko‘rmagan yaxshi tuzumni kelajakdagi nasllar ko‘radi»degan edi.
MS. Do‘rt yuz yil kutingla indi. Xozircha feodalizmda yashab duroslar. Vyoni bir gap bo‘lar. O‘zbekistonnan getayotirg‘onlani soni ko‘paydi. Meksika toksichilari «kami bor» dayan so‘zni kimnan o‘rgandi?
«Kami bor»
Inson kapitali eng qimmat narsa. Oltin konlari, gaz va neft zaxirasidan ham ustun u. O‘zbekistonning 2019 yildagi davlat byudjeti 57 milliard dollar. Oddiy amerikalik tadbirkor Tsukerbergning cho‘ntagidagi pul esa 110 milliard.
1991 yili Karimov ko‘tini taxtga svarka qilgani ortidan odamlar guras-guras bo‘lib mamlakatdan keta boshladi. Mutaxasislar, olim va muxandislar ketdi. «Urra! «o‘rislar» ketdi!» deb sevindi xalq. Ammo ketayotganlar o‘z kasbining ustalari edi. Urra «yaxudiylar ketdi» deya sevindi zombilar. Ammo ketayotganlar olimlar edi. Ipirisqi shair Iqbol Mirzo «vatangadolar» ketdi deb ko‘tini yirtdi. Ammo ketganlar vatansevar daxolar edi.
Chaqimchi, o‘g‘ri, shallaqi paparozlar qoldi. O‘g‘ri va kalamushlar urchidi. Karimov o‘lganidan so‘ng, SNGdagi o‘g‘ri qaroqchilarga muxtaram eshiklari lang ochildi. Inson kapitalini hech kim qadrlamadi. Limon. Echki. Qalampir. Siti, Butxona va cho‘pchak markaziyu muz saroyini muhim deb o‘ylashdi bu qovoqboshlar stayasi. Pandemiya kelib qizil karta ko‘rsatganida doktorlar yo‘qligi ayon bo‘ldi. Bundan oldin, doktorlar chiqib ketgan va dunyodagi kinnachi zoti bo‘lsa bu O‘zbekiston degan musor kutini kalamushday to‘ldirgan edi.
Pandemiya vaqtida Rossiyada gop stoplik qilib, kampirlarni zo‘rlab yurgan fuqqarolar ham qaytdi. Qamoqlardagi o‘g‘ri kissavur va qotillarni avf qilib chiqarilgani ortidan baxtimiz tugal bo‘ldi. Jamiyat degan ichimlikning gradusi oshdi. Buni kech bo‘lsa ham anglagan rahbariyat 200 ta bratvani ichkariga apkirdi. Ammo kech bo‘lgandi. Rezultat: Hamma grin kard o‘ynab o‘zlari ertadan kechgacha qarg‘aydigan Amerikaga qochmoqchi. Hamma kassaning oldida ochered turib Rossiyaga bilet olmoqchi. Supurgiga minib bo‘lsa ham bu mamlakatdan qochib badar ketishmoqchi.
Har kuni menga va Eltuzga yuzlab odam bir iltimos bilan murojaat qiladi. «Meni bu jahannamdan olib chiqib keting» degan bir jumlada jamlangan xasrat. Men inson kapitali haqida gapirdim. Ya'ni xomo sapiens haqida. Xomo sapiens bu tafakkurli inson. U kamida o‘ngacha sanashni biladi. Gazetalar sarlavhasini tutilib bo‘lsa ham o‘qiydi. Oq rang bilan qora rangni ajratadi. Uch burchakning beshburchakdan farqini biladi. Chunki u xomo sapiens. Tafakkurli inson. Ammo 36 million inson o‘z boshida 30 yil bir eshakning o‘tirishiga rozi. Bu 36 million inson o‘z orasidan chiqqan «millatni yaxshi ko‘rguvchini» taffoncha birla otishga tayyor. Xullas oldin aytganimdek, biomassa. Bu massaning inson kapitali degan tushunchaga aloqasi yo‘q. Inson kapitali qimmat narsa. U Shovvozsoydagi saroydan ham qimmat.
Toshkent tarig‘ini yegan chumchuq
Meksikani alishmasman bedapoyamga, yoki Toshkent tarig‘ini yegan chumchuq Amerikada bo‘sayam qaytib keladi…
AQShga noqonuniy yo‘llar bilan Meksika orqali ketgan 119 nafar o‘zbekiston qashshog‘i vatanga qaytarildi.
Ular trapdan tushiboq, Toshkent aeroporti aspalini o‘pishdi. Gigiena jihatdan to‘g‘ri emas, lekin patriotizmga to‘g‘ri keladi.
Ketganlar bor-budini sotib (kamida yigirma yoki o‘ttiz) Nikaragua doxil o‘nlab mamlakatlarni toptab, Meksika botqoqlari uzra Amerikaga kirishdi. Amerikada uch oy qamag‘da balanda ichib yana Toshkentga qaytishdi.
Qamag‘dagi balanda va uchoq bileti haqini O‘zbekiston MIB undirib oladi. Ot aylanib qozig‘ini topadi. Palon yerda oltin bor, borsang baqir topilmas. Har yerni qilma orzu, barchada bor toshu tarozu. Maqolam o‘lsin har yerga qo‘shilmay…
Xullas, 2021 yildan 2023 yilgacha AQSh hukumati tomonidan «alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar» sifatida tasniflangan o‘n minglab muhojirlar Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga harakat qilishgan. Qo‘lga olinganlarning 13 mingdan ortig‘i O‘zbekiston qashshoqlari.
MS: Og‘o, blo to‘y ataman dap, pl topmoqo getvadila. Eng qimmat ham, krutoy to‘y samarqondda. Metan gazchini to‘yi bir million bilan oylonadi. Ësh qizlani galin atadila. Qashqadaryodam shundiyn. Ina, maktab direkorti yosh qiyzni galin atdi
RT. Ësh qizchani kelin qilgan kosonlik maktab direktorining ustidan surishtiruv boshlandi. Erta indin ishdan olinadi.
Huquqiy jihatdan to‘yda qatnashgan barchani javobgarlikka tortsa bo‘ladi.
To‘yxona egasi jinoyatni sodir qilishga sharoit yaratib bergani uchun.
Imomberdi esa zagssiz nikoh o‘qigani, to‘ydagi mehmonlar esa jinoyatni ko‘rib turib, xabar bermagani uchun.
Gipotetik jihatdan shu bo‘layotgan to‘yning tagi o‘pirilib ketib, barchani yer yutsa dunyo ko‘p narsani yo‘qotmas edi.
Na aqliy, na ruhiy tayyorgarliksiz, na bir qo‘lida ishi bor organizmi ham xali tayyor deb bo‘lmaydigan go‘daklarni erga berib, xingirlashib o‘tirgan, kunda bir to‘y-yig‘in bo‘lmasa zerikib yaltir-yulturini kiyolmay o‘sal qoladigan ahmoq xotinlar galasi!
80% kamqon bo‘lgan bu qizlarni bitta taksikoz yiqitadi. Ro‘zg‘or tugul o‘zini eplay olmaydi. Kunora urush – janjal. Er Rossiyaga ketadi ustiga-ustak oyog‘i displaziya, cherepnoy davleniyali chaqaloqlarni tug‘ib, o‘zida suyak yemrilish boshlaydi. Qashqadaryoda har ikki go‘dakdan bittasining oyog‘i yo «o» yo «x» obraznыy. Cherepnoy davlenie va giperaktiv sindromi bilan tug‘ilgan.
Pedofillik epidemiyasi butun O‘zbekistonga yoyilgan. Yettinchi sinf o‘quvchisini Qashqadaryoda erga berishmoqchi bo‘lgan videoni hamma ko‘rdi.
MS: «Ëshi ullisi tiktirgan bo‘ladi, g‘or, jalab bo‘ladi» dap «hali go‘zzi ochilmag‘on» go‘daklani xotin atisha ruju qo‘yg‘on g‘or odamlarini kim kontrol atadi. Kim borib, vularning yuziga shappot uradi?
Endi aytadigan gapimni diqqat bilan eshiting.
Keleslik bir aprs xola iznsiz uyida boqcha ochgan. Bu xolaning xirsday o‘g‘li «boqchadagi to‘rt yashar qizga asbobini ushlatgan, qizning ishtonini yechib anavi joyiga olatini tirab ishqalagan va hokazo» O‘zbek erkagi miyasidagi orzuni bu pedofil valad amalga oshirgan.
Rasmiy info esa mana bu!
Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati, Keles shahrida yashovchi K.T. tomonidan uning 2019-yilda tug‘ilgan qiz farzandiga nisbatan bolalar bog‘chasida jinsiy tegajog‘liq sodir etilganligi haqida murojaat qilindi.
Bolalar ombudsmani mazkur murojaatni Bosh prokuratura bilan birgalikda o‘rganishi natijasida Keles shahridagi xususiy bog‘chada bo‘lgan vaqtida bolaga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilinganligi yuzasidan 2023-yil 15-dekabrda JKning 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda Toshkent tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, aniqlanishicha, Toshkent tumani, Keles yo‘li ko‘chasida Z.X. o‘zi yashab kelayotgan uyida 2023-yil 1-dekabrdan boshlab, tegishli ravishda ruxsatnoma olmasdan, hech qanday litsenziyasiz bolalar bog‘chasi tashkil etgan.
Toshkent tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan ushbu xonadon o‘rganilganida, bu yerda sanitariya qoidalari jiddiy ravishda buzilganligi va bog‘chada ishlagan G.Q., Z.X lar tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganligi aniqlangan.
Jinoyat ishini tergovi davomida fuqaro Z.X ning litsenziya olmasdan maktabgacha ta'lim muassasasi ochib, faoliyat ko‘rsatganligi holatiga ham huquqiy baho berilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi, Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan, hamda Bolalar ombudsmanining bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvi ostida.
Rasmiy info tugadi. Endi yog‘ bosgan ko‘zingni ochib, pedofil mullabachchalar cho‘pchagi bilan to‘lgan qulog‘ing kirini artib, menga quloq sol.
Ësh bolaga suqlangan ko‘zingga olovda qizgan armatur tiqib ko‘r qilsam ham sen tuzalmaysan. Chunki miyang buzuq.
O‘ldirib yerga ko‘mishsa, go‘r ham seni tuzatmaydi.
Xozircha, qozog‘istindagi kabi kimyoviy kastratsiya qilinsang shukr qil.
MS: Aslinda shuni yimurtosini benzopila bilan kesib tashash garak.
Ikkinchidan pedofillikni targ‘ib qilayotgan, go‘daklar nikohini o‘qiyoatgan zombi parazit mullbachchalarni kontrolga olish kerak.
Uchinchidan maktab va oliy o‘quv yurtlarini sovchilik qo‘shma korxonasiga aylantirgan taviyalarning yuziga qizib turgan tovani bosish kerak.
Butun mamlakatni chulg‘agan pedofillikka qarshi qattiq kurashmasa bo‘lmaydi.
Poka bilat. Idi naxuy!!
MS: Og‘o, o‘richcha so‘kindignizmi. Joningiz yondimi. Indamin qo‘yavaraing. Atkan topodi.
Uch kun oldin Konfutsiyning so‘zini eslagandim. «Sabr bilan daryo bo‘yida kutsang dushmaningning jasadi oqib o‘tadi» degan gap. Bu gapning ijobi sifatida jurnalist aka-uka Bobojonovlar uyini musodara qilishda qatnashgan mulozim va sudyalarning ayanchli qismatini misol qilish mumkin. Uyni musodara qilishni boshlagan zamhokim yosh bo‘lishiga qaramay o‘ldi. Qarorga imzo chekkan keyingi zamhokim esa pora bilan qo‘lga tushib qamaldi. Qamoqda kameradoshi xaltasidan ovqat o‘margani uchun mayib qilindi. Uyni musodara qilish bo‘yicha sudda qatnashgan mahallakom ishdan ketib, tuzalmas kasalga duchor bo‘ldi. Sud hakamlaridan uchtasi qamaldi. Ular orasida Oliy sud sudyalari ham bor. G‘ayrat Bobojonovga tahdid qilgan Oliy sud zami Bahodir Dehqonov besh yilga qamaldi. Oxir oqibat, Oliy sud bobojonovlarning uylarini musodara qilish xato bo‘lganini tan olib qaror chiqardi. Bunday misollar ko‘p. Bugun Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sudyasi Temurjon Yusupov o‘lgani haqida Sudyalar oliy kengashi bilgi tarqatdi.
Bu sudya 2021 yili qo‘shiqchi Jahongir Otajonovga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik ishini ko‘rib chiqqandi. O‘shanda Otajonov Shayxontohur tuman sudida Ichki ishlar xodimlarini haqorat qildi deya ayblangan edi.
Bugun sudya go‘rda. Jahongir Otajonov esa el ardog‘ida.
MS: Jaxongir to‘ydo, so‘t go‘rda. Indi sho‘rda sizam tormozni g‘orcho bosib, alingizni oyosini ochib yonqi gapni oyting!
RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!