Uyingdan oltin chiqsa davlatniki bo‘ladimi?
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib, siz bilan birgaman. Yangi yilda sizlarning yuzingizga qarab, tabassum qilish imkoniga noyil bo‘lganimdan bahtiyorman.
MS: Ina amdolli tozo yilda go‘riship duripmiz sizla bilan. Nichikizla xo‘jik brri mo‘chchi oybikala?
RT: Matchon suqilish sen gapirsang odamlar tushunmayapti. Lekin O‘zbekiston shou biznesida Xorazm laparlarining o‘rni bor. Bu lapar va termalarni aksar xalq tushunadi. Senam o‘rtaga suqilganda lapar aytib turaver
MS
Alasa garmonni alima oliyn.
Uchib borodi qorg‘o
Borib qo‘nodi qoyg‘o…
Dovoiy solom oyting
O‘zimizni Rejapboyo…
Yasha Matchon suqilish…
Qozog‘istonda Rossiyaning 10 dan ortiq telekanallari efirdan olib tashlandi.
Qozog‘iston milliy teleradioeshittirish operatori “Kazteleradio” Aktsiyadorlik jamiyati hamkori “TVCOM” bir qator Rossiya telekanallarini sun'iy yo‘ldosh va internet-televideniesi – “MDHning Birinchi kanali”, “Dom Kino”, “Pobeda” va boshqa telekanallarni translyatsiya qilishni to‘xtatdi. Kompaniya rahbariyati “xorijiy kanallar ulushini asta-sekin kamaytirayotganini” ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat hukumati qarori bilan Rossiya Federatsiyasining asosiy targ‘ibot kanallarini efirga uzatuvchi “Sputnik24” portali va “Sargrad” sayti bloklangan edi.
MS O‘risni ming moxtosongom go‘zzi go‘k.
Qaqrada qumri in atar chipra dalli dalli,
Ushlab olsam na atar chipra dalli dalli.
Otiz dadim chel dadim, chipra dalli dalli,
Katman dadim bel dadim, chipra dalli dalli.
Ay dalli dalli dalliyay, chipra dalli dalliii.
Toshkent markazida uy qurib sotaman deb o‘rtaga chiqqan jalloblarning tomiri tepaga tutashgan mafiyasi eski toshmidagi «kadet korpusi» deya ataladigan qadimiy g‘ishtin binoni buzib tashash uchun ekskavator olib keldi.
Kim bu gerastrat, varvar, yom yomlar to‘dasigi kisht deydi? Kim?
MS: Siz kisht disiz oxir. Og‘o, dam soz dam so‘bat o‘lsin. Siz bir qizziq gap oyting indi.
Jug‘ropiya mallimi
Oqbo‘ta Kimsanboyevich Tursunov Dehqonoboddagi maktabda geografiyadan dars beradi.
Biologiya, tabiatshunoslikdanam kiraveradi darsga. Yarim stavka zavxozlik ham qiladi.
Ëmon bollarni «urib berish» ham Tursunov zimmasida. Chunki u maktabdagi yagona erkak mallim.
Bir paytlar yovuz SSSR davrida sakkizni bitirib maktabga zavxoz bo‘lib joylashovogandi.
Keyin davlat istibdoddan qutulib mustaqil bo‘gach, G‘uzorga borib qamashilik aprstdan 300 dolarga feyk diplom sotvolib o‘qituvchilik qilishni boshlavorganiga ham yaqinda 30 yil bo‘ladi.
Bollar unga «jug‘rop» degan laqab taqishgan. Chunki u geografiyani jug‘ropiya derdi. Barcha o‘qituvchi xotinlar «doskaga chiq» desa, Tursunov «taxtaga chiq» derdi.
Bir marta Qarshidan kelgan tekshiruvchi bilan aytishib qolib davlat tilida doska bu taxta ekanligini «dokazat» qigan.
Mufattishning oldiga o‘zbekcha o‘rischa lug‘atni qo‘yib «mana» degan. Ëniga O‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tili ekani haqidagi qonun yozilgan brashyurani ham qo‘yib pishgan kalladay tirjaygan ham o‘sha jug‘rop mallim.
Lekin o‘sha tekshiruvchini tandir go‘shti bilan to‘ydirib denov arag‘i bilan chanqog‘ini qondirgan ham o‘sha. Bollar aytmakchi jug‘rop mallim.
Keyingi 30 yil ichida bu maktabda 60 marta direktor, 120 marta zavuch almashdi. Maktabni ilgarigi nomini raqamga aylantirishdi «raqamlash» yilida.
Ammo shu 30 yil nmobaynida maktabda ikki narsa o‘zgarmadi. Uning chakka o‘tadigan lo‘mboz loy tomi va jug‘rop mallim.
Jug‘rop mallim 45 minut davomida bachalarni og‘ziga qaratib o‘tirishni eplaydi.
Mabodo kimda kim darsda tilipon kavlasa yoki qizlarning ko‘tini chuqalasa jug‘rop mallim belidagi yulduz to‘qali soldat kamari bilan solardi.
Jug‘rop mallim 32 yil oldin SSSR armiyasining Voronejdagi eninchi qismida xizmat qilganida shu kamar belida edi.
Dars bo‘lyapti. Jug‘rop mallim «Jovlining uli taxtaga chiqib kartadan Germaniyani ko‘rsat» deydi.
Jovlining bir balo musannip deb arabcha ism qo‘yilgan sap sariq uli kartaga qarab baqrayib qotib qolgan.
Ikki ko‘zi jug‘rop mallim belidagi yulduz to‘qali kamarda.
«O‘tir. Otang Jovli xech bo‘lmaganda karta nimaligini bilardi. Sen enang Toshxonga tortgansan. Toshxon g‘irt debil edi.»
Jug‘rop mallim qo‘liga ukazka olib kartaga niqtadi:
«Bu – Germaniya. Ekonomikasi zo‘r. Nega zo‘r.
Chunki Germaniyadagi har bir odam, daje prezident ham tovog‘idagi ovqatni oxirigacha yalab yeb qo‘yadi. Suyakni yaxshilab kemirib oxirida tashamay xalades qiladi. Bizachi biza. Tandir go‘shtni chala yeb qog‘anini itga beramiz. Shunga ahvolimiz itdan battar.»
Yaqinda Toshkentdan borib Dehqonoboddagi maktabni «finlandiya» tizimiga o‘tkazaman degan vazirlik xodimini tom bosib qolganda uni lo‘mboz loy uyumi tagidan sudrab olib chiqqan ham jug‘rop mallim.
Jug‘rop mallimning Amerika haqidagi darsini eshitib ko‘ramiz:
«Amerikani kim ochgan. Egamberdining uli. Tur o‘rningdan kim ochgan deb so‘radim.
Egamberdining uli qo‘rqib «Mallim men ochmadim.» deya «jilab boshladi»
«Qani kim aytadi. Amerikani kim ochgan?. Kaliy zovut dirktirini qizi, sen oytchi bacham?
«Amerikani Xristofor Kolumb ochgan» dedi qizgina bidir bidir qilib.
«Qizim meni ko‘rmadi deb o‘ylama. Telefoningda gugl qilding. Vot i nepravilno. Kolumb ochmagan. O‘zimizdi o‘zbekdi uli Beruniy ochgan. Mana qashqadaryolik shair nima deb yozgandi? Kolumbda bor alamim maning deb yozgan. Binnasa biladiki yozgan shu geroy shair.
Sen o‘tir qizim. Otangga ayt, pardaga pul bervorsin.
Xullas Beruniyning usti loy bilan qalin bostirilgan ayvoni bo‘lgan. Men o‘zim ko‘rganman shunday ayvonni Xorazmga borganda. Qaqra uy deydi buni.
Ayvonning loy tomida o‘t o‘lan o‘sadi. Beruniyning qo‘shnisi torvuz o‘g‘irlab, tomdi tepasiga obchiqib yegan. Torvuzninng urug‘i tomda qolgan. Ëmg‘ir jovib shu torvuz tomda ko‘kargan.
Bundan Beruniyning xovariyam yo‘q.
Bir kuni Beruniy ilimi bilimini ko‘payttirib, prezident qorarlarini o‘qib o‘tirsa tap etib tomdan torvuz uzilib tushibdi.
Yum yumaloq torvuz.
Buni ko‘rib Beruniy vay bilat devordi.
Yerning yumaloq ekani haqidagi qonnunni yaratdi o‘sha kuni. Za odno yerning tortish kuchi haqidagi qonnunni ham yaratib tashadi. Tak chto‘ Nyutonda ham alamim bor.
Beruniy torvuzdi olib, orqa oldini oylantirib qorab dunyoda amerika degan davlat borligini bilib qoldi.
Borib kelay desa dengiz yo‘li yo‘q.
Shart o‘rnidan turib Ispaniyaga borib uchta kemani arenda qilib yo‘lga tushdi.
Kemani plastmassa taroq, oyna, va munchoqlar bilan to‘ldirdi. Lo‘x indeytslardan oltinga almashtirish uchun.
O‘ktabr oyi edi. Okeanda suzib ketayotsa bir taxtaning ustiga bitta odamni skochlab qo‘yishganini ko‘rib qoldi.
Beruniy raxmdil odam bo‘gan. O‘sha odamni qutqarib kemaga chiqargan.
Bu odamni ismi Xristofor pamilasi Kolumb ekan.
Bitta kemada ovqat o‘marib krisalik qigani uchun taxtaga skochtlab tashavorishgan akulaga yem bo‘sin deb.
«Sani qo‘lingdan nima keladi bacham» deb so‘radi Beruniy bovo.
«Navigatorni o‘nnini bosaman. Kartalarni ko‘chirib sotardim¸Lissabonda. Karta ko‘chiraverib miyamda kartalar o‘rnashib qolgan» dedi Kolumb.
Beruniy bovo sinab ko‘ribdi. Shu atrofda qoya bor, aylanib o‘taylik dedi Kolumb.
Gapi rost chiqdi. Beruniy bovo Kolumbni yoniga pomoshnik qilib ovoldi.
Noyabr keldi. Beruniy bovo qo‘lidagi durbin bilan Amerikani ko‘rdi. Kolumbga qarab «mana Amerika. Endi plastmassa munchoqlarni oltinga alishtirib, lox indeytslarni kidat qilamiz» dedi.
Kolumb ichi qora odam edi. Baxil edi. Beruniyni kemadagi kapitan mostigidan ochiq okeanga itarib yubordi.
Beruniy raxmallining akulalarga yem bo‘lishini tomosha qilib turdi iplas.
Shundan keyin u «Amerika» deb baqirib o‘zini yangi yerlar ochganini e'lon qildi.
Kema kollektivining Beruniy bovo haqidagi savoliga «Boboyni akula yeb tashadi. Xozir nachalnik menman» deb javob berdi.
Mana tushundinglarmi endi «kolumbda bor alamim mening» degan shig‘irdi mag‘nosini.
Qani tur Egamberdining uli. Amerikani kim ochg‘an? Tuvri! Beruniy ochgan. Bo‘ldi dars tamom. Ertaga har bir bola bir baklashkaga qaynoq suv solib kelsin. Deraza podokolnigiga qo‘yamiz. Sinf xonasi sal bo‘lsa ham iliydi. Finlandiyada 100 yil oldin shunaqa qilib uydi isitishgan. Fin usuli bu.
Jingl
MS
Bo‘yon o‘rdim otizingnan-chelingnan,
Man aynanin oriqqino belingnan.
Patir olib, suvchi borsa qaytarma,
Nichcha yillar yonib-go‘ydim alingnan.
O‘zi bir kichkina qiz gunda ilon o‘ldiradi
Qosh qoqib go‘zzin suzip oltin chirvon o‘ndiradi
Rahmatli enamda Nikolayning oltin chervonlari bo‘lgich edi. Uyda to‘y ma'raka planlansa yoki moshin olmoqchi bo‘lsak o‘sha oltin chervonlardan bittasi sotilardi.
Zovutchi boyning qizi bo‘lgan enam urush paytida bu oltin chervonlarni rasman «oltin do‘kon»ga topshirib, oq non sotib olish uchun talon olgan.
Ya'ni SSSR hukumati ham odamlarda Chor davlatining oltin chervonlari bo‘lishini jinoyat deb bilmagan.
Shu kunda yevropaning zargar do‘konlarida bemalol Nikolay oltin chervonini sotib olish mumkin.
Ammo mustaqil va yappa yangi O‘zbekistonda Nikolayning oltin chervonini sotish jinoyat ekan. Nega? Bu yaqin o‘tmishda muomalada bo‘lgan valyutaku?
Mana Surxondaryoda ikki erkak 1899 yilgi Nikolay chervonlarini yuz ming dollarga sotmoqchi bo‘lgani uchun qamoqqa olindi degan xabar.
Ularning jinoyati nimada? Bu oltinni ular bonkadan o‘mardimi? Ëki bu oltin tanga qadimiy osori atiqa bo‘lib muzeydan uxlatilganmi? Ëki oltinnni dollarga sotish jinoyatmi?
Vatanni o‘rislarga sotish jinoyat hisoblanmaydigan yurtda oltin chervon sotgan odam jinoyatchi bo‘ldimi?
Kimdir tushuntira oladimi?
MS: O‘yingnan tirgak chiqsa saniki, oltin chiqsa davlatniki.
Kisama solibman bir so‘lqim uzum,
So‘zimni qaytarma ey qora go‘zzim,
So‘zimni qaytarsang ey qora go‘zzim,
Haqqingnan chiqaman bir borib o‘zim.
Yigirma dollar
(Bu 2023 yildagi so‘nggi hikoyam.)
Erkin 33 yoshda. Biznesmen. TGda onlayn qurilish mollari sotadi.Asosan uy tomini yopadigan tagi oq usti qizil tunuka sotadi. Gap tunuka haqida emas.
31 dekabr kuni Erkin mashinani xovliga kiritdiyu ammo tushmay anchagacha telefon titib o‘tirdi.
Bank hisobidagi olgi bergilarini tekshirdi. Qo‘ng‘iroqlarga javob berdi. Esemes yozdi. Ovozli maktublarni eshitdi. Mashina kabinasi Erkinning ish kabineti edi.
Telefon jiringladi. Mashina displeyida «Kelinbiyi» degan yozuv ko‘rindi.
Telefon qilayotgan akasi Botirning bevasi Turdixon edi. Erkinning akasi Botir ikki yil oldin avariyada o‘lgan. Uch bolasi yetim, xotini beva qolgandi.
– Rahmat biyi. Sizga ham qutlug‘ bo‘lsin.
– Erkinjon rahmat inim. Kecha Yo‘ldosh olib kelgan konvertdagi 220 dollarni oldim. Bayramda dasturxon to‘shadim. Jiyanlaringiz xursand. Keling.
– Mayli biyi. Vaqtim bo‘lsa o‘tarman
Erkin kecha kechqurun yordamchisi Yo‘ldoshni qo‘liga konvert berib Turdixon biyisini uyiga bozorlik yuborgandi. Ammo konvert ichiga ikki yuz dollar solgandi. To‘rtta elliktalik. Yigirma dollarni kim qo‘shdi?
Erkin tugmani bosdi. Gudok ketdi.
Yo‘ldoshga telefon qilayotgandi Erkin.
-Og‘a endi qanday tushuntirsam sizga. Yetimni ko‘rsam ichim uvishadi. Ikkita bolamga qarab men o‘lsam shular o‘lib xor bo‘lib qolsa degan fikrni o‘zidan qo‘rqib ketaman. Siz bergan konvert ichiga 20 dollar solib qo‘ydim. Jiyanlaringizga mendan padarka.
Erkinning ichi yorishdi. Yo‘ldosh ismiga yarasha yaxshi biznes yo‘ldosh edi Erkinga.
Erkin kecha eshitgan gapni esladi.
Kecha To‘lqin doyi uyida shog‘ol bazm qilib berdi. Milisalarga forma tikib boyigan To‘lqin doyi har yili 30 dekabrda lazur guruchdan suzma palov pishirib o‘zi aytmoqchi «shog‘ol bazm» qilib berardi.
Doyining Qoraqamishda xorazmcha qilib qurilgan uy doloni odam bilan liq to‘lardi.
Doyi to‘yxona va restoranlarni tan olmas. Eski uslubda uyiga chaqirardi mehmonlarni.
Bir paytlar nomi chiqib «xizmat ko‘rsatgan» maqomini olgan ammo xotinlarining aliment janjallaridan keyin nazardan qolgan mijg‘ov ashlachi amaki Erkinni oldiga qo‘lida qirmizi sharob solingan qadaxni ko‘tarib keldi.
-Og‘a rahmat. Doyim podderjka qilasiz. O‘tkan xafta drujbadagi kontsertda menga gul bilan konvert jo‘natdingiz. Kam bo‘lmang og‘a.
Ashlachilarning ko‘zi snayper durbinidan ham yaxshiroq ishlashini Erkin bilardi. Ammo sahnadagi artist uchinchi qatorda o‘tirgan muxlisining konvert ichiga qancha pul solganini aniq ko‘ra olganidan Erkin hayratlandi.
-Og‘a sizga qarab turdim sahnadan. Ëningizdagi Yo‘ldosh degan aprs sizga konvert berdi. Siz konvert ichiga to‘rtta elliktalik dollar soldingiz. Aniq ko‘rdim. Keyin kam bo‘lmasin deb yana yigirma dollar soldingiz. Sahiysiz¸ jo‘mardsiz og‘a. Lekin anavi aprs Yo‘ldosh konvertni ichidagi 20 dollarni olib cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Og‘o shu aprs Yo‘ldoshni javobini bervoring.
Erkin bu gapni eshitib ko‘ngli hijil bo‘lgan bo‘lsa ham yordamchisi Yo‘ldoshni tergab dakki bermagandi.
Turdixon biyining aytgan gapidan keyin Erkinning ko‘ngli joyiga tushdi.
Erkin qopchig‘ini ochib 20 dollar chiqarib yorug‘ga tutib qaradi. Barmog‘i bilan silab g‘adir budirini his qildi.
AQShning yettinchi prezidenti Endryu Djekson surati tushirilgan 20 dollarlik banknotni Erkin hali student paytidan beri yaxshi ko‘rardi.
Mayda chuyda xizmatlar uchun minnatdorlik belgisi o‘laroq beriladigan yaxshi kupyura.
Erkin pulni qopchiqqa qaytarib soldida¸ mashinadan tushib bayram paqildoqlari sasi ostida to‘kin dasturxon to‘shalgan ichkari uyga qarab ketdi.
Yangi yilda hammaga ham yaxshilar yo‘ldosh bo‘lsin.
MS
Do‘rt zomcha olibman do‘rtisam sori,
Shu kunlar bo‘libman kadini zori.
Oybikajon mehmon bo‘lsang bir oqshom,
Go‘ygan yerlaringga bo‘laman dori.
O‘yim aldi Shovot yopni ko‘piri,
Dizdan galar roshlarini to‘piri,
Ey yoronlar topib baring yorimni
Mani yorim shu ellarni qo‘qiri.
Qani sening do‘mbirang?
Yigirma yillarcha oldin Mang‘it taraflarda bir hikmatli gap eshituvdim. Do‘mbirasi yo‘q bir kishi odamlarni o‘ziga qaratib, «Men do‘mbirani bunday ushlaydirman¸ bunday chaladurman» deb yarim soat gapiribdi.
O‘shanda odamlar orasidan biri chiqib «Barcha sha'ning kelishdi, qani sening do‘mbirang?» deb so‘rabdi.
Sakkiz yildan beri aytilayotgan gaplarni eshitib shu hikmatli gap esimga tushdi.
MS: Onnopli bog‘lara chiya sopaman,
Jizziq solib yog‘li patir yopaman,
Jizziq solib yog‘li patir yopg‘anda,
Mo‘chi kadi sani nerdan topaman.
Qora soching qoyim darap – o‘rmaka,
Nerdan ishqim tushdi sannin birmaka,
Ichi-bag‘rim o‘t oladi go‘rganda
Yaramading bir sarxum suv barmaka.
Xotiralarimdan birida kranchi bo‘lib ishlaganimni yozsam kimdir shubha bildiribdi. Bunga izoh berish asnosida Sovet davri o‘rta ta'lim tizimidagi samarali tajribaga e'tibor qaratsam.
1974 yili SSSR Ministrlar soveti o‘rta maktablarda UPK ( Uchebno-proizvodstvennыy kombinat) tashkil qilish haqida qaror qabul qildi.
Bu qarorga ko‘ra o‘rta maktabni bitirgan o‘quvchi biror kasbni o‘rganib chiqishi kerak edi.
Maktab o‘quvchisi 8 sinfdan to 10 sinfgacha xaftada bir marta alohida binoga ega bo‘lgan UPKga borib 4 soat kasb o‘rganardi.
Tokar, slesar, shveya sekretar-mashinist, traktorchi va shofer kasblaridan birini tanlash kerak edi.
Maktabni bitirgan vaqtda sho‘pirlik pravasi olish imkoni edi bu.
Men yuk mashinasi haydovchisi degan kursga qabul qilindim. Ikki yil davomida GAZ 51, ZIL va MAZ yuk mashinasini boshqarish va motorida mayda remont qilishni o‘rgatishdi.
Shu bilan birga ayni modifikatsiyadagi mashinalarga o‘rnatilgan kranni boshqarish bo‘yicha ham dars oldim.
O‘ninchi sinfni bitirgan paytda, ustida ko‘tarma krani bor MAZ-500 yuk mashinasini haydab imtixon topshirdim.
Maktab attestati bilan birga yuk mashinasi va kran boshqarish bo‘yicha sho‘prlik pravasi oldim. Qo‘limdagi yevropa pravasi ham shu 18 yoshimda olgan pravaga asosan berilgan.
Xozir ham yuk mashinasi, traktor va kran boshqarishga hujjatim bor.
Ya'ni sovet o‘rta ta'lim tizimi samarasidan xozir Yevropada yashab ham bahramand bo‘lmoqdaman.
Maktabni bitirib institutga kirib rassomlik yo‘nalishida ketdim.
Ammo men o‘sha paytda taksomotorda taksi haydashim¸ avtobazada yuk mashinasi sho‘pri bo‘lib ishlab yaxshi pul topa olardim.
Toshkentdan ta'tilga kelganimda Urganchdagi 167 qurilish tresti boshlig‘i rahmatli Yo‘ldosh aka meni bir oy kranchi vazifasida ishlatib oylik bergandi.
Kranchilik bilan birga trestni badiiy bezash bilan ham shug‘ullangandim.
Vaqt o‘tib 1994 yili Urganchda mustaqil TV kanal ochib tok shou olib bordim. Bambr shou edi nomi, kimdir eslasa. O‘sha shoulardan birida qo‘shiqchi Bobomurod aka Hamdamov bilan suhbatlashdim.
Bobomurod aka ham qurilishda kranchi bo‘lib ishlagan ekan. O‘shanda ikkkita «kranchi»ning suhbati rosa qizigandi.
Navoiy bobomiz nima degandilar?
Bir yigitga qirq xunar oz.
MS
Sizni ayvon bizni ayvon amasmi, o‘rtosinda chiniy narvon amasmi. Og‘o uring potyani.
Assalam Uzbekistan, Juma Muborak!