Asosiy mavzular
14 yanvar 2024

Baxti Tashkentskiyning «o‘g‘rilik toji»ni kim kiyadi?

O‘zbekistondagi “vorovskoy mir” haqidagi xabarlarga qiziqadiganlar ekran qarshisiga yaqinroq o‘tirishingizni so‘rayman.

Demak, O‘zbekiston jinoyat olamida katta evrilish. Sizning e'tiboringizga havola etadigan ikkita katta xabarimiz bor:

Birinchi xabar shuki, O‘zbekistonda yagona “vor v zakone” Baxti Tashkentskiy nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev “vor v zakone” tojidan voz kechishi mumkin.

Bu haqda Eltuzga Baxti Tashkentskiy ustidan tergov olib borayotgan guruhga yaqin manba ma'lum qildi.

Uning aytishicha, 52 yashar Baxti Tashkentskiyni o‘g‘rilik rutbasidan voz kechishga tergov guruhi majburlamoqda.

“Shunga majbur qilishyapti. Ikkita o‘g‘lini o‘rtaga qo‘yib majburlashyapti,” dedi tergov jarayonidan xabardor Eltuz manbasi.

Eslatib o‘tamiz, Baxti Tashkentskiy “Dolzarb – 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlarining ilk kunlarida  – 28 noyabrda hibsga olingan edi.

Eltuz ixtiyoriga kelib tushgan hujjatlarda 29 noyabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi 52 yashar Baxtiyor Qudratullaevni MJtKning 183 va 194 moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik holatlarini sodir qilganlikda ayblab, 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlagan edi.

Keyinchalik Toshkent IIBBsi Baxti Tashkentskiyga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) va 276-modda 2-qismi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) ayblovlari ilgari surilganini bildirdi.

Baxti Tashkentskiy hibsga olinganidan ko‘p o‘tmay uning ikki o‘g‘li – Ixtiyor Qudratullaev va Begzod Zafarov ham ushlandi.

Hozirda 29 yashar Begzod va 27 yashar Ixtiyor O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi, ya'ni tovlamachilikda gumon qilinmoqda.

Tahlilchilar, aynan ikki farzandining noma'lum taqdiri Baxti Tashkentskiyni 26 yoshida kiygan o‘g‘rilik tojidan voz kechishga majburlashi mumkin.

Davlatchilikda davlat rahbari ketsa boshqa bir rahbar kelishi shart bo‘lgani singari o‘g‘rilar dunyosida ham mamlakat smotryaщiysiz qolmasligi kerak.

Ikkinchi xabarimiz ham aynan agar Baxti Tashkentskiy “qonundagi o‘g‘ri” maqomidan voz kechsa uning o‘rniga kim kelishi mumkinligi haqida.

Baxti o‘rniga kim keladi?

Aftidan, Baxti Tashkentskiyning o‘g‘rilikdan voz kechishi mumkinligi haqidagi xabar sobiq SSSR hududidagi “jinoyat olami rahbarlari” qulog‘iga jurnalistlardan ham oldinroq yetib borayotgan ko‘rinadi. 

7 yanvar kuni sobiq Sovet Ittifoqi qamoqxonalarida O‘zbekistonning bo‘lg‘usi smotryaщiylari borasida “progon” – jinoiy olamga chaqiriq tarqaldi.

Nusxasi Eltuzda mavjud qog‘ozga qo‘lda bitilgan “progon” muallifi rossiyadagi eng yirik avtoritet Shakro Molodoy laqabi bilan mashhur Zaxariy Kalashev va bir guruh o‘g‘rilardir.

Ma'lumot uchun: Rossiyalik biznesmen va kriminal avtoritet Zaxari Kalashov postsovet hududidagi jinoiy doiralarda «Shakro Molodoy» laqabi bilan keng tanilgan. U «pul yuvish», «jinoiy to‘da tuzish», «tovlamachilik» ayblovlari bilan uch marta sudlangan. Zaxari Kalashovning jinoiy faoliyati Rossiyaning uyushgan jinoyati bilan chambarchas bog‘liq. 2018 yilning mart oyida Moskvaning Nikulinskiy tuman sudi Kalashovni «juda katta miqdordagi tovlamachilik» da ayblab, 9 yilu 10 oyga qattiq tartibdagi koloniyaga hukm qilgan edi. Manba:  Meduza.io nashri.

Rossiya qamoqxonasidan yuborilgan “progon”da Shakro Molodoy tergov izolyatorida o‘tirgan Baxti Tashkentskiy va boshqa jinoiy avtoritetlarga dastlab, o‘z ta'birida, “og‘ir damlarda” sabr-bardoshli bo‘lishga chaqiradi.

Shakro Molodoy so‘ngra, Baxti Tashkentskiyning ehtimoliy vorislariga to‘xtalgan.

“Progon”da jumladan shunday deyiladi:

 “Baxti Tashkentskiy uchun muhtaram odamlarga shuni ma'lum qilamanki, agar u o‘g‘rilik maqomidan ochiqcha voz kechsa yoki to‘sadan vafot etsa O‘zbekiston ichkarisida va undan tashqarida o‘zbeklar uchun bizning birodarlarimiz Axtam Samarkandskiy, Jora Tashkentskiy va Botir Buxarskiy ma'sul bo‘ladilar”.

Shakro Molodoy tilga olgan uchchala shaxs “vor v zakone” maqomiga ega O‘zbekiston tashqarisida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklardir. 

Eltuz manbalariga ko‘ra, Jorka Tashkentskiy Misr va Yunonistonda, Botir Buxarskiy Ispaniya va Qrimda, Ahtam Samarkandskiy esa Istanbulda istiqomat qilishadi.

Ma'lumot uchun uch oy oldin sobiq SSSR hududlaridagi avtoritet o‘g‘rilar Baxti Tashkentskiyni butun Markaziy Osiyoga smotryaщiy etib tayinlashgan edi.

Baxti Tashkentskiy uyidagi “cxodka” Qirg‘izistonda “vor v zakone” Kolya Kirgiz (Qamchibek Ko‘lboev) Bishkekda maxsus kuchlar tomonidan otib tashlanganidan o‘n kun so‘ng bo‘lib o‘tgandi.

Tag‘in o‘qing
18 fevral 2020
Joriy yilning 17 fevral kuni prezident Mirziyoev rossiyalik xokkeychilar Valeriy Kamenskiy, Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov va Aleksey Jamnovga Toshkent ...
29 noyabr 2016
Chirchiqlik 41 yoshli Dilorom Amirxamzaeva ismli ayol, eri, MXX podpolkovnigi bo‘lgan To‘raboy Amirxamzaev uni bolalari bilan uyidan haydab chiqargani ...
19 fevral 2024
Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida Indorama Agro xorijiy kompaniyasiga 70 million dollar kredit ajratgan Yevropa tarraqiyot banki ustidan kompaniya ishchilari ...
21 yanvar 2019
(bu bor-yo‘g‘i hajviya, faqat qaysidir hokim o‘z aksini ko‘rsa, xafa bo‘lish yo‘q) Tumanga kimsan viloyat hokimi kelib xalqni qabul ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...