Asosiy mavzular
30 yanvar 2024

Transperensi Interneshnl: O‘zbekistonda korruptsiya kamaymoqda

Ko‘plab mutaxassislar, biznesmenlar va ekspertlar fikrini o‘rganib chiqqan Xalqaro Transperensi Interneshnl tashkiloti 30 yanvar kuni dunyoning 180 mamlakatini qamragan davlat sektoridagi 2023 yilga oid korruptsiyaga moyillik darajasining navbatdagi indeksini e'lon qildi.

Tashkilot hisobotiga ko‘ra, aksariyat mamlakatlar davlat sektoridagi korruptsiyaga qarshi kurashda deyarli muvaffaqiyatga erishmagan. O‘rtacha jahon korruptsiyaga moyillik indeksi darajasi o‘n ikki yil davomida aksariyat mamlakatlarda muttasil 43 darajadan yuqoriga ko‘tarilmadi, ayni paytda mamlakatlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i 50 balldan past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Bu esa dunyo bo‘ylab korruptsiya bilan bog‘liq jiddiy muammolar mavjudligidan darak beradi.

Shunga qaramay O‘zbekiston korruptsiyaga moyillik indeksi bo‘yicha o‘z ko‘rsatkichlarini 2014 yilgi xolatga nisbatan 15 pog‘onaga ko‘tarib 33 balga yetkazdi va mintaqada o‘zini sezilarli darajada o‘nglagan davlat sifatida ajralib chiqdi.

Jumladan, asosiy qadamlar qatoriga korruptsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil etilishi, qonunchilikni qat'iylashtirish va liberallashtirish soxasidagi siljishlar kiritildi.

Ta'kidlash joiz, ushbu qonunlarni amalga oshirish va joriy qilish siyosati va tartiblari ishlab chiqildi va shu yili ko‘plab korruptsioner amaldorlarga ayblovar e'lon qilindi. Hukumat shuningdek, turli vazirliklar va mahalliy hokimiyat organlaridagi ichki nazorat va audit vositalarini keskin kuchaytirdi, masalan, boshqaruv tizimidagi poraxo‘rlikka qarshi kurash olib borildi.

Biroq, mamlakatdagi avtoritar boshqaruv tizimi shaffoflik va demokratik yo‘nalishdagi harakatga qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda, hokimiyat va qonunchilikni nazorati ostiga olish hamda adliya tizimidan foydalanish orqali demokratiya va tanqidni bo‘g‘ishga intilmoqda.

Bu esa korrutsiyaning umrini uzaytiradi va O‘zbekistonda keng qamrovli islohotlarga zarurat borligini namoyish qiladi.

Transperensi Interneshnl tashkiloti hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi holat Yevropadagi Kosova, Cerbiya va Albaniyadagiga o‘xshash darajadadir.

Bu mamlakatlarda ham O‘zbekistondagi kabi sud hokimiyati mustaqilligining kaliti bo‘lgan islohotlar, masalan, sud jarayonlarini tekshirish va Prokuratura kengashidagi halollikni ta'minlashi kerak bo‘lgan yangi qonun hujjatlarining qabul qilinganiga qaramay, islohotlar sust kechmoqda. Bundan ham yomoni, hukumatning sud ishlariga aralashuvi kuzatilmoqda.

Sobiq sovet mintaqasida Yevropa integratsiyasi yo‘lidan borayotgan Gruziya esa 53 bal to‘plagan. Biroq, hisobotda bu raqam bir vaqtlar korruptsiyaga qarshi kurash mayog‘i sifatida ko‘rilgan mamlakat uchun ancha past ko‘rsatgich ekani, ayni mamlakatda ham korruptsiya tizimli muammo bo‘lib qolayotgani ta'kidlanadi.

Markaziy osiyoda esa Qozog‘iston 39 ball bilan peshqadam bo‘lmoqda. Mamlakat Korruptsiyaga qarshi muammolarni hal qilishda, jumladan muammolarni huquqiy yo‘l bilan hal qilishda muayyan yutuqlarga erishgan.

Qirg‘iziston esa bu yil 26 ball ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Bu esa bir vaqtlar Markaziy osiyodagi demokratiya qal'asi deya nom qozongan mamlakat uchun juda past pog‘ona bo‘lib uning cho‘kayotganini anglatadi.

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov iqtidorga kelishi bilan hokimiyat tizimidan o‘z tanqidchilarini nishonga olishda foydalana boshladi.

Jumladan mamlakat reytinggi 2020 yildan beri besh pog‘onaga pasaygani kuzatildi.

Shuningdek mintaqadagi oxirgi o‘rinlarni Ozarbayjon – 23, Tojikiston – 20 va Turkmaniston 18 ball bilan egalladi.

Bu mamlakatlarda jiddiy korruptsiya muammolari bilan kurash davom etmoqda. Davlat muassasalari ustidan avtoritar nazorat hukmronligi mustahkam ildiz otgan.

Tag‘in o‘qing
20 avgust 2024
Rassom Tuz
9 iyun 2016
O‘zbekistonda eng «beozor» mavzu hisoblanadigan hisoblanadigan sport xabarlarini yorituvchi ommaviy axborot vositalari ham birin ketin taqiqqa uchramoqda. Futbol mutasaddilari ...
17 aprel 2017
«Erk» Demokatik partiyasi lideri Muhammad Solih Qozog‘istonning yil oxirigacha lotin yozuviga o‘tish qarorini qo‘llab quvvatlashini bildirdi. Qozog‘iston prezidenti Nazarboev ...
3 yanvar 2020
Karimov davrida, to‘g‘rirog‘i 1997 yili O‘zbekistonda boshlangan prezident tomonidan yillarni nomlash an'anasi 2020 yilga kelib unutildi. Shavkat Mirziyoev hukumat ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...