Multimedia
9 iyun 2016

Tepilgan uff.uz maydon tashqarisida…

O‘zbekistonda eng «beozor» mavzu hisoblanadigan hisoblanadigan sport xabarlarini yorituvchi ommaviy axborot vositalari ham birin ketin taqiqqa uchramoqda.

Futbol mutasaddilari haqida ko‘p sharhlar yoziladigan bu saytning yopilishiga asosiy sabab ham ayni shu sharhlar ekani bilan izohlanadi. Buning yana bir sababi, saytning nomi O‘FF (O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi)ga o‘xshash bo‘lgani Mirbaror Usmonov boshchilik qilayotgan tashkilotning asabini o‘ynab kelgan.

“uff.uz 10 yildan buyon futbol haqida eng ko‘p maqolalar va xabarlar berib kelayotgan sayt edi. Babayan boshchilik qilayotgandan beri TVdagi bir necha jurnalist ishdan ketdi, ko‘rsatuvlar yopildi, endi esa saytga navbat keldi”, deydi Eltuz.com bilan suhbatda o‘z ismini ochiqlashni istamagan sobiq sport sharhlovchilaridan biri.

Bundan ilgari O‘zTV jurnalistlari Zafar va Diyor Imomxo‘jaevlar olib borgan “Sokker klub” va “Futbol sharhi” ko‘rsatuvlari ham efirdan olib tashlangan va ularning o‘zlari esa ishdan haydalgani haqida xabar bergan edik.

Bunga ko‘rsatuvda mamlakatdagi futbol jamoalari o‘rtasida «kelishilgan o‘yinlar» va totalizatorga pul tikish muammosining fosh etilishi sabab bo‘lgani aytilgandi.

«Sokker klub»ning yopilishiga sabab bo‘lgan so‘nggi ko‘rsatuv

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 yanvar 2020
Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih hayoti haqidagi “Begona” filmining oxirgi 14-qismi uning umr yo‘ldoshi, biolog olima, ...
2 may 2023
Xaj va umra ziyoratiga borgan kamida ikki o‘zbek kelinning o‘g‘irlab ketilgani va qizi xamroxligida borgan 40 yashar nogiron o‘zbek ...
10 aprel 2017
Raxmat Akilov telegram tarmog‘idagi yozuvlari oshkor qilindi. Aqilov doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda IShID tarafdorlari yoki a'zolari bilan aloqada bo‘lgan. ...
21 sentyabr 2020
O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlandi. Shu sababli har yili bo‘lganidek, joriy yilda ham aholi orasida ushbu mavzu dolzarb bo‘lishi tabiiy. ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...