Turkiyada O‘zbekistonlik firibgar ayol qo‘lga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini Firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib 2016 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 66 yashar RITA XALILOVA joriy yilning 13 yanvar kuni Istanbul shahrida qo‘lga olingan edi.
Bugun Rita Xalilova O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishtirokida Istanbul xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi» deyiladi rasmiy xabarda.
Eltuz uydagi gapni ko‘chaga olib chiqadi. Videolarimizga layk bosing, kanalimizga obuna bo‘ling.