Karimovning Mirziyoevdan farqi – RTdan va'z
– Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman.
MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo. Xivodayi Gulnora biyi, Ismoyil olqosh, Soporgul opo, So‘ltonposhsho apkala, nichiksizla…
– Matchon Suqulish, Eltuz yutub kanali sen uchun salomxonaga aylandimi?
MS: Og‘o ishitdingizmi, Namangonda tuman so‘tini yoshullisi pora bilan chishibdi. So‘t adi indi mol yiydig‘on o‘t bo‘ldi.
2024 yil 30 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi Sodiqov Shuhratjon Abdumo‘minovich o‘zining ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalari bilan ayblangan sudlanuvchi O. S.ga yengilroq jazo tayinlash evaziga, sudlanuvchining otasi V. S.dan 2 000 AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Oliy sud Plenumining bugun o‘tkazilgan majlisida Mingbuloq tuman sudi raisi Sodiqov Shuhratjon Abdumo‘minovichni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoiy javobgarlikka tortish va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi taqdimnomasi ko‘rib chiqilib, rozilik berildi.
MS: Davogar sust bo‘lso qozi muttaham bo‘lodi. Shunnin o‘liska, o‘z hoqqini talab atmiydon, hamma narsani pora bilan cheshaman deyaan ela shundiyn qozi nasib atadi. Nishatib o‘lsa shunnatip go‘mamiz.
«Yuzerning o‘limi»
Bu matnni 2015 yili yozgandim. O‘shanda blogerlik hali bugungi kabi urf bo‘lmagan edi.
Hikoyamiz qaxramoni bo‘lgan Yuzer bir o‘zi yashaydi va ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarning ashaddiy faoli.
Odnaklasniki, FB, Vatsap, Tvitter, Instagram va Telegramda o‘tiradi.
Albatta qaxramonimiz skayp, vayber va LJ da ham faol
Odamlarni dahshatga soladigan, qotib kuldiradigan matn, rasm yoki videolarni tarmoqlarga yuklashdan oshig‘ich zavq oladi bu yuzer.
To‘g‘rirog‘i u joylashtirgan narsalarning boshqalar tarafidan yoqtirilishi va izohlanishidan lazzat oladi.
Kunlardan bir kun Yuzer tarmoqqa navbatdagi “bomba” ma'lumotni joylab, divanga yastandi.
Ikki ko‘zi tabletda bo‘lgan Yuzer bu “bomba” ning tarmoq ishtirokchilari shuurida portillashini kutar edi.
Ammo birdan kutilmagan holat yuz berdi. Hech kim Yuzer qo‘ygan ma'lumotga qiziqmadi, izohlamadi ham.
Oradan bir soat o‘tdi. Yana hech qanday aks –sado yo‘q. Ikki, uch soat o‘tdi.
Sukunat, befarqlik..
Yuzer asabiylashib boshladi.
Internet deb atalmish o‘rgimchak to‘ridagi millionlab qurtlar Yuzer qo‘ygan yemakdan voz kechishganday edi.
Kechga borib Yuzer hastalanib qoldi. ..
Oradan uch oy o‘tdi. Ijara kechikkani bois, o‘z kaliti bilan eshikni ochib kirgan uy egasi qo‘lida tabletni mahkam qisib ushlab o‘tirgan holatda o‘lib qolgan Yuzer jasadini ko‘rdi.
Jasad qurtlab skletga aylanib ketgan bo‘lsa ham simi tokka tiqilgan tablet oynasi yorishib ishlab turgan edi.
Uy egasi bu manzarani qo‘l telefoniga rasmga olib tarmoqqa qo‘ydi.
Tablet ushlab o‘tirgan sklet Yuzerning tasviri tarmoqni larzaga soldi.
Sal o‘tmay bu tasvirni ko‘rganlar soni milliondan oshdi.
Milliondan oshiq ko‘rarmanga ega bo‘lish Yuzerning orzusi edi.
Bu orzu unga emas, uy egasiga nasib qildi.
Yuzer o‘z o‘limi bilan o‘zi mansub bo‘lgan tarmoqning navbatdagi yulduziga aylangan edi.»
Milliy kontent
MS: Og‘o shu milliy kontent degani novvi dayani?
RT: Milliy yoki xalqaro jurnalistika bo‘lmaydi. Yaxshi yoki yomon jurnalistika bo‘ladi. Milliy kontent ham bo‘lmaydi. Yaxshi professional, jurnalistikaning yuksak tutumi bo‘yicha yaralgan kontent bo‘ladi.
«Milliy mentalitet» degan zaharli cho‘pchakni musorga tashavorish kerak. Hech qanday mentalitet yuq. Jurnalistika qoidalari universal. U zanjiga ham turkmanu boshqirdga ham birday zarur.
Hech kim yolg‘on eshitishni, qulog‘iga lag‘mon ilinishini istamaydi.
O‘zbekiston yillardir matbuot o‘rniga propaganda yaratish bilan shug‘ullandi. Shuniyam eplay olmadi. Shu bois tuzuroq yasalgan o‘ris propgandasini ko‘rishdi.
Mamlakatga professional jurnalistika kerak. Xuddi Al Jazira, Si En En va Bi Bi Si kabi.
O‘z MTRK davlat emchagidan ajratilib soliq hisobiga kun ko‘radigan reklamasiz pablik TVga aylanishi kerak.
Matbuot prezident, vazirlar va ularning bola baqrasini bemalol tanqid qilishi kerak.
Vazirlar «meni urarmikan» deb bir qo‘lida validol bilan TVga termulib o‘tirsin.
Erkin matbuot ba'zan yaxshi, ba'zan esa yomon bo‘lishi mumkin. Ammo propaganda va erkin bo‘lmagan matbuot doimo yomon.
MS: Og‘o quri biza tarapdagilarni tirosiz. Navchin Amerikani so‘llamisiz?
RT: AQShda o‘siroq yo‘lovchi uchoqdan tushirib yuborildi.
American Airlines uchog‘ini boshqargan uchuvchi 24 yanvar kuni bitta yo‘lovchini tushirib qoldirish uchun yo‘ldan qayrilib aeroportga qaytib qo‘ndi.
Erkak yo‘lovchi avvaliga hayotdan nolib javrab o‘tirgan. Keyin esa o‘rnidan turib salondagi yo‘lovchilarga ko‘tini qaratib tinmay o‘sirib boshlagan.
Gaz atakasidan qiynalgan yo‘lchilar shikoyati ortidan pilot uchoqni orqaga qaytarib o‘siroqni politsiyaga topshirgan.
«Uchoq ichida «osventsium effekti» yaralib odamlar sassiqdan bo‘g‘ilib o‘layozdi» deya yozg‘irdi matbuot bilan suhbatda yo‘lovchi xotinlardan biri.
Yana biri esa o‘siriq isi ust voshiga o‘tirib qolganidan nolidi.
MS: Ina garak bo‘lso. Gashir yiyman g‘ort g‘ort o‘siroman jort jort. Navoiy otomiz ishitsa adi bu sherni.
Jingl
Qozog‘istonda maktab o‘quvchilarini diniy ekstremizm va terrorchilik g‘oyalaridan asrash choralari keskinlashdi.
Maktabga hijobda kelgan va telefonida diniy chaqiriqlar bo‘lgan o‘quvchilarning ota onalari katta jarimaga tortildi.
Qozog‘iston maorif vazirligi joriy qilgan maktab formasi haqidagi qoidaga ko‘ra o‘quvchilarning diniy libos va atributikada maktabga kelishi taqiqlanadi.
Qonunga ko‘ra hijob, yaxudiylar taqyasi va nasroniy xoch diniy libos diniy atributika deb belgilangan.
Qozog‘iston musulmonlar idorasi bu cheklovni ma'qullagan va hijob o‘rash o‘quvchilarga joiz emasligini uqtirgan.
MS: Maktabda porma garak. Birav paranji, yena birav sprodin go‘ynak giyib yurmasin.
Ukrainadagi uzbek bombasi
MS: Og‘o ukrainada yosh bolloni o‘ldirgan Putin pushka va tankalarini ichindagi bombani o‘zbek poxtosinnan zo‘tibdi qon toshog‘on!
RT: Ukrainadagi bolalarni o‘ldirayotgan o‘ris poroxini O‘zbekiston ta'minlamoqda. Bu O‘zbekistonni urush jinoyatchisi sifatida sanktsiyalar botqog‘iga abadiy cho‘ktirishi mumkin.
MS: O‘zakdan chiqqan o‘t yomon, o‘zingdan chiqqan dushman yomon degan qirg‘iz maqoli vo.
O‘zbek ho‘kumatini Putinnan «eb qo‘ygan» joyi bo‘sa bilali. Navchun xalqaro sanktsiya ro‘yxatina girgan zovutlani Toshkentdan durib ta'minlab kreml kalishinv patak bo‘lib yotibdi bi ho‘kmot? Org‘i yoshulli vundin mas adi. Garak bo‘so Putina orroq dur dap oytor adi. Siydiki yer do‘shar adi.
Bunker effekti
Xushnudbek va Otabek Bakirovlar tashkillashtirgan «Lolazor»podkastida Lolazor romani avtori va men xurmat qiladigan yozg‘uvchi Murod Muhammad Do‘st suhbatini olqishlayman.
Suhbat haqidagi fikrlarimni qisqa qisqa yozib qo‘ysam. Zotan M.M. Do‘st aytgan barcha voqealarning ichida va tashida men ham borman. (Aka bilan 1986 yil Urganchda ilk bora ko‘rishganmiz)
M.M. Do‘stdan erkin iqtiboslar
1. Karimov konvertatsiyani yopgani o‘ta salbiy bo‘ldi va to‘rtta kurs mavjudligi ortidan faqat 100ta (o‘g‘ri) oila milliarderga aylangan.
2. Karimov SSSRni federatsiya shaklida saqlash tarafdori bo‘lgan. Gorbachev taklif qilgan SSSRning yangilangan konfederatsiya shakliga qarshi bo‘lgan. Litva kabi to‘la mustaqillik haqida umuman gap bo‘lmagan. Ya'ni Karimov mustaqillikka oxirgi minutgacha qarshi bo‘lgan. Uning «mustaqillik me'mori» ekani haqidagi gaplar asossiz.
3. Karimovga O‘zbekiston haqida doimo yolg‘on, yarim yolg‘on va yasan tusan xabarlar berib turilgan. Masalan zeklar o‘zbek qamog‘idan 14 metr tunnel kavlab qochib ketishganida bu Karimovga 7 metrlik tunnel deb atay kamaytirib aytilgan.
4. Karimov skverdagi chinorlarni kestirgan. Sabab «Forumlar saroyi» degan palon pulga qurilgan binoni daraxtlar to‘sib qo‘ymasin deya.
5. Karimov Turkiya bilan arazlagani ortidan o‘zbek lotin alifbosini bugungi xarob axvolga solgan. Ya'ni o‘¸ sh¸ kabi xarflar turk alifbosiga o‘xshamay yasalishini talab qilgan. (nu i durak etot IAK)
6. Karimov o‘zini haykaltaroshlik, arxitektura, kino, mikrobilogiya va dezinfektsiya doxil barcha sohalar bilimdoni deb bilgan. Aslida mutlaq profan bo‘lgan. Masalan Temur haykalini qo‘lidan nayzani olib tashlattirgan. (aslida Temur pakana mo‘g‘ul otida uzun nayza ko‘tarib yurgan)
7. Karimov o‘zi haqida yozuvchilar kitob yozishini istagan.
8. Karimov o‘ziga tirik paytida haykal qo‘yishni, rasmlari ko‘chalarga osilishini taqiqlab qo‘ygan.
Xullas esimda qolgani shular.
Karimov haqida tanqidiy taxliliy suhbatlar boshlanganini olqishlayman.
Ammo jamiyat Karimovning o‘zbek davlatchiligi, millati va erkinliga qarshi qilgan jinoyatlarini fosh qilish zarur.
Benito Mussolini, Miloshevich, Chaushesko kabi zolim diktatorlar haqida o‘z yurtida yuzlab fosh qiluvchi kitob va filmlar yaratilgan. Haykallari ontarilib qabrlari yer bilan bir qilingan.
Bu o‘ta zarur. Bo‘libam o‘zbeklar kabi ketmon sopiga ham sig‘inib ketaveradigan, o‘z vaqtida Stalinni otamlab yig‘lagan avom elat uchun arxi zarur.
Bu suhbatda sobiq matbuot kotib Murod og‘amiz Gitlerning kotibasi Traudl Yunge kabi diktatorni «insoniy qiyofada» ko‘rsatib u odamning jinoyatlarini shirin xotiralar ko‘rpasi bilan o‘rtmoqchi bo‘ladi.
Buni bunker effekti desak bo‘ladi.
Traudl Yunge kitobida Gitler iti kasal bo‘lganida «qayg‘urgan», bunkerdagi xodimlarga «avstriyacha sharm» bilan tabassum hadya qilgan, o‘zi chizgan rassomlik asarlarini qimmat narxda sotilishini taqiqlagan «oliyjanob» odam haqida ishoralar beriladi.
Xolbuki bu «oliyjanob» odam millionlar qotili edi.
Bu suhbatda Otabek Bakirovning O‘zbekiston yangi tarixi bilimdoni ekani ko‘rindi. Bundan sevindim.
Suhbat paytida ikkita fil mavzu aytilmay aylanib o‘tildi. Birinchisi 2005 yilda Andijondagi qo‘zg‘olonchilarning Karimov buyrug‘i bilan otilgani. Ikkinchisi o‘z nomzodini Karimovga qarshi saylovda qo‘ygani uchun jazolangan Muhammad Solih mavzusi.
Gap shundaki MM. Do‘st o‘zining ilk ktobini M. Solixga bag‘ishlagan va ular Moskvada birga o‘qishgan. Karimov iqtidorda ekanida Turkiya va AQShda uchrashib gaplashib turishgan.
Suhbatda Karimov mavzusidan boshqa tema masalan o‘zbek tilining o‘ris tili kalkasiga aylanib qolgani ham gapirildi. Shu o‘rinda suhbat qatnashchilari Karimov ismiga «lar» ko‘plik qo‘shimchasini qo‘shib aytishdi. Bu noto‘g‘ri. Bir odamga nisbatan lar qo‘shimchasi qo‘shish adabiy til normasida yo‘q.
Umuman olganda O‘zbekistonni cho‘ktirgan zolim Karimovni pataloganotom kabi taxlil qilish zarur.
O‘zbekistonning joriy prezidenti Mirziyoev esa o‘lgan prezident Karimov haykaliga gul qo‘yib ta'zim bajo keltirdi.
MS: Og‘o shu haykal garakmi o‘zi?
Buni elning suyukli xofizi, qadim sulola vakili Jaxongir Otajonovdan so‘rasak.
Video
MS: Og‘o siz quri Karimopni yomonlyisiz. Neujeli yaxshi tarapi yo‘q. xozirqi bilan solishtirsoq bo‘qqi dori Karimopni!
Islom Karimovning yaxshi tomonlari
1. Mamlakatda shakllangan diniy radikalizmni cheklagani ortidan Tojikistondagi kabi urush bo‘lmadi.
2. Sovet o‘tmishi bilan bog‘liq timsollar, haykallardan voz kechdi. O‘zbekistondagi SSSRsiragan kommunizm oshiqlari ishtaxasini o‘chirib qo‘ydi.
3. Jirinovskiy kabi dushmanni, Kobzon kabi propagandonni O‘zbekistonga kirishini taqiqlab qo‘ydi.
4. Lotin alifbosini joriy qildi.
5. Mamlakakatda o‘z shaxsiga sig‘inishni taqiqlab qo‘ydi. Mulozimlarni ramkada ushladi.
6. O‘zbekiston chegaralaridagi nizoda qo‘shnilarga yon bosib yer bermaslikka harakat qildi.
7. Ikkinchi jaxon urushiga oid 9 mayni g‘alaba kuni deb atashni taqiqlab o‘rniga xotira va eslash kuni deya joriy qildi. Moskvaga borganida georgiy lentasini taqishdan oshkora voz kechdi.
8. O‘zbekistonni avtomobil ishlab chiqaradigan mamlakatga aylantirdi.
9. Mabodo o‘lib netib qolsa o‘rniga Bosh vazir prezident bo‘lmasin deb atay qonun chiqardi va video bilan eslatib ham ketdi. (Biroq, shu vasiyati amalga oshmadi)
10. O‘zbekiston konstitutsiyasida mamlakatni unitar davlat deb belgilatib qo‘ydi.
11. Mashina o‘g‘rilariga qarshi qattiq kurashgani bois jinoyatning bu turi to u o‘lgunga qadar deyarli sodir qilinmadi.
12. Kolxozlarni tugatib fermer xo‘jalikka aylantirdi. Fermerlarga uzoq muddatga davlat yerlari ijaraga berildi.
13. Yulduz Usmonovaga o‘xshash oltiket ashlachilarni zapret ramkasida ushab turdi. Maddox shoirlar Abdula Oripov va Erkin Vohidovlarning piligini pasaytirdi.
14. Alisher Usmonovga o‘xshash kreml oligarxlari O‘zbekistonga kiritilmadi.
15. Rauf Parfiga O‘zbekiston xalq shoiri unvonini berdi.
16. Ozodlik va Bi Bi Si radiolarining O‘zbekistondagi qarorgoxlari ochilishiga ruxsat berdi. Ozodlik, Bi Bi Si va Amerika ovozi radiosi muxbirlariga kunora suhbat berdi. Xorijiy matbuot rahbarlarini qabul qildi.
17. Soros, Internyus kabi xalqaro tashkilotlarga O‘zbekistonda faoliyat olib borishga izn berdi.
18. Termizda AQSh xarbiy bazasi ochilishiga ruxsat berdi.
19. Buxoro yaxudiylarining AQShdagi muzeyi ochilishiga hissa qo‘shdi.
20. Xorazmda Jaloliddin, Toshkentda esa Temur haykallarini tiklashda shaxsan bosh qosh bo‘ldi. Avesto muzeyi va Ma'mun akademiyasini tashkil qildi.
21. Gruziya rahbari Shevardnadze bilan birga Moskva hukmronligiga qarshi GUAM tashkilotini tuzishda qatnashdi.
22. O‘zbekistonda Jahon adabiyoti jurnalini tashkil qildi.
23. Lazgi raqsini YuNYeSKO nomoddiy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritishga xizmati singdi. O‘zi ham har yili lazgiga o‘ynadi.
MS: Lazgini yomon zo‘r o‘ynar adi. Lakala kishtang.
Og‘o o‘lganlara dayravarsin. Qolg‘onloro o‘mir varsin. Uring potyani.
RT: Assalam O‘zbekistan, Juma Mubarak!