Asosiy mavzular
16 fevral 2024

«O‘ris, ketingga papirus!» – RTdan va'z

Ismingiz shu'lasidan qamashar ko‘zim

qarayman har bir harf irodasiga

o‘zimga chap berib yura boshlayman

eng go‘zal alfavit qorachig‘imda.

MS: Og‘a kim yozdi mini. Qo‘shko‘pirli apikam yozg‘on sheramasmi. Go‘zal apika.

Bu she'rni tunda daraxtga suyanib kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan. Daraxt esa unga  suyanishni istaydigan, har kimning ham hayotda suyanchig‘i bo‘lishi kerakligini biladigan va nafaqat qo‘shko‘pir, balki butun turk ulusining shoiri Go‘zal Begim yozgan.

MS: Go‘zal apika, nichiksiz jollimisiz. Peshshalara kisht dang. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik brrilo. Xorazmdayi xonqacha so‘lliydo‘n o‘risloro solom.

RT: Matchonboy bir qiziq sinoat bor. SSSR davrida ham, keyingi 30  yilda ham butun O‘zbekistondagi o‘rislar o‘zbekcha o‘rganmadi. Boshqalar mening tilimda gapirsin dedi. Lekin har qanday o‘ris qanchalik ko‘zi ko‘k, sochi sariq bo‘lsa ham Xorazmda yashasa o‘zbekchani o‘rgandi. Bir vaqtlar Xorazmga surgun qilingan straover mennonit nemislari  ham ishni mahalliy tilni o‘rganishdan boshlashgan. Otto degan nemisni mahalliy aholi Otaboy doyi deb atab, gaplashib o‘tirishgan. O‘z vaqtida men Nikolay aka Gatsunaev degan urganchlik o‘ris shoir yoki Kuznetsov degan o‘ris rassomini mendan ham yaxshi o‘zbekcha gaplashini eshitib, O‘zbekistonda barcha o‘ris o‘zbekcha biladi deb o‘ylagandim. Lekin, Toshkentga o‘qishga borganimda o‘rislarning o‘zbek tiliga  oshkora kamsitish bilan qarashi va o‘risga o‘zbekcha gapirgan  odam millatchi sifatida KGB ro‘yxatiga olinishi kabi manzarani ko‘rdim. O‘sha davrdagi rahbar Sharof Rashidov haqida Germaniyada chiqadigan Istiqlol bayrog‘i gazetasi «rus oshig‘i» deb yozgan edi. Sovet davrida boltiq bo‘yi va kavkaz o‘z tilini saqlab qolgan. Qozog‘iston¸ Qirg‘iziston va O‘zbekiston to‘la o‘rislashish uchun tiz cho‘kkandi. MO da faqat Turkmaniston va Tojikistonda ruslashish qiyin kechayotgandi.

MS: Og‘o, shu gunlada Sherzod birata qarap o‘rislo ataka boshlabdi. Sherzod birat man siz tarapdaman og‘o. O‘risni go‘ttina popirus.

RT: Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovni o‘z kontorasiga, qattiq ohang bilan, tez yetib kelmasang bo‘yning uziladi degan tonda chaqirib,  O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘janing so‘zlari munosabati bilan norozilik bildirdi.

Rossiya TIV matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, Moskva Sherzod Qudratxo‘janing o‘zbek tilini bilmaydiganlar «bosqinchi» yoki «ahmoq» ekanini o‘zlari hal qilishlari kerakligi haqida aytgan so‘zlarini «o‘ta haqoratli va mutlaqo qabul qilib bo‘lmas» deb hisoblaydi.

Rossiya TIV ga ko‘ra, bu kabi mulohazalarning mazmuni va ohangi ikki davlat o‘rtasidagi «strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga mutlaqo zid».

Rossiya tomoni «do‘st va ittifoqdosh O‘zbekiston aholisining mutlaq ko‘pchiligi Sherzodxon Qudratxo‘janing fikriga qo‘shilmasligiga ishonishi»ni ta'kidlagan.

Bayonotningg qiziq tarafi SSSR ulug‘landi va O‘zbekiston SSSRning parchasi ekani haqida pisanda qilinadi.

Umuman keyingi 8 yil ichida O‘zbekiston Moskva strelkasi bilan SSSRni sog‘inish bo‘yicha qattiq ishladi. O‘zbekni o‘ldirgan o‘ris askariga qo‘yilgan Butxona remoint qilindi. Butun dunyo o‘ris haykalini yiqib turgan paytda milliardlab byudjet puliga qizil askarlar haykallari tiklandi. Karimov davrida zapret bo‘lgan g‘alaba so‘zi qaytarildi. Kontsert zalidan istiqlol nomi olib tashlanib drujba narodov degan eski nomi qaytarildi. O‘zbekfilm kontorasi «Ilhaq» kabi SSSRni sog‘inadigan kinolar olib kremlga yelpatak bo‘ldi. Jirinovskiy va boshqa shovinst mikroblar O‘zbekistonda aziz mehmon bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda bugungi o‘risga mute xolatimizga o‘zbek hukumati Moskva bilan teng sherik aybdor.

MS: Og‘o indi, o‘ris yurtda ikki million yetmak to‘nqayib pl topib yuribdi. Shu monloyi qorolarom bolo choqosini boqsin dap bizanikala juk dap duribdi.

RT: Lekin keyingi 8 yilda tili chiqqan faollar Sherzodxon  Qudratxo‘jani qo‘llab quvvatlab turibdi. Mana shu kunda Germaniyada bo‘lgan Aqidaxonim gapini eshiting.

Aqida video

MS: Bo‘lado‘n el o‘z Sherzodini botirim diydi.

RAHMAT SIZGA, ShYeRZODXON! 

Kuni kecha Sherzodxon Qudratxo‘janing “Har bir inson o‘zi yashayotgan mamlakat tilini bilishi shart” degani Rossiyadagi ayrimlarning jig‘iga tegibdi. 

Rossiya neoimperalizmi targ‘ibotchisi va bayroqdori – Rossotrudnichestvo O‘zbekiston Jurnalistika universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja va u rahbarlik qilayotgan tuzilmalar bilan “har qanday muloqot va aloqalarni” to‘xtatdi.

Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov nazarida Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan aloqalarni uzish qarori uning «rusofob bayonotlaridan so‘ng» olingan.

Yevgeniy Primakov Sherzodxon Qudratxo‘ja uzr so‘ramaguncha bu cheklovlar davom etishini ta'kidladi.

Eltuz Sherzodxonga o‘zining cheksiz hurmatini yo‘llaydi va uni Rossotrudnichestvo sanktsiyasiga uchragani bilan muborakbod etadi.

Rossotrudnichestvo singari terrorchi tashkilot sanktsiyalariga uchrash – o‘zbek oydini uchun sharaf!

MS: Russkiy voenniy korabl idi naxxuy

RT: Matchonboy endi musapppo osmon habarlariga o‘tsak. Sen orada suqilishib tur.

MUSARRO OSMON NYuS

Sirdaryoda o‘z farzandini 40 ming dollarga, Surxondaryoda 25 million so‘mga, Toshkentda 3 ming dollarga sotayotgan onalar qo‘lga olindi!

Namangan viloyatida ayol aqlu hushini taniy boshlagan 10 yashar farzandini 18 ming AQSh dollariga pullayotganda ushlandi

MS: Zapchast bo‘lodi bu bolla. Pochkasini olib sotodilo mongloyi qorolo. Riqzini xudo baradi dap bolo do‘g‘diravamangla. Atishganda yelim xolto ishlatingla xoroplo.

RT: Qo‘qon sudining arxivariusi A. A. fuqaro G. J.dan turmush o‘rtog‘i T. J. bilan qonuniy nikohdan ajratib berish evaziga 1 000 dollar olganida qo‘lga olindi.

MS: Bilo quri poro olishdon boshqoni o‘ylomiydi qorsildop uchib gursildap singonlo.

RT: Toshkentda sevgilisining ishtonsiz rasmlarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan yigit 5 yilga qamaldi. Keyingi paytda  50 ziyod erkak qizlarni shantaj qilgani uchun sudlandi.

MS: Shantajchi aprs arkakla ko‘paldi. Bir tiyin pili yo‘q xotinini go‘tinnnan gun go‘radon alfons yetmakla…

RT: Toshkentdagi maktabda 3-cinf o‘quvchisi o‘lik holatda topildi

MS: Bolo bechoro o‘lib qutilibdi o‘zbek maktapi dayan jaxannamnan.

RT: Qo‘qonlik «tabib  aprs» Iqboljon Soliev moshennikligi to‘xtatildi. Solievning ma'lum qilishicha, uning «sog‘ligi yomonlashgani» sababli seanslar to‘xtatilgan.

MS: Toki tomom bo‘pti bu kispurushni. Xozir go‘ttina sim diqib zaryadda o‘tiribdi.  Og‘o quri negativ shum xovor. Bir yaxshi xo‘sh xovor yo‘qmi

RT: Xushxabar bor. O‘zbekiston prezidenti Asakaga bordi. Asakaning yulini tez  remont kilishdi. Ilgari kuni. Yo‘lning bir tomonini yopib, belgiyam kuyishmagan. Xullas, ikkita mashina daxshatli avariya bo‘lgan, lobma-lob. Odam o‘ldi. Shoshilinch kilmasdan shu remont o‘lgirni asta-sekin, yo kechasi kilishsa bo‘lmasmidi?

MS: Pokazuxa. Xo‘jom go‘rsin. Rostdanam, yozdan bari Anjonda tayyorgarlik bo‘lib yotibdi. Gul akadila, quriydi. Yena akadila, oqliydilo, yuvilib getadi, ena oqliydilo. Jilli mongloyi qorolo.

RT: Matchonboy, habarlar oqimida ko‘rgan bo‘lsang, o‘zbekistonda bola sotish, shantaj, pora olish va aferist firibgarlik jinoyatlari epidemiya tusini olgan. Jamiyatni ong va idrok tark etib boshqaruv johillar qo‘liga o‘tganda shunday tanazzul yuz beradi¸

MS: Navoiy otomiz oytvadi buni 500 yil aldin

promo navoiy

RT: Aslida Navoiy bobomiz bir faylasuf o‘laroq doim dolzarb. Aynan u kishi turk tili mavqaeini ko‘tarish uchun butun aql zakovati va boyligini sarfladi.

Har yergaki bir farmon yubordim.

Oning zaptiga bir devon yubordim.

Uning yana bir she'ri bugun dunyo ne'matlaridan bahramand bo‘lish haqida.

Hunarni asrabon netgumdir oxir

olib tufroqqami ketgumdir oxir.

MS: Og‘o biza vunchalli tushunmaymiz. Shuni oddiy tilda oytib barsangiz.

FINJON HIKOYaSI

Aziz mehmonlar uchun atalgan finjon haqida Rassom Tuz hikoyasi.

Chilonzordagi to‘rt qavatli uyning ikkinchi qavatidagi ikki xonali uy.

Kunchiqarga qaragan balkon oynavand qilingan.

Bu uyda 61 yashar Turdixon opa yolg‘iz yashaydi.

Eri ikki yil oldin koronadan o‘lgan. Qizi Yunusobodda, o‘g‘li Sebzorda alohida yashaydi.

Turdixon opa bu uyni sovet davrida olgan. Mexanika zavodida frezerovkachi bo‘lib 3 yil ishlaganidan keyin mestkomda uy uchun ocheredga yozilgan. 12 yil deganda ocheredi kelib uy kalitini olgan.

Mayli, Chilonzor bo‘ladimi, ilonzor bo‘ladimi, baribir o‘z uying, o‘lan to‘shaging.

40 kv metrlik bu beton katakni to‘qsonlar oxirida Turdixon opa o‘z nomiga xususiylashtirib oldi.

Uyning «zal» deya balandparvoz nomlangan xonasining bir devorini yugoslavskiy stenka degan ishkop egallagan.

Bu ishkop  yo‘qolib haritadan o‘chib ketgan Yugoslaviya davlatining mangu obidasi kabi turibdi.

O‘z vaqtida 4 yil ochered kutib maxsus talon bilan olingan bu DSP ishkop Turdixon opa uchun vatanday aziz, onaday mehribon, nonday qadrli.

Turdixon opa har kuni ishkopni yumshoq latta bilan artib yaltiratib qo‘yadi.

«Stenka» deb atalgan bu ishkop markazida «bar» deb atalgan tokchasi bor. Eshigini ochsang chirog‘i yonib, yaltir-yultir ko‘zgusi  charaqlaydi.

Bar ichida qachonlardir, kimdir sovg‘a qilgan  shisha idish ichida iloni bor Xitoy arog‘i.

Sakkizta xrustall fujer va Chexoslavakiya yemak servizi deb atalgan jamlama mansubi chinni finjonlar.

Turdixon opaning zavodda qorovul bo‘lib ishlagan marxum eri, tagi qoplonbeklik qozoq Segizboy aka Kavkazga dam olishga borganida olib kelgan xo‘kiz shoxidan yasalgan kema shaklidagi suvenir bar ichidagi performens markazidan o‘rin olgan.

Bar ichida ustida Merlin Monro surati bor atir sovun ham turibdi.

Stenkaning yon tarafidagi eshikli qismida Turdixon opaning taqir bahmaldan tikilgan qizil gulli hay-hay kuylagi turibdi.

Salafan paketda esa kimdir sovg‘a qilgan pushti rang xitoy ro‘yjasi.

Turdixon opa taqir bahmaldan bo‘lgan kuylakni bir marta Moskvadagi ishchilar qurultoyiga borganda kiygan. Keyin kiyish uchun muxim bir sabab bo‘lmadi.

Ichida iloni bor aroqni raxmatli eri Segizboy aka «aziz mehmon kelganda ichamiz» deb asrab qo‘yganicha o‘lib ketdi.

Bu aroqni ichishga loyiq mehmon kelmadi.

Aroq ichidagi ilon zerikkkanidan erib suyuqlik tarkibiga qo‘shilibam ketdi.

Xrustall fujerlar ham 39 yil mobaynida faqat uch marta ishlatildi. 

1985 yili Chilonzor raykomining ikkinchi kotibi Turdixon opaga «faxriy yorliq» va shampan vinosi olib kelganida.  Bir marta katta o‘g‘lining yana bir marta qizining tug‘ilgan kunida.

Boshqa paytda bu xrustal allada aziz, to‘rvada mayiz bo‘lib ishkopda yashadi.

Bechora ishlatilmaganidan sarg‘ayib misr mumiyosi kabi eskirdi.

Ishkopdagi ustida Merlin Monro rasmi bor sovunni zavod mestkomi Bolgariyaga borganida sovg‘a qilib olib kelgan.

Yaxshi bir mavridi chiqsa ishlataman deyilganicha qog‘ozi ochilmay ishkopda turibdi bu sovun.

Chexoslavakiya davlati ajralib ketganiga 30 yildan oshsa ham bu davlat chiqargan chinni yemak servizi Turdixon opaning ishkopida qatordan xato bo‘lmay yaxlit turibdi.

Aziz mehmonlar kelganda ishlataman deb niyat qilgandi buni Vengriyaga borganida sotib olib kelgan Turdixon opa.

Ammo kelmadi u mehmonlar.

Finjonlar qahva ko‘rmay bokiraligicha turibdi.

Ular er qilmay o‘tgan pirduxtorlar kabi g‘amgin.

Bu g‘amginlikka ho‘kiz shohidan yasalgan suvenir kema yelkanidagi «Eng yaxshi kunlar oldinda» degan yozuv qo‘shilib manzara yakunlanadi.

Stenkaning pastki tortmasida qog‘oz qutida archa o‘yinchoqlari turibdi. Bu o‘yinchoqlar har yili 20 dekabrda plastmassa archaga osilib 13 yanvarda qaytib ishkopga kirardi.

Alohida qutida esa archa tepasiga osiladigan ichida chirog‘i bor  qizil yulduz.

Bolalar ulg‘ayganidan keyin Turdixon opa archa yasatmay qo‘ydi.

Yulduz ham, o‘yinchoqlar ham,  o‘zini muzey eksponati kabi his qilib zerikishdi. Bir ikki o‘yinchoq zerikkanidan darz ketdi.

Turdixon opa har dushanba uy tozalardi.

Generalnыy uborka deyiladigan ritual.

Turdixon opa dushanba kuni oyna yuvayotib, ontarilib tushdi.

Bir amallab telefon yoniga borib qiziga telefon qildi.

Infarkt bo‘lgan edi opa. Bolniitsaga yetolmay skoriy mashinaning ichida o‘ldi.

Ikki oy o‘tdi.

Quloqchinda qo‘shiq eshitgan nevaralar bu uyni bo‘shatib tozalashmoqda.

Ko‘chaga musor konteyner olib kelingan. Stenkani buzib, sindirib, musor konteynerga otishdi.

Barning o‘zi ag‘darilib ketib, ichidagi xrustal fujer va chexoslavak finjonlari chil-chil sindi.

Xitoy arog‘i atir sovunga qo‘shilib ho‘kiz shohidan bo‘lgan suvenir kema bilan birga musor konteynerga qarab uchdi.

Turdixon opaning qizil taqir bahmal kuylagini shvabraga latta qilib polni yuvishdi va shvabra bilan qo‘shib musorga otishdi.

Uydagi atir upa, dezodarant va boshqa ashqol dashqollarni pushti xitoy ro‘yjasiga o‘rab konteynerga tashashdi.

Uy bo‘m bo‘sh va sotishga tap-tayyor bo‘ldi.

Ichi ashqol dashqol bilan to‘lgan konteynerni musor idora mashinasiga tirkab olib ketdi.

Faqat o‘sha ho‘kiz shohidan bo‘lgan kema konteynerdan tushib qolibdi.

Kema yelkanida «eng yaxshi kunlar oldinda» degan yozuv bor edi.

O‘sha yaxshi kunlarni ko‘rmagan buyumlarning oxirgi bekati musor konteyneri bo‘ldi.

Shu tariqa umr o‘tdi. Uni ayab, buni tejab, eng yaxshi narsalarni yaxshi kunga atab, bir amallab  yashalgan umr.

Kiyilmagan kiyim, ichilmagan finjon va bir marta ham dasturxon bo‘lib yoyilmagan ro‘yja.

Bu g‘amgin hikoyani tugatarkanman, bugun va xozir yashashim kerakligini his qildim.

Bolni bugun yalash, isli suvni bugun iskash va eng yaxshi kiyimlarni bugun kiyish kerak.

Ertaga oyna yuvayotib, ontarilib o‘lib qolmasligizga hech kim kafolat bermaydi.

Urganchlik faylasuf Qalandar Taxta aytgani kabi daraxt tepasidagi eng shirin mevani bog‘bon emas qarg‘a yeydi.

MS: Og‘o uring potyani

RT: Assalom O‘zbekiston Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
14 yanvar 2023
RT: Bugungi juma va'zi qisqa bo‘ladi. MS: Navchun og‘o, so‘qishdingizmi yo? O‘din oz bo‘lsom gap ko‘p dar adila xonqolilo. ...
15 may 2024
Ma'lum qilinishicha, 15 may kuni Sariosiyo tumanidagi “Jannatmakon” MFY hududiga kutilmaganda ayiq kelib qolgan. Yirtqich hayvon aholi turar joylariga ...
18 dekabr 2024
Rasmdagi bu to‘ng‘izday semirib betidan buzilgan tip yollangan obonchi mikrob Shuxrat Esonov degan taviya bo‘ladi. Farg‘onada sudralib yuradi. Faollarga ...
24 aprel 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 46-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Balki, «Mosyo Test»ning ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...