Asosiy mavzular
21 fevral 2024

Bloger Dildora Boymurodova qamoqda kaltaklanganmi?

Eltuzga ushbu maktubni ko‘p yillar davomida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Navoiy viloyati hokimlari va boshqa mutasaddilarni tanqid qilgan bloger Dildora Boymurodovaning farzandlari yo‘lladi. Ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan 48 yoshli Dildora Boymurodova ayni damda Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan ayollar koloniyasida saqlanmokda.

2021 yil 9-mart kuni Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati Boymurodova Navoiy shahridagi kafelardan birida viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Nodir Niyozovdan 1500 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘ini olayotgan vaqtda qo‘lga olingani haqida xabar berdi. IIB xabarnomasida aytilishicha, fuqaro Boymurodova ayrim ma'lumotlarni e'lon qilmaslik evaziga Nodir Niyozovdan 1500 dollar talab qilgan va pulni olayotgan vaqtida ushlangan.

Hibsga olinganidan so‘ng, Boymurodovaga sud qarori chiqquniga qadar uy qamog‘i tayinlangan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tumani sudi 2022 yil 4-oktyabr kuni Boymurodovani tovlamachilik va tuhmat qilishda aybdor deb topib, unga 3 yilu 9 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Boymurodova tungi vaqtda uyda qolishi, o‘zi yashab turgan shahar hududidan chiqishi haqida xabar berishi va internetdan foydalanmasligi kerak edi.

Boymurodova o‘z aybini qat'iyan rad etadi. 2023 yil yanvar oyida u sud qaroriga norozilik bildirish uchun Toshkent shahriga borgani sabab uning harakat erkinligini cheklovchi sud qarorini buzgani uchun ichki ishlar xodimlari tomonidan hibsga olinadi. 2023 yil 24-yanvardagi sud qaroriga ko‘ra, Boymurodova o‘ziga tayinlangan jazo muddatining qolgan qismini (2026 yil 10-noyabrgacha) Zangiota ayollar koloniyasida o‘tash uchun yuboriladi.

Garchi Eltuzda Boymurodovaning aybsizligini isbotlovchi hech qanday dalil yo‘q bo‘lsa-da, biroq tahririyat quyidagi xatni o‘qib chiqib, jazoning og‘irlik darajasi sodir etilgan jinoyatga mos kelishi kerakligini ta'kidlashni joiz deb topdi.

Maktubni mahkumaning qizi Eltuzga yo‘llamoqda.

“Bir yildirki, onam – 2-guruh nogironi Boymurodova Dildora Naimovna Zangiota tuman 21-son jazoni ijro etish koloniyasi (JIEK) da og‘ir sharoitda saqlanishi ortidan sog‘ligi yomonlashdi” deya yozadi u qamoqdan yo‘llagan maktubida.

Uning bildirishicha, onasini oktyabr oyidan buyon tarbiyasi o‘ta og‘ir bo‘lgan 7-turkumdagi 50 nafar janjalkash mahkumalar ichiga qo‘shib qo‘yishgan.

“Onam aynan shu 2-sektorda ko‘p sudlangan va qamalganlar orasida yashab, 2023 yil 9 noyabr kuni ikkita zo‘ravon mahkumalar Go‘zal Parpieva va Nilufar O‘rmonqulovalarning kuch ishlatishi ortidan “miya chayqalishi” tashxisi bilan ahvoli og‘irlashgan edi. Bu paytda esa zona tibbiy bo‘limida zarur dori vositalari topilmagani sababli o‘z vaqtida tibbiy yordam ham ko‘rsatilmagan, deya yozadi u.

Maktubga ko‘ra, faol mahkuma miya chayqalishi va insultni boshdan kechirgan biroq muolajasiz yuravergan. Unga qarindoshlari 18 noyabrdagigina dori darmon yetkazib berishga muvaffaq bo‘lishgan. 20 noyabrdan keyingina davolanishga yotqizilgan.

“Onam bu holatlarni o‘ziga nisbatan qasddan sodir qilingan degan gumonda. Onamning sog‘lig‘ini o‘ylab, har oy qamoqxonaga 1 million so‘m atrofida dori vositalari kiritamiz” deya yozadi u.

U shuningdek, bu pulni topish unga oson emasligi, mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanishi. Qarindoshlari ham kambag‘al ekani haqida yozadi. Uning oilasida yolg‘iz ishchi, talaba va farzandiri yolg‘iz tarbiyalayotgan opasi bor.

Qahraton sovuq va jaziramaga qaramasdan uzoq yo‘l bosib onasini ko‘rishga borishi haqida yozadi u o‘zining uqubatli maktubida.

“Onamni tezroq ozodlikka chiqishlari uchun hattoki ko‘p narsaga ko‘z yumib yashayapmiz. Onamga nisbatan turli jazo choralarini qo‘llayverish yoki ularning olinmasligi haddan ziyod adolatsizlik emasmi?” deydi u o‘z maktubida.

Uning tag‘in yozishicha bir necha martalab jinoyat qilganlarga ham avf qo‘llanilyapti. Nahotki, bir ojiza nogiron ayolning qilgan jinoyati shu qadar kechirilmas bo‘lsa?! Bir katta boshqarma boshlig‘iga bir ojiza shuncha katta zarar yetkaza oldimi? Hayronman, qani inson qadri?” deya hasrat qiladi Boymurotova.

Uning onasidan iqtibos keltirib yozishicha, Navoiy viloyat DXX raisi o‘rinbosari Abduvali: “Seni yo‘qotish topshirig‘i bizga prezidentdan kelgan, qo‘lingdan hech narsa kelmaydi buyog‘iga, yo zonadan umrbod chiqolmaysan va yoki o‘lib ketasan” deb aytgan.

Shu bois uning zona boshliqlariga yig‘lab yozgan arizalari o‘qilmasdan, yirtib tashlanmoqda.

“Onam kimni urib haqorat qildiki, bunday munosabat qilinyapti? Onamni urgan mahkumalarga jazo ham tayinlashmadi, axir. Yoki ular buyruqni bajarishdimi? Nega jazo olish o‘rniga ozodlikka chiqib ketishdi? Yoki mahkumalar teng huquqli emasmi? Buni qanday tushunish mumkin?!” deya yozg‘iradi maktub egasi.

Onasining aytishicha, yangi yil oldidan kaloniyadan yana beshta ayolning o‘ligi chiqibdi.

“Bularni eshitib qanday jim o‘tirish mumkin?! Bilamiz, u davlat organlari xodimlariga yoqmaydigan ishlarni qildi. Uni shu usul bilan faoliyatini to‘xtatishdi. Ammo bir kun onamni kasallik sababli nimadir bo‘ldi deyishsa ishonmaymiz va bunga jim qarab turmaymiz” deya yozadi u.

“16 yanvarda onam uzoq muddatli uchrashuvga uyqusirab, kuchli bosh og‘rig‘i va xorg‘in holda chiqdi. Tayinli gaplasha olmadik ham, yotib qoldilar. Uzoq muddatli uchrashuvimizni qasddan ortga surdirib, biz bilan onamni xorg‘in holatda uchrashtirishdi” deya tasvirlaydi xolatni Boymurodovaning qizi.

U shuningdek onasining ijodkor ekanini ham urg‘ulaydi.

“Onamning aytishiga ko‘ra, 1 ta 34 varaqli, 1 ta 24 varaqli, 1 ta 10 varaqli, 1 ta 22 varaqli, 1 ta 16 varaqdan iborat she'rlari yozilgan daftarlari tsenzura qilinib, qaytarib berilmagan. Sababi daftarlar Faxriddin ismli tsenzurachi boshliq tomonidan muhrlanmay olib qo‘yilayapti ekan. Agar ular muhrlanmasa, bu daftarlar hech qachon zonadan olib chiqilmas ekan.

Onamning ijod qilish erkinligidan ham ayirib, konstituttsion huquqlarini toptashmoqda. Onamning jami beshta she'rlar bitilgan daftarlarini biz farzandlariga berishlarini talab qilamiz”, deya yozadi u.

U shuningdek bular haqida koloniya rahbariyatiga ham xabar berganini bildirgan. Ammo bir oydan oshdiki, biror holat o‘zgarmagan, aksincha yomonlashgan. U o‘z maktubida, xodatni xolis o‘rganadigan xodimlar guruhi surishtirishini talab qilgan.

Dildora Boymurodovaning qizi yo‘llagan bu maktubning ayrim jihatlarigagina e'tibor qaratdik. Biroq maktubdan jazoning nisbatan adolatsizligi narsa ko‘zga yaqqol chalinadi.

Masalan kuni kecha, Xorazmdagi mehribonlik uyidagi yetim qizlarni jinsiy aloqaga majburlagan amaldorlar hech qachon qamoqqa yuborilmagani, ammo ikki yillik yengillashtirilgan jazoni manzil koloniyada o‘tayotganligi ma'lum bo‘ldi.

Eski bir misolni ham eslaymiz: Toshkent shahrining sobiq hokimi Kozim To‘laganov 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, ammo… jazo shartli bo‘lgan. O‘shanda Toshkentning sobiq hokimi o‘ta yirik miqdorda iqtisodiy zarar yetkazganlikda aybdor deb topilib, taxminan 1 million 300 ming dollarni davlatga qaytardi. Shu bois, u bir kun ham panjara ortida o‘tirmadi.

Savolimiz shuki, Boymurodova jamiyat uchun shunchalik xavfli shaxsmi, uni qamoqda saqlashda davom etish kerakmi? Eltuz ayni savolga rasmiylar tomonidan javob kutadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
22 mart 2016
Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha texnika va harbiylar keltirilgan O‘zbekistonning Qirg‘iziston chegarasida “siyosiy harorat” tusha boshlagani kuzatildi. Tomonlar Kerben-Ola ...
20 oktyabr 2022
Joriy haftada Misr xavfsizlik kuchlari 30 yashar O‘zbekiston vatandoshi Xonimqul Mamasalievni o‘ta shafqattsiz qotillik va katta miqdorda o‘g‘irlikda gumon ...
17 oktyabr 2020
Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi “Do‘stlik” MFYda yashovchi 29 yoshli Farruh Karimjonov uyiga qarzdorlikni so‘ndirishni so‘rab kelgan tuman gaz idorasi xodimi 50 yoshli Qahramon Shomurodovni pichoqladi.  ...
2 yanvar 2017
Ijtimoiy tarmoqda qorqiz kiyimini kiygan erkakni haqoratlab so‘kib, kaltaklangani aks etgan video paydo bo‘ldi. Shu bugun feysbukga qo‘yilgan, qo‘l ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...