Catira
8 mart 2024

Mushtumni kim o‘ldirdi? – RTdan va'z

Keldi pok gulgun zamon, hammomga boshlanglar meni…

Anvar Obidjon

MS: Nichiksizla mo‘chchi oybika xo‘jik brrilo. Hazzatishma nerina galdi.

Matchonboy mana aytganindek o‘tiribmiz o‘choqdagi o‘tni kosov bilan kavlab. Rasman bahor kelgani bilan hali sovuq…

MS Go‘t ko‘lagandan go‘ra o‘t ko‘lagan yoxshi. O‘tni ko‘lasang o‘char¸ qo‘ngshini ko‘lasang ko‘char. Og‘o ishtdingzmi mushtum jurnoli tormozo uripti.

“MUShTUM” jurnali tahririyati iqtisodiy qiyinchiliklar sabab faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatishini ma'lum qiladi.

Jurnal bosh muharriri Nosirjon Toshmatov jurnali va uning barcha ijtimoiy tarmoqlari vaqtincha to‘xtatilishini bildirdi.

Abdulla Qodiriy asos solgan hajviy jurnal o‘zining 101 yillik tarixi davomida o‘z yo‘nalishiga sodiq qoldi: satira va achchiq hajvning eng yaxshi namunalari shu yerda e'lon qilindi.

Bugun jadidlar ijodiga e'tibor qaratilayotgan bir paytda jadid jurnalistikasining eng yorqin namunasi kasodga uchramoqda.

Jurnal muassislari, Jurnalistlar uyushmasi, AOKA, keng jamoatchilik bu holga jim qarab turmaydi degan umiddamiz.

MS Eltuzning ulli doyisi “Mushtum” O‘zbekistonga kerak.

Hali Mushtumni joni chiqib isrofilning surnayiga kirmadi. Lekin yozg‘uvchi Shukur Jabbor uje nekrolog yozibdi

Qalam uchida alam

«POChChA! SIZNI DYeB BOShQALAR O‘LIB KYeTMASINLAR TAG‘IN!..»
Roppa-rosa 100 yilu 9 oy oldin aytilgan Qodiriyning ushbu gapi hozirgi til bilan aytganda juda ko‘p «layk» to‘plagan. Qodiriyning ushbu kesatiq gapi o‘sha davrning Jahongir Ortiqxo‘jaevi bo‘lgan bir boy amaldorning popugini pasaytirib qo‘yadi. «Mushtum» tanqidda shunday darajaga erishadiki, dushmanlari mushtumchilarga har qadamda shikast berishdan toymaydilar. Qodiriy ularga qarshi o‘z maqolasida shunday yozdi: «Toshkandning eski, xasis, murdor boylaridan mashhur Beshbolaboylar borku… ular juda hozir chuldirab yurubdirlar. Ularning qiladirgan ishi yo‘qmi, bilmadim, kishining qo‘lida «Mushtum» jurnali ko‘rsalar qutirgan itdek ko‘zlari chaqnab, mushtlasha ketar ekanlar… Pochcha! Sizni deb boshqalar o‘lib ketmasinlar tag‘in!..»

Ta'ziyanoma
101 YoShGA KIRIB O‘LDI!

«Mushtum» degan bu otaxon jurnal Abdulla Qodiriyni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, G‘ozi Yunusni ko‘rgan, Sotti Husaynni ko‘rgan. «Mushtum»ning 1924 yil 4-sonida Qodiriy suratini sharj (o‘rtoqlik hazili) qilib chizilib, surat tagida «feleto‘nlar qiroli — Julqunboy — Abdulla Qodiriy — kuldurib yig‘latadir, yig‘latib kulduradir», deb yozishgan edi. «Qizil O‘zbekiston» – hozirgi «O‘zbekiston ovozi» gazetasining 1925 yil 116-sonida bir necha yozuvchilarga qarata yozilgan matbuot hazilida Qodiriyga shunday sharj to‘qiladi: «Julqunboy, hammani urib qulog‘ini kar qilding…» Bu jurnalga Abdulla Qodiriy G‘ozi Yunus bilan birga asos solgan.
Katta extimol bilan «Mushtum» degan nomni ham Qodiriy o‘ylab topgan. Chunki ilk sonlaridagi «Shapaloq», «Tarsaki», «Mushtum», «Dumbul» «Qalampir» taxallusi bilan poraxo‘r amaldorlarga qarshi hajviya va feletonlarni Qodiriy yozgan. «Mushtum»da Qodiriyning «Kalvak maxzum», «Toshpo‘lat tajang nima deydir», «Shirvonbi xola nima deydir» degan hajviyalari e'lon qilinadi.
Eng dahshatini aytmadim. Eng dahshati shundaki jadidlar oqlanib, jadidlar qahramon bo‘lgani e'tirof etilayotgan va hatto «Jadid» deb nomlangan gazitlar ta'sis etila boshlagan hozirgi zamonda jadidchilar asos solgan «Mushtum» jurnali moliyaviy sabab bilan yopilganidir. Paradoks!
Biz hozirgi avlod Qodiriy iborasi bilan aytganda «Terak yiqilsa eniga emas, bo‘yiga qarab qochadigan» chiqib qoldik, afsus… Otaxon jurnaldan ayrilib qoldik. Ko‘mayotganimizda extiyot bo‘laylik «Akfa» zavodi marmar toshini yoqizsak qaytib chiqolmaydi!
Odamlar! Marhum «Mushtum» degan otaxon qanday edi?

Shukur Jabbor.

MS: Yaxshi odam adi dayravarsin

RT: O‘tgan asrning boshida jadidlar chiqqanida ulardan so‘rashdi¸ sizni boshqalardan farqingiz nima deb. Ularni javobi «Shu paytchacha boshqalarni tanqid qilib kelishdi biz esa o‘zimizni tanqid qilamiz» Jadidlarning eng ilg‘or vakili Behbudiy bobomiz sahnaga qo‘ygan ilk asar «Padarkush» ham o‘zimizni tanqid qiladigan achchiq satira edi. Behbudiyni o‘sha paytdagi mullalar kofir dedi¸ avom esa o‘z xalqini ko‘ra olmaydigan noshukur dedi¸ Bachchaboz podshox Amir Olimxon esa uni ushlab Qarshi shahrida qatl qildi.
Ilk satirik jurnal Mushtumni tashkil qilgan Qodiriyni ham Toshkentda ochib tashlashdi. Qissadan hissani siz chiqaring va savol sizga nega biz shunaqa zo‘o‘o‘o‘o‘r bo‘lsak Shimoliy Koreya kabi tzimiga ega bo‘lgan urod davlat bo‘lib qoldik. Qozoq Moskva ko‘chasini supurmaydi¸ o‘zbek supuradi. Dunyoni fohisha bilan to‘ldirgan ham o‘zbek. IShID safida ham 500 o‘zbek bor. Bu o‘ylash uchun mavzu¸ qarg‘anish uchun emas.

MS: Og‘o bi gaplarni novvi peydosi vor. Hammani dardi ichinda. Yeg‘lap borsong uvlop chiqodi.

RT: «Kishilar gazeta orqali bir biri bilan gaplashadi» degan gap bor. Yo‘l o‘ydim chuqur deb yozilgan shikoyat egasiga yetdi va ijobiy xal bo‘ldi. Eltuzni olqishlang piypl.

MS: Og‘o shu amaerikadagi o‘zbekla navchun mo‘llo dayan parazitlani boqib yotibdi. Kallasi kadimi vuloni?

RT: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidagi janoblarga savol: O‘zbekistondan mulla obkelib chetdagi o‘zbek diasporalarga tarbiyaviy soat o‘tkazish g‘oyasi qaysi aqllidan chiqdi?
Prezident Mirziyoevning «O‘zbekiston dunyoviy davlat» deya yaqindagina ta'kidlab aytgan gap mazmuniga zidku bu xatti harakat.
MS Balki dunyoviy davlat printsiplari haqida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi yoshullilarina tarbiyaviy soat o‘tkazish garakdir ?

O‘zga yurtda muhojir kishining ruhiy safari turli dovonlardan iborat. U bir joyga keladi, ko‘radi va maftun bo‘ladi – yangi joy bilan asal oyi bir kun kelib yakunlanadi.

Muhojir kundalik hayot, oddiy turmush tashvishlariga sho‘ng‘iydi. Ayrim notanish qoidalarni inkor etadi. Jamiyat bilan ziddiyatga kirishadi. Atrofni o‘ziga moslashtirishga harakat qiladi. Braytondagi kafeda mast o‘tirgan xo‘randalar uchraydi, ular ofitsiantdan go‘sht halolmi deb so‘rashi ayanchli manzara.

O‘zbek erkinlik, boylik istab migrant bo‘ladi. Lekin qul kishanlarini qo‘msagani kabi u ham o‘z kishanlarini sog‘inadi. Masalan, o‘zbek migrant jamoati musofirlarini tarbiyalash uchun Abror domlani chaqirdi.

U kelib va'z o‘qiydi, iymon-insof diyonatdan so‘zlaydi. Gaplarining kontekstida esa musulmondan boshqasi dushman degan ma'no yotadi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Islomdan boshqa hamma narsadan nafratlanadigan ksenofob domladan yana nima chiqardi?

Bahs yuritish odobini bilmagan mullaning axloq haqidagi ma'ruzasi sariq chaqaga qimmat. Uning va'zlarini eshitib, o‘zini musofir yurtda begona his qilgan o‘zbek muhojiri battar yakkalanadi. Yuragida boshqa millat va dinlarga yovlik, bepisandlik urug‘lari unadi.

Katta mashinada yuk tashiydigan, Yuberda taksi haydaydigan, kuchayib ketib mini osh markazi ochgan o‘zbek migranti bu ma'ruzalarni eshitib yana o‘zini kishanlaydi. Abrorning migrant muxlisi o‘z ksenofob qobig‘ida qoladi. Boshqalar bilan yovlashadi. Jamiyat esa qutblanishni yoqtirmaydi, unda yuksalish uchun moslashish, kelishish kerak.

Masalan, Nobel mukofotini olgan turk Aziz Sanjar bu qoidani yaxshi biladi. Ksenofob mullaning muxlisidan Aziz Sanjar yetishib chiqmaydi. So‘kong‘ich mullaning muxlisi Stokgolm sahnasida turib o‘zbek nomini sharaflarga ko‘mmaydi. Uning xayoli o‘zi va boshqalar orasidagi ko‘rinmas chegara bilan band.

Abrorning muxlisi inert va biqiq – u servis odami, o‘rtamiyona korchalon bo‘lib qoladi. Okeanning boshqa tomonida esa o‘zbek mulozimlari demokratiya haykalini qurish bilan band. Mulla chiqib hammani onasidan so‘kib yursa – mana shu demokratiya deb o‘ylaydi ular.
Bu demokratiyaning shakli ham, soyasi ham emas. Bir kimsaning erkinligi boshqa birov erkinligiga soya solmasligi kerak. Parlament bilan ochiq muloqot, haqoratsiz savol-javoblar, diniy bag‘rikenglik – mana shu asli demokratiya.

So‘kong‘ich, janjalkash domlani davraning to‘riga chiqarib qo‘yib, gapiraver deyish ojizlikdan boshqasi emas.

MS: Og‘o Amerikaga eshik qlib do‘shikdan girgan o‘zbekla Baydenni so‘to baribmish ishitdingizmi?

O‘zbekistonda ko‘tini qisib ‘siyosatga aralashmaslik kerak”deya boshini qumga tiqib, mavjud hukumatga laganbardorlik qiladigan 35 uzbek devor oshib Amerikaga o‘tib Amerika hukumatini sudga berdi. Ular kamsitishlardan shikoyat qilmoqda O‘zlari devor oshib o‘tgan bo‘lishsa, yana nega lo‘lilik qilishadi?
Amerikaga Meksika orqali noqonuniy yo‘llar orqali kelgan va immigratsiya markazlarida ushlab turilgan 35 nafar o‘zbek AQSh hukumatini o‘zlariga nisbatan kamsituvchi siyosat olib borayotganlikda ayblab sudga berdi.
Ular AQShda boshpana olish jarayonida kamsitishlarga duchor bo‘lganmish.

Bu o‘zbeklarning O‘zbekistondagi ikkiyuzlamachi mafkurasini qozoqlar kitob qilib chiqargan.

MS: Go‘tni qisqon bo‘y bo‘lodi deyan kitob. Lekin blo boy bo‘lmoqdi. Un xolto bilan ursongom mongloyi oqormidi bi yetmaklani

Oyiga olti ming oylik olaman deb 60 ming sarplab keldim deb to‘g‘risini aytish o‘rniga ming bir yolg‘on to‘qigan o‘zbek devorosharlari Amerika mulozimlari bizga nega ishonmaydi deb dodlab yerlarga og‘anab yotibdi kanalagan eshshakday.

MS Yolg‘on gapirganingdan keyin ishonmaydida g‘alcha!!!

Keyingi paytda ikki tadqiqot o‘zbeklarning nega bunchalik xor va taviya bo‘lganiiga ochiqlik kiritdi. Birinchisi Ukraina urushi masalasida Qozoqlar Ukrainaga xayrixoh, o‘zbeklar ko‘proq Rossiyani qo‘llashi o‘rtaga chiqdi.

Birovlar yurtini bosib yosh go‘daklarni o‘ldirgan Putinni qo‘llab qo‘ltiqlaganlarni niyati yo‘ldoshi bo‘lib baxti qarolik¸ kasallik va qashshoqlikka nega mubtalo bo‘lgani tushunlidi. Baxilning bog‘i ko‘kar¸maydi. Mana masalan:
BUXORO TIBBIYoT INSTITUTIDAGI BAYROQLAR ORASIDAN UKRAINA BAYROG‘I OLIB TAShLANDI
MS: Yaramas urusqullar rektorini ishdan olish garak

Ikkinchi tadqiqotga ko‘ra¸ O‘zbekiston axolisi orasida ruxiy kasallarko‘paygan. Xalq ruxiy besaranjoom. Bu noqislik oxiri tupik. Ayniqsa Erkaklar tanballik¸ parazit alons va ko‘rmuridga aylangan. Milllat umidi xotinlardan. Xamza aytganidek keldi ochilur chog‘ing o‘zliging namoyon qil.

Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil.

MS Og‘o uring potyani.

Tag‘in o‘qing
25 oktyabr 2021
Markaziy saylov komissiyasi 25 oktyabr kuni prezident saylovi natijalari to‘g‘risida bayonot berdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, saylovda O‘zbekistonning amaldagi prezidenti ...
27 fevral 2018
Andijon viloyat Ankologiya dispanseriga Oltinko‘l tumanidan ko‘krak bezi saratoni tashxisi bilan yotqizilgan bemorlar soni ko‘paymoqda. Aholisi 155 ming kishi ...
28 sentyabr 2018
Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 iyulidan yo‘l harakati qoidasi buzilgani to‘g‘risida ma'lumot yuborgan shaxslar mukofotlanadi. Adliya ...
30 noyabr 2022
Bugun 30 noyabr. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.+++«O‘zgidromet»dan sovuq xabar. O‘zbekistonlik meteorologlar dekabr oyining beshinchi kunigacha ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...