O‘zbek o‘zbekni tosh bilan urib o‘ldirdi
Mana hafta aylanib yana oylar sultoni ramazonda siz bilan yuz ko‘rishdik. Ramazon oyida shaytonlarni zanjir bilan bog‘lab qo‘yishar ekan.
MS: Og‘o, o‘zbekistondagi sheytonlani boylosh uchun zinjir yososa dunyoda damir qolmiydi. Nichiksizla, mo‘chchi oybika xo‘jik brrilo. Og‘zochorda nisholog‘o do‘ydingizlomi. Pechak yiyman dap dish sindirg‘onlo yo‘qmi.
Musappo osmon nyus
Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani hududidan o‘tgan 4K-953 avtomobil yo‘lning 3-kilometrida 22 mart kuni avariya bo‘ldi.
Tez ketayotgan qo‘bolt moshn birdan yo‘ldan chig‘ib ketib loy otizga nayza kabi sanchildi.
Ichidan ikki yosh qiz chiqib, sochini yoyib, yig‘lab o‘tirgani videosi tarqaldi.
Ësh qizlar pravasiz moshn haydab avariyaga uchradi deyildi.
Keyin esa Xorazm IIV «Yo‘q rulda erkak o‘z mashinasini boshqarolmay qolgan» deyishdi.
Har xolda bu jolotoy qizlarga qarab es xushi ketib qolgan.
MS: Ho‘rmatli sho‘pr doyilo, moshindayt nochor xotin qizlaramas yo‘lo qorongla.
Bo‘lmasa borjaq yeringiz bo‘ston, girgan yeringiz go‘riston bo‘lodi.
RT: Urganch tumanida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “M.” fermer xo‘jaligi rahbari A.E. fermer xo‘jaligi binosida 11 ta isitish qozonlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
MS: Ina goz nerda? Og‘o mongo goz garakdir. Ko‘p bo‘lmoso oz garakdir. Gozni yoqib pishirmaka, ulli samiz g‘oz garakdir. Qorin do‘yip hazzatmaka ribob bilan soz garakdir. Og‘o mongo goz garakdir.
RT: Matchonboy, qish o‘tdi endi olding yoz. Senga gaz emas, yoz kerak aslida.
MS: Ëz galganda samiraman. gurvaklani gamirman. Parvoyim palakda, ishtonim talakda.
Xitoy grajdani yana o‘zbek yangiliklari qaxramoni.
Toshkentda 18 yoshli Toyota Camry haydovchisi katta tezlikda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida haydovchi va to‘rt nafar Xitoy fuqarolari jarohat oldi.
Sud yigitni 1 yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilib, 3 mln 300 ming so‘m jarimaga tortdi.
MS: Xozir Toshkentda kasak zingitsong xitoyni kallasini chishadi. Tuflasang xitoyni yuzina borodi do‘g‘ri. Uyg‘urlani azib, yeb ichib bo‘lib, indi bizani nazalladi bu xitoylo. Xovordon bo‘lish garak.
Finally…
Respublika hududida joylashgan binolar devorlarida ishlangan 160 ga yaqin mozaika kompozitsiyalari Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob'ektlari ro‘yxatiga kiritildi.
Bu ro‘yxatga kiritilgan ob'ektlar mavjud bo‘lgan turar joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
MS do‘g‘ri gap. Novvi davadi Navoyi doyimiz
SURXANDARYoDA O‘QITUVChINI URIB SUYaKLARINI SINDIRGAN DIRYeKTORNI SUD HIMOYa QILMOQDA
2023 yil 20 fevralda Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori Umida Tursunova ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Noroy Gulmirzaevani ayovsiz kaltakladi. Kaltaklar natijasida Noroy Gulmirzaevaning uchta qovurg‘asi singan, qo‘llari shilinib, yuzi jarohatlangan. Tuman IIB va prokuratura ishni sudga oshirganiga bir yil bo‘ldi.
2024 yil 11 mart kuni Qumqo‘rg‘on tumanida birinchi sud majlisi bo‘ldi. Sudda ish qoldirildi. Shundan so‘ng Qumqo‘rg‘on sudi jabrlanuvchiga kechasi 23:00 dan o‘tganda qo‘ng‘iroq qilib ertasi kuni sudga yetib kelishni so‘ragan. Jabrlanuvchi advokat bilan uchrashuv belgilashga, Sariosiyodan Qumqo‘rg‘on tumanidagi sudga yetib kelishga ulgurmadi. Sud majlisida 10 dan ziyod sohta guvoh zo‘ravon direktor Umida Tursunovani qo‘llab ko‘rsatma berdi. Bu guvohlar tergov jarayonida qatnashmasdan sudda guvoh sifatida paydo bo‘lgan.
Eltuzga yetib kelgan hujjatlarga ko‘ra jabrlanuvchi Noroy Gulmirzaeva 55 marta tibbiy ekspertizadan o‘tgan. Uni maktab direktori Umida Tursunova opa-singillari bilan birga urgan. Qumqo‘rg‘on tuman jinoiy sudi bu ishni ko‘rib chiqishni kechiktirmoqda. Jabrlanuvchining oilasi suddan umidini uzdi, ular adolat so‘rab Prezidentga murojaat qilmoqda.
Umida Tursunova Surxandaryo viloyati hokimi bilan majlisda tortishgan, bu tortishuv videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgan edi.
MATChON SUQILISh: Hokim bilan doloshib hammaya geroy bo‘lib go‘ringan direktor zo‘ravon qonunbuzar akan-qu.
RADIKALIZM QOPQONIDAN QUTILISh BORMI?
IShID Xuroson guruhi butun Markaziy Osiyoni yiqib yoqishga tayyor turibdi. Suriyada ularning asosiy kuchi universitet talabalari, qiziqqon yoshlar edi.
MS: Bizani universitetlardayi ahvol nichik, og‘a?
Universitetlarda ahvol IShIDga moyil. Andijon Tibbiyot Universiteti talabalarni Qur'on yodlashga undab, 7 pora yodlaganni mukofotladi. Ko‘plab universitetlar juma kuni ilmiy majlislar o‘tkazmaydi, iftorga dasturxon yozib, adabiyot ma'ruzalarini dinga buradi. Jadidlar haqidagi davlat tadbiridan ikki kun oldin Qodiriyni ateist, islomofob degan ham universitetning doktorant ko‘rmuridi edi. Universitet bu tuxmat uchun jamoatchilikdan uzr ham so‘ramadi. Islom Universitetida esa har qanday talaba diniy tolerantlikni inkor etadi, tog‘ut davlat degan atamani ham shu dargoh bitiruvchilari ommalashtirdi.
MS: Og‘a bu balodan nishatib qutilamiz? Hammasini yoppasina qamab bo‘lmasa…
To‘g‘ri, universitetlar shunchaki muammo simptomlari. Radikalizmni bartaraf qilish uchun muammo sabablariga qarash kerak.
Chalasavod inson din bilan ovunadi, dinga cho‘kib o‘zini yo‘qotadi. O‘rta maktabda tabiiy va gumanitar fanlar ta'limi o‘lib bo‘lgan. Hukumat universitetga kirish uchun til sertifikatini majburiy qilgach o‘quvchilar chet tilini o‘rganib boshladi. Bu qaror amalda samara berdi. Xuddi shu andozada tabiiy fanlardan bitta sertifikat talab qilinsa o‘quvchilar fizika, kimyo yoki biologiya kitoblarini hech bo‘lmasa ochib o‘qiydi, miyasi biroz shamollaydi.
MS: Og‘a, strategik maslaxatlaringizni do‘latni boshindag‘i yoshullila bloknotina yozib olsin.
Diniy fanatizm ijtimoiy tengsizlik sabab kuchayadi. Oiladagi nohaqlikdan charchagan xotinlar, rossiyadan kelib uyda bekor yotgan erkaklarning bari osmondan bir mo‘jiza bo‘lib hayotining o‘nglanib ketishiga ishonadi. Ular barcha baloyu qazosiga birovlarni ayblaydi. Yordam puli tarqatib, temir daftar yuritib yo‘qotolmaysiz bu muammoni. Yangi ish o‘rinlari, shar'iy nikohni cheklash, oilani rejalashtirish mexanizmlari kerak.
MS: Mo‘llalani oyting og‘a? Mo‘llala faqat yurish turishimiza gap topadi, foqot tuvaleta girib chiqishimiza aralashmayotirlo.
Radikal olomon jihodni inkor etadigan har qanday mullani «saroy domlasi» deb ataydi. Shuning uchun instagram va tik tok platformasida kecha soqoli chiqqan vaynerlar va blogerlar islom ramziga aylangan. Nazoratni ana o‘sha ehson biznesini qo‘lga olgan blogerlardan boshlash shart.
Bolajon el
MS: O‘g‘il bo‘lsa davlat qushi, qizom bo‘lso ko‘ngil xushi. Parzant garakdir yigita. Og‘o shu xotinlara ham parzand garakmi. Qashqadaryoda bir bolani anasi musora zingitib getibdi
RT: Qarshida yosh bolachani onasi emas, enagasi musorga tashabdi. Onasi bola qaragani uchun pulini to‘lamadi deb.
Bu bilan o‘zbeklarning bolajonligi hikoyasi butlandimi yo yana yozaylikmi.
Bolani tug‘ib enagaga katapulta qilgan ona esa Qarshi tuman Ko‘chkak qishlog‘ida yasharkan.
Navoiy bobomiz aytganlaridek «Qarshilikdan chiqar yaxshilik». Yaxshi joyi shuki, enasi kelib bolasini obketibdi.
Endi bu enangni skver xotinni ota enalikdan o‘chirib taylash kerak. Bolani musorga tashagan enagani esa yaqinda Qashqadaryoda eshakni g‘o‘la bilan urib belini sindirgan qora to‘nli bachalarga berish kerak. O‘zlari biladi nima qilishni.
MS: O‘zbeklar dunyodagi eng bolasevar xalq! Qolg‘on xalqla bolasini yomon go‘rarakan. Ishondiq tmolondiq. Yumolondim – yumoq topdim. Yumoqni ichinnan qormoq topdim. Qormoqni boliqchig‘a bardim. Boliqchi mongo loqqa bardi. Loqqoni indi alima olvadim, loqqo bir silkinib shovoto chishdi getti. Ikki o‘rtodo qarmoqam, laqqa ham yo‘q. Kal borso, ko‘l quriydi.
RT: Matchonboy nima deganingni xonaqlilalardan boshqa hech kim tushunmadi. O‘z fikringni aniq tiniq bayon qilishni o‘rgan. Bo‘lmasa aferistlarga yem bo‘lasan.
MS Og‘o galgan yerinnan o‘zi qoyytisino davom attiring tozoliqlarni
Umra biznesi
“Umra” biznesi litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu soxada nazorat bo‘lmagani uchun aferistlar ko‘payib ketib loxlarni pulini uxlatdi.
MS: Og‘o siza shu masalada bir xot galibdi. Shuni o‘qing.
«Salom Tuz doyi. Qarang, o‘qituvchilar doim test qilinadi, vrachlar doim tekshiriladi. Nega bu mulla xalqi bemalol? Nega chetda o‘qiganni O‘zbekistonga imom qilib qo‘yishadi? Islom universitetida gullagan ishid. Xotin ko‘paytirib jihodni orzu qilib yuradi. Shularga aslida dinning avra astarini chiqarib tahlil qilib ko‘rsatib berish kerakku… mullabachchalarga xushomad qilib ekmagiga yog‘ surishadi. Bu bir masala. Ikkinchi masala. Ehson yig‘uvchilar. Kartaga pul yig‘ib 30% muxtojga, 70% o‘ziga OLIB qoladi. Bir ikki millionlik mablag‘ emas bu. Juda yaxshi summalar yig‘ishadi. Soliq to‘lashmaydi, nazorat yo‘q.
MS: Xozir og‘zochoro mo‘llo choqirsong kaminda 200 dollor so‘riydi. Avvalgidin bir qo‘sho ro‘molni ichina do‘rt lavzina, olti pechak bilan, bir shoxo ipli sori novot solish yo‘q. Maktablardagi formag‘a qorshi chiqib yoshullini diljakina mix diqqonlorom shulo.
RT: Zombilardan qo‘rqib mamlakatda maktab formasini joriy qila olmagan hukumat ontarilishga mahkum.
Bir gap aytsang ko‘tida qurti borday sapchib tushib AQSh va G‘arbni yomonlaydigan rijollar maktab formasi haqidagi talabni eshitgach, «Yevropada forma yo‘q» deb misol keltirishdi. Dunyoda bularday riyokor, bularday ikkiyuzlamachi olti ko‘t yo‘q. Hatto qo‘tosning qo‘ltig‘idagi bitlar ham bulardan ko‘ra samimiy. Bu rijollar sig‘inadigan boboy bor Turkiyada. Erdo‘g‘on degan tip. O‘sha o‘zicha xalq bilan uchrashganda bir qashshoq kampir «ramazonda og‘iz ochishga tuzukroq yemagim yo‘q» deb shikoyat qildi. Erdo‘g‘on bo‘lsa «Payg‘ambar afandimiz faqirligim faxrim degan. Faxrlan yo‘qsilligiing bilan» deb direkt kvot keltirdi. Ertasiga undan «Nega siz buncha hashamatni sevasiz. Bir boshingizga shuncha saroy, kema va kemachalar» deyishganda u «Rim Papasining ham shaxsiy uchog‘i bor» deb javob berdi.
MS: Ey tangrim. Bu ikkiyuzlamachilani ustina dosh yog‘dir. Ey tuproq yut bularni. O‘g‘ita aylantir. To‘proqo dars o‘lsin. Xatto astronavt Armstrong oymomog‘o borib nomojjuma o‘qig‘on.
RT: Bu gap xato Matchon. Nil Armstrong oyda azon eshitmagan
Aksar musulmonlarning ta'kidlashicha, Nil Armstrong Misrga kelgan vaqtida Islomga kirgan va oyda azon eshitgan. Ammo, Nil Armstrong Oyda azon ovozini eshitmagan va Islom diniga kirmagan. U Islomga kirgani haqida tarqatilgan xabarlarni bir necha bor rad qilgan.
NASAning rasmiy saytida Oyga qo‘nish chog‘idagi stenogramma va audiozyozuvlar e'lon qilingan. Unda Nil Armstrong va ekipajning boshqa a'zolari notanish tilda biror ovoz eshitgani qayd etilmagan. Boz ustiga, Oyga chiqishdan oldin Nil Armstrong va uning safdoshi halok bo‘lgan Apollon-1 ekipaji a'zolarini xotirlab bir daqiqa jimlik saqlaganlar. Keyin esa, Oldrin Yangi Ahddan parcha o‘qigan.
Nil Armstrong yordamchisining xati
1983 yil Nil Armstrongning yordamchisi Vivian Vayt Xalqaro nasroniylik hamkorligi tashkilotining Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Fil Parshalning xatiga javob yozgan.
Nil Armstrong A.
Livan, Ogayo shtati 45036
1983 yil 14 iyul
Janob Xalqaro nasroniylik hamkorligi tashkilotining Osiyo tadqiqotlari markazi direktori Fil Parshal.
29524 Livoniya, Michigan 48152
Hurmatli janob Parshal.
Janob Armstrong sizning xatingizga javob yozishni mendan iltimos qildi. Uning Islomni qabul qilgani va Oyda azon ovozini eshitgani haqidagi xabarlar yolg‘on. Malayziya, Indoneziya va boshqa islom davlatlarida mazkur masalada yozilgan ko‘plab maqolalar o‘z isbotini topgani yo‘q. Ayrim mas'uliyatsiz jurnalistlar tarqatgan noto‘g‘ri xabarlar bois kelib chiqqan noqulaychilik uchun sizdan uzr so‘raymiz. Keyinchalik janob Armstrong siz bilan telefon orqali muloqotda bo‘lib bu voqea haqidagi fikrini yana bir bor takrorlashga rozi bo‘ldi. Shu va bundan oldingi intervyularga AQSh davlat departamentining hisobotlari nusxalarini qo‘shib qo‘ydim.
Hurmat bilan
Vivian Vayt
Ma'muriy yordamchi
AQSh davlat departamentidan xat
1. Sobiq fazogir Nil Armstrong musulmon davlatlari matbuotining ob'ektiga aylanib qoldi. Ularning ta'kidlashicha, U Oyda azon ovozini eshitgan va keyinchalik Islomga kirgan.
Natijada Nil Armstrong musulmon tashkilotlari va arboblaridan o‘zlarining faoliyatiga qo‘shilishni so‘ragani mavzutda ko‘plab xatlar ola boshladi.
2.Hech kimni ranjitishni va hech qaysi dinga hurmatsizlik ko‘rsatishni istamagan Armstrong uning Islomga kirgani haqida xabarlar yolg‘on ekanini bizga astagina shipshitib qo‘ydi.
3.U hali ham musulmonlardan xat olishda davom etmoqda va ularga Islomga kirmagani va musulmon tashkilotlariga qo‘shilish uchun hech qaysi davlatga bormoqchi emasligini aytmoqda.
Nil Armstrong 2005 yil o‘zi yozgan biografiyada bunday degan:
Juda ko‘p tashkilotlar meni o‘zlarining a'zosi deb hisoblashini ko‘ryapman. Ammo, aslida unday emas. Odamlarning musulmon bo‘lganim haqida aytganlari men haqimda aytilgan so‘zlarning eng dahshatlisidir.
2005 yil Malayziyaga forumga kelgan Nil Armstrong Islomni qabul qilgani haqidagi xabarni yana bir marta rad qilgan.
U astronavtlikka nomzod Said Zaxariyning savollariga javob berar ekan, Oyga qo‘ngan vaqti uning hayotidagi eng go‘zal kunlardan biri bo‘lganini aytgan.
Shuningdek, u azon ovozini eshitgani va Islomga kirgani haqidagi xabarlarni uydirma degan.
U deizmga (lotincha deiz – Xudodan) e'tiqod qilgan. Deizm diniy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, Xudoning mavjudligini va Uning dunyoni yaratganini tan oladi, lekin g‘ayritabiiy va sirli hodisalarni, vahiyning kelgani va diniy dogmatizmni inkor qiladi.
“Nil Ólden Ármstrong (ingl. Neil Alden Armstrong; 1930 yil 5 avgust – 2012 yil 25 avgust) – NASA astronavti, sinovchi-uchuvchi, kosmik injener, universitet professori, AQSh harbiy dengiz uchuvchisi, Oyga «Apollon-11» ekspeditsiyasi tarkibida uchib borib birinchi bo‘lib qo‘ngan odam (1969 yilning 20 iyuli).
Ramazonda otilgan tosh
Aytgim kelmay turgan ammo aytishim shart bo‘lgan bir voqea. Ramazon oyida, navro‘z bayrami kuni o‘zbek o‘zbekni tosh bilan urib o‘ldirdi. Angrendagi 41 maktab o‘quvchisi boshqa bollar bilan ko‘plashib 43 maktab o‘kuvchisi Otabekni tosh bilan urib o‘ldirdi. Iddaoga ko‘ra qotil bemalol yuribdi va xatto o‘zi o‘ldirgan bola rasmini bezbetlarcha tarmoqqa qo‘ygan. Qotillik 21 mart navro‘z bayrami kuni yuz berdi.
MS: Og‘o ichim uvishib nastroeniyama qo‘shilib, davleniyam chshib getdi. Bir sher oyting balans bo‘lsin
Bu bog‘lardan bizlar o‘tdik,
bizim izdan kimlar o‘tar?!
Bu yo‘llarga bizlar yetdik,
vafo falak, kimlar yetar?!
Ey. odamzod, qalbingdagi
chamanlarning holin so‘ra!
Og‘iz ochding, maqsad uchun
so‘zlaringning bolin so‘ra!
Adil toqqa suyanganlar,
qo‘llardagi toshlar nechun?!
Egilmasa Haqqa bo‘yning,
g‘urur nechun, boshlar nechun?!
Tong lahzasin qonli ko‘rib,
bag‘ringni sen qon etmagil!
Qilich tutgan har nokasni
botir bilib jon tikmagil!
Nazar etgil, yoshu keksa
bir malhamga zordir bu kun.
G‘azabni qo‘y, faqat mehr,
faqat mehr kordir bu kun!
Bu bog‘lardan bizlar o‘tdik,
bizim izdan kimlar o‘tar?!
Bu yo‘llarga bizlar yetdik,
vafo falak, kimlar yetar?! (Omon Matchon)
MS: Og‘o uring potyani.
RT: Assalom O‘zbekiston Juma muborak!