Video
12 aprel 2024

Jinlar bazmi – RTdan va'z

RT: Yana hafta aylanib, Ramazon Hayitida SIZ bilan yuzma-yuzman, qadrdonlar. Bugungi va'zga to‘rt ko‘z tugal yetganimizdan sevindim.

MS: Nechiksizlar Mo‘chchi Oybika, Xojikbarillo?

RT: Mana kunlar isib musappo osmonda quyosh charaqladi. Metan zapravkalarda navbat kamayib, odamlaram tepishmay qo‘ydi.

MS: Hayit o‘tgandan keyin xinani ketiga qo‘yishsin, sovuq o‘tdi, og‘a. Endi o‘choqdayam osh damlayveramiz.

HASIS OLIGARX yoki O‘ZBYeKNING JMOT BOYI

RT: Baxtiyor Fozilovga qarashali Inter Injiniring ishchilari sabr kosasi sinib, ko‘zi qonga to‘ldi. Shirkatning Olmaliq va Qorako‘ldagi ishchilari uch oydan beri maoshsiz qolgan. Ular qo‘zg‘olon ko‘tardi, oylik talab qilib shtablarga yopirilishdi. Quldorlar bu olomonni ko‘rib qo‘rqqanidan ishtoniga siyib qo‘ydi. Olmaliqdagi ishchilariga o‘sha kunning o‘zida oyliklarni qurtday sanab berdi. Haq olinur, aslo berilmas! Qorako‘ldagi ishchilar esa dekabrdan beri hamon pulsiz, bola-chaqasi och. Inter injiniring raisi Baxtiyor Fozilov shirkatdagi O‘zbekiston fuqarolarini oyoq uchida ko‘radi. Qozoq va rossiyalik ishchilar  allaqachon oyliklarini olgan. O‘zbekistonlik ishchilar hayitda ham, ramazonda ham uyiga uch-to‘rt tanga jo‘natolmadi.

MS: Og‘a, shu shirkatning egasi Buxoro amiridan boy. Bir kun ham go‘shtsiz ovqat yemaydi. Biror ikki dona inomarka moshinni sotsa oylik bo‘larmidi?

RT: Eriell, Enter Engineering, Ferkenso shirkatlarining egasi bo‘lgan Fozilov o‘zini metsenat, ya'ni ehsonsevar qo‘li ochiq boy deb atagan. Uning shirkatlari Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Rossiyaga tarmoqlagan. Shu o‘lkalarda Fozilovning biror ishchisi oylik ber deb namoyishga chiqmadi, bunga ehtiyoji bo‘lmadi. Biroq Fozilov qo‘l sinsa yeng ichida qolsin deb O‘zbekistonlik ishchilarini pul bermay ezg‘ilaydi. Boyvachcha O‘zbekistonning 80% neft zaxirasi, yirik konlar, fosforli o‘g‘itlar, ammiak zahirasini egallab olgan. Samarqand aeroporti va katta qurilish buyurtmalari ham shu kimsaga tegishli. Bundan tashqari Fozilov Surxon klubini o‘ziga o‘yinchoq qilib sotib oldi. Surxon klubi Termizda yashamaydi, surxondaryoliklar bu klubning qorasini ham ko‘rmaydi. Termiz stadioni teshik kir tog‘ora kabi bo‘m-bo‘sh yotadi. Baxti Fozilov sotib olgan Surxon klubi Toshkentda yashab, Toshkentda mashq qiladi, Samarqandlik boyvachcha Fozilov bu klubga chet eldan legionerlar sotib olgan. Sichqon sig‘mas iniga g‘alvir bog‘lar dumiga. Inter Injiniring shirkati Toshkent ofisi ham 3-4 oylab maoshsiz quruq havo yutib yashaydi.

Dom kinoni buzgan, bittayam kitob o‘qimaydigan eks hokim Joha brat ham Fozilovdan mard. Joha brat ishchilariga o‘z vaqtida oylik to‘laydi. Qashshoqning haqqini yemaydi.

MS: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq oligarx, Rossiyaning o‘g‘ri cho‘ntagi Baxti Samarqandskiy bo‘yladi.

RT: Fozilov Samarqandda ikki chaqaga qimmat butaforiya shahar qurdi. Endi navbat Buxoroga. Buxoroni buzib yo‘q qilib, YuNYeSKO ro‘yxatidan o‘chirtirib tinchiydi. O‘zbekiston madaniy merosini saqlash va o‘rganish bo‘yicha xalqaro tashkilot boshqaruvida ham shu Fozilov o‘tiradi.

MS: Qo‘yni bo‘riga topshirishibdi. Buxoroni buzib keyin Xalqlar do‘stligi saroyi, O‘zbekiston tarixi muzeyini ham buzsin. Otarchi Madvazirni qarshilik qilishga duxi yo‘q baribir.

VATANNI SOTISh NIMADAN BOShLANDI?

RT: Vatan nimadan boshlanadi? Bastakor Veniyamin Basner musiqa bastlagan mashxur filmdagi Matusovskiy she'ri bu.

Vatan nimadan boshlanadi ?

Alifbo kitobidagi rasmdan

Balki qo‘shni hovlidagi oshno

Yaxshi do‘st, balki o‘rtoqdan

Balkim, onam aytgan alladan…

Endi, masalan, vatanni sotish nimadan boshlanadi?  Masalan, bechora xalqdan yig‘ilgan soliqlardan tarkib topkan byudjetdagi bir vagon pulni ashlachi madvazir o‘rislarning «golos» degan shousidan ko‘chirma bo‘lgan bitta axlat teleloyihaga ontarib tashasa. Nima deyiladi bu?  Anjanchasiga kiydirishmi? Ëki shunchaki sotqinlik? Ëki oddiy korruptsiya?

MS: Hammasi birda, ko‘pdan ajraganni bo‘ri yeydi. Madvazirni qoganlardan nima kami bor?

RT: Moshennik madvazir otarchilarga sayt ochish uchun milliard so‘mni tuya qivorganini unutmaylik. Frantsiyaning madvazirlik sayti 100$ ga yasalgan. O‘zbekistonning milliard so‘mlik otarchilar sayti hozir ishlamayapti. Pul tuya bo‘gan. Bu sayt ashlachilarni muxlislar bilan bog‘lab to‘yga zakaz olishga yordamlashadi degandi madvazir.

MC: Sayt qidirmasdan telefon atib artis chaqiramiz.

NAVOIY UNIVYeRSITYeTI – TIL GO‘RISTONI

RT: O‘zbek til-adabiyotchisi balandparvoz ichi bo‘sh gaplarga usta. Karvon boshi Sirojiddin Sayyid minbarda turib xushomad shig‘ir o‘qiydi. Ukademik Shuxrat Sirojiddinov til adabiyot universitetini Islom davlati filialiga aylantiryapti. Universitet juma kuni hech qanday majlis o‘tkazmaydi, domlalar darsni tashlab talabalar bilan yetaklashib juma namozga yuguradi. Sekulyar davlatning  Til adabiyot universiti iftor bazm ham o‘tkazdi.

MS: Og‘a, Jorj Bush bilan Obama ham iftor dasturxon yozib og‘zocharda potiyani urgan. Ularning shohi bormi?

RT: Matchonboy, AQShning oq uyi iftor ham uyushtirgan, rojdestvoni ham nishonlagan, pasxa bilan qutlab, hanuka bayramida shamlar yoqqan. Buni otini diniy bag‘rikenglik, tenglik deyiladi. Bitta iftor qilib berish esa diniy dominantlik. Qolaversa, AQShning biqinida uni yo‘q qilishga tayyor radikal IShIDchilar yo‘q. O‘zbekistonga qo‘shni davlatda esa minglab kallakesarlar Ishid Xuroson davlatini tuzaman deb yeng shimargan. Bunday vaziyatda Davlat universitetida iftor qilib, ma'ruzalarni ilohiyotga taqash overton oynasining ochilishi. Shariatga qattiq yopishib olgan Eron va Afg‘oniston bir kunda zulmatga cho‘kmagan. Bu ishlar sekin-sekin qilingan. Avval xotinlarning boshi o‘ralgan, keyin davlat tashkilotlarida faqat islomiy tadbirlar uyushtirishgan. Soqol portlamaydi deb jirillab olomonni 7 asrga qaytishga ko‘ndirishgan. Navoiy Universiteti va Andijon Med institutidagi taviyalar ham milliylikni e'tiqodga burib yubordi.

MS: Mullalar ibodat qilsin, olimlar kitobini yozsin. Yigitlar qizlarni sevsin.

RT: Oxirgi 5-6 yil ichida Navoiy universitetidan 26 nafar professor, 21 nafar fan nomzodi bo‘shab ketdi. Bu bizga ma'lum bir qism, hali bilmaganimiz qancha? Navoiy universiteti reytingda 6 o‘rindamiz deb ko‘kragiga urardi. Sichqonning ini ming tanga bo‘lib universitet 35 o‘ringa quladi. Rahbariyat buni internet muxlislariga aytolmay hijolat.

MS: Er yaxshi bo‘lsa xotin qochmaydi. Universitet yaxshi bo‘lsa shuncha olim ketarmidi? Qodiriyni sotganlar, Qodiriyni otganlar. Yuz yil o‘tib oqlanganda yana go‘rga tiqqanlar…

RT: Qodiriyni ateist, islomofob deb jar solgan Akrom Malik shu dargoh doktoranti. Rektor haqida tanqidiy maqola chiqsa aravani quruq olib qochib raddiya beradigan shantaj tarafkashlar tiqilib yotibdi. Lekin universitet o‘z ilmiy xodimining bu qilmishi uchun rasman uzr ham so‘ramadi. Chunki bu fikr ularga ma'qul.

MC: Uris, karis, qo‘miq – hamma o‘zbekcha gapirsin! O‘zbekcha gapirmagan ahmoq yoki bosqinchi.

RT: Jurnalistika universiteti rektori qo‘rqmay aytgan edi bu gaplarni. Til adabiyot universiteti sultoni ham, tilshunoslar ham suv yutgandek jim, davlat tilini 21 oktabrda eslashadi hali. Navoiy universiteti va chirik MTRK hamkorligida til darslari tashkil etilarmish. Insayderlar ko‘rsatgan darslikda na bosqichli lug‘at, na transkriptsiya asoslari to‘g‘ri ishlab chiqilmagan. MC: Shu baxona parilar dunyo kezib yayrasin. Zamon yengil – Porij, Rim, Amerqoda janona ham quvnasin.

O‘ZBYeKISTONDAGI JALABLARNING AKSARIYaTI “VILOYaTLAR”DAN EKAN

RT: Toshkentga kelib jalablik qilayotgan xotin-qizlarning salkam 93 foizi viloyatlardan kelgan ekan. Bu ma'lumot Ichki ishlar vazirligi rasmiy bayonotida alohida ta'kidlanadi.

Bu bilan vazirlik toshkentliklar orasida jalablar yo‘q demoqchimi? Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Tailand…. va boshqa o‘nlab mamlakatlarda jalablik qilayotganlarning pasporti ustiga O‘zbekiston fuqarosi deb yozilmagan. U yerga “viloyatdan” deb yozilgan. IIBda galimiy isqirt mahalliychilar o‘tirsa.

MC: Xotinboz melisalarni farosatiga eshshak siysin.

JINLAR BAZMI

RT: Eltuz nashrini ba'zilar islomofoblikda ayblaydi. Diniy yetakchilarning qilmishlariga ko‘z yumib, ularni oqlash aslida eng katta dushmanlik.

MC: Ham g‘arlik, ham peshgirlik.

RT: Mamlakat bo‘ylab mullalar qo‘shiqchilar o‘rnini egalladi. Buning uchun yillar davomida musiqa harom, o‘ynash gunoh deb targ‘ib qilishdi. Natijada internet yulduziga aylangan mullalar bir nikohni 200-300$ga o‘qiyapti. Solihon domla degan marginal tip sudyaning ikkinchi xotini bilan nikohini o‘qib, evaziga 300$ olganini o‘zi tan oldi. Agar bugun moddiy daromad faktori yo‘q bo‘lsa ertagayoq mullalarning aksariyati bu hunarini tashlaydi.

MC: Og‘a, og‘izocharlar ham pullik. Ilgari mullaning tuguniga ikki non bilan pechak o‘rab berardik. Hozir mullalar do‘llar so‘raydi.

RT: Huddi fonogrammachi artistlar kabi mullalar ham daromad solig‘i to‘lamaydi. Zvezda mullalar orasida iftor narxi 2000$, masjid ochish narxi 3000$, to‘yda amri ma'ruf o‘qish narxi 1000$. Bu narxlarni Qashqadaryolik masjid qurgan yigit tergov ko‘rsatmasida tasdiqladi.

MS: Og‘a, talab borki taklif bor. Odamlarning o‘zi shu pulni to‘layman deb mullaning ketidan quvib yuribdi. Mayli, to‘lab ma'ruzasini eshitaversin.

RT: Asl muammo ham shu. Tadbirlardagi ma'ruza kontenti yaroqsiz. Asosiy e'tibor xotinlarni pastga urish va kofirlarga tosh otishdan iborat. Ma'ruzalar ksenofob g‘iybatga aylanib ketyapti. Sening erkinliging boshqa birov erkinligiga soya solmasligi shart. Ayollarga va o‘zga din vakillariga nafrat uyg‘otib ertak aytib yurgan bu mullalar odamlar orasiga dushmanlik urug‘ini sochyapti. Imkon bo‘lsa qilich ko‘tarib hammani musulmonga aylantirishni orzu qiladigan ikkiyuzlamachilar erkinlik va demokratiya tilanishi absurd. Masxaraboz mullaning fanatlari internetda pul yo‘q, narx-navo qimmat deb noliydi, ikki xotin olish huquqini talab qiladiganlar ham aynan shu rijollar. Yo pulim yo‘q deb yolg‘ondan noliydi yoki ikkinchi xotinga sharoit qilishni o‘ylamasdan seks uchun uylanadi. Bolasini eplolmay yarim yo‘lda tashlab ketadi.

MC: Nuriddin do‘mla eshitsin shuni. Litsenziya olmagan moshennik bloger mullalarni yo‘qotish kerak.

BYePUL MYeDITsINA ChO‘PChAGI

RT: O‘zbekiston Konstitutsiyasida bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi yozib qo‘yilgan.

MC: Baloning o‘qi bepul. Oyligi kam qashshoq do‘xtirlarni xalq rozi qilsin degan Amrillo vazir.

RT:   Bepul meditsinaqog‘ozda mavjud nazariya, amalda esa – «o‘zbekchilik». Chaqaloq dunyoga kelgach doya haqqi, suyunchiga pul ataymiz. Palata koykasi ham tekin emas. Dori-darmon sotib olasiz, ba'zan shprits uchun ham pul sarflaysiz. Kesarcha amaliyoti esa alohida to‘lov evaziga qilinadi.

Meditsina tekin deb ataladigan O‘zbekistonda roddomning to‘lov kassasi bor. G‘aroyib paradoks. Chaqaloq uchun mahalliy poliklinikada med karta ochiladi. Hamshira har oyning 20 sanasidan o‘tib onaga telefon qiladi. Poliklinikada chaqaloqni tekshirtirish, emlash hozircha tekin. Poliklinikada massaj, tish ko‘rigi, UZI, qon tahlili – barchasi uch-to‘rt so‘m «rahmat» evaziga qilinadi.

MC: Odamlar poliklinika ishonmay xususiyga yuguradi. Javoblari tez, to‘g‘ri chiqadi.

RT: Maktab o‘quvchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tib turishadi. Ko‘rik o‘pka flyurografiyasi va qizlarning tselkasini tekshirishdan iborat. Biror qiz bosh tortsa, hamshira «falon tumanning falonchi maktabida 9 sinflardan ikki qiz homilador ekan» degan gapni shartta aytvoradi. Shablonga aylangan hikoya. O‘zlaridan gumonni soqit qilish uchun ham qizlar tselka tekshiruviga rozi bo‘ladi. Ko‘rik tekin. Shu nuqtada O‘zbekistonning tekin tibbiyoti tug‘iliboq o‘ladi. Qolgan bari pullik.  Operatsiyalar uchun order olish shart. Bir qashshoq o‘z tuman markazidan order olib Toshkentga kelsa mas'ul kasalxona ming bahona qiladi, ordering o‘tmaydi deb qaytarib yuboradi. Order olish qiyin jarayon, shuning uchun o‘zbek qashshog‘i bir yil boqqan qo‘ylarini sotib, pomidor yig‘imdan daromad chiqaradi. Shu pulga davolanadi yoki operatsiya qildiradi. Oyligi kam duxtirlar tirikchilik uchun qimmat firma dorilardan yozib beradi.  Bitta kapelnitsa qo‘yish narxi 50 ming so‘m. Agar shu tekin meditsina bo‘lsa, «tekin» deb nom bergan bezbetarni qoziqqa o‘tqazishsin.

MC:  Og‘a uring potiyani.

RT: Assalom O‘zbekiston juma muborak

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
9 mart 2017
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda go‘sht narxi osmon bo‘lib ketdi. Hukumat ham buni ko‘rib, muammoni yechish harakatiga tushib qoldi. Bozorlarda sotiladigan ...
7 fevral 2020
Mana, yana hafta aylanib, siz bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganimdan mamnunman. Jadvalga rioya qilish va intizom yaxshi narsa.  Bir katta ...
13 yanvar 2021
Kun.uz professionallarni ishga qabul qilar emish. Katta maosh, ikki mahal ovqat. Sihatgohning o‘zi-ya! Bunday ishxonani qaerdan topasiz! Orzuga ayb ...
5 sentyabr 2023
O‘zbekistondagi mehribonlik uylarini «reforma qilish» tashabbuskori bo‘lgan Tohir Mirjaparov 15 nafardan ziyod voyaga yetmaganlarni ichirib, hushidan ketkazib, muntazam zo‘rlab ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...