Asosiy mavzular
5 sentyabr 2023

15 nafar yosh bolalarni zo‘rlagan o‘zbek pedofili Rossiyada qo‘lga tushdi

O‘zbekistondagi mehribonlik uylarini «reforma qilish» tashabbuskori bo‘lgan Tohir Mirjaparov 15 nafardan ziyod voyaga yetmaganlarni ichirib, hushidan ketkazib, muntazam zo‘rlab kelgan.

U o‘z shahvoniy harakatlarini videoga ham olgan.

Ësh o‘g‘il bolalarni zo‘rlash haqida pornografik filmlar suratga olib, pornotijoratchilarga sotgan. U zo‘rlaganlardan biri 14 yoshda bo‘lgan. Rossiya pedofillari orasida «Dyadya Taxir» nomi bilan tanilgan O‘zbekiston vatandoshi Tohir Mirjaparov Rossiya jazo qonunining olti moddasi bilan ayblanmoqda. Prokuror unga umrbod qamoq jazosi berilishini so‘radi.

Tohir Mirjaparov Rossiyada mehribonlik uylaridagi yetimlarni zo‘rlash va ular ishtirokida pornofilmlar olish maqsadida «Chuvashmultfilm» firmasiga korruptsion yo‘llar bilan rahbar bo‘lib joylashgan.

«Chuvashmultfilm» bazasida pedofil pornoroliklar ishlashni yo‘lga qo‘ygan. Rossiya porno industriyasidagi «o‘zbek porno» sektsiyasini porno kontentlar bilan ta'minlagan. Qo‘lga olingan paytda politsiyachiga 100 ming rubl pora berib qutulib ketmoqchi ham bo‘lgan.

Guvohlarga ko‘ra, Tohir Mirjaparov O‘zbekistondagi mehribonlik uylarida yetimlarni muntazam zo‘rlagan va pora evaziga hammasini bosti-bosti qilib kelgan. O‘zbekistonda yiqqan terganlari asosida Rossiyaga borib «pedofil biznesi»ni rivojlantirgan. O‘zbekistondagi yetimxonalarda zo‘rlangan yetimlarga «Agar chaqsang kozyol, terpila bo‘lasan» deb «ponyatka» joriy qilgan.

«Ponyatkaga rioya qilmagan» «kozellar» kaltaklangan. AQShda yashovchi siyosatshunos Rafael Sattorovning yozishicha, aynan Tohir Mirjaparov bundan atigi 3 yil oldin O‘zbekistondagi mehribonlik uylarini rivojlantirish tashabbuskori bo‘lgan. Mirjaparov yetimlarni zo‘rlash, ular ishtirokida fohishaxona ochib, boy klientlarga bakorat sotish va pedofil video roliklar ishlash hamda yetimlar nomiga olingan kvartiralarni o‘zlashtirib sotvorish bilan shug‘ullangan.

Bir so‘z bilan aytganda Mirjaparov yetim biznes bilan shug‘ullangan.

Masjidlarda yosh balog‘atga yetmagan qizlarga uylanish oshkora targ‘ib qilinadigan qonunchilikda “pedofil” degan modda bo‘lmagan va «noloyiq hatti harakat» degan fortochka asosida falon soat ko‘cha supurish «jazosi» belgilangan O‘zbekiston pedofillar uchun jannat bo‘lib qolmoqda.

Tag‘in o‘qing
27 avgust 2021
Rassol Kirpi
15 noyabr 2022
Xorazmda masjid qurilishiga oid e'lonlardan kelib tushgan 40 million so‘mni “tuya qilgan” imom-xatibga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Andijonda esa Umraga ...
27 noyabr 2020
AQSh va O‘zbekiston 2021 yilda “strategik hamkorlik muloqoti”ga o‘tishni maqsad qilgan. O‘tgan hafta Vashington prezident Donald Trampning 4 noyabrdagi saylovda ...
10 fevral 2021
AQShning navbatdagi 46-prezidenti ham yana o‘sha qarorgoh – Oq uyga ko‘chib o‘tdi. O‘zbekistonda esa prezidentning uchta qarorgohi bor – Oqsaroy, ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...