Asosiy mavzular
16 aprel 2024

«Bog‘otning erkatoylari» ustidan Eltuzga raddiya

Xorazm viloyati Bog‘ot tumani Tibbiyot bo‘limi xodimlari nomidan yozilgan va Eltuzning telegram kanalida chop etilgan shikoyat maktubi yuzasidan navbatdagi raddiya murojaati kelib tushdi.

Murojaatga ko‘plab faktlar va videolar ilova qilingan. Unda Bog‘ot Tuman tibbiyot birlashmasi haqida notug‘ri malumot berilganligidan tashvish  bildirilgan.

Unda avvalgi 11 aprel kuni chop etilgan bo‘lim xodimlari nomidan yo‘llangan murojaatda TTBning shifokori va uch nafar xodimasi pora bilan qo‘lga tushgani. Ularning Bog‘ot TTB raxbari va uning  qarindoshi ekani, ular viloyat hokimligidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlariga ishonib pora olib kelishayotgani iddao qilingan edi.

Bo‘lim xodimlaridan kelgan navbatdagi videomurojaatlarda esa, aslida  T. Kenjaev bosh vrach bulganidan keyin tibbiyot birlashmasiga qancha yillardan buyon qilinmagan ishlarni 1 yil ichida ancha mehnat sarflab ko‘p ishlarni qilganligini bildiriladi. 

«Bu ishlari ko‘rmaslik uchun avvalo insonning ko‘zi ko‘r bo‘lishi kerak. Ba'zi bir insonlar T. Kenjaevning bu ishlarini ko‘rolmasligidanmi yoki kimlargadir bosh vrachlik lavozimi kerak bulib qolganligi sababdanmi turli xil tuxmat bo‘xtonlarni T. Kenjaevning ustiga ag‘darishmoqda va xar xil manfur odamlarga nimalarnidir va'da qilib yoki bosim ostida T Kenjaevga qarshi yozishga undamoqdalar» deydi murojaat mualliflari. 

Ularning bildirishicha nafaqat T. Kenjaevning, balki uning turmush o‘rtog‘i Z. Babajanova va uning opasi D Babajanovalar ustidan ham turli xil aqlga sig‘maydigan tuxmatlar qilishib, mumkin bo‘lmagan gaplarni yozib tashashgan.

Eltuzga murojaat qilgan tomon o‘z fikrlari isboti uchun qator faktlarni keltiradi. Masalan, tibbiyot birlashmasining qabul bulimi zamonaviy tipda yangilangan, bunga mutaxasislar jalb qilingan, bo‘lim axvoli abgor holga kelib qolganligi sababli hamma joy remont qilingan, santexnika jihozlari almashtirilgan, bakteriologik labaratoriya ishga tushurilgan, yangidan qo‘shimcha tug‘riqxona qurilgan, kislorod stantsiyasi olib kelib o‘rnatilgan, tashqi fasadlar yangidan qilingan, barcha bo‘limlar kosmetik remontdan chiqarilib yangidan karavotlar, to‘shaklar, choyshab va ko‘rpalar almashtirilgan, pollarga linoliumlar to‘shalgan, atrof muhit ko‘kalamzorlashtirilgandi va hakozo.

Murojaat egalari so‘zlariga ko‘ra, bu ishlarni T. Kenjaev bosh Vrach bo‘lganidan keyin 1 yil ichida amalga oshirgan. 

«Shuning uchun hozirda bo‘layotgan noqonuniy tekshirishlar va bosimlar, T Kenjaevga bo‘layotgan bunday tuxmatlarni xolisona o‘rganib baxo berishlarni va qonuniy chora ko‘rishlarni so‘rab qolamiz» deya yozmoqda Bog‘ot tumani Tibbiyot bo‘limi xodimlari.

Tag‘in o‘qing
29 sentyabr 2023
RT: Yashash soatining oltin kapgiri  Har borib kelishi bir olam zamon.  Koinot shu damda o‘z kurrasidan  Yasab chiqa olur ...
23 mart 2016
22 mart kuni Jizzax viloyat jinoiy ishlar sudida bo‘lib o‘tgan appelyatsiya maxkamasida, sudlanuvchilar Aramais Avakyan, Furqat Jo‘raev, Bektemir Umrzoqov ...
26 fevral 2023
O‘zbekistonlik taniqli shoir Oshiq Erkin – Erkin Madrahimov 86 yoshida olamdan o‘tdi. Shoirning janoza marosimi  25 fevral kuni Urganchda bo‘ldi.  ...
12 noyabr 2015
Pahlavon Sodiq Bi bi si 1999 yil kuzida Oliy Sudda Toshkent portlashlari yuzasidan sud majlislaridan biriga Murod Jo‘raevni qo‘llarida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...