Pragadagi o‘zbeklar bayrami
«Gulim faqat yozda kelar. Kayfiyatim sozda kelar» Bu qo‘shiq Chexiyadagi o‘zbeklarni bir qozon palov ustida bir yerga keltirgan kontsertda yangradi. O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi¸ O‘zbekiston Chexiya do‘stlik jamiyati¸ Vatandosh tashkiloti va Pragadagi o‘zbek diasporasi faollari tashkil qilgan bu tadbir gastronomiya va soz suhbat bayramiga aylandi.
Chechiya va asosan Praga shaxrida taksi¸ yuk tashish¸ qurilish va umumiy ovqatlanish tizimlarida minglab o‘zbeklar ishlaydi. Pragada o‘nga yaqin o‘zbek restoranlari yevropa xo‘randalariga osh¸ manti yedirib namoyishkorona lag‘mon cho‘zmoqda. Tadbir dasturxonini ham o‘zbek oshpazlari mazali qildi.
Tadbirga Toshkentdan atay kelgan yosh qo‘shiqchi Shoxruxbek Ergashevning gitara jo‘rligidagi xonishiga barcha raqsga tushdi.