Asosiy mavzular
15 iyun 2024

«Katta yettilik» Rossiya daromadini Ukrainaga beradi

“Katta yettilik”ka a'zo davlatlar Italiyadagi sammit chog‘ida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun foydalanish mexanizmini kelishib oldi,  dedi Yevropa komissiyasi rahbari Urusula fon der Leyen.  

Shu bilan birga,  Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Amerika yetakchisi Jo Bayden sammit chog‘ida 10 yillik xavfsizlik shartnomasini imzoladi. 

Avvaliga «katta yettilik» kelishuviga to‘xtalsak.

Von der Leyen X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog‘ida Kiev 50 milliard dollarga yaqin kredit olishini tasdiqladi.  Kreditlar esa kelajakda Rossiya aktivlaridan olinadigan daromad foizlari hisobidan to‘lanadi. 

«Bu qaror Ukrainani mudofaa va qayta qurishga yo‘naltirayotgan Yevropa Ittifoqining Ukrainaga nisbatan siyosati o‘zgarmay davom etayotganini anglatadi»,   deb yozdi Yevrokomissiya rahbari. 

Italiyada bo‘lib o‘tayotgan sammit mezboni Italiya bosh vaziri Giorgia Melonining aniqlik kiritishicha,  hozirda Rossiya aktivlarini musodara qilish haqida gap borayotgani yo‘q.  

«Biz bu aktivlarni musodara qilish haqida emas, balki vaqt o‘tishi bilan to‘plangan foizlar haqida gapiryapmiz»,   dedi u. 

Ukrainaga shu tarzda yordam berish taklifi AQSh prezidenti ma'muriyati tomonidan ilgari surilgan. 

«Katta yettilik» davlatlari – Kanada,   Frantsiya,   Germaniya,   Italiya,   Yaponiya,   Buyuk Britaniya va AQSh 2022-yilda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan keyin Ukrainaning eng muhim moliyaviy va harbiy donorlariga aylandi. 

Bu davlatlar va Yevropa Ittifoqi tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlari miqdori 325 milliard dollarni tashkil qiladi. 

G‘arbning yetti boy demokratik davlati Yevropa Ittifoqi rahbariyati ishtirokida bir necha yildirki muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish formatini muhokama qilib kelmoqda. 

Ammo tahlilchilarga ko‘ra,  bunday qarorni rasmiylashtirishda bir qancha to‘siqlar bor,  ular asosan Vengriya bosh vaziri,  Vladimir Putinning Yevropa Ittifoqidagi asosiy ittifoqchisi Viktor Orban bilan bog‘liq. 

Bundan tashqari,  yuridik xavf-xatarlar mavjud: Rossiya mustaqil Yevropa sudlarida o‘z pullarini qaytarib berishni talab qilishi mumkin.  

Xatarlar esa pul bilan bog‘liq:  agar Yevropa investitsiyalari siyosiy sabablarga ko‘ra musodara qilinish xavfi ostida bo‘lsa,  boshqa mamlakatlarda yevroga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati paydo bo‘lishi mumkin. 

So‘nggi haftalarda Rossiya rasmiylari hibsga olingan aktivlardan foiz olish g‘oyasini «o‘g‘irlik» deya baholashdi. 

Zelenskiy avvalroq payshanba va juma kunlari bo‘lib o‘tadigan «katta yettilik» sammiti asosan Ukrainaga bag‘ishlanishini aytgan edi. 

Italiya sammiti doirasida Ukraina va AQSh o‘rtasida 10 yillik xavfsizlik kafolatlari haqidagi kelishuv imzolandi.

Imzolash marosimidan oldin Qo‘shma Shtatlar bayonot berib, shartnomani «Ukrainani hozir va kelajakda qo‘llab-quvvatlashimizning kuchli signali» deb atadi.

Qo‘shma Shtatlar «Katta yettilik» davlatlari ichida oxirgi va Ukraina bilan bunday shartnomani imzolagan 17-davlat bo‘ldi.

Payshanba kuni Zelenskiy Yaponiya bilan ham xuddi shunday shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 

“2024-yilda Yaponiya Ukrainaga 4,5 milliard dollar beradi va 10 yil davomida bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”,  — deb yozdi Zelenskiy X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.

«Katta yettilik» davlatlariga Ukraina bilan xavfsizlik bitimlarini imzolash majburiyati o‘tgan yili NATO sammiti chog‘ida alohida komyunikeda ko‘rsatilgan edi.  Boshqa davlatlar ham ushbu majburiyatga qo‘shildi.

«Ushbu hujjatni imzolash orqali biz Rossiyaga o‘z qarorimiz haqida signal yubormoqdamiz»,  – dedi Jeyk Sallivan avvalroq jurnalistlarga. – “Agar Vladimir Putin Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi koalitsiyadan chiqishi mumkin deb o‘ylasa,  adashadi”.

Ukraina bilan tuzilgan xavfsizlik shartnomalarida uning ittifoqchilari harbiy yordam ko‘rsatish, ukrainalik askarlarni tayyorlash,  harbiy sanoatni rivojlantirishga yordam berish va razvedka ma'lumotlarini almashish majburiyatini oladi.

Shu bilan birga,  bu kelishuvlar Ukraina uchun kurashish majburiyatini o‘z ichiga olmaydi – ular «Katta yettilik»ning dastlabki kommyunikesiga asoslanib,  agar urushdan keyin bir kun kelib,  Rossiya yana Ukrainaga hujum qilish niyatida bo‘lsa,  shoshilinch maslahatlashuvlar to‘g‘risidagi bandni o‘z ichiga olishi mumkin. 

Eltuz Rossiya – Ukraina urushi va katta yettilik davlatlari munosabatiga oid voqealarni yoritishda davom etadi kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk qoldiring.

Tag‘in o‘qing
23 aprel 2019
Shveytsariya yangiliklarini rus tilida yorituvchi «Nasha gazeta» nashri mamlakat Federal jinoiy sudi Gulnora Karimova ishi yuzasidan ikkita qaror chiqargani ...
25 dekabr 2023
Toshkent shahar IIBB tarqatan rasmiy xabarga ko‘ra, O‘zbekistonda yagona “vor v zakone” Baxti Tashkentskiy nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaevning ...
28 iyun 2016
Bu haqda bayonot tarqatgan «Ezgulik» jamiyatining bildirishicha, jazo muddati uzaytirilgan G‘anixon Mamatxonov hozirda huquq faoli Kattaqo‘rg‘ondagi 7-sonli tergov izolyatorida ...
10 avgust 2023
Eltuz e'lon qilgan Bulung‘urda IIB xodimlari kaltaklagan o‘spirin videosi yuzasidan ichki ishlar idorasi munosabat bildirdi. “Xodimlar qo‘pollik qilib urayapti”- ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...