Asosiy mavzular
16 iyul 2024

Trampga suiqasd, rossiyada migrantlar mojarosi, o‘zbekistonda esa o‘ldirilgan fermer – 600’59

O‘zbekistonda haqqini talab qilgan fermer vafot etdi, Finlyandiya rossiyalik migantlarning mamlakatga kirishini rasman taqiqladi, Tramp suiqasd natijasida qulog‘idan jaroxatlandi, Rossiya Ukrainadagi bolalar shifoxonasiga zarba berdi. Va bu 600 SEKUND.

Finlandiya chegaralaridan Rossiyalik migrantlar kirib kelishi qonunan taqiqlandi. Mamlakat parlamenti boshpana so‘rab kelgan qochqin Rossiya fuqarolarini ham chegaradan kiritmaslik haqidagi qonunni tasdiqladi. Bundan buyon istisno tariqasida faqat yosh bolalar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va o‘lim yoki qiynoq jazosiga tortilishi mumkin bo‘lgan Rossiyaliklarga boshpana beriladi. Rossiya orqali Afrika va Yaqin Sharqdan Finlandiyaga kirib keluvchi qochoqlar soni keskin ortgani sababli mamlakat 2023 yil noyabrda Rossiya chegarasini yopgan.

+++

Ukraina Shvetsiya bilan SAAB JAS-39 Gripen qiruvchi raketalarini etkazib berish haqida muzokaralar olib bormoqda. Amalda ushbu qurol turi F-16 raketalaridek ta'sir kuchiga ega.

+++

2024 yil 14 iyul kuni AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Suiqasd qilgan shaxs 20 yoshli Tomas Metyu Kruks ekani aniqlandi. Kruks Pensilvaniyaning Betel-Park hududida istiqomat qiladi, bu joy voqea sodir bo‘lgan Batler shahridan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. “Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. Bu haqda ma'lumotga ega vatandoshlardan video va foto dalillarni onlayn rejimda jo‘natish so‘raladi,” deyiladi Maxfiy xizmat rasmiy bayonotida.

Donald Tramp Pensilvaniya shtatining Batler shahrida o‘tkazilgan mitingda chiqish qilgan. Shu vaqtda Trampga qarata yuqoridan bir necha bor o‘q uzilgan. Nomzodga jiddiy shikast yetmagan “chiyillagan shovqin paydo bo‘lib, qulog‘im o‘qdan yirtilganini sezdim”, dedi Tramp. Qo‘riqlash xizmati Trampni darhol sahnadan olib ketgan. O‘q uzgan Tomas Metyu Kruksni Maxfiy xizmat xodimlaridan biri otib o‘ldirdi. Shuningdek, mitingda qatnashgan bir erkak qurbon bo‘ldi, yana ikki erkak og‘ir jarohat oldi. Matbuot anjumanida Federal Surishtiruv byurosi xodimi Kevin Rojek bu holat nomzod joniga suiqasd deb baholanishini aytdi. “Bugun sobiq Prezidentimiz Donald Trampga suiqasd bo‘ldi deb hisoblaymiz. Voqea joyida bir necha agentlar surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda,” deydi byuro xodimi. Eslatib o‘tamiz, Pensilvaniya shtati saylovlarda hal qiluvchi ovozga ega hudud – shtat demokrat va respublikachilar orasida muqim bir xil tanlov qilmaydi. Bu voqea saylov natijalariga qanday ta'sir qilishi noma'lum.

Trampga o‘q uzgan suiqasdchi Tomas Metyu Kruksning mashinasidan portlovchi moslamalar topildi. Miting boshlanishidan oldin Politsiya unga shubhali shaxs deb qaragan va Tramp soqchilariga xabar bergan. Biroq qo‘riqlash xizmati buni jiddiy xavf deb qaramagan. Prezident Bayden nomzod Tramp uchun yaxshi tan soqchilar ajratmagani haqidagi xabarlar asossiz ekani tasdiqlandi.

+++

Voronej viloyatida yuk poezdining bir necha vagoni relsdan chiqib ketdi. Rasmiy xabarlarda hech kimga jismoniy shikast yetmagani bildirilmoqda, avariya sabablari esa nomalumligicha qolmoqda. Bu diversiya natijasida yuzaga kelgan falokat bo‘lishi ham mumkin.

+++

Rossiya Ukrainadagi “Oxmatdet” bolalar shifoxonasiga zarba berdi. Shifoxonada 7 yoshdagi Yegor Zavadetskiy operatsiya qilingan edi, u 11 kun komada yotgan. Zarba natijasida bolaga ulangan turli apparatlar ishdan chiqqach bemor Kievning boshqa bir shifoxonasiga ko‘chirildi. Ammo bolakayning ahvoli o‘nglanmasdan vafot etdi.

+++

Rossiya qo‘riqlash xizmati xodimlariga anti-dron qurollar tarqatildi. Biroq aftidan qo‘riqchilarga quroldan foydalanish yo‘riqnomasi tushuntirilmagan. Natijada qo‘riqchilar qo‘lida quroli bo‘la turib Neft bazasini dron hujumidan himoya qila olmay chopib yurgani videosi tarmoqda tarqaldi.

+++

Rossiyaning Sankt Peterburg shahrida migrant taksi haydovchilari bilan rasmiylar o‘rtasidagi mojaro otishmaga o‘tib ketdi. Qurolli to‘qnashuv hudud talashish natijasida yuzaga kelgani xabar berilmoqda. Boshqa xabarlarga ko‘ra, ziddiyat rasmiylarning migrantlarni urushga safarbar qilish talabi oqibatida yuzaga kelgan.  Otishmada qatnashgan 1990, 1995 va 2000 yil migrantlar qo‘lga olingan. Ularning shaxsi va millati oshkor qilinmayapti.

+++

Dunyoning kuchli pasportlar reytingi Henley Passport Index 2024 ro‘yxati e'lon qilindi. Unga ko‘ra Brilashgan Arab Amirliklari birinchi o‘rinda – mamlakat vatandoshlari 179 davlatga vizasiz borishi mumkin. O‘zbekiston ushbi reytingda 79 o‘rinni olgan. Mamlakat fuqarolari 64 davlatga vizasiz chiqishi mumkin. 2023 yilda o‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni 59 ta bo‘lgan.

+++

Amerikalik mashhur aktrisa “Beverli-Hillz” va “Afsunlanganlar” seriali yulduzi Shennen Doerti 53 yoshida ko‘krak saratonidan vafot etdi.

+++

O‘zbekistonning Chust tumanida esa bug‘doy yetishtirish bilan shug‘ullangan 45 yashar fermer Alimardon Tumorov hokim va klaster bosimini ko‘tara olmasdan  3 iyul kuni yurak hurujidan vafot etdi. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi qoshidagi O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi esa Uzbek Forum tarmoqda bo‘lishgan Kun.uz videosini o‘chirishni talab qilib, tvitteo X ma'murlariga murojaat qilgan. Videoda fermer o‘z hosilini, ishchilari haqini saqlab qolish uchun yordam so‘ragani aks etgan.Tvitter AOKAga rad javobini berdi.

+++

Hokimga otib tashlashini aytgan o‘qituvchini urganlar qamaldi. O‘tgan yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori shu muassasada ishlovchi o‘qituvchining oila a'zolari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma'lum qildi. Sudlanuvchi sudda aybiga iqrorligini bildirib, suddan yengillik so‘ragan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan kelganligi sababli 2023 yil 1 sentyabr kuni mahallada yashovchi qariyalarni uyiga chaqirib ehson qilishni rejalashtirgan va shu maqsadda 31 avgust kuni soat 14:00 larda Denov shahrida joylashgan dehqon bozoriga borib kerakli narsalarni xarid qilgan. Bozordan qaytishda maktabga kirib, turmush o‘rtog‘iga dars soati kam ajratilganidan jahli chiqib, direktor xonasiga borgan va dars soati nega kamayganini so‘raganida, o‘qituvchi «qo‘lingda miltiq bo‘lsa, otib tashla, xotining ishlasa shu, ishlamasa katta ko‘cha, arizasini yozib ketaversin, seni kim kiritdi maktabga, chiqarib yuboringlar buni, suf senga» deya javob bergan. Shundan so‘ng, holat sodir bo‘lgan. Sud jinoyatchini Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, uni 3 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

+++

O‘zbekistonga psixotrop dorilar olib o‘tgan sobiq qirg‘iz chegarachisi 24 yilga qamaldi. 2021 yilga qadar Qirg‘iziston Respublikasi Davlat xavfsizlik qumitasi chegara qo‘shinlarida xizmat qilgan Ermatov Oltinbek Alievich O‘zbekiston hududiga kuchli psixotrop dorilar olib o‘tayotganda qo‘lga olindi. Ermatov Oltinbek umumiy qiymati 17.000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi psixotrop dori vositalarini Qirg‘izistonda yashovchi Zamir ismli shaxsdan olib O‘zbekistonlik Abdurashid ismli shaxsga 500 AQSh dollari evaziga yetkazib berishga kelishgan. Narkokurer O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara Qo‘shinlariga qarashli 9229-sonli harbiy qism va DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida qo‘lga olindi. Oltinbekning yuklari orasida 5.600 dona “Lirika”, 11.158 dona “Regapen” va 198 dona “Tropikamid” dorilari topilgan. Yozyovon tuman sudi Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismining “b” bandi, 246-moddasining 1-qismi, 2511-moddasining 3-qismi, 59-moddasining 3-qismi bilan Ermatov Oltinbek Alievichga jami 24 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgiladi.

Bu 600 sekund edi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar ayrim yopiq videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosib eltuz kanalini qo‘llab quvvatlang.

Tag‘in o‘qing
19 oktyabr 2017
Frantsiyaning Mediapart internet nashri tomonidan qo‘lga kiritilgan va European Investigative Collaborations (EIC) konsortsiumidagi hamkasblariga taqdim etilgan maxfiy ma'lumotlar O‘zbekistonning ...
24 may 2021
Litva Bosh prokuraturasi Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga parvoz qilayotgan uchog‘i minalashtirilgani iddaosi bilan Minskda majburan qo‘ndirilishi va yo‘lovchilarga nisbatan ...
26 mart 2016
«Diyonat» gazetasi tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish mavzuidagi maqolasida O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan baliqlarga qiron keltirganlarning jinoyati fosh etilgani to‘g‘risida ...
13 sentyabr 2021
Eri, qaynatasi va qaynog‘asi qotillikda gumonlanib tergov qilinayotgan, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining Chandir qishlog‘ida yashovchi Munojat Egamova bunga ularning ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...