Asosiy mavzular
19 iyul 2024

Xotin go‘rda, er qamag‘da – RTdan va'z

Mana it quvgan gadoydek xaftayam zuvv etdi, o‘tdi ketdi. Yana sizlarning qoshingizdaman. Suhbati du anda mazzaku, deydi Xayyom. Yuz minglab odamlar bilan suhbat mazasi astronomik o‘lchamda go‘zal. 

MS: Yuz ming amas, 660 mingnan oshdiq og‘a. Nichiksizla jollimisizlo. Xo‘jikla, mo‘chchi oybika, xo‘shiroy  opobiyila… 

RT:  

G‘ussa cho‘ksa, do‘stim, dilingga, 

Tabassum qil, quv g‘amni nari. 

Uyma qovoq, chekma aziyat, 

Unut bo‘lar payt yetib bari. (Lermontov) 

MS:  

O‘y otizda o‘tirvadim o‘ylonib, 

Rassom og‘om galavardi sollonip. 

Rassom og‘om galavarsa sollonip, 

Solom bardim bol chuviqdin to‘lonib… 

Og‘o ina solomloshipom bo‘ldiq. Indi shumxovorloni qoydirip qoydirioaring yopo kasak zingitgonnin.

Shumxabarlar

Polshada o‘zbek erkak 15 yoshli ukrainalik ikki o‘smirni pichoqladi. Ukrainlar banisada. O‘zbek qamag‘da 

MS: Dak yurmidi bi xoroplo. Yaqinda biyri biyrini etini yidi bu otongni kuvishini giygan tars yo‘nqolo…

13 yoshli qizga jismoniy va ruhiy azob bergan zangiotalik o‘gay ona qamaldi 

MS: O‘mmoloq. Ulliroq so‘roq barish garak adi ho‘kmon… 

Rossiyada deputatni urgan o‘zbek 19 yoshli Murod Musurovga 1 oy 29 kun qamoq jazosi tayinlandi. 

MS: Urdimi o‘risni. Dim yoxshi bo‘libdi. Dinsizni hoqqinnon kopr chiqodi…

Rossiyadagi avtobus ichida bir o‘zbek yana bir 32 yashar o‘zbek erkakni pichag‘ bilan so‘yib tashadi. O‘zbek morgda. Qotil qamag‘da. 

MS: Ina kishtak rotollo. Oytdim vuloro, dak yuri xonongdo oqib dap. Gapa quloq somidi bi monloyi qorolo… 

Jondorda ikki qizini ayovsiz kaltaklagan urod xotin jarimaga tortildi

MS: O‘mmoloq.  

Samarqandda er 23 yosh kelinni ketmonda chopib o‘ldirdi. Xotin go‘rda. Er qamag‘da.

MS: Ina garak bo‘lso. Katman ushog‘on katman. 

Buxorodagi maktabda «o‘qituvchi» xotin o‘quvchi bolani ezg‘ilab urib yotibdi.  

Yana o‘sha tovus jemper kiygan, eri davno itarmay qo‘ygan, peduchilishi diplomini olib, qog‘anini sirtdan o‘qigan «nedottrax» savodsiz  mallm xotin. Joxil oya. 

Qaynanasidan ko‘rgan zulmni, eridan yegan tayog‘ini, savodsizligi uchun tekshiruvchilar siltovidan ko‘rgan alamni boladan chiqaryapti.

MS: Shu manglayi qarog‘a million dollar oylik barsangam o‘zgarmiydi.  

Bu mallimni huquqdan maxrum atib, maktabni eshikina yaqinlashtirmiydon atib qo‘yish garak.

Buxoroni buzgan ipirisqilar shunaqa maktabda urilgan bo‘lsa kerak.  

Ta'lim tizimini Xiloladan  oldin Karimov davridayoq botqoqqa cho‘ktirishgan. Bu mevalari xolos Matchon. 

MS: Og‘o, qisqosinnon qoytavarmang. Sal uzinroq atip uring gurringni 

Keliniga seks tegajog‘liq qilgan «adajon» 

Odatda qisqa yozaman. Bobur bovomiz aytmoqchi, «yozganga ham o‘qiganga ham oson bo‘lsin» deya.  

Ko‘pchilik uzun tekst o‘qimaydi, ko‘pchilik esa harp tanimaydi. Ammo o‘qishni istaganlar uchun tafsilotli qilib ham yoza olaman. 

Voqeadan bilgingiz bor. 70 yashar qaynata kelinini moshinaga qamab, seksual tegajog‘liq qilgan. Kelin buni eriga aytsa, er ishonmay xotinining «bortini bergan». 

Kelin sudga arz qildi. Sud o‘zining 16 iyul kungi majlisida qaynotani aybdor deb topib, 3 sutkaga qamadi.

Shu!

Ammo Tolstoy o‘zining «Anna Karenina» ro‘monida yozganidek, bu bitta xotinga oid baxtsizlik emas. 

Kecha tug‘ilmadik. Shu el ichida yashayapmiz. O‘tkan asr oltmishlarida, yetmish, sakson va to‘qsonlarida ham kelinini zo‘rlagan qaynotalar haqida eshitganmiz.  

Ko‘p xollarda isnodga chidamagan kelin o‘ziniing ustiga benzin quyib yoqib yuborardi. 

Seksual ozabochennыylik o‘zbeklarning genida alohida formalashib, betonlashishga ham ulgurgan. 

Chinozdagi voqea bir necha o‘n yillardan beri davom etib kelayotgan yuzlab voqealardan biri. Farqi kelinning jamoat fikridan qo‘rqmay qaynotasini sudga berganida… 

Sud hujjatida «huquqbuzarlik» deb malakalangan voqea yoz kunlarining birida, yana ham anig‘i 27 iyun kuni yuz berdi.

(Aslida qaynataning o‘z keliniga shahvoniy shilqimligi anchadan beri bor edi.) 

Xullas, 27 iyun. Payshanba. Negadir o‘zbeklar shu payshanba kuni xotin ustiga sakrashni odat qilishgan. Qaynata atrofga qarasa sakraydigan tramplin yo‘q. Ësh yetmish – ish bitmish.

«Nahotki hayotimning kuzi keldi. Qani uning yozi bahori?» deya ichidan qirindi o‘tgan jalatay qari qirchang‘i, yoshligida yod olgan marshni hirgoyi qilib «hujumga o‘tdi» 

«Eto yest nash posledniy. I reshitelnыy boy.» deya moshinasiga mingan boboyning hadafi aniq edi. Zamonaviy tibbiyot yaratgan «dom kran» dori 70 yashar cholni hangi eshshakka aylantirgandi. 

Juvonlarning hirsini qo‘zitadigan parfyum isli suv sepgan qaynota kelini ishlaydigan idora oldida moshinni park qilib turdi.

O‘sha kuni kelin ishdan chiqsa «adajonni» moshini turibdi. 

Qaynota bo‘lsa «Shunday kelinimiz bor ekan», deb ulug‘ Qodiriydan iqtibos keltiradi. 

«Uyga tashab qo‘yaman» deydi «adajon».

Sud hujjatidan iqtibos: 

«2024 yil 27 iyun kuni soat 17:30 larda 1954 yili tug‘ilgan chinozlik M.K kelini ishdan chiqqan vaqtida uning ish joyi oldida turib kelinni yashash xonadoniga olib borib qo‘yishini aytgan. Kelin qaynotasining avtomashinasiga chiqib, uyiga birga qaytgan» 

Kelin rul tepasidagi ko‘zguda «adajon»ning tirjaygan basharasini ko‘rib, havotirga tushadi. Xotinlarda oltinchi xis, intuitsiya bo‘ladi. Ular jinsiy tajovuzni oldindan yuz foiz seza olish kebi noyob qobiliyatga ega.

Neandertallarning sapiens bilan qo‘shilganidan beri o‘tkan 40 ming yillik tarixning miyada qoldirgan izi bu.

Moshin Chinozning ovloq joyiga yetganda sekinlaydi.

Qaynota degan biomusor avtomashinani yo‘lning chetiga olib to‘xtaydi va kelinning qo‘li va sonini g‘ijimlab ushlab uni yaxshi ko‘rishini, undan ish joyidan ruxsat olsa Samarqand shahriga olib borib, aylantirib kelishini his-hayajon bilan aytadi. 

Kelin moshinadan tushib ketmoqchi bo‘ladi, ammo qaynota barcha eshiklarni qulflagan edi.

«Samarqandda miymonxonada qolamiz. Seni sevaman. Senga oshiqman. «est yeщe porox v poroxovnitsax» degan yetmish yashar qari jalatay asbobini chig‘orib ko‘rsatadi. «Kelin, sizdikini yalab, jannatni bu dunyoda ko‘rsataman» deydi bu ipplos chol.

Bilat. Nahot inson shu qadar razil? Razolat va safolat bo‘lsa shunchalik bo‘lar! 

Kelin bo‘lsa «uxajer adajonining» boshiga sumkasi bilan soladi. Baqirib yig‘laydi.

Qaynota qo‘lidan kalitni olib, tugmani bosib eshiklarni ochadi. Kelin tashqariga chiqib taksi tutib uyiga yetib oladi.

Uyda pijama kiygan qobil o‘g‘il shlanka bilan trotuarga suv sepib yurardi.

«Er nimaga kerak?» – er degan tvar shunaqa paytda ko‘kragiga boshingni qo‘yib yig‘lab dardingni aytish uchun kerak.  

Xotin kishi doim eridan himoya kutadi. Unga o‘qtalgan qilichu nayzalarga qalqon bo‘lsa deb orzulanadi. Ammo tarixiy jarayonlarda degradatsiya bo‘lgan erkaklar bu umidning mingdan birini ham oqlmaydi.

Qaynataning seks hujumiga uchragan kelin o‘z dardini eriga aytdi.

«Nima dvosan qanjiq. Otamga til tekkizma!» 

Shundan keyin «adajonga shak keltirgan» shakkok kelin ota-onasini uyiga oborib tashlab kelindi. 

O‘zbek xalqi to‘qigan ertaklarda o‘gay qizni o‘rmonda adashtirib kelishadi, reallikda esa kelin ota-onasinikiga badarg‘a qilinadi.  

Kelin uchun bu «dvoynoy udar» bo‘ldi. 

«Agar muammoning boshqa yechimini topa olmasang, huquqiy yo‘ldan bor»  

Bu aqlli gapni kim aytgan bo‘lsa ham to‘g‘ri aytgan. O‘zbekiston vatandoshi va mavjud konstitutsiyaga binoan erkaklar bilan teng huquqli bo‘lgan kelin sudga arz qildi.

Sud hujjatidan iqtibos: 

1954 yilda tug‘ilgan M.K. 2024 yil 27 iyun kuni soat 17:30larda kelini M.N.ni ishxonasi yonidan mashinasiga mindirib, uyga olib ketayotganida unga shahvoniy shilqimlik qilgan. Qaynota kelinining sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlab, nomaqbul xatti-harakatlarni sodir qilgani aniqlangan. 

Kelin qaynotasi sabab, oilasi buzilib ketayotganini bildirib, suddan qaynotaga qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan. 

Sud qarori bilan huquqbuzar erkakka ma'muriy javobgarlik kodeksining 41-1-moddasi 1-qismiga asosan 3 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Shu!

Gap uch sutkaning kam, yo yengil jazo ekanligida emas. Muhimi, bu shilqim «adajon» sudning qora kursisida o‘tirdi. Muhimi kelin «uydagi gapni ko‘chaga chiqardi». Muhimi kelin o‘z huquqini himoya qildi.

MS: Novvi davadi, deravarsin Navoiy doyi… 

Hijob kiygan jannatga tushadi deb eshitgan o‘zbek erkaklari birin ketin hijobga kira boshladi. 

MS: Arkaklaram qiyin bo‘p qoldi. Go‘za  yaqin bo‘sa darrav ilib getadi akan go‘ydirgila. Yuzini baklap  yursa go‘z daymidi.

Burqani yechsang ichidan o‘zbek erkak chig‘ib kelyapti salovat aytib. Bu menga tanish tuyuldi.  

Burnog‘i yili Sharqiy Ovropadagi shaxarlardan biriga ish bilan boruvdim. Hamkorim bilan uchrashishmiz kerak. «Shundoq markaziy maydondagi ot haykalini oldida kutib tur» dedi hamkor.  

Mexmonxonadan piyoda yurib, ot haykali oldiga bordim. Gavjum joy ekan. Reklama uchun telefon apparati va muzqaymoq kiyimini kiygan reklamachilar aqqa baqqa o‘tib yuripti.  

Birdan bitta telefon apparati bilan muzqaymoq menga yaqin joyda bir biriga qapishib turib qoldi.

Telefon aparati  shakl¸idagi kostyum ichidagi odam o‘zbek tilida yonidagi «muzqaymoq»qa «nosing bormi Shokr» dedi. 

«Muzqaymoq» bo‘lsa «bor kecha Toshkentdan kelgan svejiy» deb nos uzatdi.  

Bilsam, reklama shirkati yollagan o‘zbek bollar ekan. Ular telefon kiyimini kiyib shaxarda kezgani uchun pul olishar ekan.  

Shundan keyin boshqa ko‘p shaharlarda ko‘rdim ko‘chada yurgan telefonlarni.  

Har doim ularga qarasam ichida o‘zbek borday tuyuladi. 

MS: Xozir uzbeklar xar baloni ichinnan chiqib galyotirlo… 

Seksual ozabochenniylik o‘zbeklarning asosiy belgisi

1988 yili Germaniyadagi nashriyotdan taklif keldi. Boradigan bo‘ldim. U paytda OVIR degan idora xodimi pashsha qo‘rib o‘tirardi. Mamlakat temir parda ostida. Hech kim hech qaerga bormaydi.

Xujjatlarimni ko‘rgan OVIR xodimining birinchi gapi shu bo‘ldi: «Chet elga borganingda yalang‘och xotinlar seni tagiga bosadi» 

Berlin markazidagi mehmonxona retsepshnida bir o‘ris xotin ishlar ekan. Meni O‘zbekistondan ekanimni bilib kuldi.

«Yaqinda O‘zbekiston rahbarlaridan iborat delegatsiya kelib ketuvdi. Porno kanal ulab ber xonaga deb boshimni qotirishdi. Bitta o‘zbek diplomati telefon seks bilan shug‘ullanib, katta qarz bo‘lib qoldi. SSSR elchixonasiga qarz qog‘ozini yubordik»

1994 yili O‘zbekistonda ilk mustaqil TV kanal ochadigan bo‘ldim. 46 ta davlat idorasidan «dobro» olishim. kerak. Pochta, telegraf, aeroport, ob xavo idorasi, RPORT degan idora va albatta matbuotda davlat sirlarini saqlash qo‘mitasi…

Barcha 46 idoradagi erkak mulozim tirjayib «porno qo‘yasanmi kechasi» deb savol berdi. 

Bir ikkitasi pora uchun porno vixees kasseta so‘radi. Mustaqil TV albatta porno ko‘rsatadi degan fikr butun o‘zbek mulozimlari shuuridan o‘rin olgan edi.

O‘sha 1994 yili AQShdan bir jurnalist qiz keldi. Ko‘hna Urganchga boradigan orzusi bor edi. Men uni Urganch Nukus poezdiga chiqarib qo‘ydim. Urganchda tushib Shovot tumanidagi chegaradan o‘tib turkmanga boradigan bo‘ldi. 

Poezdda men uni shovotlik tanish bolalarga topshirdim. Qarab boringlar deb. Bu bolalar Obid qorining shogirdlari edi. Keyin menga ma'lum bo‘lishicha, bu rijollar kechasi bilan mehmon qizga tajovuz qilishga tinmay galma galdan urinishgan. Qiz militsiya chaqirishga majbur bo‘lgan…

Bunday misollar milliard… Eng so‘ngisi. 27 iyun kuni 40 yashar galvars Qo‘shmurod Bobomurodov ikki nafar 19 yashar qizlarga seksual shilqimlik qilib  «Matiz»da to‘sib  yo‘lni to‘sib qo‘ygan.  

Shundan so‘ng u qizlarga mashinasiga o‘tirishni buyurgan. Qizlar rad qilgan. Bu biomusor bo‘lsa, ularning qizligini buzmasdan, yalash orqali seks qilishni taklif qilgan. 

O‘zbekiston qashshog‘i Bobomurodov Qo‘shmurod Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasida (jinsiy zo‘ravonlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olindi. 

Penelniydagi taxta kanalar shu issiqda bu seksualniy ozabochenniy neandertalning qonini so‘radi. 

Lekin millionlab miyasi qurtlaganlar hasharot kabi o‘rmalab yuribdi. 

Birinchi rasmdagi Aziz degan chmo qizlarga asvobini ko‘rsatib video jo‘natadi. Ikkinchisi Sho‘rchilik matematika o‘qituvchisi seks shantajchi Azizbek Jumanazarov. Bu ikki adashning ismi ham jismi ham bir xil musor. 

MS: Og‘o, uring potyani!

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
14 fevral 2022
Bu hikoya Qoraqalpog‘istondagi turkman qishlog‘ida tug‘ilgan jamoatchilik faoli va bloger Jumasafar Dadaboev haqida. 2016 yilda, hali u jamoatchilik faoliyati ...
7 aprel 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan co‘nggi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk ...
31 dekabr 2022
2018 yilning 28 iyunida Xitoyning Shindau shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay Xalqaro Tashkiloti sammitida mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” ...
25 may 2023
Navoiy nomli  o‘zbek tili adabiyot universiteti birovning loyihasini o‘zlashtirib davlatdan 2 milliard so‘m  undirmoqchi bo‘lganmi? «Adabiyot universiteti nadur?» Rassom ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...