Asosiy mavzular
7 aprel 2024

Yorilgan kanalizatsiya, kaltaklangan o‘quvchi va halok bo‘lgan mashinist

Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan co‘nggi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlaridan kelgan.

Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish va superrahmat tugmachasini bosib kanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki shikoyat Toshkentdan. Yunusobod tumanidan «Veolia Energy» mijozi yozmoqda

«Assalomu alaykum. Shanba kuni «Veolia Energy» shirkatining Toshkentdagi Yunusobod filialiga bordim issiq suvga pul to‘lagani.

Issiq suvga pulni hisoblab berishdi yangi narx bilan. Men pokazaniyani 29-mart kuni veolianing telegram botiga tashlagan edim, ular buni qabul qilishgan ekan, lekin hisob kitobni 26-martdan tariflar o‘zgargan deb yangi narxda hisoblab berishdi.

Tariflar 1-apreldan o‘zgargan edi-ku desam yo‘q 26-martdan o‘zgargan deb turib olishdi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan gaplashganimda, ular bu tashkilotni biz nazorat qilmaymiz bu tashkilotni Toshkent shahar hokimligi nazorat qiladi deyishdi.

Ularning aytishi bo‘yicha narxlar 1-apreldan amal qila boshlagan, men shunga aniqlik kiritish maqsadida Veolianing telefon nomerini terdim, 8.04 hisobi bilan 21 marta telefon qildim lekin telefonni ko‘tarishmayapti. Bu tashkilotni kontrol qiladigan vazirlik bormi o‘zi?» deya yozadi toshkentlik fuqaro.

Urganchda ko‘p qavatli uylarning podvali suvga to‘ldi. Navbatdagi shikoyat Xorazm viloyaidan.

«Assalomu alaykum, hurmatli Eltuz portali xodimlari!

 Iltimosimiz shuki Xorazm viloyati Urganch shahar 6-daha ko‘p qavatli uylari podvallari suv va axlatdan to‘lib, uy avariya holatiga kelib qolyapti.

Biz har oy shirkatga to‘lov qilamiz lekin qaysi qilgan ishi uchun qaysidir nazorat qilishi kerak-ku bu shirkatni ham. «Xorazm shinam uylar »  BSK boshqaruv servisi kompaniyasi majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzdorlikni to‘lash to‘g‘risida ogohlantirish xatlari bilan har kun xonadonma-xonadon yurib pullarni undirib olishadi. Bu tashkilotni qandaydir mehnat majburiyatlari, qilishi kerak bo‘lgan qandaydir yo‘riqnomasi bormi o‘zi?

Podval rasvo holatda tez-tez kanalizatsiya to‘lib toshib ketadi, uy fasadlari, podezdlar ham ta'mirtalab holatda, ko‘chada chiroq kuysa ham o‘zimiz qilamizku, podval suvdan to‘lishi oqibatida ayniqsa 1 etaj xonadonlarida hid va hashoratlar borligi achinarli hol.

Shirkatda ishchi xodimlar va rahbarlar 1 yilga yetmay almashib turadi yangi kelgani eski rahbar ko‘p qavatli uylarda eskirgan  padezd eshiklari va shunga o‘xshagan narsalarni yangilash kerak deb dasturga kiritib, lekin yangilamaganligini pullar rahbar cho‘ntagida qolganini aytishadi shunda biz to‘lov qilayotgan pullar nimaga ishlatildi biz yana to‘lov qilishga majburmizmi?

To‘lov qilishga kiynalmimiz lekin bu BSK boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlari insoniylik ,vijdon  bilan xalqqa xizmat qilishlarini so‘raymiz.

Hamisha bo‘shap ketgan rahbarga ayb to‘nkab endi unday bo‘lmaydi deyishadi biz bu gaplarga ishonishni, hamda haqiqatdan endi yaxshi bo‘lishini istaymiz. Amaliy yordam berishingizni so‘raymiz» deya shikoyat qilishmoqda urganchlik kvartira egalari.

Navbatdagi shikoyat Qashqadaryodan. Qarshilik ayol bolasining maktabda kaltaklangani, maktab raxbariyati esa bu holni yashirayotganini aytmoqda.

Keyingi shikoyat ham Qashqadaryodan. Kitob tumani Bog‘bon MFY turg‘unlari gaz masalasida murojaat yo‘llashgan.

So‘nggi maktub Navoiy viloyatidan. Kon metallurgiya kombinati ishchilari texnika havfsizligi oqibatida o‘lim holatlari yuz berayotganidan shikoyat qilishmoqda.

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimidan yozmoqdamiz. Kombinat tizimida ishchilarning ish vaqti vafot etishi, majruh bo‘lishi holatlari kuzatilmoqda. Masalan, 2024 yil 25 yanvar kuni Marjonbuloq koni hududida ekskavator mashinisti Sh. Abjalov samosval baloni tagida qolishi oqibatida vafot etdi. Mehnat muhofazasi departamenti holatni baxtsiz hodisa deb baholagan. Shu bilan birga, departament xulosasida ob'ektda sanoat xavfsizligini ta'minlash ishlari yetarli yo‘lga qo‘yilmagani qayd etilgan. Kombinat rahbariyatidan so‘ramoqchimiz, ishchilar o‘limi qachon to‘xtaydi? Sanoat xavfsizligi, texnika xavfsizligi mas'ul xodimlari o‘z maoshini oqlayaptimi? Holatga respublika idoralari e'tibor qaratadi degan umiddamiz”.

Va bu hozirgacha so‘nggi maktub edi. Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
23 mart 2024
Moskvadan dahshatli xabar keldi. Qurollangan odamlar «piknik» guruhining kontserti oldidan Moskvaning «Crocus City» kontsert zaliga bostirib kirishdi. Ular pulemyot bilan ...
11 fevral 2022
Aziz va mukarram, har biri duru javohirlar kabi qadrlilarim. Mabodo xafa bo‘lib, g‘am-g‘ussaga botgan, ishingiz yurishmagan bo‘lsa, boshlagan ishingizdan ...
10 fevral 2017
Deputatlar ham kutib turgan ekan shekilli, prezidentning faol bo‘ling, degan topshirig‘idan keyin bel bog‘lab xalq bilan ham tillashishga tushib ...
21 dekabr 2020
Qishloqi qiz shahardagi boy oilaga kelin bo‘lib tushgach, o‘z urug‘laridan uyalarkan: «Kevurmanglar kir-chir bo‘lib. Bizani uyimizaga faqat chiroyli kiyingan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...