Asosiy mavzular
13 avgust 2024

Salim o‘lgani yo‘q. Ukraina Rossiya hududlarini egalladi – 600’63

Ukraina Rossiya hududlarini egalladi. Bangladeshda diniy nizolar kuchaydi. AQSh shimolida to‘fon. Yunonistonda o‘rmonlar yonmoqda. Shvedlarni so‘kkan o‘zbek mulla Abror Abdazimov ustidan o‘zbekiston elchisiga petitsiya topshirildi.  Salimboy o‘lgani yo‘q va Bu 600 sekund.

+++

Uzoq turg‘unlikdan so‘ng Ukraina Rossiya urushida keskin burilish yuz berdi. Ukraina harbiy kuchlari Rossiya hududiga kirib kelmoqda. Ukraina istixborotiga ko‘ra harbiylar Kursk viloyatini egallamoqda. Rossiyaning 44 aholi punkti Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga o‘tdi.  Ukraina zabt etan bu hudud ayni soniyalarda qariyb 1000 kvadrat kilometr tashkil qiladi.Rossiya bu ma'lumotlarni haligacha rasman tasdiqlamagan bo‘lsa-da keng ko‘lamdagi evakuatsiya ishlarini olib bormoqda. Ukrainalik leytenant o‘z telegram kanalida 300 rossiyalik askarlar asirga tushganini ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga qaraganda Rossiya shaxsiy tarkibidagi askarlari tushkun va tarqoq holatda. Kursk aholisi hukumatdan ularni evakuatsiya qilishlarini so‘rab hukumatga murojaat qilishgan. Sal avval Putin Ukraina ishg‘oli natijasida uy joyidan ajralgan rossiyalik muhtoj fuqarolarga 100 dollardan tovon puli to‘lanishini va'da qilgan edi.  

+++

Bangladeshda boshlangan namoyishlar islom radikallarining hindularga qarshi jihodiga ulandi. Diniy-siyosiy nizolar natijasida hozirga qadar 300 kishi o‘lgani ma'lum.  Olomon hukumat qarorgohiga hujum qilgani ortidan mamlakat bosh vaziri Shayx Xasina iste'foga chiqib hukumatni harbiylar egalladi.

+++

Braziliyaning San Paolo shahri yaqinida passajir samolyoti halokatga uchradi. Uchuvchi to‘satdan uchoq boshqaruvini yo‘qotgani natijasida uchoqdagi barcha yo‘lovchir va ekipaj a'zolari halok bo‘ldi. Qurbonlar soni 62 nafar. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

+++

G‘azodagi shifoxonalar, masjid va maktablar Isroil hujumi uchun nishoniga aylandi. Tomonlarni murosaga keltirish bo‘yicha taklif qilingan uch bosqichli rejaga ko‘ra, Hamas 7 oktyabr kuni asirga olgan Isroilliklarni qaytarishi, shundan so‘ng Isroil askarlari G‘azoni tark etishi kerak. Hamas vakillari esa asirlarni qaytarishdan bosh tortmoqda.  Isroil va Hamas jangarilari urushda davom etarkan, g‘azolik tinch aholi qurbon bo‘lmoqda.  Isroil va Hamas nizosi o‘tgan yili oktyabrda Hamas jangchilarining Isroilga bostirib kirishi bilan boshlangan va urush 10 oydan beri davom etmoqda.

+++

AQShning shimoli-sharqiy hududlarida yuz bergan Debbi to‘foni va to‘xtovsiz yomg‘irlar sababli aholi jiddiy zarar ko‘rdi. Nyu York gubernatori shtat bo‘ylab favqulodda holat e'lon qildi. Janubiy Karolina, Merilend, Ogayo va Virjiniya shtatlarida ham favqulodda holat e'lon qilingan. To‘fon natijasida 7 kishi qurbon bo‘lgani ma'lum qilindi.

+++

Havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida Yunoniston o‘rmon yong‘inlarini boshdan kechirmoqda. O‘rmon yong‘inlari mamlakat poytaxti Afinaga qadar yaqinlashdi. Shahar atrofidagi 11 ta aholi yashash hududlarida evakuatsiya ishlari olib borilmoqda.

+++

Gaitida ommaviy namoyishlar tartibsizliklarga ulanib mahalliy jinoiy to‘dalar faollashdi. Jinoiy to‘dalar qurollangan, ular aholi uy-joylari va tadbirkorlik ob'ektlarini vayron qilmoqda. Poytaxtdagi asosiy davlat inshoatlari ham jinoiy to‘dalar nazoratida. Bir yildan beri davom etayotgan nizolarda 3000 ming odam qurbon bo‘ldi.

+++

Iroq Parlamenti qizlar uchun minimal nikoh yoshini 9 yosh qilib belgilashni rejalashtirgan. Parlament ilgari surayotgan yangi qonun loyihasiga ko‘ra qizlar uchun nikoh yoshi 9 yosh, o‘g‘il bolalar uchun 15 yosh qilib belgilangan. Ushbu qonun loyihasi inson huquqlari, bola huquqlari himoyachilarini faollashtirdi. YuNICEF taqdim etgan hisobotga ko‘ra, Iroqda o‘rtacha 28 foiz qizlar balog‘at yoshiga yetmasdan turmush quradi. Yangi qonun kuchga kirgach ushbu ko‘rsatkich keskin ko‘tarilishi muqarrar.

+++

Shvetsiyada bir guruh faollar  gomofob mulla Abror Abduazimov ustidan O‘zbekistonning Stokgolmdagi elchixonasida murojaat qilishdi. Nusxasi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Bosh prokurorga yo‘llangan arizada jumladan diniy voizning millatlararo nizoga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan chiqishlari uchun jazoga tortilishi, Shvetsiyadagi o‘zbeklar va shvedlarni haqoratlagan postlari o‘chirilishi, ulardan kechirim so‘rashi talab qilingan. Petitsiyani Shvetsiyadagi vaqtinchalik o‘zbek elchisi vazifasini o‘tayotgan yosh diplomat Aziz Adhamov qabul qilib oldi.  

+++

Parij-2024 Olimpiadasiga yakun yasaldi. O‘zbekiston medallar hisobi bo‘yicha 206 qatnashchisi bilan 13 o‘rinni egalladi. Bu mamlakat Olimpiya sporti tarixida rekord ko‘rsatkich. O‘zbekiston olimpiada natijalari bilan Markaziy Osiyoda va MDH davlatlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi,  Islom hamjihatligi hamda turkiy davlatlar orasida ham birinchi o‘rinda turibdi. O‘zbekistonlik sportchilar 8 oltin, 2 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Sport turlari orasida Boks jamoasi yaqqol yetakchi bo‘lib 7 ta vazn kategoriyasida 5 ta oltin medal qo‘lga kiritildi.

+++

Xorazm viloyatining Xiva shahrida qovun sayli bo‘lib o‘tdi. Azaldan hosil bayrami sifatida xalq nishonlaydigan qovun sayli xuddi gullar bayrami singari davlat miqyosidagi tadbirga aylandi. Qovun saylini o‘tkazish uchun byudjetdagi Xalq soliqlaridan pul ajratiladi, ammo mahalliy raxbarlar o‘qituvchi, vrach, hamshiralardan ham pul yig‘ib olishadi. Biroq shu sayldan Xalqing o‘zi bebahra qolgani aytilmoqda. Xivalik Eltuz insayderiga ko‘ra, bu yilgi qovun sayli zavqi, huzurini faqat amaldorlar ko‘ryapti. tadbirga oddiy xalq vakillari kirishi taqiqlangan.

+++

Majburiy ijro byurosi organlari nafaqat davlat tashkilotlari va muassasalar foydasiga, balki fuqarolar manfaati uchun ham ijro harakatlari olib boradi hamda qarzdorliklarni undiradi. Ma'lum bo‘lishicha, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «Bobirbek tekstil» MChJga tegishli yer maydonining ma'lum qismi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan hamda kompensatsiya pullari berilmagan. Shu sababli, tadbirkor sudga murojaat etgan. Bo‘ston tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan da'vogar «Bobirbek tekstil» MChJ foydasiga javobgar Andijon shahar hokimligidan 436 mln. 600 ming so‘m miqdorida kompensatsiya undirish belgilangan. Sud hujjatining ijrosini ta'minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi tomonidan tegishli tartibda ijro harakatlari olib borildi va natijada shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 436 mln. 600 ming so‘m miqdoridagi kompensatsiya pullari undirib berildi.

+++

Prezident medal bilan taqdirlagan tadbirkor Dilshod Otamirzaev qamaldi. Ma'lum bo‘lishicha, tadbirkor “Uchqo‘rg‘on farel baliq” MChJ ochib uni kengaytirish uchun 250 dan ortiq fuqarolardan pul yig‘ib olgan. Uchqo‘rg‘onliklar baliqchilik ishini rivojlantirib foydaga kirish maqsadida bankdan kredit olib Otamirzaevga berishgan. Fuqarolardan yig‘ilgan pulga baliq hovuzi qurilib, ozuqa sotib olingan.  Oradan vaqt o‘tgach tadbirkor yetilgan baliqlarni bozorga chiqarib sotib, hissadorlarga baliqlar kasallanib o‘lgani va daromaddan quruq qolishganini bildirgan.  Daromadni yashirib chetga qochishni rejalagan firibgar aeroportda qo‘lga olindi va qamaldi.

+++

Salimboy o‘lgani yo‘q. IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliev vafot etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qildi. Bundan cal avval tarmoqda Abduvalievning qamoqda o‘lgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.

Bu 600 sekund edi. Bu paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 668 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, superchat, superstiker va super raxmat tugmachalarini bosing, sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
30 sentyabr 2023
Eltuzga kelib tushgan anonim maktubda Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta'minlash departamentidagi korruptsiya va noto‘g‘ri boshqaruv haqida so‘z boradi.Departament ...
17 oktyabr 2023
Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy”, “Baxti Yangiabadskiy” taxalluslari bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev 14 oktyabr kuni o‘zining 52 yoshini Qibraydagi uyida ...
27 yanvar 2020
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani IIB qidiruv bo‘limining besh nafar xodimi gumonlanuvchini so‘roq paytida urib o‘ldirib qo‘yganlikda ayblanib hibsga olindi. ...
9 iyun 2017
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi talabi bilan poytaxtdagi Rassomlar uyida buzish ishlari vaqtinchalik to‘xtagan bo‘lsada, buning dushanba kunidan davom ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...