Asosiy mavzular
17 avgust 2024

«Bizga oltin ne kerak?» RTdan va'z

RT: Aziz og‘a-inilar, qadrdonlar, kunlar o‘tib hafta aylandi, yana bir jumada sizlar bilan ko‘rishganimdan xursand, shodman.

MC: Nichiksizlar Ho‘jkbrri, Mo‘chchioybikalar. Og‘o siz ulli shoir dayravarsin Erkin Vohidov bilan chin jo‘ro bo‘lg‘on akansiz. Shu doyini oydimlorinnon oytib during orolotip.

RT: Rahmatli Erkin akani yaqindan tanirdim. Uni o‘ldirish uchun 1990 yili mashinasi o‘qqa tutilganida bu haqda Komcomolskaya Pravda degan Moskvadagi gazetaga men ikki maqola yozganman. Erkin akaning sh'erlarida professional mahorat el dardi bilan yo‘g‘rilardi. Lekin o‘ta ehtiyot bo‘lib yozardi. Aytishlaricha, yomg‘ir yoqqanida Erkin aka zontiksiz yuraverar va xo‘l bo‘lmas ekan. Buning sababini so‘rasam. Men yomg‘ir tomchilari orasidan o‘tib yuraman derdi. 

«Yorab, qandoq kunga qoldik, bu nechuk savdo?

Odamlarda na shafqat bor, na mehru vafo.

Yigitlarda odob yo‘qdir, qizlar hayosiz,

Xotin zoti kun o‘tkazmas bir mojarosiz.

Qo‘yib bersa el bir-birin o‘yar ko‘zini,

Ovboshilar esa faqat o‘ylar o‘zini…

Dunyo oxir, birodarlar, yo‘q endi hayot.

Kuni kecha tamom bo‘ldi oxirgi mamont…».

Qadim ajdod o‘kinch bilan cho‘kib soyaga,

Bu so‘zlarni cho‘kich bilan yozdi qoyaga.

MS: O‘zi ovboshi diyani yurtboshi dap qoqitilg‘oniqu. Lekin oxirinda predoxrantel o‘nnotibdi shoir doyi.

RT: O‘zing qandaysan Matchon Suqulish?

MS: Timmitdinman. Lekin shu olimpiadani vog‘irdisi jonimo daydi. Kallasinda alip yo‘q yumruqsozlani Gagarin osmonnon chishgandin moropotlop yotibdilo. Svet yo‘q, gaz yo‘q, yo‘llo sikkima gulgan, o‘yinda bir do‘rom uni yo‘q. Eshikini aldinda ikki tondir. Ham movoting bilan qorsildop uchib gursildap singoysilo. 

RT: Vohay, vohay, Matchon suqilish. 

Qulluq qil demasman.

Yurt tuprog‘in o‘p,

Unga qullar emas,

fidolar kerak.

Uning senu mendek shoirlari ko‘p,

Buyuk elga endi daholar kerak.

MS: Qani shu daxo? Har yerda kasopat. Ha damaka xaji yo‘q. Bo‘ damaka bo‘ji yo‘q. Bosh vazir jillidin gaplani totrob yotibdi. To‘battdim.

RT: Rasmdagi yurtdoshim, millat faxrlansa arziydigan rassom Bahodir Jalolovdir!!!

Uning asarlari O‘zbekiston va dunyo muzeylaridan o‘rin olgan. 

Markaziy osiyoda Bahodir Jalolovga teng keladigan rassomlar sanoqli. 

Afsus bugungi jamiyat bir oyog‘i kriminal o‘g‘rilar botqog‘iga botgan «katta sport» yulduzlariga oshiq.

Xuddi gulxanga oshiq bo‘lgan parvona kapalak singari. 

O‘zi kabi odamni og‘zi burnini qon qilib urib tashash bilan shug‘ullandigan yumuruqsozning to‘yi to‘rida glavniy muftiy va boshqa mullabachchalar o‘tiribdi. 

Rassom Bahodir Jalolovni esa deyarli hech kim bilmaydi.

Xolbuki, aynan Bahodir Jalolovni  Saud qiroli o‘z qasriga taklif qilib poz berib portretini chizdirgan. 

Bu asar Saudiya qirolining Jiddadagi qasrida osig‘lik turibdi. 

Rassom asarlari Parij, London, Rim va Bryusseldagi muzeylar gultoji.

Keyingi sakkiz yilda hukm surayotgan saltanat mansublari esa Bahodir Jalol asarlarini vayron qilish bilan muttasil band.

Toshkentning eks xokimi Ortiqxo‘jaev «Dom kino»ga qo‘shib Bahodir Jalolovning «Mashaqqatlar aro taraqqiyot sari» degan monumental asarini buzib tashladi.

Farg‘ona hokimi esa teatr foyesiga Bahodir aka chizgan qizlar rasmi yuziga paranji chizdirib vandalizmning eng yomon ko‘rinishini amalga oshirdi.

Bahor ansambli binosiga qo‘shilib rassomning Mukarrama Turg‘unboeva haqidagi «Raqsning tug‘ilishi» degan asarini yo‘q qilishdi.

Bunday misollar yuzlab.

Boshqaruv elitasi ham, o‘zlarini ziyoli deb yurgan qashshoqlar ham yurt oydini Bahodir Jalolovni unutib bir yumuruqsoz mushtumi zo‘rni alqab maqtab yotibdi.

Bu endi tanazzul diagnozi. 

Bu manqurt olomon uchun bokschining Versal to‘yxonasida bergan tekin tomog‘i muxim. 

Vaholanki rassom  Bahodir Jalolov tirik va u Toshkentda ijod qilmoqda.

O‘lib ketgan jadidlar haqida shig‘ir yozishga o‘tib olganlar bugungi tirik jadid Baxodir Jalolov borligini bilmaydi ham. 

Rassom Bahodir Jalolov davrimizning aql idroki, his tuyg‘ularini aks ettirguvchi muarrix va vijdonidir.

MS: Og‘o siza savol galibi. Koon tushunavarmadim.  Salim qamoqda o‘ldimi degan savol.

RT: O‘lmadi. Lekin kasalmish…

MS: Salim, Salim, Salimjon nega bo‘lding sen nimjon?

(kulgi jingl)

Ko‘cha suruvboshisi o‘ldimi?

Kecha kechqurundan beri «Salim qamag‘da  o‘ldimi» degan savol kelyapti. Kim u Salim? Javobam tayyor. Shoir Bobir Bobomurod  «Hayotingiz bizga namuna» deb she'r bag‘ishlagan, xizmat ko‘rsatgan arts Abdulaziz Karimov qiroatini keltirib  kuylagan qo‘shiq qaxramoni. Villi Tokarev kuylaganidek «grajdanin Tashkenta»…

Menga qattiq botgani millat rivoji, fan, texnika, adabiyot yoki san'at uchun o‘zini fido qilganlar qolib, odamlar bir qartaboz katalani o‘ziga qaxramon qilgani.

O‘ladimi, o‘lmaydimi menga nima. 

O‘lsa kapanlab ko‘mib go‘rga qo‘yishadi. 

«Ko‘cha»ga sig‘ingan umurtqasiz o‘zbeklar suruvining cho‘poni qayda? 

«Ko‘cha» bu o‘zbeklarga sovetdan ilashgan illat!!!

Shunaqa deb yozsam, o‘lib ketgan kolxozchi enasining «gugurt bir tiyin edi. tuyalar yong‘oq tezaklardi» degan cho‘pchagini ko‘tarib keladi bugungi qashshoqlar.

 Tarix va ilmdan bexabar o‘qimagan joxillar. Xullas eshit.

«Vorы́ v zakone»  —  bu faqat SSSR uchun  spetsifik bo‘lgan jinoyat olami to‘daboshisidir. 

Bu rutba  1930-yillarda formalashgan. Mutloq yopiq va o‘ta konservativ ponyatkalar bilan ishlab kelayotgan jinoiy tizim.

O‘zbekiston SSR ham SSSRning bir qismi o‘laroq, qamoqxonalar orqali shu o‘g‘ri tizimga ilakishgan. 

Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligida «vor v zakone» degan tushuncha bo‘lmagan. O‘g‘rilar bo‘lgan ammo ular tashkilotlashmagan.

1863 yilda o‘ris bosqinchilari Toshkentni bosib olib qamoqxonalar qurgani ortidan rus kriminal odatlari mahalliy aholiga yuqa boshlagan.

Rossiyada ilk o‘g‘rilar jamoasi XVIII—XIX asrlarda Saxalin katorgalarida vujudga kelgan.

«Vanka xoin» ilk o‘g‘riboshi bo‘lgan. 

Bu tizim xozirgi xolatga 1930 yili SSSR turmalarida kelgan.

Qamoqlardagi professional ugolovniklar vasek, jigan, urka va  blatarlardan farqlanish uchun yangi kasta  («mast») yasalgan. Ular o‘zlarini elita deb e'lon qilishgan. 

O‘g‘ri degan nomga sazovor bo‘lish uchun doira va ramkalar aniqlangan. 

«Do‘konni o‘maradiganlar», «kvartirniy o‘g‘rilar », «maydanщiklar», «medvejatnik» (seyf buzadigan ) o‘zlarini yuqori sinf deb e'lon qilishgan. Ular orasidan vor zakonlar saylangan.

«Fortochnik», «golubyatnik», «cherdachnik» (quritishga qo‘yilgan kiyimni o‘maradiganlar), «vozdushnik» (bozordan sabzavot o‘maradiganlar ) va cho‘ntakesarlar past pog‘ona hisoblanib, ulardan vor zakon saylanmagan.  

Vor zakonlar «vorovskoy zakon»,  deb ataladigan  «shariat» ya'ni «ponyatkalar asosida hukmronlik qilishgan. 

Demak bu «ponyatka» asosan mana bulardan iborat:

  1. Tashqi jamoat normalaridan oshkora hazar qilish hukumat bilan hamkorlik qilmaslik. 
  2. Tergovchi savol berganda o‘zi qilgan jinoyat haqida faxr bilan tan olib javob berish. 
  3. Vorovskoy ustavga rioya qilish. 
  4. Qo‘lga tushganlarga qiynoqdan qutulish uchun sotqinlikni talab qilmaslik. 
  5. Ishlamay kun ko‘rish. 
  6. Qarindosh urug‘ bilan yaqin aloqada bo‘lmaslik. 
  7. Xotinlardan uzoq turish. Uylanmaslik. Oila qurmaslik. 
  8. Harbiy xizmatga bormaslik. Hukumat bergan qurolni ishlatmaslik. 
  9. Davlat manfaatlarini himoya qilish ham vor zakonlarga taqiqlangan.

O‘g‘rilarning baytul moli «obshyak» deb aytiladi. 1979 yili Kislovodsk shahrida o‘g‘rilarning podvolda jinsi shimni  noqonuniy tikadigan  sexoviklar bilan sxodkasi bo‘lib o‘tdi. 

Sxodkada sexoviklar o‘z daromadining 10 fozini o‘g‘rilar obshyagiga berishga rozi bo‘lishdi.

Traditsiyaga ko‘ra «vor v zakone»  albatta  kamida 5 yil qamalgan odam bo‘lishi kerak. 

Ammo ba'zi paytlarda vor zakon rutbasi «balanda ichmagan»larga pul evaziga berilgani ham o‘rtaga chiqdi. 

Bunday o‘g‘rilar  «apelsin» deya mashara qilinadi. 

Umuman o‘g‘rilar bir biri bilan kelisha olmay bir birini o‘ldirib turadi. Shunday bo‘lgani yaxshi. O‘zidan kamaysin.

Yaqinda topilgan qadimiy shumer ko‘zasi girdiga chizilgan rasm e'tiborimni tortdi. 

Ikki arslon o‘layapti. Arslondan zaif bo‘lgan kalxat bu ikki o‘layotgan arslonni panjasi bilan ushlab turibdi. 

3 ming yil oldin ichida tuz saqlangan bu ko‘za girdidagi rasm ostida shumer tilida mana bu she'r yozilgan. lu…lu-lu.lu-dili-dili, lu-didli. udu…

(Ma'nosi har qanday kuchli jonivor bir kun o‘zidan kuchsizga yem bo‘ladi) 

Qiziq, uch ming yil oldin ham ishi orqaga ketganlardan yaqinlari yuz o‘girgan. Uch ming yil oldin ham boy va qudratli paytingda seni kavushingni ushab turganlarning ishing ortga ketishi bilan boshingga kavush bilan urish odati bor ekan.

Inson harakterida  keyingi 3 ming yil ichida evolyutsiya  deyarli yo‘q.

Savol javobiga kelsak, jinoyatlari uchun qamalgan mahkum Salim Abduvaliev o‘limi haqidagi gaplar bo‘rttirilgan.

MS: O‘lmasni xudo, sinmasni kulol yorotmos. Bir gun o‘ladi Salim. Novvi davadi Navoiy oto?

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.

Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,

Qora sochning malla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Dod demoqqa palla bo‘lgani shudir.

Ma'rifatdan ayru o‘ynasa, kulsa,

Aza chog‘i yalla bo‘lgani shudir.

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,

Aldangani, alla bo‘lgani shudir.

Yulg‘ich aziz bo‘lib, bilgich xor bo‘lsa,

Paytavaning salla bo‘lgani shudir.

El komil bo‘lmasa yurt emas ulug‘,

Beqadr mahalla bo‘lgani shudir.

Qalb to‘la nur xalqning rizqi ham to‘lug‘,

Ombor to‘la g‘alla bo‘lgani shudir.

O‘zbek o‘zligini anglasa bekam,

Uning «Barakalla» bo‘lgani shudir.

Olamga Navoiy nasliman degan

Ovozi baralla bo‘lgani shudir.

MS: O‘zingiz ishonosizmi shu gaplara? O‘zbekistondayila Navoiyni she'rinamas shumxovoro qiziqadilar. Botir Qodirni anasi Sherali bilan atishganmi? Manzurani qochon ara baramiz? Dildorani alpons mardikor ari ishvalak atdimi? Faqat shu gaplar. Kallasinda alip yo‘q. O‘ting shumxovorlora og‘o. Bi jillila bir xazzatsin…

Shumxabarlar

Toshkent viloyatida xotinini o‘z joniga qasd qilishga majburlagan erkak 9 yilga qamaldi.

Moskva viloyat sudi Rossiyadagi «o‘zbek vatandoshlari» jamiyati raisi Usmon Barotovni «urushdan xo‘rozlarni qaytaring» degan gapi  uchun 4 yilga qamadi.

(Fenyada petux ko‘t degan ma'noni beradi)

Rossiya grajdani bo‘lgan Barotov Putinning Ukrainaga bosqinchilik urushini qoralab keladi.

Namanganning Pop tumanidagi o‘zbek erkak 9 avgust kuni o‘zining qarindoshi bo‘lgan xotin va uning ikki yosh bolasini pichoq bilan so‘yib tashadi.

Janjalga meros qolgan mol mulk sabab deyildi. Xotin va ikki bola go‘rda. Qotil qarindosh qamag‘da.

Buxorolik Bobomurodov G‘iyos Bekmurodovich o‘z xotiniga bolta bilan  xujum qilgani ortidan olti yilga qamaldi. Xotin mayib. Er qamag‘da.

Xazoraspda yetti oylik bo‘yida bo‘lgan ikkiqat kelinni qaynona qaynotasi urib o‘ldirdi. Kelin go‘dra. Er rossiyada.

MS: Og‘o dim qisqo bo‘lib getti. Sal uzinroq atib oyting. Ertak ishitgandiyn bo‘loli.

O‘ris yurtda jo‘rasining qizini zo‘rlagan Jo‘raqul

Moskva viloyat sudi O‘zbekiston grajdani, o‘zbek millatiga mansub Jo‘raqul. M.ni seksual zo‘ravonlik («Iznasilovanie») da aybli deb topdi.

Jo‘raqul o‘risdi qamag‘ida. 

Balki Ukrainaga urushga borib, zambarakka yem bo‘lib o‘ligi botqoqda chirib ketar. 

Jo‘raqul 2009 yildan beri Rossiyada yashab ishlaydi. Minglagan o‘zbek mardikorlaridan biri. Xar yili bir marta dekabr oyida O‘zbekistonga borib «ashag‘dagi» xotindi qorniga bola sop keladi. 

Bor kel, bor kel qilib Jo‘raqulning O‘zbekistondagi bollari soni ham uchta bo‘ldi. Xudo beraman desa beraveradi.

O‘tkan yil yanvardan boshlab Jo‘raqul Podmoskovedagi «Pekarne»  novvoyxonasining yemakxonasida oshchi bo‘lib ishga joylashdi. Povar deydi o‘rislar. Yemakxonaga keladigan o‘ris mijozlardan biri bilan oshna tutindi. Qiyomatlik o‘rtoq bo‘lishdi. 

Jo‘raqulga jo‘ra bo‘lgan o‘risning ati Pavel. Xotinining ati Mariya. Ularni o‘spirin qizining ati Liza. Lizochka.

Pavelning mehri iyib shu yil may oxirida o‘zbekdan orttirgan oshnasi Jo‘raqulni kurka so‘yib mehmonga chaqirdi.

Jo‘raqul yedi ichdi. Tinimsiz aljiradi. Vaqt allamahal bo‘lib qolgandi. 

Pavel va uning xotini Mariya mehmonga qarab «O‘rtto undaqa bemaxalda yurmagin. Bugun bizdi eshikda tunab, ertaga ettamattan ishga borovurasan» dedi.

Jo‘raqul uchun mehmonxonadagi divanga joy qiberishdi.

Yarim kechasi turgan Jo‘raqul qo‘shni xonada uxlayotgan o‘spirin qiz Lizani ustidan ko‘rpani tortib «Solnыshko, tы mne nravishsya» deb chala o‘rischa gapirib siniq tishini ko‘rsatib tirjaydi.

Qiz ko‘zini ochib ustida qip yalang‘och turgan «Dyadya Jora, Dyadya Uzbek» ya'ni o‘zbek amakini ko‘rib shok bo‘ldi.

Baqirmoqchi edi o‘zbek amaki og‘zini qo‘llari bilan yopdi. Tergov hujjatlariga ko‘ra, Jo‘raqul o‘z oshnasini qizini uning o‘z uyida zo‘rladi. 

Qiz bir muddatdan keyin «dyadya uzbek»ning tagidan sug‘urilib chiqib ota enasi yoniga qarab chopdi.

Ota ena avvaliga doktor chaqirib qizni tekshirtirdi. «Kaltaklanib zo‘rlangani haqida» tibbiy spravka tergov ishiga tirkaldi.

Pavel va Mariyaning o‘ris qo‘shnilari panshaxa ko‘tarib kelib, «manyak o‘zbek»ni o‘ldirmoqchi bo‘lishdi. Pavel izn bermadi. Podmoskove politsiyasi kelib, jo‘rasining qizini zo‘rlagan Jo‘raqul qo‘liga kishan soldi. 

Sudda Jo‘raqul «Kasal, ekani, O‘zbekistondagi xotini va uch bolasini boqaman deb mashtlada yurgani va shayton yo‘ldan urib jo‘rasining qizini zo‘rlab qo‘yganini» ko‘zida yosh bilan zorlanib gapirdi.

Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi. Jo‘raqul qamag‘da.

MS: Bilat. Jo‘rosini qizini atipmi. O‘ris yurt do‘li g‘or. Pilini oyog‘on bi qizg‘onch.

RT:  

Bizlar arra tortmoqdamiz, 

Arramizning tishi yo‘q.

Nega arrang tishi yo‘q, deb 

so‘raydigan kishi yo‘q.

Chunki bizlar anoyimas,

Pishib ketgan ko‘zimiz.

Arra tushgan o‘sha shoxda

O‘ltiribmiz o‘zimiz.

MS: Shoirni bu she'ri Ukrainadagi urush haqqinda.  Xozir o‘rislo utizip boshlodi. Og‘o, siz navchun shu ukrainlani tarapini olavarasiz?

RT: Nega Ukrainaga, Rossiya bosqiniga e'tibor beryapman? Chunki Ukrainlar nafaqat o‘z mustaqilligi, balki O‘zbekiston mustaqilligining bardavom bo‘lishi uchun qon to‘kmoqda. Ular bizlar uchun ham urishmoqda.

O‘zbekiston mustaqilligini ta'minlab bergan uch siyosatchidan biri, balki eng muximi Ukrainaning 1991 yildagi prezidenti Leonid Kravchuk bo‘lgan edi. 

1991 yilning 8 dekabrida Yeltsin, Kravchuk va Shushkevich Belorusiyaning Belovej o‘tlog‘ida to‘planishdi.

Bu davrda hali rasman SSSR mavjud va uning rahbari Gorbachev Moskvada faoliyat ko‘rsatayotgan edi.

Amalda esa mamlakat falaj ahvolda edi.

Belovej o‘tlog‘ida so‘z olgan Yeltsin «Respublikalar SSSRga yangi ittifoq shartnomasi asosida birlashishi taklifini beradi.

Kravchuk bo‘lsa «Meni Ukrain xalqi sayladi va men mustaqillik  e'lon qildim. Endi qanday qilib xalqimga yana SSSRga qaytamiz deb ayta olaman. Ukraina hech qanday shartnioma imzolamaydi» dedi.

Yeltsin bo‘lsa «Ukrainasiz SSSR bo‘lmaydi. Demak tarqalar ekanmiz deydi.

Shu tariqa dunyoning oltidan birini egallagan SSSR degan zulm saltanati tarqaldi.

Belovej o‘tlog‘iga MOdagi istonlardan faqat Nazarboev taklif qilindi. 

Nazarboev uchog‘ini zapravka qilaman deb Moskvaga qo‘ndi. Gorbachev bilan qisqa muddatga uchrashay deb birrovga Kremlga kirdi. Gorbachev unga «Sen anavi uchchalasiga qo‘shilma, senga SSSR vitse prezidenti lavozimini vada qilaman, yangi ittifoq shartnomasidan keyin dedi» Nazarboev bunga rozi bo‘lib, Belovej o‘tlog‘iga bormadi. Boshqa o‘tloqdan ta'ma qildi.

Karimov bo‘lsa o‘zini kasalga solib yotib oldi. 

Unutmanglar, Karimov oxirgi minutgacha sovetparast bo‘lgan. O‘zbekiston va boshqa 14 davlatning mustaqilligini avvalo xurmatli siyosatchi Mixail Gorbachev boshlagan «perestroyka» ta'minladi. Eng asosiy ishni esa Belovej o‘rmonida Boris Yeltsin amalga oshirdi. U SSSRni tarqatish haqidagi hujjatga imzo chekdi. 

O‘zbekiston mustaqilligini ta'minlagan yana bir qaxramon bor. Uni ham eslaylik. Leonid Kravchuk. Ukraina raxbari. U kishining azmi qarori va siyosiy yetukligi bois O‘zbekiston mustaqil bo‘ldi. Raxmat shu uch kishiga. O‘zbeklarning 98 foizi referendumda SSSR qolsin deb ovoz bergan va kecha hamma ko‘zidan siyib eslab haykalini yalab yulqaganingiz Karimov va  bugungi o‘zbek raxbarlari mutlaqo sssrparast edi. Sizlar sig‘inayotgan kgb ofitseri Sodiq mufti ham g‘irt sovetparast edi. 

Tarix ulug‘ murabbiy, qahramonlar yodi muqaddas. Mixail. Boris va Leonid bo‘lmaganida O‘zbekiston mustaqil bo‘lmas edi. Minnatdor el o‘laroq bu uch botirning haykalini tikaylik  O‘zbekistonning markaziy maydonlarda.

Yeltsinning buyuk xatosi KGB zobiti bo‘lgan Putinga taxtiravonini bergani bo‘ldi. 

Putin bo‘lsa SSSRni qayta tiklash kabi avantyuraga kirdi. Bunga yana Ukraina rozi bo‘lmadi. Putin fitna qilib Lugandon itvachchalarini yaratdi, Qirimni ishg‘ol qildi. Ukrainlar bo‘yin egmagach, qo‘shin tortib ustiga bostirib bordi.

Agar Ukraina yengilsa, O‘zbekiston o‘z mustaqilligidan ajraladi.

Mustaqillikka qarshi bo‘lgan parazit, qashshoq, ta'magir, kasal va tomirigacha sotqin bo‘lgan o‘risqul va arabqullar, bosqinchi Qutayba mozorini yalab tili qavargan zombilar hech narsa yozmasin.

Zamonaviy Xitoyda boy badavlat yashayotgan uyg‘urlardan so‘rang erkinlik kerakmi deb.

Mustaqillikdan xozirgi vassal rahbarlar ham jon deb voz kechadi.

Lekin jadid otalar qurgan O‘zbekiston mustaqilligini istagan  oz sonli bo‘lsa ham oydinlar bor.

Afsus yana biz uchun Ukrainlar qon to‘kmoqda. Ular g‘alaba qilsin. 

Nad nashey Rodinoyu dыm.

I znachit nam nujna odna pobeda.

Odna na vsex – mы za tsenoy ne postoim!  

Slava Ukraine! Geroyam slava!

MS: Og‘o ina biza olimpiyododa utib 8 oltin medal oldiq. Lekin navchun moshinni sportsmen minib olimlo piyoda qolyotrlo…

Tunda tramvayda sarxush o‘spirin

Tinmay haydovchiga yolvorar edi.

Ana u ko‘chaga yuz qadam kiring,

Uyim o‘sha yerda, jon aka, derdi.

Bu — tramvay, derdi haydovchi xunob,

Temir iz bor, chetga qandoq buraman?

Yigit qulog‘iga kirmasdi javob,—

Besh so‘m oling, mayli, o‘n so‘m beraman…

U sarxush yigitga o‘xshaydi ko‘ngil,

Orzulari parvoz etar qaydadir.

Talpinma, ey ko‘ngil, Sen gapga ko‘ngil!

Axir makonimiz tramvaydadir.

Matchonboy sening gaping bilan mana Erkin akani esladik. U yozgan  “Oltin devor” spektaklida millat rivoji uchun oltin emas balki aql va ilm zarurligi ta'kidlanadi. Bizga oltin ne kerak

Video

MS: Oltin garak, bo‘lso agar agar chalak chalak. Og‘o uring potyani.

Assalom O‘zbekiston, Juma Muborak!

Tag‘in o‘qing
16 sentyabr 2019
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston diniy siyosatida qandaydir o‘zgarishlardan darak berishga ishoralar paydo bo‘lmoqda.  Lekin bo‘layotgan ishoralar siyosatda emas, balki diniy ...
14 yanvar 2022
Bormisiz zukko, aqlli va samimiy do‘stim! O‘tgan hafta men ham siz kabi butun e'tiborimni O‘zekiston qo‘shnisi – Qozog‘istonga qaratdim. ...
14 iyul 2016
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan parlamentga saylangan deputatlar o‘n kuncha o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilari bilan uchrashgan. Bu uchrashuvlarda ular ...
25 fevral 2022
“Vladimir Zelenskiy undan deyarli hech kim kutmagan rolni o‘ynamoqda: Ukrainaning urush davridagi prezidenti rolini”, deb yozdi New York Times ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...