Asosiy mavzular
23 avgust 2024

Nega o‘zbek erkagi hijob kiyadi? – RTdan va'z

RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman.

MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik birrilo. Xivodayi Gulnora biyi, Ismoyil olqosh, Soporgul opo, So‘ltonposhsho apkala, hokimla, Matchon buvoni Moskvadayi asrak oxtiqlori nichiksizla…

RT: Matchon Suqulish, to‘yda salom aytganday bo‘ldingmi?

MS: Og‘o xozir quri salomni qiziqi yo‘q. Kasmayincha qon chiqmidi. Pl bilan go‘rishish garak. Bar porani o‘ldir puqaroni.

PORANEWS

RT: G‘allaorollik hokim yordamchisi I.K. Bir ovsarni bannisaga ishga apkiraman deya 1200 dollar pora olganida ushlandi.

MS: Medsestra bo‘lish uchun poro barjakmi bi yetmak qon toshog‘onlo. Keyin nito ukol urip odom o‘ldiradila…

RT: O‘rtachirchiqlik hokim yordamchisi K.M. 1,8 gektar yerni 10 yil muddatga ijaraga oberaman deya 15 ming dollar talab qilib, oldindan 13 ming dollar olganida ushlandi.

MS: nerda vu zam hokim

RT: Qamag‘da. Zam hokimmas. Hokim yordamchisi

MS: Pomhokim qomoqdo. Ina kishtak rotollo. Tuyamo‘yin sardoriman, vohay vohay!

RT: Farg‘ona harbiy gospitalida sanitarka bo‘lgan xotin ishga olib kirish uchun 1000 AQSh dollari pora oldi.  Sanitarkani ishga kiritishda gospital boshlig‘i o‘rinbosari yordam berishini ta'kidlagan. Tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan sanitarka Farg‘ona viloyat sudi tomonidan bir yil axloq tuzatish ishlari va eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida jarima bilan jazolandi.

+++

Toshobldagi konsalting firma rahbari toshkentlik loxga chet tilini bilish bo‘yicha milliy sertifikat olib berib, uni Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. Poraxo‘r qamag‘da. Qolgan million million poraxo‘r mulozimlar hali qamalmadi. Tegirmon navbati bilan.

MS: Ha qorsildop uchib, gursildap singgoy. Barganam, olg‘onom. Yurtni poraxo‘r bosipti. Og‘o quri poroxo‘r. Indi aprsnyusa o‘ting. O‘zbekistondagi har uch odomni biri apris, biri lox yana biri kozel…

APRS NYuS

Nurobod tumanida Angliya davlatiga ishga yuborishni va'da qilib loxlardan pul terib yurgan  aprsni ushab qamab tashashdi.

Aprs E.X. go‘yoki Angliya davlatidagi ministr tanishi yordamida 5 nafar o‘zbek qashshog‘ini ushbu davlatga ishga yuborishini va'da qilib, ularning jami 10 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

MS: Aprist nerda xozir?

RT: Aprs qamag‘da. 

MS: Loxla poda poda bo‘lib kim oladiyo shuginani dap qonor xoltoda  pul ko‘tarib yuribdila. Og‘o sal uzinroq, podrobniy atip oyting bu aprislani. El bilsin novvi, nerda, navchun…

Korruptsion sxema

«Perevod» bilan qozoq, qirg‘iz, o‘ris, oqo‘ris va boshqa shubhali davlatlardagi universitetlardan O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirishni TAQIQLASh kerak.

Bu 100 foiz korruptsion sxema. Minglab misollar bor. Mana bu esa Bosh prokuratura xabari.

«Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “Korzinka” savdo majmuasi avtoturargohida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Yu. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi O‘sh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 5000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.»

MS: Nerda bu apris

RT: Bu firibgar aprs qamag‘da. Ammo qamoqqa tushmagani qancha?

MS: Xirrik

«Turkiya orqali Amerikaga jo‘natvoraman» deya o‘zbeklarni aldab pulini o‘margan aprs 48 yashar Dilafro‘z Madieva Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qo‘lga olinib qo‘liga kishan solindi. 

O‘nlab odamlarning pulini olib qaqshatgan aprs ikki yildan beri qidiruvda edi. 

Istanbuldan deport qilingan Dilafro‘zni Toshkent aerportida qamoq mashinasi kutib oldi. Aprs qamag‘da.

O‘zbekistonda eng ko‘p sodir qilinayotgan va kishilar eng ko‘p zarar ko‘rayotgan jinoyat firibgarlik bo‘lib qolmoqda. 

Matchon Suqilish aytganiday har uch odamning biri firibgar.

MT: Novvi davaadi Navoiy otomiz?

Jingl

Chustlik APRS

Chustlik firibgar I. Rahmonov o‘zining “Jentra” rusumli mashinasiga xaridor bo‘lgan X. Mirzaevdan 17 ming AQSh dollari olgan. 

Firibgar xuddi shu mashinani fuqaro M. Xalilovga ham sotgan va hujjatlarni rasmiylashtirib bermagan holda dastlabki to‘lov uchun 3200 AQSh dollari olgan. 

Pullar to‘liq yeb yuborilgan, mashina esa yo‘q.

Davlat raqam belgisi 50 K763VV bo‘lgan Jentra moshin qidiruvga berilgan. 

Firibgar hozircha qamag‘da emas

+++

Toshkentlik 49 yashar aprs yolg‘ondan  «O‘zbekfilm»da nachalnik bo‘lib ishlayman deb kino olmoqchi bo‘gan bitta loxni  yaxshigina summaga uxlatdi. 

Bu aprs Zangiota qamag‘idagi bitta ariston xotin xayotiga bag‘ishlangan ko‘p qismli serialni suratga olish uchun xudsovetdan izn aberaman deb 20 ming dollarni olgan vaqtida qo‘liga kishan solindi. 

Aprs qamag‘da. Ariston xotinam qamag‘da. Kino haqidagi gap fuflo. Faqat savol tug‘iladi. Demak shu paytgacha Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengashdan katta pora evaziga tufta kinolarga ruxat olib kelingan bo‘lib chiqadimi. 

Eh Shuhrat aka. Ehtiyot bo‘vuruing.

MS: Karimopni qamoqdayi qiyzi Gunnora apika hoqqinda oljoqmadi kinoni. Xozirqi prezidentni qizlori hoqqinda olso bo‘lmydimi amdolli…

RT: Lenin aytganiday, barcha san'atlar ichida eng muhimi kino…

MS: Og‘o o‘lgan qotqon¸ arini o‘ldirgan, xotinini so‘yg‘onlo yo‘qmi. Shumxovorlora o‘ting indi. Gazikma gazik.

Shumxabarlar

RT: Qashqadaryoda 14 soat uzluksiz ishlagan IIB PPS xodimi uyqusirab avariyaga uchrab o‘ldi.

MS: Milisa go‘rda. Adolat nerda?

RT: Qashqadaryoning G‘uzorida o‘z erini o‘ldirib, murdasini quduqqa tashladi. 40 yashar er go‘rda. Xotin qamag‘da.

Jingl hayot beshafqat

MS: Qutulipti noymit. Or nomusi bo xotin akan. O‘lisini quyig‘o toshomin, tondirdo yoqish garak adi. 

RT: Toshloqlik 32 yashar o‘g‘il o‘z onasini o‘lasi qilib urib, barmoqlarini tok qaychi bilan kesib tashadi. 

Ona bo‘lsa «bolamni qamamang» deb ariza berdi. Toshloqlik «manyak»ni oldin qamashdi, keyin sud qarori bilan jinnixonaga tekshirishga yuborishdi. Sud qaroriga ko‘ra, xujum quroli yo‘q qilindi.

Ona bannisada. Barmoqlar go‘rda. O‘g‘il jinnixonada. Tok qaychi metalolomda. Razolat va kasofat Yangi O‘zbekistonda.

Shuhrat G‘aniev Parxona xokimi bo‘ganida toshloqliklar haqida aytgani yuz poiz to‘g‘ri.

MS: Novvi davadi Shuxrat birat…

video

MS: Og‘o indi gazik shilqimiston tozoliqlorino. Kim kimni amjakini g‘ijimlodi. Kim kimni atdi?

RT: Yakkasaray sudi 24 yashar toshkentlik taksichini mijozga seks shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamadi. 

Taksichi o‘z mashinasiga o‘tirgan uch nafar chet ellik qizlarga qoshini qoqib, ko‘zini qisib,  xar xil uyat gaplarni rus tilida aytgan.

Qizlar ruscha bilmaymiz, inglizcha gapiramiz deganida bu sho‘pr degan seks shilqim qo‘li bilan «trax trax» ishorasini qilib ko‘rsatkan. 

Bardachoqdan yelim zakarqop (kondom, prezervativ) olib qizlarga ko‘rsatgan.

Qizlar mashinadan tushib qochib, milisaga xabar berishgan.

Sudda bu seks shilqim o‘z aybini to‘la tan oldi, qashshoqligi, arenda moshnda kira qilishi, hamda kasalu nimjonligini aytib, yig‘lab kechirim so‘radi.

Seks rijol jinsiy shilqimlikda aybdor deb topilib, panelniyga yuborildi.

Seks shilqim sho‘pr qamag‘da.

MS: O‘l monloyi qoro!

RT: Boshqa sho‘prlar esa ertalab enasidan duo olib «albatta mijozlarimni emchagini ezg‘ilayman» deb ishga otlanmoqda.

Shilqimistonda yana bir tong otdi.

Yunusobod sudi 54 yashar elektrikni yosh bolaga seksual shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamadi. Sudda elektrik qashshoq va kasal ekani uchun qamamasliklarini ko‘zida yosh bilan tilandi.

Elektr tizimidagi problemani tuzatish uchun uyga chaqirilgan elektrik begona xonadondagi yosh qizchani piypalab ezg‘ilab boshlaydi. Bu xolatni qizning buvisi ko‘rib qolib, milisaga telefon qildi.

Seks shilqim va pedofil svetchi qamag‘da. Nega «O‘tkan kunlar» kinosida «Otabek Kumushni o‘pgani» uchun kinoni zapret qilishni so‘rab o‘zidan avrat qorovul yasaydigan yaratiqlarning so‘zi shu qadar shilqim va seksual ozabochenniy? 

Statistikaga ko‘ra, pornxab ko‘rarmanlarining asosiy qismi  MO dagi rijollar ekan.

Bu ipplaslar Iroqdagi kabi 9 yashar qizga uylanish qonuniy bo‘lishini kuni tun orzu qilishadi.

MS: Dalshe so‘llang og‘o…

Denov tuman 11-maktab direktori, oliy toifali pedagog  Tursunov Abdurasul  Minor mahallasida yashovchi eri Rossiyada mardikor bo‘lgan xotinni uyiga kirib qip yalang‘och bo‘lib ayshu ishrat qilayotganida ushlanib samosud¸ sazoyi qilingani haqida Eltuz yozgan edi.

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi  maxsus yorliq bilan rasman bu xabarga munosabat bildirdi.

Bu xabarda aytilishicha. Tursunov Abdurasul  13 avgust kuni dirktrlikdan bo‘shatilgan.  Tursunov eri o‘risda yurgan juvonni 17 avgust kuni tagiga bosgan. 

MS: Ha, turmin qolg‘iy Tursunovni asvopi…

RT: Demak bu sevgi xolatida Tursunov maktab direktori bo‘lmagan. Oddiy «Layli Majnunlik» Lyubov markov. Qilgan mamnun¸ bergan rozi. Tarqaldik.

MS: Sayoq yurgan – zadniy chislo bilan tayoq yeydi.

RT: Xurmatli erkaklar, dieta qilinglar. Qorin tarvuzday bo‘lib ketmasin. Direktor ekanman deb oldingizga qo‘yilgan yemakni yamlab yutavermeng. Ashiiincha bo‘p ketadi keyin qorin. Meshayt qiladi. Sog‘liqqa va imidjga ziyon.

Titr: Reklamaning iti

E'lon. Eshik sotiladi. Narxi 2 milliard. Yaxshi eshik. O‘zligi yashashligi uchun qurilgan, sifatli. Davlatti pulini qaytarish uchun sotyapti. Bo‘masa sotmasdi. Oluvchilar Madvazirlikka murojaat qiling. Tez, sro‘chna, sotiladi. Naqd pul, dollar, tanga, kripta parqi yo‘q.

ER O‘ZI NYeGA KYeRAK? 

Rossiyadagi eri bilan video qo‘ng‘iroqda urishib qolgan xotin achchiqlanib o‘z bolasini bo‘g‘di. Migrant er ushbu videoni IIBga jo‘natgan. Xotin ikki yarim yilga qamaldi. Xotin qamag‘da, er Rossiyada, bola detdomda. 

Ma'lum bo‘lishicha, migrant er Rossiyada ikkinchi xotin olib, O‘zbekistondagi oilasiga pul jo‘natmay qo‘ygan. Xotin muqaddam ajrashgan, uning birinchi eri ham Rossiyada uylanib olib ikki bolasiga umuman pul jo‘natmagan.

O‘z bolasini bo‘g‘ib qiynagan xotin aybdor. Biroq bolasiga pul jo‘natmasdan ochdan o‘ldirmoqchi bo‘lgan er ham aybdor. Qonunchilikda mas'uliyatsizlik uchun javobgarlik yo‘q. 

Erim bo‘lsa, ishlab boqadi qabilida shosha-pisha turmush quradigan xotinlar ko‘paygan. Bir-ikki kechalik kayfini o‘ylab uylanadigan so‘butsiz erkaklar ham ko‘p. Manfaatlar ustiga qurilgan yolg‘on oila nimaga kerak?

Bunday oilaning funktsiyasi alamzada, mehrsiz, hech kimga kerakmas bolalarni ko‘paytirishdan iborat.

MS: Og‘o indi, ma'naviyat yangiliklarina o‘ting. Odomlo sal tarbiya go‘rsin…

20 yashar angrenlik kuspurush 20 yashar o‘zbek qizni Dubayga jalapchilikka yuvorayotganida Toshkent aeroportida qo‘lga tushdi. Bu kuspurush Dubaydagi o‘zbek mamaro‘zadan har bitta yuvorgan jalap uchun 2000 dollardan olarkan. Qiz uchun Dubay uxladi. Kuspurush qamag‘da.

+++

Namanganda 50 yoshli erkak masjidda o‘g‘rilik qilgani uchun  3 yilu 7 oyga kesildi.

MS: Xorop. Mechittdayilani kiysasini kasipmi

RT: Shariat o‘rnataman deb chiqish qilgan Odilxon Kamolov degan rijol qamaldi.

MS: 15 so‘tka oz bu mo‘llog‘a

RT: O‘zbekistonda mishiqi bolasini  noqonuniy hujradagi pedofil mullaga oborib «etiyam, ketiyam sizdiki» deydigon zombi  ota-onalar uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Senat nihoyat uyqudan uyg‘onib, oliy majlis tomiga qora bayroq osishni orzu qilgan  zombilar qurt qumursqa, bit burga kabi ko‘payib epidemiyaga aylanganini tushunib yetdi. 

Muhokama jarayonida senatorlar keyingi yillarda voyaga yetmagan bolalarni qonunga xilof diniy ta'lim olishga aynan ota-onalarning o‘zi olib borishi holatlari ko‘payib borayotganini ta'kidladi.

 2021-2023 yillar mobaynida noqonuniy diniy ta'limotdan saboq berish bilan bog‘liq 2 457 ta ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan. 

Ularning 1 479 tasi  “hujra” sharoitida tashkil etilgan bo‘lib, ularda tahsil olayotganlarning 60 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etgan”, 

Bildirilishicha, so‘nggi 3 yilda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan voyaga yetmagan shaxslar soni 4 baravarga oshgan.

 MS: Og‘o shu maktablani ilip toshob bolloni mo‘llolo o‘qitavarsa novvi bo‘lodi?

 RT: Arablar elektr tokini qaxrabo deb atashadi va zamonaviy arab davlatlarining barchasida  fizika darslarida tok bilan bog‘liq jarayonlar o‘quvchilarga ilmiy jihatdan tushuntiriladi.

O‘zbekistonda fizika o‘qituvchisi jumaga ketgani bois, ko‘p xollarda bolalar fizika darsini o‘qimay maktab xatm qiladi. 

Bu bollar qatnagan xujralarda eshitgan cho‘pchaklarida esa elektr toki haqida hech narsa yo‘q.

Maymuna onamizning uylarida elektr bo‘lmagani aniq. 

 Mayli, o‘qimasa o‘qimasin fizikani «zato o‘lsam ustimda tajvid bilan qiroat qiladi» degan ota enalar shashishmang.

Fizikani bilmagani uchun o‘lgan bolangiz murdasi ustida sizning tilovat qilish imkoningiz ko‘proq. 

Qarshi tumanidagi basseynda 18 yashar bolani tok urdi.

 Bola srazi tarashaday qotib, bir ko‘kardiyu o‘ldi qoldi.

Bu bola suvdan chiqib xo‘l oyog‘ini basseyn yonidagi razetkaga tiqqan.

Bolaning elektr toki haqidagi bilimi yo‘qligi bir muammo. Basseyndagi suv yoniga yuqori kuchlanishli toki bor to‘rttalik razetkani o‘nnatib qo‘yganlar qaysi xujrani xatm qig‘an?

Xullas bola go‘rda, fizika mallimi jumada, monterlar umrada, texnika xavfsizligi esa cherez xayraton Shibirg‘onga ketib qogan.

+++

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi zapravkada pistoletchi bo‘lib ishlaydigan o‘zbek migrant diniy ekstremizm va terrorizmda ayblanib qo‘lga olindi. 

Tergovga ko‘ra, o‘zbek migranti boshqa markaziy osiyolik mardikorlarni IShID, XUROSON terror tashkilotiga yollash va islomiy terrorizm propagandasi bilan shug‘ullangan.

 Eltuz ko‘rgan videoda o‘zbekning qanday ushlangani aks etgan.

Terrorchi tashkilot bo‘lgan IShID (DOISh yoki Iroq Shom Islom Davlati) saflariga minglarcha o‘zbek erkaklari kirib Suriyadagi tinch aholini qirish bilan shug‘ullangan. 

 Minglarcha o‘zbek xotin-qizlari esa IShID kallakesarlariga erga tegib, «seks jihod» qilgan. Bu Seks jihodchi xotinlar IShID yutqazganidan keyin kurdlar qo‘lida xor bo‘lib yuruvdi. 

O‘zbekiston hukumati bu hijobashka otin oyi, seks jihodistlarni terrorchilardan orttirgan bola baqrasiga qo‘shib, besh samolyot qilib, davlat hisobidan O‘zbekistonga qaytargandi.

 Bu xotinlarning bir qismi  yana aylanma yo‘llar bilan Misr va boshqa radikalizm markazlariga qaytib ketgan.

 O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas.

 Bu matn ostiga qoldirilgan izoxda Suriyadan qaytarilgan 785 xotindan 620 nafari qaytib ketgan va 100 ga yaqini qaytadan og‘ir jiniyat sodir qilgan. 

Foto

MS: Bu zombilara gap ta'sir atmiydi

 RT: Ta'sir qiladi. Mana Diniy propagandachi bloger Go‘zal Nazarqosimova diniy mavzudagi postlarini to‘xtatishini ma'lum qildi. 

Eltuz Go‘zal Nazarqosimovaning din mavzusidagi radikal qarashlari va kuch ishlatar tizimlarga tahdidi haqida to‘xtalgan edi. Shundan so‘ng, Nazarqosimova internet faoliyatidagi mavzuni o‘zgartirishga qaror berdi. 

MS: Borchamiza dunyoviy davlat saodati yor bo‘lsin.

RT: Odamlar hali g‘orlarda yashagan paytda ularni to‘da sifatida boshqarish uchun ovboshi va uning adminstratsiyasi yonida boshiga mamont ichagidan salla o‘ragan ruxoniy bo‘lgan.

U odamlarga ruhiy ta'sir ko‘rsatib, o‘ldirilgan qo‘tosning soni va yumshoq joylarini ovboshi va uning oilasi «eyishligi joiz», sizlar bo‘lsa «shukr qilishingiz va men nima desam indamay ashi ishti qilishligingiz joiz» deb strelka berib turgan.

G‘or odamlari «uvvv» deb bu mamont sallani gapiga ishonishgan. 

Bu mamont salla «bir ikki yil oldin bizani g‘orga naezd qilib, bola baqra xotin xalajni o‘ldirgan paloniy bosqinchi emas edi. U bizani lishniy og‘izlardan xalos qilgan ulug‘imiz edi desa » desa. G‘or odamlart «Uvvv ashanaqa», «Ulug‘imsan jallodim»  deyishgan.

Bu ijtimoiy gipnoz.  Umuman, har qanday din asosini ijtimoiy gipnoz tashkil qiladi. Tasavvur qiling, gipnozchi sizga qarab zalda buyruq beryapti. Siz aql va mantiqni unutib, gipnozchi buyrug‘ini bajarasiz.

Mana o‘sha g‘or davridagi mamont ichagidan salla kiyganlarning bugungi variantlari «barcha obratno paranjiga kirsin» deb yotibdi.

Buni eshitgan erkak ko‘rmuridlar ham shartta hijobga kirvorishdi.

Sag‘al oldin Toshkentda ikkita so‘laqmonday erkak hijobdi ichidan «moshollox» deb chig‘ib kelgandi.

Mana anjandayam ko‘chada burqa kiyib yurgan erkak ushlandi. 

Burqa ichidan chiqqan anjanlik ishtrap qilindi. Bu to‘g‘ri. 

Chunki, bu anjanlik pitna chig‘orib, burqai mukarrama va paranjiul aziza, hamda hijobul halimaga negativ munosbat xosil qildi.

Ne to‘lka anjan milisasi balki Tangri taborak ham pitna chig‘organi la'natlaydi.

Val fitnatul ashaddiy minal kufr. Val fitnatul ashaddi minal qatl.

Bu muborak oyat mazmuni «fitna qilg‘ondan ko‘ra, odam so‘yganing  yaxshi» degani.

MS: Og‘o sho‘rda tormozo bosing! Alni ochip uring potyani!

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
2 yanvar 2017
Ijtimoiy tarmoqda qorqiz kiyimini kiygan erkakni haqoratlab so‘kib, kaltaklangani aks etgan video paydo bo‘ldi. Shu bugun feysbukga qo‘yilgan, qo‘l ...
29 yanvar 2018
Toshkent shahri markazidagi modern me'morchilik namunasi bo‘lgan Kinochilar uyi va boshqa binolarning buzilishi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining ...
14 fevral 2019
12 fevral kuni tarmoqda Sankt-Peterburgda qor kurayotgan o‘zbeklar videosi tarqaldi. «Pul topish juda oson. Qorlarning tagidan pul chiqadi. Necha ...
29 aprel 2017
O‘zining ikki sahifasini to‘liq tez yordam xizmati faoliyatiga bag‘ishlagan “Oila va jamiyat” gazetasi (26.04) tibbiyot tizimidagi jiddiy bir muammoni ...
Bloglar
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...
10 avgust 2024
O‘zbekistonda bir arvoh kezib yuribdi. Bu Karimov arvohi. O‘zbekiston Karimov davridagi paranoyaga qaytib matbuotdagi «arvox» ...
8 avgust 2024
«Arabiston tuprog‘ida bola tug‘ish» maqsadidagi xotinlar va ularni yetaklab ketayotgan erkaklar. Arabistonda o‘qilgan sha'riy nikohga ...