Asosiy mavzular
9 oktyabr 2024

Isroilda terakt, Bayrut bo‘mbalandi, Buxoro va Navoiyda baxtsiz xodisa – 600’71

Isroilda terakt. Rossiyada Yutubning to‘silishiga qarshi namoyishlar, Ukrainadagi rus  xarbiy asirlari, Buxorodagi elektr idorasi va Navoiy oltin konidagi baxtsiz xodisa va bu 600 SEKUND

6 oktyabr kuni Isroilning Beer Sheva shahridagi avtovokzalda terakt sodir bo‘ldi. Terrorchi 29 yashar badaviy arab Axmad Al-Ukbi ekani ma'lum qilindi. Terror hujumi natijasida 1 kishi halok bo‘lib, 10 kishi jarohatlangan. Terrorchi voqea joyida o‘ldirildi. 

Rossiyaning Novosibisk shahrida Youtube tarmog‘ining bloklanishiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Mitingni Rossiya Kommunistik Partiyasi tashkil qilgan. Tashkilotchilar miting o‘tkazish uchun ikki marta ariza tashlagan bo‘lishiga qaramasdan hukumat vakillari miting o‘tkazishga ruxsat berishmadi. Bor yo‘g‘i 30 kishi kichik bir namoyish uyushtirdi, 9 kishi sahnada nutq so‘zladi. Miting hududini ertalabdan politsiya nazoratga olgan. 

Eronning bugungi kunda amaldagi yetakchisi Ali Xumayniy harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Xojizodani mukofotladi. 1 oktyabr portlashlarini tashkil qilgan Amir Ali Xojizodaga G‘alaba Medali topshirildi. 1 oktyabr kuni Eron Isroilga yog‘dirgan dron hujumi natijasida birgina arab fuqarosi halok bo‘lgan edi. Isroilda jarohatlanganlar yo‘qligi va bino-inshootlar jiddiy talofat ko‘rmagani aytilmoqda. Eron ommaviy axborot vositalari esa buni g‘alaba deya atamoqda. 

Rossiyada yana yong‘in alangaladi. Bu safar Dog‘istonning Kaspiysk shahridagi savdo bazasi yonib ketdi. Olov 700 metr kvadrat hududni egalladi. Yong‘in natijasida uch kishi jarohatlangan.

… 

Ukraina Rossiyalik asirlarni qanday boqayotgani ma'lum qilindi. Har bir asir askarga 600 gram birinchi taom, 400 gram ikkinchi taom, 40 gram go‘sht, 300 gram non va 60 gram salat beriladi. Har safar tushlik va kechki taomga shuncha maxsulot iste'mol qilayotgan askarlar salatlarni yaxshilashni so‘rashmoqda. “Oddiy to‘rg‘algan bodringdan ko‘ra mehr bilan tayyorlangan olivye berishsa yaxshi bo‘lardi” deydi rossiyalik asirlardan biri. Bundan tashqari Rossiyalik asirlarga har oy 1,500 grivna maosh ham to‘lanmoqda.

… 

Rossiya tomoni Ukrainalik asirlar menyusini oshkor qilmadi. So‘nggi tarqalgan ko‘plab videolarda asirga olingan ukrain harbiylarining shunchaki otib tashlanayotgani aks etgan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra rossiya tutqunidan qutqarilgan asirlar och nahor saqlangani va misli ko‘rilmagan qiynoqlargv tutilgani bildiriladi. 

…  

Qattiq stress tufayli Pavel Durovning ma'shuqasi qornidagi bola nobud bo‘ldi. Durovning ijtimoy tarmoqdagi bayonotiga ko‘ra u Parijda qo‘lga olingan kunda hamrohlik qilgan ma'shuqasi Yuliya homilador bo‘lgan. Biroq qattiq ruhiy zo‘riqish tufayli uning homilasi nobud bo‘lgan.

… 

Donald Tramp saylovchilariga kosmik va'dalar bermoqda. Nomzodning ta'kidlashicha keyingi prezidentlik muddatida Amerikaliklar Marsga sayohat qiladi va kosmik tadqiqotlarda birinchilikni qo‘lga kiritadi. Shunday deya Donald Tramp Ilon Maskka respublikachilar nomidan minnatdorchilik bildirdi. Bundan aval Trampning saylov poygasida Ilon Maskning quvonib irgishlayotgani memlarga sabab bo‘lgan edi.

… 

Ukraina harbiy kuchlari Ugledardan chekindi. Rossiya armiyasi Ukrainaning bu hududida artilleriya qurollari bilan ustunlikni qo‘lga kiritdi, biroq Ukraina tomonidan zabt etilgan taqriban ming kvadrat hudud va shaharni to‘liq egallab oldi. Biroq Ukraina tomonidan ishg‘ol qilingan Rossiyaning Kursk viloyati hududlarini egallashga bo‘lgan harakatlari barbod bo‘ldi. 

Chechen Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li, Adam Qodirov, Rossiya Rekordlar Kitobiga RF sub'ekti rahbarining eng yosh xavfsizlik xizmati boshlig‘i sifatida kiritildi. Bu haqda Rossiya Rekordlar Kitobi bosh muharriri Stanislav Konenkoga tayanib TASS xabar berdi. Qodirovga Rossiya Rekordlar Kitobini ommalashtirgani uchun medal topshirildi. Avgust oyida Adam Qodirovga Chechen Respublikasining eng oliy mukofoti — Qodirov ordeni topshirilgandi. Mukofot Chechen Respublikasi oldidagi «buyuk xizmatlari uchun» beriladi. Orden egasi davlat bayramlari va mintaqadagi boshqa muhim tadbirlarga taklif etiladi. Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov Adam Qodirovga millatlararo va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Do‘stlik” ordenini topshirdi. Keyinroq Qarachay-Cherkesiya rahbari Rashid Temrezov shaxsan Adamni respublika oliy mukofoti — “Qarachay-Cherkesiya oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. 15 noyabr kuni Adam Qodirov «Islom diniga xizmat qilish uchun» I darajali ordeni bilan taqdirlandi. Joriy yilning aprelida yosh yigit Gudermesdagi Vladimir Putin nomidagi Rossiya Spetsnaz Universiteti (RUS)ning kuratori bo‘ldi. Ayni damda Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning arzandasi Adam Qodirov Toshkentga keldi.

… 

Isroil Livanning Beyrut shahriga hujum qildi. Dohiya tumanida Hizbullohga tegishli bo‘lgan uch bino nishonga olindi. 

Turkiyaning Qahramonmarash shahrida qurollangan ayol shifoxona xodimlarini asirga oldi. 45 yashar ayol Nekmil Fozil shifoxonasiga bostirib kirgan. Biroq hech qanday talablar qo‘ymagan. Ayol ruhiy hasta ekani ma'lum qilindi.

… 

Turkiyada mushuklarni kislota bilan o‘ldirgan Istanbullik sadist Murod O‘zdemir 8 yilu uch oyga qamaldi. 

Nidrlandiya Mudofaa vazirligi Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bera boshladi. Bu haqda Ukrainaga tashrif buyurgan Niderlandiya mudofaa vaziri Ruben Brekelmans ma'lum qildi. Ekonomist nashrining taxminiy taxliliga ko‘ra hozirga qadar 10 dona qiruvchi samolyot yetkazilgan. Yil oxirigacha yana 24 qiruvchi samolyot yuborish rejalashtirilgan. 

Singapurda Transport vaziri 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Vazir biznesmenlardan sovg‘alar qabul qilgani va bu xaqda Vazirlar mahkamasini ogoh etmagani, uning korruptsiya moddalari bilan sudlanishiga sabab bo‘lgan. 62 yashar vazir velosiped, futbol bo‘yicha Angliya premer ligasiga chipta, Vest-End myuzikliga chipta, Formula 1 avtomusobaqasiga chipta hamda bir butilka spirtli ichimlikni sovg‘a sifatida qabul qilgan. Shuningdek u biznesmenlarning shaxsiy samolyotlarida parvozlarni amalga oshirgan. “

Davlat tashkilotlarida boshqaruv samaradorligining asosi ishonchdir. Bu ishonchni ma'lum amaldorning xaqgo‘ylik va hisobdorlik standartidan pastga tushib ketishi bilan osongina yo‘qotish mumkin” – dedi sudya. Ushbu korruptsiya ishi Singapur jamoatchiligi orasida juda katta rezonansni keltirib chiqargan.

… 

2 oktyabr kuni tushdan keyin Buxoro elektr tarmoqlari korxonasining uch mutaxassisi ish jarayonida halok bo‘ldi. Ular maxsus texnikasiz avtokranda yuqori kuchlanishli simyog‘ochga ko‘tarilishgan. Kranning arqoni uzilib ketishi natijasida uchchovlon 30 metr balandlikdan qulashdi. Baxtsiz hodisa Qorako‘l tumanida sodir bo‘lgan. Elektr tarmoqlari korxonasining halok bo‘lgan xodimlari haqida hech qanday rasmiy bayonot berilmadi. Ularning oila a'zolariga kompensatsiya to‘lash masalasi ham ochiqlanmadi. 

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli Qoraqo‘ton oltin konida 1 oktyabr kuni Rahmatov Sobit ismli ishchi o‘ldi. 40 yashar Rahmatov Sobit ushbu konda portlatuvchi bo‘lib ishlagan. Ishchi havo tuynugidan tushib ketgan, uning ustiga tosh uyimi qulagan. Rahmatov Sobitning jasadi taxminan 25 metr chuqurlikdan chiqarib olindi. Kondagi Oyoq ostiga mahkamlanadigan taxta qoziqlardan iborat xavfsizlik tizimi nosoz ahvolda. Natijada har oyda baxtsiz hodisa yuz beradi va bu xabarlar ommadan yashiriladi deydi ishchilar. 

Bu 600 sekund edi. Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 682 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, superchat, superstiker va super raxmat tugmachalarini bosing,  sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
24 yanvar 2016
O‘zbekiston rahbariyati “bizda millionerlar yo‘q” deb turgan bir paytda Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumanida 23 yashar millioner istiqomat qilmoqda. Agar ...
19 oktyabr 2015
Eltuz manbalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha hozircha uchta maktab o‘quvchilarining paxta terimiga chiqarilgani haqida aniq ma'lumotlar bor. Bular Oltinko‘l tumani, ...
13 avgust 2017
Bu rasm ham aslida voqeaband. Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumani Qorasuv qishlog‘i hududida 2015 yilning 20 sentyabrida Anvar ismli militsiya ...
26 iyun 2019
Bugun, 2019 yil 26 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahri Yunusobod tumani sudining binosida O‘zbekiston Respublikasining sobiq bosh ...
Bloglar
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...
22 sentyabr 2024
Vokal va vizual undan oldingi jiguli qo‘shig‘ining siyqa takrori xolos. Qo‘shiq melodiyasi kavkaz diskotekalridagi «Shiki ...
9 sentyabr 2024
Yaqinda miyani o‘rganish bo‘yicha yirik mutaxassis Tatyana Chernigovskaya ma'ruzasida ayollar bir paytning o‘zida hamma narsaga ...