Asosiy mavzular
11 oktyabr 2024

Ikki boyga bir malay – RTdan Juma va'zi

Mana azizlar, yana sizlar bilan yuzma yuzman. Sizlarga yaxshi gap aytgim keladi. Ëmon gap aytib kimnidir ko‘ngliga ozor berganimdan ko‘ra, shirin shakar gaplar aytib sizga yaxshi ko‘ringanim ma'qul. Lekin yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomondur. 

MS: Nichiksizla, xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. Ëshi kichchi, yoshi ullig‘o solom. Shorlovuqdagi kadila nichikizla?

RT: Odam yaxshi gapni unutmaydi. 

MS: Ëmonliqni o‘ylo yoxshiliq galsa boxting!

RT: Litva Rossiya armiyasi okkupantlari o‘z hududiga bostirib kirishga tayyorlanmoqda.

2004 yildan beri NATO a'zosi bo‘lgan Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya bilan chegaralarini mustahkamladilar va Kremlni o‘z hududiga bostirib kirishga urinishlardan qaytarish uchun barcha chegara hududlarida xavfsizlikni kuchaytirdilar.

Qabul qilingan chora-tadbirlar orasida Litva mamlakatni Kaliningradning Rossiya anklavi bilan bog‘laydigan ko‘priklar xavfsizligini kuchaytirish va hatto kerak bo‘lsa portlatishga tayyorlash bor.

MS: Putin diyan boxti qoro do‘g‘ilmin o‘lgay adi iloyim. Shuni do‘g‘ilg‘on gunina bizani ulli yoshullo lo‘nkildab yugurib bordi, kiysa tiktirgan bolodiyn bo‘lib. «Pes pesni qorong‘ida topadi». Ismomutdo is chiqsa yugurado‘n bo‘ldi bu yoshulli. O‘tir sarasopingda diydon odom yo‘q. Ovrayi bir tin bo‘ldi.

RT: Markaziy Osiyoning qultabiat vassallari Putin poyida tiz cho‘kib patinka yalayotgan bir paytda na Xitoy muxtarami Si Tszinpin, na Shimoliy Koreya yoshullisi Kim Chen Ыn, va na Eron mullaboshisi ayatolla Ali Hamenei Putinni dnyuxasi bilan tabriklamadi. 

Putinni tabriklagan iston vassallari Shimoliy Koreyaning taviya yurtboshisizdan ham tuban. Ey tarixchilar oltin qalamingiz ila bu uyatsiz mustaqillik dushmani bo‘lgan o‘risqullar zalolatini biting. Toki avlodlar bilsin.

MS: Og‘zinnon qoro qoni galgiy. Qorsildop uchib gursildapgina sinsin xoropskiyla. Og‘o, indi sichrop chishib tozoliqlodan oyting. O‘lgan qotqon…

Shumxabarlar

Pastdarg‘omdda Zil yuk moshin Jigulini suzib majaqladi. Jiguli sho‘pri o‘ldi.

MS: Sho‘pr yoshqina yigit adi tozo o‘ylangan.  O‘ldi getdi bechoro…

RT: 4 oktyabr kuni Buxoroda bir ona o‘zining 3 yashar o‘g‘lini urib o‘ldirdi.  Asli surxondaryolik bo‘lgan bu xotin oldin yana bir bolasini o‘ldirib qamoqda o‘tirib chiqqan va yana ayni jinoyatga qo‘l urgan. Bu ikki bolaning qotili manyak xotin qamag‘da. Amnistiyaga tushib yana bola o‘ldirsa ajablanmayman. Ko‘p jinoyatlarni qamag‘dan avf qilinganlar sodir qilmoqda.

MS: Bu qon toshog‘onni qamoqda bichish garak adi. Halamam atsinla shu ishni. Xo‘tik birlan kuchukni qanchar qilma tarbiyat. It bo‘lor ashshak bo‘lor aslo bo‘lmag‘ay odami. Navoiy otomiz novvi davadi oxir…

Jonliq uchun 350$

RT: Toshkentdagi universitetning 21  yashar studenti odam buyragini  38 ming, jigarini 43 ming, hamda suyak iligini 23 ming dollarga olishini aytib e'lon berdi. 

O‘zbekiston bu – ona bolasini, bola ota-enasini, qizlar bakoratini sotadigan, inson qadri bir pul o‘lka. Shu bois bu  e'londan so‘ng tana a'zolarini sotmoqchi bo‘lganlar studentga aloqaga chiqdi. 

Aslida hech ish qo‘lidan kelmaydigan bu qashshoq aprs student, bu lox o‘zbeklarga sheriklari Germaniyada ekanligi, buyrakni ko‘chirib o‘tkazish o‘sha yerda amalga oshirilishini, evaziga Germaniyaga borishi kerakligini aytib  oldindan 350 dollar berishini so‘ragan.

Tezkor tadbir davomida u, loxdan kelishilgan pulni olgan vaqtida huquqni muhoqaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan ushlangan.

JIB Shayxontohur tuman sudining qora kursisida o‘tirgan aprs student bu ishni pulga muhtoj bo‘lib qolgani sabab qilgani, aslida Germaniyada hech qanday tanishlari yo‘qligini aytib, ko‘zidan siydi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 25, 133-1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ya'ni bu aprs uch yil kechasi o‘z uyida uxlaydi.

Hech kim qamag‘da, yo go‘rda emas.

2024 yilning 7 oktyabr kuni O‘zbekistonning Toshkent shahri Yunusobod tumanida yugurish bo‘yicha rekord o‘rnatildi. 

Yunusobod tuman prokuraturasi katta tergovchisi 100 metrlik masofani 8 sekundda bosib o‘tib, Yamaykalik yugurong‘ich Useyn Boltni yarim yo‘lda qoldirdi. 

Ehh, shunaqa talanti bor ekan bu tergovchining. Maqladi prokuratura kalamushlari orasida zaxa yeb. Borib olimpiyadada qatnashib oltin obkesa 40 ming ming emas to‘rt yuz ming berardi qarzga botgan davlatimiz. Afsus. Gap shundaki, bu prokuratura katta tergovchisi hali ham yugurib ketmoqda. Shu uch kun ichida yer tarvuzini ikki marta aylanib chiqqan bo‘sa kerak vallahi a'lam. DXX tergovchilari uning ortidan quvib yetolmayapti.

Endi rasmiy ma'lumot. Bo‘libam ashi, Bosh prokuraturaning ma'lumotini o‘qisak (o‘qishni bilmaydigan aksariyat uchun yutubda, Qudrat og‘angiz o‘qib beradi)

O‘zbekistonlik jabrlanuvchi kerakli organlarga ariza bilan chiqdi. 

Jabrlanuvchi o‘z arizasida Toshkent shahar Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisi Sh.Sh. tomonidan “B.H.” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilish uchun pul mablag‘lari talab qilganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

Ushbu ariza asosida joriy yilning 7 oktyabr kuni  tezkor tadbir o‘tkaziladi. 40 ming dollar pora maxsus ishoratlanadi. Pora beruvchi tanasiga mikrofon, kamera va davleniya o‘lchaydigan yashirin qurilmalar o‘rnatildi. 

Ko‘chadagi aynagi qoraytirilgan avtobus ichida maska shou soldatlari yuziga qora kuyani surtib, qoshiga o‘sma qo‘yib, hujum buyrug‘ini kutib turishdi. 

Tezkor tadbir davomida, Sh.Sh. ariza muallifidan kelishilgan 40 ming AQSh dollarini oladi, ammo nimanidir sezib pulni bag‘riga bosganicha yugurib qochadi. 

Ayni shu daqiqada bu prokuratura tergovchisi yuz metrlik masofani 8 sekundda bosib o‘tib dunyo rekordini o‘nnatib tashadi. 

Bosh prokuratura bayonotida «jinoiy ta'qibdan qutulish maqsadida noma'lum tomonga qarab yugurib qochib ketdi» deyilgan.

MS: Yugurgannikimas, buyurg‘onniki.

RT: Bu bolani pora bilan yurfakka kiritganida ota enasi, barcha yurfakka bachasi kirgan ota enalar kabi, xudo xolasa katta poraxo‘r bo‘ladi deb niyat qigandi,.

Mana orzu dvoynoy ushaldi. Poraxo‘r bo‘ldi va yugurish bo‘yicha chempion.

O‘zbekiston, faxrlan shunday farzandlaring bor!

Gulnoraga taqlid

«Taqlid» degan arabcha so‘z bor. Turkchasi «Ëngsilash» Inglizchada «Imitate and copy» ma'nosiga yaqin tushuncha. Kimdir yoshligida unga ta'sir qilgan Maykl Jeksonning «Oymoma yurishi»ga taqlid qiladi. Kimdir qirolicha Dayananing mo‘ltillab qarashini kopiya qiladi. Ëshligida «Unutma meni» qo‘shig‘i bilan ulg‘aygan prezidentning qizi Gulnora katta bo‘lgach, Kumush Razzoqovani kopiya qilgandi. Umuman shu kunlarda Toshkentda o‘tayotgan «Kraeativ …» degan tadbirni ko‘rib, Gulnora Karimova qamag‘dan chiqib uyushtiribdimi deb o‘ylabman.  Birga bir kopiya. Usti yaltiroq, ichi qaltiroq oltin qo‘ng‘izlar… Ashi komediantlar, ashi Gayana, ashi Aripov o‘zlaridan aqlli yasagan ko‘zoynakli laganbardor bachalar.  Pulga kira qilib, obkelingan yulduzlar. Aytishlaricha, Mirziyoev taqlid qilganlarni yoqtirmas va boshqalardan farqli o‘laroq, Gulnoraning atlas ishtonli shoularini  daxshat bilan eslar ekan. Shu bois, Mirziyoev GK tadbirlariga egiz o‘xshash «kreativ nag‘ma bazmi» ochilishida qatnashmadi…

MS: Pir vo vremya chumы. Yurt bo‘qqino botdi, bu xoromzodola ho‘kimotni pilina to‘y suvishdan boshqog‘o yoromiydi!

RT: Toshkentning eski shaharida  turistlar ko‘rsin deb «alya qadimgi» mahalla qurilarkan. Bunday narsani men AQShning Santa Fe shahridan sal narida ko‘rgandim. Go‘yoki «Apachi» hindilari yashaydigan mahalla. Bu «apachi»lar siviter, jinsi va krassovka kiyib, zamonaviy moshnlarni parkinga qo‘yib, soatiga 11 dollar olib ishga kelishadi. Jinsi va sviterlar yechilib, xindilar kiyadigan juldurvoqi kiyimlarni kiyishadi. Qiladigan ishi ag‘-baqqa o‘tib «hindi» rolini o‘ynab berish. Odam zooparkiday binnarsa. 

Toshkentda yaratiladigan «alya qadimgi» mahallada maxsi kalish va paxtali ishton kiyib, to‘nga o‘ralgan boboylar nos chekib o‘tirgani uchun, Gayananing fondi oylik bera oladimi?

Bu mulozimkalar 100 yil oldin o‘ris bosqinchilarining «orientalizm» fantaziyasidan nari xatlagani yo‘q. 

1891 yil Moskvaning “Tarix muzeyi”da as'asayu-dabdaba bilan ochilgan birinchi “O‘rta Osiyo ko‘rgazmasiga kirish eshigi Samarqanddagi qadimiy masjidga o‘xshatib yasaldi. Ko‘rgazma Rossiya publikasini Buxoro va Xivaning jin-ko‘chalari va ming bir kechani eslatuvchi bu ko‘chalardagi hayot tarzi bilan tanishtirdi. Karvonsaroylardagi sharqona bozorlarning uch o‘lchamli tasviri oq poshsho tobelariga ekzotik ertak kabi ko‘rsatildi. Markaziy Osiyo hayotidagi maishiy buyumlar, zumrad, lojuvard doxil mineral toshlar Moskva turg‘unlarining ko‘zini qamashtirdi.

Ipak, atlas, adras va paxtadan bo‘lgan ikat naqshli gazlamalar, sabzavot va meva qoqilari, yong‘og‘u turshaklar ertaklardagi ochil-dasturxon kabi Chor Rossiyasi ra'iyatiga taqdim qilindi.

Qizig‘i shundaki, “Sharq bozori” deb nomlangan zalda O‘rta Osiyoda yashagan elatlar tiplarga ajratilib, tomoshaga qo‘yildi. Ermaktalab rossiyaliklar manekenlar qatorida tirik “aborigen”larni ham huddi zooparkdagi tirik hayvonlar kabi “tomosha” qilish imkoni yaratilgan edi ko‘rgazmada. 1870 yildan boshlab, “odam zooparki” Yevropadagi G‘arb publikasi uchun yangi ko‘ngil ochish maskaniga aylangan edi.

Yevropadagi “odam zooparklari”da Osiyo va Afrikadan keltirilgan habashu, aborigenlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan edi. Chor to‘ntarilganidan keyin, uning o‘rniga kelgan Sovet rejimi paytida ham O‘rta Osiyoga oid ko‘rgazmalar Moskvada davom etdi. Faqat insonparvarlik yuzasidan, ko‘rgazmaga tirik odamlar qo‘yilmaydigan bo‘ldi. Ular fizkultura paradlariga ko‘chib o‘tishdi.

MS: Santa Fedagi muzey nishatdi?

RT: Santa Fe dagi «xindi mahalla» odam zooparki haqidagi tanqidlar ortidan allaqachon yopilgan. Bunday feyk markazlar yevropada ham yopilib ketgan. Eng yaxshisi, shu mulozimkalar eski shaharga yaqinlashmasdan shovvozsoy taraflarda yurgani ma'qul.

MS: Bitlayan yerinda silkinsin!

Fleyta uchun unutilgan kuy

Eldor Ryazanovning shu nomli filmi bor. Film qaxramoni sobiq surnaychi katta bir odam ko‘magida madaniyat vaziri bo‘ladi. 

U vazir bo‘lgan kuni san'at va madaniyat haqida mana bu gapni aytadi. «Madaniyat bu qushga o‘xshaydi, uni qo‘limizda qattiq qisib g‘ijimlasak, u o‘ladi. Agar kaftimizni to‘liq ochsak qush uchib ketadi. Shunday qilish kerakki, qush uchib ham ketmasin va siqilib ham o‘lmasin» .. 

Madvazir Nazarbekovning «Yangi O‘zbekiston» gazetasida «Ijodkorlarga erkinlik berilmasligi kerak» deya aljiraganini ko‘rib shu film esimga tushdi. 

Har holda madvazir «ijodkor» deb aytgan bachchalar, chalaasavod to‘y mashog‘i, folk pop ashlachilari bo‘sa kerak. 

Mayli, shu otarchi Madvazir bu otarchilarning oyog‘iga kishan taqadimi, ko‘tiga chip tiqadimi o‘zi biladi. Ozodbekning san'atga aloqasi qanchalik uzoq bo‘lsa, bu ko‘k jiguli maloxat malaxitlarning ham aloqasi ashincha. 

Lekin, bu tug‘ma ovsar madvazir haqiqiy ijod ahlini tinch qo‘yssin. 

Chunki, tom ma'nodagi erkinliksiz ijodkor ijod qila olmaydi. Rassom, kinorejisser, haykalgtarosh, me'mor va opera xofizlari. 

Ularga to‘la erkinlik kerak. Zooparkdagi qafasda yashaydigan hayvonlar ko‘paymasligining o‘ziyam bu sobiq xizbut, sobiq zek, Sergelida motor yog‘iga ko‘mir qo‘shib ballon qoraytirgan melkiy aprs mulozimning gapi yarim chaqa ekanligiga guvoh.

Bitta chalasavod otarchining mansab kursisida o‘tirishining o‘zi mana sakkiz yilki davom etayotgan balmaskaradning eng kulgili parchasi kabi ko‘rinadi.

O‘n oltinchi asr o‘rusiyada poshsho ichburg‘idan o‘lib, o‘rniga Ljedmitriy degan samozvanets kelgan davrni tarixchilar «smutnoe vremya» (parishon davr) deb ataydi.

Kinnachilar izg‘igan, odam o‘ldirish pista chaqish kabi oson bo‘lib, har xil qalang‘i qasang‘i ryajenniy skomoroxlar davlat tepasida o‘tirib, xalq o‘latga chalinsa ham tongotar ziyofat qilgan sharmanda davr.

Ikki boyga bir malay ( Il servitore di due padroni)

Italiyan dramaturgi Karlo Goldoni yozgan «Ikki boyga bir malay» spektakli  1749 yil Milanda ilk bor sahna yuzini ko‘rgan shox asar. 

Bu asar o‘tkan asrda Farg‘ona va Xorazm teatrlarida va Xamza teatrida  ham qo‘yilgan. 

Komediyada bitta malayning ikki boy xizmatida bo‘lganligi ustidan kulinadi. Bu mavzu O‘zbekiston mulozimlari tutumi misolida bugun aktual.

Goldoni asaridagi «malay» xizmat qilgan ikki boy xar xolda bu malay yashayotgan bir davlat mansubi.

O‘zbek mulozimlari esa allaqachon boshqa davlat malaylariga aylanib bo‘lishgani esa tashvishli signal. 

Bosh vazir Aripovning so‘nggi 5 yilda Xitoy shirkatlari uchun O‘zbekistonni soliq jannatiga aylantirgani va aynan xitoy firmachlari lobbisi bilan shug‘ullangani haqida kim nima deya oladi? 

“Xinjiang Hualing industry & trade group”, “China Southern power grid”, “China National Chemical engineering“, “Amer international group”, “Tbea” va HONOR kabi Xitoy firmalari Xitoyning «Bir makon – bir yo‘l» siyosati asosida O‘zbekistonga kirib, O‘zbekistonni o‘z makoni ichiga qamashni niyat qilgan. Bu jiddiy xatarni bartaraf qilish uchun lavozimda o‘tirganlarning ayni firmalar monopoliyasi uchun yo‘l ochadigan stalkerga aylangani xavotirli signal. 

O‘lkamizga ko‘z tikkan ikki dushmandan biri sifatida jadidlar Xitoyni nazarda tutgan. 

Birinchisi esa, mana 150 yildan beri mamlakat boyliklarini g‘orat qilayotgan Rossiya. 

Eltuzdagi mavjud hujjatlarda O‘zbekiston bosh vaziri Aripovning «O‘zbekistondagi asosiy Rossiya manfaatlari provayderi ekani» aytiladi. Iddaoga ko‘ra, tujjor Baxtiyor Fozilov va Aripov tandemi mamlakatni to‘la Rossiya nazoratida ushlab turibdi. 

Xitoy va Rossiyaning siyosiy, moliyaviy va bosqinchi manfaatini o‘zbek Bosh vaziri qo‘llayotganini nima deb baxolash mumkin. 

Karl Goldoni komediyasi baxtli yakun topadi. Ikki boyga malaylik qilgan xizmatkor kechiriladi. Oxirida bir emas, uchta to‘y qilib, o‘yin kulgi va musiqa yangraydi. 

«Ikki boyga bir malay» majozi bu o‘rinda O‘zbekistonga juda ham to‘g‘ri kelmaydi. Chunki Bosh vazir  Aripov va tujjor Foziliv taroziga qo‘ygan narsa qo‘yning soni emas, balki O‘zbekiston deya atalgan davlat manfaati. 

Rus yozuvchisi Turgenov «Rossiya bizlarsiz ham yashayveradi, ammo biz Rossiyasiz yashay olmaymiz» deganida o‘zbek mulozimlarini nazarda tutganday tuyuladi..

MS: Og‘o, Dunyoni qutqarg‘on Gulnora haqqinda kino olinganligini bilasizmi? 

RT: Bilaman. Film qaxramoni Rossiyaning olis qishlog‘idagi fizika o‘qituvchisi dunyoni qutqarish uchun toshkentlik  Gulnora degan xotin bilan yotishi kerakligini va bu xotinning Moskvadagi yettinchi  supermarketda kasssir bo‘lib ishlashini formula yordamida aniqlaydi.

O‘sha kuni quyoshning bir parchasi uzulib tushib, yer kurrasiga urilib, ontar-to‘ntar qilish uchun yaqinlashayotgandi. 

Bu oxir zamon fojeasidan insoniyatni fizika o‘qituvchisi Merkurev qutqarishi mumkin.

U toshkentlik kassirni izlab yo‘lga chiqadi. Oldiniga yanglishib beshinchi supermarket kassiri bishkeklik Gulnora bilan yotadi. Xato qilganini bilgach, toshkentlik Gulnorani topib ashincha seks qiladi.

MS: Uff, sho‘rdanam galib galib, oyni bizani Gunnorani atip getishi garak akandon. Og‘g‘on tarapina qorop eshalang. Novvi bo‘lso o‘mmoloq. Uring potiyani ullini ulli guninda…

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
11 mart 2016
7 va 8 mart kunlari jaxonning ko‘zga ko‘ringan paxta sanoati korxonalari vakillari, olimlar, siyosatchilar, taniqli xuquqbonlar va jurnalistlar ishtirokida ...
28 sentyabr 2017
28 sentyabr kuni o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev, yozuvchi Nurillo Otaxonovga 11 may kuni ...
5 aprel 2019
Sizga omad tilayman, azizim. Oddiygina omad. Ko‘chada ketyapsiz, sizni mashina bosib ketmadi. Tasodifan o‘rmonda murdani ko‘rib qolib, politsiyaga xabar ...
3 oktyabr 2015
Surxondaryo viloyatida Soliq Inspektsiya xodimlari oshxona va do‘konlarga kechasi soat 21:00 larda kirib korxona raxbarlariga do‘q qilib: «Agar ertagayoq ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...