Asad hukumati quladi, Rossiya urushda yengilmoqda – 600’80
Suriya diktatori Rossiyaga qochdi. Yevropa davlatlari suriyaliklarning boshpana olish murojaatlarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi. Tramp Zelenskiy bilan uchrashdi. U Rossiyaning katta talofati va urushda yengilayotgani haqida bayonot berdi. BU 600 SYeKUND
Donetsk markazida ukrain kollabarantining mashinasi portlatildi. Portlash natijasida ikki kishi jarohatlangan. Ulardan biri Olenovsk koloniyasi rahbari Sergey Yevsyukov bo‘lib chiqdi. Ikkinchi jabrdiyda esa uning xotinidir – portlash natijasida ayol bir oyog‘idan ajraldi. 2022 yil iyul oyida Olenovsk koloniyasidagi portlashda 50 nafar ukrainalik harbiy asirlar qurbon bo‘lgan edi.
+++
Bashar Asad hukumati qulaganidan so‘ng minglab suriyaliklar vataniga qaytmoqda. Qaytib ketayotgan suriyaliklarning aksariyati Turkiyani tark etmoqda. Yevropa mamlakatlari va AQShda yashab yurgan suriyaliklar esa bu davlatlarni tark etishga shoshilmayapti.
+++
Suriyalik jangari guruhlar Latakiya viloyatini to‘liq qo‘lga oldi. Viloyatda Rossiyaning harbiy bazalari joylashgan. Tartus va Jelba shaharlari ham Qurolli guruhlar nazoratiga. Rossiya o‘z harbiy qo‘shinlarini talofatsiz evakuatsiya qilish uchun Turkiyadan yordam so‘radi.
+++
Rossiya yutkazgan ko‘plab urushlar sirasiga Suriya urushi ham qo‘shildi. Isyonchilar eng avvalo Rossiya harbiylari ustidan ustunlikka erishdi. Rus armiyasidagi sarosima Asad mudofasini tushkunlikka tushirdi.
Diktator qo‘li ostida 500 ming askar bor edi. Damashqdagi shtab kvartirani ham qo‘shganda Suriya armiyasida havo, piyoda va dengiz harbiy kuchlari bor edi. 2011 yil hisobiga ko‘ra, armiyaning doimiy tarkibi 295 000, zahiradagilar 314 ming kishidan iborat bo‘lgan.
Harbiylar qo‘lida eng so‘nggi rusumdagi texnika bo‘lgan. Shunga qaramay isyonchilar hech qanday qarshilikka uchramasdan poytaxtni egalladi. Asad armiyasi qurol va texnikani tashlab butun diviziya va polklari bilan taslim bo‘lishdi. Hukumatni egallagan Hay'ati Tahrir ash Shom guruhi yana 11 ta jangari guruhlar bilan til biriktirgan.
Suriya ko‘chalarida yosh bolalarga ham quroq yarog‘ tarqatilayotgani videolari tarqaldi. Prezident saroyi talon-toroj bo‘ldi. Bashar Asad esa oilasi bilan Moskvaga qochib ketdi. Asadning Moskva sitida qiymati 40 million dollarlik ko‘chmas mulklarii borligi ochiqda.
Hay'ati Tahrir ash Shom guruhi rahbari Muhammad al-Juloniy intervyularda mo‘'tadil pozitsiyani tanlamoqda, u hech kimdan qasd olmasligini bildirgan. Hukumatni egallagan kuchlar ayollarni hijob kiyishga majburlamasligini, har kim istaganicha kiyinishi mumkinligini e'lon qildi.
+++
Yevropaning 10 davlati Avstriya, Daniya, Norvegiya, Gretsiya, Shvetsiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, Shveytsariya va Niderlandiya suriyaliklarning boshpana so‘ragan murojaatlarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi. Frantsiyada ham suriyalik qochqinlarning viza imtiyozlarini to‘xtatish masalasi muhokama qilinmoqda.
+++
Rossiyaning Ukrainaga havo hujumlari davom etmoqda. Bu safar 37 ta dron va ikkita boshqaruvli aviatsion raketa bilan Ukrainaga hujum qilindi.
+++
Havo hujumlari bartaraf etilarkan Ukrain mudofaa vaziri Rustem Umerov Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan gaplashdi. Suhbatda AQShning ukrainaga yordami muhokama qilindi.
+++
Janubiy Quriya prezidenti Yun Sok Yolyu o‘ziga qarshi noroziliklardan so‘ng mamlakatda harbiy holat e'lon qildi. Bunga javoban politssiya prezidentga xorijga chiqib ketishni taqiqlashi mumkin.
+++
Rossiyaning Yamal Nenets avtonom okrugi rahbar o‘rinbosari Andrey Voronov katta miqdorda pora olishda ayblanmoqda. U shu yilning iyul oyida qo‘lga olingan edi. Ma'lum bo‘lishicha 2020 yilda uning uyiga pora sifatida basseyn o‘rnatilgan. Bu hovuz qiymati yeti millon rubl deb baholandi. Bu ish bo‘yicha basseynni qurgan kompaniya direktori va muhandis ham qamalgan. Voronov 15 yilga ozodlikdan mahrum bo‘lishi mumkin.
+++
Tramp prezidentlik faoliyatining ilk kunida Kapitoliy qamali ishtirokchilarini ozod qilishni rejalamoq. Men juda tez harakat qilaman, birinchi kundanoq shu masalaga kirishaman, degan Tramp o‘z intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir ayblanuvchining ishi alohida ko‘rib chiqiladi. Faqat o‘ta radikallar avf etilmasligi mumkin. Qolganlar ozodlikka chiqadi. Kapitoliy qamali moliyalashtirilgani va uyushtirilganini ta'kidlanmoqda.
+++
Tramp Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan Frantsiyada suhbatlashgani ortidan Zelenskiyning tinchlik o‘rnatishga tayyorligi haqida bayonot berdi.
«Zelenskiy tinchlik o‘rnatilishini istamoqda. Yangilik shu. Hujumlarni to‘xtatish kerak. Putin uchun bu yaxshi fursat, chunki u yutqazdi. Rossiya 700 ming askarini yo‘qotdi. Tinchlikka erishmaguncha bunday yo‘qotishlar to‘xtamaydi», dedi Tramp «New York Post» gazetasiga bergan intervyusida.
+++
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Jazo muddatini o‘tayotgan guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan hamda konstitutsiyaning 109-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 483 nafar shaxs afv etildi. Ularning 107 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi, 275 nafari muddatidan oldin shartli ozod qilinadi, 7 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 94 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi. Afv etilganlarning 25 nafarini chet el fuqarolari, 32 nafarini ayol, 5 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 274 nafarini yoshlar (shulardan, 104 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 6 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
+++
Teatr va kino aktrisasi Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi. Aktrisa ko‘p yillar davomida Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi teatr-studiyada faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ijro etgan. «Halima Ibragimova o‘zining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan o‘rin olgan. Teatr va kino san'atini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi», deyiladi xabarda.
+++
Bu 600 sekund edi. Ayni paytga kelib Eltuzning yutub kanalidagi obunachilari soni 700 mingdan oshdi. Yonginangizda yuz bergan ammo siz bilmagan voqealardan xabar topmoqchi bo‘lsangiz Eltuzga obuna bo‘ling. Agar kanalimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz, yoki Eltuzning yopiq kanalidagi videolarni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz sponsorlik tugmalarini bosing. Sog‘ bo‘ling!