Tezak tezakdan nariga tushmaydi – RTdan va'z
– Mana xafta zuvv etib aylanib, yangi yilda yana siz bilan yuzma yuzman.
MS: Ina amdolli tozo yilloda go‘rishmak nasip atdi. Tozo yillo morak! Yijakingiz et, ichjakingiz oroq, urishtirjaqingiz it amas, shompan bo‘lsin! Bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz og‘o.
RT: O‘zbekistonda 2024 yil odami ishdan bo‘shatilib, o‘qqa tutilgan Komil Allamjonov bo‘ldi. Yil voqeasi esa kuyov yaratgan «ofis» nomli parallel hukumatning ontarilishi va Salim o‘g‘rining 6 yilga qamalishi bo‘ldi. 2024 yil so‘nggi 30 yilda O‘zbekiston raxbarining o‘riqsullik darajasi o‘ta oshgan yil sifatida tarixga kirdi. Yilning eng yomon odami Buxoroni ontar to‘ntar qilgan Baxtiyor Fozilov. Eng ko‘p safsata sotib aljiragan mulozim esa kremlda qo‘shiq aytish kabi sharmandalik markazida bo‘lgan sobiq xizbut amiri madvazir Nazarbekov bo‘ldi. Yilning eng ezgu xujjati esa eko vazirlik tarafidan tsirkda hayvon o‘ynatishning taqiqlangani bo‘ldi. Yilning eng bechora odami esa «Simba¸ simba» deya arslonlarga yem bo‘lgan zoopark qorovuli.
MS: Parhonadaki zapravkada o‘lganla uchun motam e'lon atmadi ulli yoshulli. Quri Moskvo qotnodi, zikda-zik…
RT: 70 ta o‘zbek bola doridan o‘lganda motam qilmagan iqtidor endi palastin bachalariga padarka berib «ochko» olmoqda.
MS: Uyot. Boxtim tirdin qoro…
RT: Matchonboy bugun ko‘rsatuvimizni yangiliklardan boshlasak.
MS: Dim amdolli. Asirtiravaeing.
APRIS NEWS
Qidiruvda bo‘lgan shofirkonlik va qorako‘llik ikki aprs Rossiyada qo‘lga olindi. Aprslar qamag‘da.
MS: So‘nqi 9 yildo aprs bilan shantajchi ko‘paldi!
Andijon shahar hokimiyati bosh yuristi Toshkent shahrida 20 000$ pora bilan qo‘lga olindi. Yurist qamag‘da.
MS: Xokim glovniy o‘g‘ri. Shuni qomosh garak adi bo‘ynino qo‘yib.
RT: Professional sport va kriminal yonma yon yurishini bilganim uchun bu shishirilgan sportchilardan kumir va idol yasamaslikni ta'kidlab kelaman. Shaxram degan bitta taviya ayiqni og‘zini boylab, tirnog‘ini kesib, arqonlab urishyapti. Sobiq futbolchi Server Jeparov ochgan klinikada esa odamlar o‘ldirilmoqda.
Jeparovga oid klinikada 2023 yilda o‘lgan “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarovaning singlisi Diana Irtuganova Prezidentga murojaat qilib opasining o‘limi bo‘yicha tergovga aralashishini so‘radi.
O‘zbek zehniyatidagi seksizm
O‘zbek kinolari, stendap shou va askiyalaridagi vulgar seksizm odamni xurkitadi.
Insoniyat rivojlanish bosqichining quyi nuqtasida qolib ketgan bu jamiyat xotinlarning ko‘ti haqida o‘zi gapirib, o‘zi kuladi.
«Nega oldimni emas, orqamni sindirding» deb shang‘illaydi o‘zbek kinosida semiz xotin rolidagi xola.
Toshkentdagi Escada lounge bar yangi yil shousida aks etgan videorekalamada bitta erkakning yettita xotin ko‘tini shappatlab urgani aks etadi.
Kadr ortidagi ovoz «Nega bu qizlarnimg ko‘tiga dirsillatding» deb savol beradi. Javob esa mana bunday «Sen dirsillatmaganingdan keyin, men dirsillataman»
Xojaka, xijobashka qoriyalar bu reklamani ko‘rib qonchat qib yotganida, Toshkentlik faol zamondosh Yevgeniya rekmaladagi seksizm, xotinlarni kamsitish va jinsiy xarrasment mavjudligi yuzasidan ichki ishlar organlariga ariza kiritdi. Asnoda Gazeta. Uz va boshqa liberal kayfiyatdagi nashrlar muammoga diqqat qaratti.
Buning ortidan bar reklama Instagram`dagi sahifasidan olib tashlandi.
Tarkibida «ayollarga nisbatan hurmatsizlik aks etgan iste'molchilik munosabatini targ‘ib qilgan» reklama ustidan tekshiruv ketmoqda.
ARIZONA YoKI XORAZM
MS: Og‘o siza xazlik Amerikani dik kindikinda yuripsiz.
RT: Agar Amerikada kimdir mendan qaerda yashashni sevasan deb so‘rasa, Arizonada deb javob beraman.
Arizona men tug‘ilgan Xorazmdagi Sorimoy degan joyga o‘xshaydi. Namlik va rutubat yo‘q.
Eng muhimi kaktusdan bo‘lgan aroqning tozasi ham Arizonada.
Ammo gap kaktus arog‘i tekila haqida emas. Gap Arizonada «qor odami» deb ataladigan aqlli ikki oyoqli jonzotning ko‘rinish bergani haqida.
Shu kunlarda bu voqea AQShda Trampning aljirashidan ham ko‘proq muhokama bo‘lib yotibdi.
Ikki oyoqli jundor odam Arizonadagi kanonda sandiraqlab yuribdi.
Buni rasmga olgan kishi «bu qor odamning o‘zginasi» deb ishonadi.
U kanondagi (qir adir) indeytslarning Navaho rezervatsiyasida mol boqib yurganida tapir tupir sasni eshitadi.
Qarasa ikki oyog‘ida tikka turgan serjun odam tirjayib turibdi.
Cho‘pon darrov rasmga oladi. Bor gap shu.
Tiliga erk beradiganlar bu hech qanday qor odam emas, shunchaki xotini haydab yuvorgani uchun qarovsiz qolgan erkak demoqda.
Qizlani bilvolgani moryakdur¸
ichimlikning eng yaxshisi konyakdur…
Bu ertadan boshlab oyligi oshadigan madvazirlik ashlachisi aytgan qo‘shiq satrlari. Anjanda ashiincha odam kanyak ichib ontarilib o‘lib qog‘anidan xavaringiz bor. Menga qiziq tarafi erinmagan anjanlik ora kunda oltmish marta amerikani buzuq alkash deb so‘kib o‘tiradi. Mana men Amerikaning Pensilvaniya shtatidaman. Katta oziq ovqat do‘konlarida araq sotilmaydi. Araq sharob faqat chekkadagi maxsus do‘konda sotiladi. Aroq sotish uchun do‘kon ruxsat olishi kerak. Miltiq sotish uchun olinadigan ruxsatdan ko‘ra, aroq sotish uchun ruxsat olish Pensilvaniyada ashincha qiyin.
Xo‘sh, Pensilvaniyadagi o‘zbeklar nima ichadi. Endi dunyoviy taqvosi kuchlilar hennesy degan konyakning tozasidan zakuskani zo‘riga qo‘shib ichishadi.
Shu bilan birga ular borjom, tarxun kabi sog‘liqqa poydasi ko‘p suvlardan litrlab ichishadi.
Nima degandilar Xayyom bobomiz
May ichmas esang, mastni malomat qilma,
G‘iybat to‘rini to‘qishni odat qilma.
Bilsang, seni qilmishlaring bundan battar,
Bas, ichmaganingni bizga ibrat qilma!
MS: Nadayan oqlli gapla. Og‘o, siza bu oqlavantlik otesdan o‘tkanmi, yo momoydon?
Yangi yilda bola ko‘rsam deganlar uchun bilgi
Bola otasiga tortadimi yoki enasigami degan savolga genetiklar nuqta qo‘ydi.
Bolaga otasidan manovilar o‘tadi.
1. Ko‘zining rangi
2. Bo‘yi
3. Yuz bichimi
4. Tish tuzilishi
5. Allergiya
6. Yurak kasalligi
7. Bepushtlik (asosan o‘g‘il bolaga)
8. Seksual faollik
9. Agressivlik darajasi
10. Ishtaxa va ovqat bilan bog‘liq xarakter. (otasi ochko‘z, mechkay bo‘lsa bolayam ashnaqa o‘ladi)
Bolaga enasidan manovilar o‘tadi.
1. Chapaqaylik
2. Soch rangi va soch turi
3. Gavda vazni.
4. Xasimoto yoki Xantingtona degan kasalliklar
5. Kognitiv funktsiyalar. Bilim olish, xotira, epchillik.
6. Analitik qobiliyat
7. Oldindan ko‘ra olish, bashorat, diagnoz va prognoz qilish qobiliyati.
8. Tafakkur qilish, o‘ylash, falsafiy mantiqiy xulosa qilish.
9. Estetik tafakkur, musiqa va rassomlik qobiliyati
10. Shumlik yoki ijobiy ma'noda ayyoorlik
Demak erga tegib yoki xotin olib ko‘paymoqchi bo‘lganlar bolasi kelajakda qanday bo‘lishini taxmin qila oladi.
MS. Tazzak tazzakdan orroqo tushmaydi. Novvi davadi Navoiy otamiz, soyasinda yotomiz.
Bilim olish haqida
Bilasizlar xozir Amerikada yuribman «aqqa baqqa» o‘tib. Kecha Klivlandga borib, dunyodagi eng boy to‘rtta hazinadan biri bo‘lgan muzeydagi qadimiy qilichlarni ko‘rib keldim.
Gap qilich haqida emas.
Gap o‘zbeklar olayotgan «bilim» haqida. Qisqa safar davomida Toshkentdagi «diplomatiya»ni tugatgan uchta, ToshMIni tugatgan bitta o‘zbekni ko‘rdim.
Bittasi anjandan kelib, Pittsburg unoversitetida «ilm» qilyati. Aslida esa taksida tomoq tashiydi. Bular AQSh ish bozorida ma'lumoti yo‘q odam qiladigan taksichilik bilan shug‘ullanib yuribdi.
O‘qiyman deb, ham o‘zini, ham uyidagilarni aldab o‘qish vizasi olib kelganlar ham alipni kaltak demay taksida kuniga 14 soatlab ishlab yotibdi.
Tuya qayda chukki qayda deganday. Bular qayda, o‘qish qayda?
2000 yilda AQSh Davlat departamenti taklifi bilan Amerika matbuotini ko‘rib o‘rganish uchun bir oycha Qo‘shma shtatlarda yurgandim.
O‘shanda Atlantadagi universitet jurnalistika fakultetiga bordim. Borishim oldindan rejalangani uchun universitet vakillari «Umid» yo‘llanmasi asosida jurnalistika o‘qiyotgan Ruslan degan o‘zbek student bilan bizni tanishtirmoqchi bo‘ldi.
Fakultet dekani iyolib «uni bir xafta qidirdik. Ëtog‘iga borib ham topmay keldik.» dedi.
Xolbuki bu tanbal studentning butun harajatini O‘zbekiston hukumati to‘lab bergandi.
Otni suv oldiga majburlab olib kelsa bo‘ladi. Lekin otni suv ichishga majburlay olmaysan.
G‘arb va AQShda ilm bu igna bilan quduq qazish. Qattiq mashaqqatli mehnat. Kurs ishi uchun yozilgan oddiy esseniyam antiplagiat tizim tekshiradi.
Tanqidiy va qiyosiy tahlil nimaligini bilmagan, to‘tiday test yodlasa ham kallasi sholg‘omlar qo‘liga belkurak olib, tuproq kavlashdan boshqasiga yaramaydi.
Ba'zan o‘qib qolaman. Palonchi palon joyda ilmiy ish yoqlabdi deb. Mavzusini qarasam, «Palonchi so‘fi eshon boshiga o‘ragan dastorning rangi» cho‘pchak mavzusida «yoqlagan» bo‘ladi.
Men haqiqiy ilm deya bilganim matematika, fizika kimyo soxasida «yoqlagan»lar ham bormi?
Matematik Jyul Anrí Puankare jumbog‘iga aqli yetib kashfiyot qiladigan «perelman»lar bizdan chig‘maydimi?
20 asrning eng taniqli o‘zbek shoiri Muhammad Solihning «O‘zbek qani» degan she'rida «O‘zbek paxtada» degan javob bor edi.
Amerikada «O‘zbek qani» dasak «O‘zbek taksida» degan javob oldim.
Albatta oshchi, sutchi va etchi bo‘lgan o‘zbeklaram ashincha.
Bu yomon ham emas, yaxshi ham. Pul ishlash turganida, ilm olish damini olib turadi deyishdi aqlli o‘zbeklar. Har doim ham shunday emas.
Sharqiy Yevropada bir muddat olimlar oyligi kamayib kamxarj bo‘lib qolishdi. Lekin bu olimlar ko‘chaga chiqib, emchak xalta sotmadi yoki studentlardan pora olmadi.
Bir amallab avtobusda ishga kelib ketib, kiyimni yillar kiyishsa ham, ilmdan voz kechishmadi.
Ilm ham pirovardida ularni taqdirladi. Bugun Sharqiy Yevropa olimlari boy va badavlat.
Kecha borganim Klivlanddagi mashxur muzey xodimi bizdan (uch kishi edik) qaerdansizlar deb so‘radi. O‘zbekistondanmiz dedik.
Bu odam shuncha yildan beri muzeyda o‘zbeklarni ilk marta ko‘rayotganini aytdi.
Xolbuki, muzeyda O‘rta osiyoga oid osori atiqalar bor. Bobur avlodlariga oid minatyura rasmli kitoblar bor.
Xolbuki, Klivland shahri joylashgan Oxayoda minglab o‘zbeklar ishlaydi.
Ilovadagi rasm Klivlend muzeyidagi shedevrlardan biri xolos.
MS: Og‘o qoromong toyloq qizloro. Choshosiz. Vunnan go‘ra uring potyani!
RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!