Asosiy mavzular
6 aprel 2018

6 aprel – Moskvada ilk tramvay yo‘lga chiqdi

1899 yilning 6 aprelida Moskva yo‘llarida elektr bilan yuradigan tramvay paydo bo‘ldi.

Bu tramvay ot tortib yuradigan ko‘nka aravalar o‘rnini oldi. Yangi tramvaylar ertalab soat sakkizdan to kechki sakkizgacha 14 minutlik intervalda shahar bo‘ylab qatnay boshladi. Butun liniya bo‘ylab sayohat qilish uchun 6 kopeyka (ikkita tuxumning narxi) to‘lab chipta olish kifoya edi. 1907 yildan boshlab tramvaylar Sankt-Peterburgda ham yura boshladi.

Rossiyadagi ilk tramvaylar Britaniyanimng «Bresh» shirkatida yasalgan edi.

Toshkentda elektr tramvayi harakati 1912 yil 29 dekabrda ochildi

Tez va qulay transport vositasi hisoblangan tramvaylar ko‘chani ko‘nka vaqtidagi 230 otning tezaklaridan qutqargani aytiladi.

Toshkentning ruslar yashaydigan qismidagi «Voskresenskiy» bozoridan turli tomonlarga umumiy uzunligi 20 verst bo‘lgan yetti tramvay liniyasi tarqagan. Agar 1912 yilda jamiyatning ko‘nka tramvayidan yalpi tushum 260 ming rublni tashkil etgan bo‘lsa, 1913 yilda elektr quvvatiga o‘tilgach, u 504 ming rublgacha o‘sdi. Yo‘lovchilarni tashish ham keskin oshdi.

Toshkentda ot tortib yuradigan tramvay tarixi esa 1896 yilga taqaladi

1896 yilda Toshkent hokimligi Belgiya jamiyati vakili E.Deni bilan 45 yilga ko‘nka (otlar bilan harakatlanadigan bir vagonli transport vositasi) yo‘li qurish haqidagi shartnoma imzoladi.

E. Deni o‘z xuquqini Belgiyaning «Toshkent tramvay» anonim jamiyatiga topshirdi. Shaharda ko‘nka 13 yil faoliyat ko‘rsatdi va ikki yo‘nalish bo‘yicha harakat qildi. Birinchi liniya 1901 yil 30 martda, ikkinchisi 1903 yil 5 aprelda ochildi. Uning umumiy uzunligi 9 verst 90 sajen yo‘l bo‘lib, 30 vagon, 170 xizmatchi va 230 oti bor edi.

Ko‘nka temir yo‘l vokzalidan eski shahardagi bozorgacha va Romanovskaya ko‘chasidan (hozirgi Buyuk Turon) yangi shahardagi Sergiev cherkovigacha (hozirgi H.Olimjon maydoni) xizmat qilgan.

1907 yil 27 avgustda shahar dumasi Toshkentda elektr tramvay o‘tkazishga “Toshkent tramvay” jamiyati bilan shartnoma tuzishga qaror qildi. 1908 yil sentyabrida mazkur shartnoma yangi liniyalar ochishni ko‘zda tutuvchi rejalar bilan tuzildi. Kontsessiya muddati 45 yil edi. 1926 yilda shahar “Toshkent tramvay» jamiyatidan tramvay sotib olish huquqiga ega edi.

1910 yil 17 avgustda Kuropatkin (hozirgi Lohutiy) va Gogol (hozirgi Ya.G‘ulomov) xiyobonlari oralig‘idagi joyda elektr stantsiyasi binosiga asos solindi. Texnik nazoratni muhandis V.S.Geyntselman olib bordi.

«Gudbay, tramvay!»

Dunyo tabiat uchun zararli uglevodorod gazlar tarqatadigan yonilg‘i bilan yuruvchi transportlardan xolos bo‘lish g‘oyasini ilgari surarkan, elektr yordamida yuruvchi tramvaylar tag‘in zamonaviy ahamiyat kasb eta boshladi.

Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida yangi-yangi tramvay liniyalarining ishga tushayotgani, elektromobil sanoati bunga dalil. Biroq 2016 yilning martida Toshkentda tramvay transportiga chek qo‘yildi.

Sovet davri va mustaqillikning 25 yili mobaynida Toshkent manzarasining ajralmas qismi bo‘lgan tramvay qatnovi 2016 yilning 28 martida Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov tarafidan bekor qilindi.

Botir Rajabov,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 avgust 2022
Andijon hokimi qabuliga kelganlarga poygakdan joy beriladi. Andijon hokimi qabuliga kelganlarga poygakdan joy beriladi. Rassom Tuz
17 dekabr 2021
Kun chiqdi. Kun botdi. Oldingi spichdan keyin roppa-rosa 6 marta tong otdi. Eng uzun yaldo tuni ham ortda qoldi. ...
16 fevral 2017
13 yanvar kuni kechga yaqin Stokgolmning janubida 35 yoshlardagi chimkentlik Shuhrat ismli o‘zbek muxojiri janjal ortidan pichoqlab o‘ldirildi. Voqea ...
15 yanvar 2016
Bizga yetib kelgan xabarga ko‘ra 11 yanvar kuni ertalab Toshkentning Chilonzor tuman hokimligida TIIB shaxsiy tarkibi ishtirokida majlis o‘tkazilib, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...