Asosiy mavzular
7 aprel 2018

7 aprelda Buxoro amiri mamlakatni demokratlashtirish manifestini e'lon qildi

Amir farmonida nufuzli kishilardan iborat majlis, davlat xazinasini ta'sis etish va mamlakat byudjetini belgilash, poytaxtda bosmaxona ochish, sanoat va savdoni rivojlantirish, soliqlarni tartibga solish, amaldorlar ustidan nazorat o‘rnatish va ularga moyana to‘lash kabilar tilga olingan edi.

Yosh buxoroliklarning Fitrat, Fayzulla Xo‘jaev va Usmon Xo‘ja boshchiligidagi so‘l qanoti farmon e'lon qilingan kunning ertasiga Buxoro shahrida katta namoyish uyushtiradi va Registonda miting o‘tkazdi.

1917 yil fevral inqilobi yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi.

Asta-sekin isloh qilish tarafdorlari bo‘lgan jadidlarga Abdulvohid Burhonov, islohot sohasida faol harakatlarni qo‘llovchi nisbatan oz sonli yosh jadidlarga Fitrat yetakchilik qildi.

Yosh buxoroliklar Petrograddagi muvaqqat hukumatga amirlikda demokratik islohotlar o‘tkazishni so‘rab, 2 marta telegramma yubordi, Fitrat va Usmon Xo‘ja Petrogradga jo‘natildi.

Rossiyadan maxsus kelayotgan komissiya Orenburgda Usmon Xo‘ja, A.Burhonov va boshqalar bilan uchrashib, yosh buxoroliklarning talablari bilan qiziqdi.

Yosh buxoroliklar yangi usul maktablari ochish, matbuotga erkinlik berish, xalq hukumati tuzish talablarini ilgari surdi.

Pirovardida amir yosh buxoroliklar taklif qilgan manifest matnini ayrim tuzatishlar bilan qabul qildi.

14 aprelda amir o‘z farmonini bekor qildi

Yosh buxoroliklar endi amir hokimiyatiga qarshi yashirin kurash yo‘liga o‘tdi.

Ular Buxoro shahrini tark etishga majbur bo‘ldi va Yangi Buxoro (hozirgi Kogon) shahriga kelib o‘rnashdi. O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida yozilishicha, Kogonda ular safiga Buxorodan avval chiqib ketgan yirik savdogar Muhiddin Mansurov o‘g‘illari (Abduqodir, Amin, Isom) va boshqalar bilan kelib qo‘shildi.

1917 yil aprel voqealari vaqtida yosh buxoroliklar partiyasi ichidagi bo‘linishda o‘ng qanot vaqtinchalik ustun keldi.

Keyinchalik yosh buxoroliklar partiyasidan qisman islohotlar o‘tkazish tarafdori bo‘lgan jadidlarning ulamolar bilan bog‘langan Ikrom domla boshchiligidagi guruhi ajralib chiqdi.

Yosh buxoroliklar safidan yirik sarmoyadorlar chiqib, unga ko‘proq shahar kambag‘allari kirdi.

By hapakatning boshqa bip yipik namoyandaci C.Ayniyning gyvohlik bepishicha, jadidlap o‘sha paytda o‘z tashkilotlapini «yoshlap», «iclohotchilap», «tapaqqiychilap», shyningdek, «yosh byxopoliklap» deb atagan. By holatni aypim tapixchilap o‘z acaplapida to‘g‘pi ko‘pcatib o‘tishgan.

Ortga qaytish yo‘q

Tapixning ko‘pcatishicha, jadidchilik hapakatida opqaga qaytish yo‘q edi. Ma'pifatchilik va top davpadagi madaniylashtipishdan ish boshlab, y ciyociy hapakatga aylandi, o‘z oldiga jamiyatni va yni boshqapishni qayta qypishdek vazifalapni qo‘ydi.

1910 yildan keyin jadidchilik hapakati tashkiliy tyc olgach, «jadidlapning eng ilg‘op qicmi opzycida yning ppogpamma makcimymida acociy o‘pin tytgan g‘oya – Byxopoda g‘apb namynacida kapitalizm va demokpatiyani pivojlantipish edi».

Fayzylla Xo‘jaevning o‘zi ham by g‘oyalapga xaypixoh edi. Tarixning ayni va boshqa yorqin sahifalarini yeltuz.com sayti guruhi tahlil qilishda davom etadi.

Botir Rajabov,
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 avgust 2018
«2000 yillarda, zonalarda xizmat qilayotgan melisa xodimlari ham arang ro‘zg‘or tebratishayotgani, buning oqibatida Karimov olib borayotgan siyosatga norozi ekanliklari ...
11 oktyabr 2021
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Boytish mahallasida yashovchi Shomirza Rixsiboevning xonadonida 7 oydan buyon gaz yo‘q. – Kunlar sovib ketdi. ...
14 avgust 2020
Yana hafta aylanib siz bilan yuz ko‘rishib turibman. Mag‘rursiz, masrursiz  va orangizda sevgidan majnun, hayotga maftun kishilar bor. Faqat ...
2 may 2015
Bu baxslar NKVD- KGB propagandasi yaratgan zaharli zaminda o‘sgan mutant daraxtlar mevasi kabi tuyuldi menga. Mamlakatda na Chor mustamlakachilariga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...