Asosiy mavzular
10 aprel 2020

10 aprel – Xalqaro qarshilik ko‘rsatish kuni

Har yili 10 aprel kuni o‘tadigan bu bayramning mohiyati fashizmga, diktaturaga bo‘ycunmaslik, tinch norozilik aktsiyalari, sabotaj, ba'zan esa qurolli qarshilik ko‘rsatishni ham anglatadi.

Qarshilik ko‘rsatish harakatlarining qurolli shakllari, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi paytida Uchinchi reyx tomonidan ishg‘ol qilingan hududlardagi antifashistik harakatlarda yaqqol ko‘rinadi.

Amerikalik olim Jin Sharp avtoritar rejimlarga qarshi nozo‘ravon kurash usullari haqidagi kitobida tinch yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatishning 200ga yaqin usulini keltiradi.

Bugungi kunlarda

Diktatura tuzumlariga qarshi olib borilayotgan norozilik harakatlari, rangli inqiloblarda bo‘ysunmaslik va qarshilik ko‘rsatishning tinch usullari ko‘proq qo‘llaniladi va targ‘ib qilinadi.

2000 yilning 5 oktyabrida serb diktatorini qulatgan “Otpor!” harakatini bunga misol keltirish mumkin.

2003 yili Gruziyada amalga oshirilgan “atirgul inqilobi»ni qarshilik ko‘rsatish harakatlarining ijobiy natijasi deya baholasa bo‘ladi.

O‘zbekistonda

O‘tmishda sovet mustamlakasi va Rossiyaning xomashyo bazasi sanalgan O‘zbekistonda ham umumxalq qarshiliklari turli shakllarda ozmi-ko‘pmi kuzatilgan.

Yaqin tarixni oladigan bo‘lsak, bunga 90-yillarda milliy mustaqillik uchun kurash boshlagan “Birlik” va “Erk” demokratik partiyasi, O‘zbekiston erkin yoshlari uyushmasi harakatlarini misol keltirish mumkin.

Oxir-oqibat sovet imperiyasining qulashi ham shunday harakatlar samarasidir.

Biroq O‘zbekistonda bugungi kunda avj olayotgan diktatura, hokimiyat va milliy boyliklarning bitta kleptokrat qo‘lida jamlanishi ochiq jamiyatning jiddiy qarshilik ko‘rsatishini taqozo etmoqda.

Bir vaqtlar O‘zbekistonda milliy ozodlik, hurriyat, adolat va demokratiya uchun kurashgan ayrim insonlar hamon qamoqlarda qolmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 sentyabr 2020
Shuhrat Qayumov men tanigan, men muloqotda bo‘lgan san'atkorlarning eng yaxshisi, madaniyatlisi edi. U kishi bilan ilk marotaba Kattaqo‘rg‘onda kontsert ...
7 iyul 2019
«Ozodlik ohanglari» audiokitobi o‘zbek modern she'riyatining asoschisi Rauf Parfi she'rlari bilan ochiladi. «Eltuz» nashri bu kitobdan o‘rin olgan she'rlarni ...
15 may 2022
Tilshunos olim, akademik Alibek Rustamiy bilan tanishish menga 1997 yilda nasib etgan edi. O‘shanda Xo‘janddagi bojam, filolog domla Nasrullo ...
25 mart 2017
Dollar narxi oshishi bilan ayniqca kartoshkaning narxi oshgani odamlarning noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...