Umida Ahmedova: «Mukofot meni qo‘rqmaslikka undaydi…»
Umida Ahmedova o‘zining bir qator dolzarb fotosuratlari va o‘zbek ayollarining bugungi muammolarini aks ettirgan «Bokiralik yuki» filmi muallifi sifatida tanilgan.
Buning uchun u hukumat bosimlariga uchragan.
Human Rights Foundation (HRF) Inson huquqlari halqaro jamg‘armasi tomonidan ta'sis etilgan bu mukofot taqdimoti 25 may kuni Norvegiya poytaxti Osloda bo‘lib o‘tadi.
Umida Ahmedovadan tashqari bu yuksak mukofotga Eron qamoqxonasida mahkumlikda qolayotgan Atena Farhadoniy va rossiyalik rassom Petr Pavlenskiy ham loyiq topilgan.
Eronlik Atena Farhadoniy hukumat raxbarlarini hajv qilgan karikaturalari uchun qamalgan.
Rossiyalik Petr Pavlenskiy esa prezident Vladimir Putin rejimiga qarshi perfomans aktsiyalari bilan mashhur.
O‘zbekistonlik Umida Ahmedova O‘zbekistonning ijtimoiy muammolari aks etgan fotosuratlari uchun hukumat tomonidan qoralanib kelinadi.
Jasur hamkasbimiz, fotojurnalist Umida Ahmedovani bugun biz ham Eltuz.com nomidan yuksak mukofot bilan tabriklaymiz.
Qudrat Bobojon
Eltuz.com