9 may – Toshkent himoyasida mulla Alimqul og‘ir yaralandi
Qo‘qon xonliging Toshkent himoyasiga otlangan mulla Alimqul boshchiligidagi asosiy kuchlari 1865 yilning 9 mayida shaharni rus bosqinchilaridan tozalashga muvaffaq bo‘ldi.
O‘sha kuni 40 ming nafarni tashkil etgan, jumladan, 40 ta zambarak va xonlikning 10 ming nafar piyodadan iborat muntazam qo‘shinlari ertalab sahar rus bosqinchilariga qarshi hujumga o‘tishadi.
Shahar mudofaasida barcha zambaraklardan rus lagerlariga qarata yoppasiga o‘t ochiladi.
Ikki soatlik shiddatli janglarda rus bosqinchilari yakson qilinadi. Biroq jangda mulla Alimqul og‘ir yaralanadi.
Mulla Alimqulning og‘ir yaralangani haqidagi xabar va rus bosqinchilari hiyla yo‘liga o‘tib shaharga boradigan suv yo‘llarini to‘sib qo‘yib, mahalliy savdogarlarni o‘zlariga og‘dirishayotgani bilan bog‘liq muammolar shahar himoyachilari orasida parokandalik keltirib chiqara boshlaydi.
Eltuz.com