Karimov O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi to‘siq yaratganmi?
Toshkentda Korruptsiyaga qarshi seminar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan O‘zA agentligining bildirishicha tadbirda, «Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qonun ustuvorligi ta'minlanayotgani korruptsiya yo‘liga to‘siq bo‘layotgani» aytilgan.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, bojxona xizmati xodimlari, professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tgan tadbirda «Transperens Interneshnl» reytingiga ko‘ra 168 mamlakat ichidan 153 o‘rinni egallagani haqida hech narsa deyilmaydi.
Shuningdek, «korruptsiyaga qarshi to‘siq bo‘layotgan qonunlar rahnamosi» Karimovning qizlari qanday qilib Yevropaning yetakchi davlatlari shirkatlari raxbarlaridan pora olgani ham aytilmaydi.
Aksincha, mamlakatda «korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha mustahkam huquqiy baza yaratilgan» deya iddao qilanadi.
Ayni tadbir o‘tgan va maqola chop etilgan damlarda O‘zbekiston hukumati oliy amaldorlarining, hususan Karimov arzandalarining Latviyadagi hayoti. Ularning bu yerda qimmatbaho uylarni sotib olishlariga bag‘ishlangan, navbatdagi korruptsiyaga oid film paydo bo‘ldi.
Filmda O‘zbekiston prezidentining nabirasi ham Latviyada tug‘ilgani. Ular poraga olingan millionlab dollarlarni Latviya banklariga yashirishgani aytiladi.
Eltuz.com