Asosiy mavzular
22 iyun 2016

Istanbulda o‘zbek imomini o‘ldirganlar ustidan hukm o‘qildi

Istanbulning Baqirko‘y tumanidagi sakkizinchi og‘ir jazo mahkamasida davom etayotgan sud jarayonida qotillik tashkilotchisi deya ko‘rilgan Sobir Shukurov va qatlni ijro qilgan Eldar Aslon aybli deb topilib ularning har biriga 30 yildan qamoq jazosi berildi.

Bu ma'lumotni Baqirko‘y mahkamasi matbuot hizmati Eltuz.Com muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.

Istanbuldagi terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining gumon qilishicha, Sobir Shukurov O‘zbekiston xavfsizlik tizimlarida ishlagan bo‘lishi mumkin.

Mahkama so‘ngida mahkumlarga so‘ng so‘z berildi. Qatl tashkilotchisi deya ayblangan Sobir Shukurov o‘zining aybsizligini ta'kidladi:

«Men yaxshi bir oila sohibiman, doimo qonun-qoidalarga rioya qilib yashadim. Ammo dalil va isbotsiz qo‘lga olindim. Men aybsizman va mahkama qarori qayta ko‘rilishini talab qilaman», dedi mahkum Sobirov.

Ayni paytda sakkizinchi og‘ir jazo mahkamasi hakami mahkumning shikoyatini e'tiborsiz qoldirib “hukmning qat'iyligi”ni ochiqladi.

Andijonning Shahrixon tumanida tug‘ilgan 39 yashar imom Mirzag‘olib Latifovich Hamidov 2014 yil oxirida Istanbulda otib o‘ldirilgan edi.

Shu yilning boshida Shved mahkamasi taniqli o‘zbek imomi Obid Qori Nazarov joniga qasd qilgan boshqa bir toshkentlik yollanma qotil Yuriy Jukovskiyni umrbod jazoga hukm qilingan edi. 57 yoshli imom bundan to‘rt yil burun, 2012 yilning fevralida Stromsund shahridagi uyi yaqinida otib ketilgandi. Tergov ildizi Turkiyadan topilgan yana bir o‘zbek killeri Ulug‘bek Aminov (Rossiya pasporti bo‘yicha Tigryan Kaplan) shaxsini fosh qilgan, Shved prokurori Peterson, bu ish o‘zbek rejimiga taalluqli ekanini bildirgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 dekabr 2018
Bosh vazir Abdulla Aripov 23 dekabr kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi yig‘ilishida Toshkentdagi barcha eski uylar buzilib, o‘rniga yangilari qurilishi haqida ...
14 aprel 2018
Chex kinorejissyori Milosh Forman 87 yoshida 2018 yilning 14 aprelida hayotdan ko‘z yumdi. O‘tgan asrning 60-yillarda o‘z ijodi bilan ...
9 mart 2020
O‘zbekiston Jinoyat kodeksi asosida “pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat»i uchun ustidan jinoyat ishi ...
22 yanvar 2018
Qozog‘istonda 52 nafar yurtdoshimizning avtobusda tiriklayin yonib ketishi munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan hukumatimiz nomiga hamdarlik maktublari keldi. Aynan ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...