Asosiy mavzular
6 iyul 2016

Hayit arafasida masjidlardan bomba qidirildi

Ichki ishlar xodimlariga kirakashlik qilgan avtomobil haydovchisi militsiya va sapyorlar guruhi har bir masjidni sinchiklab tekshirganini, kuni bo‘yi uch nafar militsiya hodimini yettita masjidga olib borgani, har masjidni bir ikki soatlab tekshirishganini aytadi.

“Menga tuman GAI boshlig‘i qo‘ng‘iroq qilib, viloyatdan mehmonlar bor, o‘shalarni masjidlarga olib borib keling”, -deb iltimos qildi deydi u.

Shu kuni sapyorlarga hamrohlik qilgan tuman IIB vakili ham uning so‘zlarini tasdiqlaydi. U sapyorlar guruhi masjidlarga portlovchi moddalar qo‘yilgan-qo‘yilmaganligini tekshirganini aytadi. Uning aytishicha, hayit arafasida masjidlarning har bir qarich yeri tekshirilgan.

«Ba'zi tumanlarda beshta, ba'zilarida yettitagacha masjidlarda ertaga hayit namozi o‘qiladi, shuning uchun xavfsizlik choralari kuchaytirildi, Xudoga shukur, biror masjidda terror havfi aniqlanmadi” deydi u.

Nasima Davron qizi

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 iyun 2023
Turkistonda birinchi jadid matbuot organi – “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida 1906 yil 27 iyundan e'tiboran chop ...
4 may 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Qozog‘iston va O‘zbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot pasha viz-viziga o‘xshash shovqinlari ...
26 aprel 2024
1966 yil 26 aprel kuni Toshkentda tonggi soat 5 dan 22 daqiqa 53 soniya o‘tganda Rixter o‘lchovi bo‘yicha 8 ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...