Asosiy mavzular
12 iyul 2016

“Taxtapul” odamlarni qiynavordi

Pensionerlarning pensiya puli ularning roziligi olinmasdan 100 foiz plastik kartochkaga o‘tkazib qo‘yilganligi keksalarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Ular zarur ehtiyojlarini qondirish uchun plastikdagi mablag‘ni naqd pulga aylantirish uchun erta tongda banklar eshigi oldida to‘planmoqdalar.

«Avval pensiyamizni 30 foizini plastikka o‘tkazishdi, – dedi bank oldida navbatda turgan otaxonlardan biri, – keyin esa 50 foiz naqd pul oladigan bo‘ldik».

Yangi 2016 yilning boshidan esa pensiyamizning hammasi “taxtapul”ga aylandi.

«Har oyda bankka kelib 30-50 ming so‘mgacha yechtirib ketayapmiz. Axir biror joyga boradigan bo‘lsak yo‘l kiroga naqd pul berishimiz kerak, bozordagi meva-sabzavotlarni ham plastikka ololmaymiz, sartaroshlar ham naqd pulga xizmat qiladi. Tumanimizdagi birorta sartaroshxonada terminal o‘rnatilmagan. Avtobus va “Damas”larda ham terminal yo‘q. Shuning uchun bamdod namozidan so‘ng kelib navbat olamiz» – deydi vodiylik jabrdiydalardan biri.

Plastikdagi mablag‘ni naqd pulga aylantirish uchun pensionerlardan tashqari nogiron turmush o‘rtog‘iga, farzandiga qarayotgan ayollar ham navbatda turishibdi.

Ularning ham dardi shu. Nogiron yaqinini do‘xtirga olib borish, ularga ba'zi dori-darmonlarni naqd pulda sotib olish, kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan narsalarni ko‘p qismini bozordan sotib olish uchun naqd pul zarur.

Farg‘ona viloyatida hatto nogironlar uchun beriladigan nafaqalar ham 100 foiz plastik kartochkaga tushiriladi.

Suratda: Farg‘ona viloyati tumanlarining biridagi “AGRO”bank binosi oldidagi naqd pul olish istagidagi odamlar.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 iyul 2022
Och kishi nima deydir? Kecha hali zaptrak qimasdan binnasalar yozuvdim¸ yaxshi muhokama bo‘ldi. Bugun ham yugur-yugur bilan bo‘lib ozongi ...
6 iyun 2019
Britaniyadagi Ulster universitetining kriminologiya bo‘yicha professori Kristian Lasslet 30 may kuni Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning biznes imperiyasi haqidagi surishtiruvini ...
3 avgust 2018
Tushlikdan so‘ng Boqijon mening shkonkamga kelib yonimga o‘tiradi va «sayr» paytida uzilgan suhbatini davom ettiradi… Farg‘onalik 38 yashar bu ...
24 noyabr 2022
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Samarqanddan. Hibsga olingan o‘spirin yurak kasalidan o‘lganmidi? «Assalomu ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...