Vetnamlik «tili shirin» elchining aytganlari
«Pravda vostoka» gazetasi Vetnam Sotsialistik Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bayram munosabati bilan «Jahon» axborot agentligiga bergan intervyusini e'lon qildi.
«O‘zbekiston tez sur'atlarda taraqqiy etayotgan mamlakat bo‘lib, uning muvaffaqiyatlari butun dunyoni hayratlantirmoqda», deb so‘z boshlaydi elchi.
So‘zining isboti sifatida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy sohadagi yutuqlarini Vetnamda yaxshi bilishlarini aytib o‘tadi.
Albatta, elchi «taraqqiyotning o‘zbek modelini» maqtashni ham esdan chiqarmaydi. Uning eng muhim jihatlaridan biri «kuchli ijtimoiy siyosat» ekanini ta'kidlaydi.
Millionlab o‘zbek xorijda mardikor qilishga majbur bo‘layotgani, aholining katta qismi ishsiz ekani, tibbiy xizmat, ta'lim sifati pasayib ketgani kabi muammolar shu «kuchli ijtimoiy siyosat» natijasi ekanini esa elchi aytmaslikni ma'qul ko‘rganga o‘xshaydi.
Agar intervyudagi «Vetnam» so‘zini aytmasa, intervyu beruvchi o‘zbek deputatlaridan biri bo‘lsa kerak, deb bemalol xulosa chiqarish mumkin. Chunki deputat ham xuddi shunday gaplarni aytgan bo‘lardi-da.
Eltuz.com