«Islom Karimovni rossiyalik shifokorlar davolamoqda»
31 avgust kuni rossiya OAV, Islom Karimov tirik ekani va uni Burdenko nomidagi Neyroxirurgiya Ilmiy tadqiqot Instituti (ITI) shifokorlari davolayotgani haqida xabar berdi. Rossiyaning RBK telekanaliga intervyu bergan ITI ilmiy raxbari Aleksey Konovalov: «Rossiyalik mutaxassislar allaqachon, birinchi kundan buyon o‘zbek lideri yonida turishibdi», dedi.
Ikki kun avval, o‘nlab OAV Islom Karimovning o‘lgani haqidagi xabarni tarqatgan edi.
Bu habar o‘zbek rasmiy manbalari tomonidan hamon tasdiqlangani yoki rad etilgani yo‘q.
Bugun, mutlaq mahfiylik muhitida, jurnalistlar Karimov sog‘lig‘i haqida faqat o‘z manbalariga tayanib axborot izlashga majbur bo‘lishmoqda.
Biroq, Islom Karimovga yaqin odamlar doirasi shunchalar torki, ishonchli insayderlik axborotini olish juda mushkul.
O‘zbek hukumati, prezident sog‘lig‘i bilan bog‘liq haqiqiy holatni yoritish bilan Karimov o‘limi haqida xabarlar tarqalishini osongina oldini olishi mumkin edi. Sukut sabablari haqida faqat fol ochish kerakmi?
Biroq hozir, mamlakat prezidenti yo‘qligi sharoitida asosiy qarorlarni kim amalga oshiradi va Islom Karimov vakolatlari qachon topshiriladi, degan asosiy savol javobsiz qolmoqda.
Eltuz.com