Dayjest
12 aprel 2016

Xorijga chiqqanni tibbiy ko‘rikka majburlash qonuniymi?

Tez-tez xorijga chiqib turadigan fuqaroni profilaktika inspektori tibbiy komissiyadan o‘tishga majburlaganiga oid masalani o‘rgangan «Adolat ko‘zgusi» gazetasining yozishicha, militsiya vakilining bunday talab qo‘yishga haqi bor. Bunda u «Huquqbuzarlik profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasi talabi asosida ish yuritadi.

Bundan tashqari, gazeta O‘zbekistonda hozir doimiy yashash joyida uzoq muddat bo‘lmagan shaxslarni VICh infektsiyasi bobida tekshirishni o‘z ichiga oladigan tibbiy ko‘rikdan o‘tish amaliyoti qo‘llanayotganini ham ma'lum qiladi.

To‘g‘ri, gazeta huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirishda shaxsning huquqlari va erkinliklari cheklanishiga yo‘l qo‘yilmasligi, bunday holatda tegishli idoralarga murojaat etish imkoniyati mavjudligini ham bildiradi.

Ammo qonuniy ravishda xorijga chiqishning huquqbuzarlik profilaktikasiga, qolaversa, tibbiy ko‘rikka majburlashga qanday aloqasi borligiga oydinlik kiritilmagan.

Buning ustiga, militsiyaning fuqaro sog‘lig‘iga tibbiyot mutasaddilaridan, shaxsning o‘zidan ham ko‘proq «jon kuydirayotgani» ham birmuncha shubhali tuyuladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 aprel 2019
Rassom Kirpieltuz.com
29 oktyabr 2018
O‘zbekistonda majburiy mehnatni tashkil etishning asosiy ijrochilari kuchishlatar tuzilmalar, ya'ni asosiy faoliyati qonunni himoya qilish bo‘lgan idoralardir. Bu idoralarni ...
5 oktyabr 2018
«Ularning gimn bilan shug‘ulanmoqdan boshqa ishi yo‘q deb o‘ylaganmiding? Ertaga ham meni bu yerga yetaklab keladigan bo‘lsang, bugungidan besh ...
30 mart 2016
Prezident Karimov hokimiyatdan hali ketish niyati yo‘qligini aytgan, hokimiyatga yaqin shaxslar esa allaqachon hokimiyat boshqa bir kattakonning, uning kuyovi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...